toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash sohalarini rivojlantirish va ularni xalqaro normalar bilan uygʻunlashtirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-son Farmoni bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazildi hamda faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan soha faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlarni mazkur qonunlarga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini samarali tashkil etishni taʼminlash hamda hukumat qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiqlashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tuzilmasi, Agentlik hamda uning tizimidagi tashkilotlarning vazifa va funksiyalari;
Agentlikning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik tartibi;
Agentlik faoliyatini tashkil etish, uning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining tizimdagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish tartibi;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) asosiy vazifalari va funksiyalari;
Inspeksiya va davlat inspektorlarining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi;
Inspeksiya faoliyatini tashkil etish, uning boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorligi;
Inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash sohalariga oid hujjatlarida qoʻllanilgan tushunchalarni Qonunga muvofiqlashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha davlat nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash sohalariga oid qonunosti hujjatlarni tizimlashtirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 1-iyul,
370-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, Agentlik direktori hamda uning oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2. Agentlik texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan, standartlashtirish va metrologiya (keyingi oʻrinlarda — texnik jihatdan tartibga solish) sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
3. Agentlik bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi va oʻz faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
4. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
6. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
7. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
qisqartmasi — Texnik tartibga solish agentligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Uzbekskoye agentstvo po texnicheskomu regulirovaniyu pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
qisqartmasi — Agentstvo texnicheskogo regulirovaniya;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Uzbek agency for technical regulation under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
qisqartmasi — Agency for technical regulation.
8. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): 100049, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy koʻchasi, 333a-uy.
2-bob. Agentlikning tuzilmasi
9. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlikning markaziy apparati;
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari;
“Oʻzbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Standartlar instituti);
“Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi filiallari;
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi boʻlimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
3-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
1-§. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Standartlashtirish toʻgʻrisida” hamda “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishini taʼminlash;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro standartlarni, shu jumladan, sifat menejmenti tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirishga doir yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish, mazkur sohada ilmiy-texnik axborotni tarqatish hamda sohaning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirilishini taʼminlash;
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda isteʼmolchilarning huquqlarini notoʻgʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish choralarini koʻrish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha manzilli choralar koʻrish;
sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va mahsulotlarning texnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini taʼminlash;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan milliy muvofiqlikni baholash, sinov hamda oʻlchash natijalarini eksport bozorlarida tan olish borasida hamkorlikni kengaytirish;
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda ularning samaradorligini oshirish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish orqali samaradorlik va natijadorlikka erishish, tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turlarini kengaytirish, shaffof va korrupsiyadan xoli samarali tizimni joriy etish;
texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi masalalarda sanoat korxonalariga va tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmaklashish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi taʼminlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
standartlashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya masalalari boʻyicha respublika hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, ularning huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
manfaatdor tomonlarni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda taʼminlashni muvofiqlashtirish;
milliy qonunchilikni, texnik tartibga solish, muvofiqlikni baholash va standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni xalqaro talablarga, shu jumladan, Jahon savdo tashkiloti talablariga uygʻunlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasini rivojlantirishning asosiy indikatorlari boʻyicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish.
(10-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Standartlashtirish toʻgʻrisida” hamda “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarning amaliy jihatdan amalga oshirilishini taʼminlash sohasida:
(11-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan kiritilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarining loyihalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan takliflar kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasi va sifat menejmenti tizimlarini joriy etish, shuningdek, texnik reglamentlarni ishlab chiqish borasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq emas deb topilgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrini yuritadi;
texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, mazkur reglamentlarni bekor qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
oʻz vakolati doirasida texnik reglamentlarni qoʻllash boʻyicha uslubiy tavsiyalarni tasdiqlaydi;
texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatlarini tasdiqlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan oʻz vakolati doirasida davlat nazorati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini shakllantirishni muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlar standartlarini, ularga oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normalar va qoidalarga doir takliflarni ishlab chiqadi;
(11-band “a” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
bir turdagi mahsulotlar uchun normativ hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga koʻmaklashadi, ularga ilmiy-metodik rahbarlikni taʼminlaydi;
xalqaro va davlatlararo ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiradi;
b) texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro standartlarni, shu jumladan, sifat menejmenti tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirishga doir yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
yangi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni, konsepsiyalarni, istiqbolli dasturlarni ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini shakllantirish va rivojlantirish, milliy etalonlarni xalqaro etalonlar va boshqa davlatlarning milliy etalonlari bilan solishtirishni muvofiqlashtiradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar, tadbirkorlarning takliflarini hisobga olgan holda, davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi milliy standartlarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish boʻyicha standartlashtirish rejasini tasdiqlaydi;
mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, sifat menejmenti tizimlarini va muvofiqlikni baholash boʻyicha ishlarni amalga oshiradigan xodimlarning sertifikatlashtirish, oʻlchash va sinash vositalarini qiyoslash, sinash, turini tasdiqlash, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, oʻlchashlarni bajarish metodikalari, metrologik ekspertizadan oʻtkazish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlarni roʻyxatga olish hamda sifat boʻyicha ekspert-auditorlar faoliyatini tartibga solishga oid qoidalar va talablarni belgilaydi;
risola, jurnallar nashr etadi, ommaviy axborot vositalarida yoki oʻzining rasmiy veb-saytida maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan foydalanishga toʻsiqlar yaratilishiga va ular oʻrtasidagi raqobatni cheklashga yoʻl qoʻymaydi;
v) texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish, mazkur sohada ilmiy-texnik axborotni tarqatish hamda sohani xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirilishini taʼminlash sohasida:
respublikada ishlab chiqariladigan va import boʻyicha olib kelinayotgan mahsulotlar muvofiqligini baholash, xorijiy mamlakatlarning vakolatli idoralari bilan muvofiqlikni baholash natijalarini eʼtirof etish ishlarini tashkil etadi;
oʻz vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida umummajburiy boʻlgan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi;
shtrixli kodlash tizimini joriy etish boʻyicha yagona siyosatni amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritishni tashkil etadi;
manfaatdor shaxslarni mahsulotlar, sinov va oʻlchash usullarini standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar bilan taʼminlashni tashkil etadi, shuningdek, mazkur sohalardagi yutuqlarning ilmiy-texnik targʻibotini amalga oshiradi;
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida xalqaro (mintaqaviy) va milliy standartlar boʻyicha maʼlumotlarning yagona axborot bazasi yaratilishini tashkil etadi;
oʻlchash uslublari, vositalari va natijalariga qoʻyiladigan umumiy metrologik talablarni belgilaydi;
sifat menejmenti tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish sohasida muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasida majburiy ravishda muvofiqligi baholanadigan obyektlarning roʻyxatini va respublikadan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida tan olish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
etalonlarni va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini saqlash hamda xalqaro darajada solishtirish, shuningdek, kattalik birliklarini saqlash va uzatish ishlari bajarilishini muvofiqlashtiradi;
muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar, sifat menejmenti tizimlari, attestatsiyadan oʻtkazilgan sifat boʻyicha ekspert-auditorlarning, davlat sinovlaridan oʻtgan va turi tasdiqlangan yoki metrologik attestatsiyadan oʻtkazilgan oʻlchash vositalarining davlat reyestrini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasining muvofiqlikni baholash natijalarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa masalalarga doir xalqaro shartnomalarini tuzish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
mahsulotning, uni ishlab chiqarish jarayonlarining yoki usullarining texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi prezumpsiyasini taʼminlaydigan standartlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
g) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda isteʼmolchilarning huquqlarini notoʻgʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish choralarini koʻrish sohasida:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, muvofiqlikni baholashga, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga rioya etish masalalari boʻyicha nazorat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari taʼminlanishini tashkil etadi va bu borada davlat nazoratini amalga oshiradi;
metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi, shuningdek, metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi harakatlarni muvofiqlashtiradi;
inson hayoti, sogʻligʻi, jismoniy va yuridik shaxslar mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlar olib kirilishi, ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi xavfining monitoringini yuritadi;
d) texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida ilmiy, muhandis-texnik kadrlarni, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslarni oʻqitishni tashkil etadi;
kadrlar malakasini davriy oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini amalga oshiradi;
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtgan kadrlarning yagona axborot-maʼlumot bazasi yaratilishi va kuzatib borilishini tashkil etadi;
oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektor bilan innovatsiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan oʻzaro hamkorlik tadbirlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonlariga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakl va usullarini joriy etadi;
e) mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha manzilli choralar koʻrish sohasida:
xalqaro amaliyotni doimiy oʻrganadi, uning natijalariga koʻra mahalliy mahsulotlarni zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va ularning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishda ilgʻor metodlarni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
xalqaro (mintaqaviy) standartlarning hamda texnik reglamentlarning davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan joriy etilishini muvofiqlashtiradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarga, shuningdek, boshqa manfaatdor tashkilotlarga texnik reglamentlarni ishlab chiqishda amaliy yordam beradi, ularni ilmiy-metodik qoʻllanma bilan taʼminlaydi;
texnik reglamentlarning ishlab chiqilishida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari faoliyatini oʻz vakolati doirasida muvofiqlashtiradi;
j) sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni texnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini taʼminlash sohasida:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda tashkilotlarda zamonaviy sifat menejmenti tizimlarini joriy etish jadvallarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha nazoratni amalga oshiradi;
eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq, shu jumladan, xalqaro darajada eʼtirof etilgan muvofiqlikni baholash organlarini jalb etgan holda sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimlarini joriy etishning afzalliklarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boradi;
z) xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan milliy muvofiqlikni baholash, sinov hamda oʻlchash natijalarini eksport bozorlarida tan olish borasida hamkorlikni kengaytirish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro va mintaqaviy standartlashtirish (ISO, IEC, SMIIC), metrologiya (OIML, BIPM, COOMET) hamda boshqa tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifoda etadi;
(11-band “z” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
milliy sertifikatlarni va sinash hamda oʻlchashlar natijalari chet davlatlarda eʼtirof etilishiga erishish boʻyicha choralar koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajaradi;
mutaxassislarning chet elda va Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro oʻquv va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida tegishli xalqaro dasturlar doirasida oʻzaro hamkorlik, grant va texnik koʻmakni jalb etishga oid takliflar tayyorlashda va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlarga qoʻshilish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarda joriy qilishni muvofiqlashtiradi;
mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishda mamlakatlar talablari toʻgʻrisida maʼlumot berilishida respublika korxonalariga amaliy yordam koʻrsatadi;
i) texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda ularning samaradorligini oshirish sohasida:
realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarining samaradorligini oshirish boʻyicha faoliyatini oʻz vakolati doirasida muvofiqlashtiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga va qonunchilikda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi va reyestrini yuritadi;
majburiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan, xavf darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini shakllantiradi, shuningdek, mazkur mahsulotlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
k) texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish orqali samaradorlik va natijadorlikka erishish, tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turlarini kengaytirish, shaffof va korrupsiyadan xoli samarali tizimni joriy etish sohasida:
standartlashtirish, metrologiya, shu jumladan, mahsulotlarni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, sifat menejmenti tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish va sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida yagona maʼlumotlar bazalarini, shu jumladan texnik reglamentlar maʼlumotlar bazasini, davlat reyestrlarining elektron bazasini tashkil etadi, shakllantiradi va yuritadi;
tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
mahsulotlarning sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida jamoatchilik fikrini oʻrganish hamda doimiy tarzda “qayta aloqa” prinsipi boʻyicha oʻrganish natijalarini yoritish imkoniyatini beradigan maxsus Internet-portalni yaratishni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida joylashtiriladigan maʼlumotlar roʻyxatini kengaytirish choralarini koʻradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda korrupsion omillarni qisqartirishga qaratilgan axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqadi hamda amaliyotga joriy etadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida axborot va kiber xavfsizlikni taʼminlash, axborot xavfsizligi siyosatini amaliyotga joriy etishni taʼminlaydi;
l) texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish sohasida:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar buzilishining oldini olish yuzasidan profilaktika ishlarini oʻtkazish boʻyicha reja-jadvallarni tasdiqlaydi;
oʻz vakolati doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish ishlarini muvofiqlashtiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablariga, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi taʼminlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalari buzilish holatlarining tahlilini oʻtkazadi va qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishga koʻmaklashadigan mexanizmlarni ishlab chiqadi;
tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida tushuntirishlar, shuningdek, huquqbuzarlikni sodir etishga moyil boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini sodir etilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
majlislar, seminarlar, “ochiq eshiklar” kunlari, konferensiyalar va uchrashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan qonunchilik hujjatlari talablarining mumkin boʻlgan buzilishlarining oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari oʻtkazilishini tashkil etadi;
profilaktika va davlat nazorati natijalari boʻyicha korxonalarga va tarmoqlarga kiritilgan taqdimnomalarni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan maʼlumotlar va takliflar kiritadi;
qonunchilik hujjatlari buzilishlarining oldini olish chora-tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi;
moddiy-texnik bazani tegishli modernizatsiya qilib, mustahkamlab va yangilab, tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan maʼlumotlarni tahlil qilishning ilgʻor avtomatlashtirilgan tahlil qilish usullarini joriy etishni tashkil etadi va ularning qoʻllanilishini muvofiqlashtiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari bilan aholi va tadbirkorlik subyektlarini oʻz vaqtida tanishtirish va ularni yetkazish ishlarini tashkil etadi;
m) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi masalalarda sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmaklashish sohasida:
tegishli tarmoqlar bilan birgalikda mahalliy sanoat korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlar sifatini oshirish hamda sinov laboratoriyalarini tashkil etishda koʻmaklashish ishlarini tashkil etadi;
n) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi taʼminlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish sohasida:
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish yuzasidan davlat nazoratini oʻtkazish boʻyicha reja-jadvallarni tasdiqlaydi;
davlat nazorati natijalari asosida korxonalarda texnik reglament va standartlar talablariga rioya etmaganlik uchun korxona va tarmoq rahbarlariga taqdimnomalar kiritadi;
mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish borasida huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va ularga chek qoʻyish ishlarini tashkil etadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi taʼminlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalarining buzilish holatlarini tahlil qiladi va qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishga koʻmaklashadigan mexanizmlarni ishlab chiqadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi taʼminlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzilishiga olib keladigan sharoitlarni oʻrganishni tashkil etadi, bunday sharoitlar qoʻllanilishini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
oʻtkazilgan davlat nazorati natijalarini muvofiqlashtiradi va amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat nazorati natijalari boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi;
o) standartlashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining standartlashtirish sohasida davlat siyosatini yuritish boʻyicha tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
standartlashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida davlat organlari faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlaydi;
standartlashtirish sohasidagi faoliyatni normativ-huquqiy tartibga solishni shuningdek, standartlarni qabul qilish, kelishish va muhokama qilish boʻyicha axborot tizimlarini yaratish ishlarini muvofiqlashtiradi;
milliy standartlashtirish tizimini rivojlantirishning strategik va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
zamovaniy va ilgʻor standartlarni qabul qilish va joriy qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
standartlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish, amalga kiritish, ularga oʻzgartishlar kiritish, ularni qayta koʻrib chiqish, toʻxtatib turish yoki bekor qilish chogʻida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek, standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan hollarda standartlashtirish masalalari boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qiladi;
Standartlashtirish boʻyicha milliy organ huzurida Apellyatsiya komissiyasini tuzadi va uning faoliyatini tashkil etadi, Apellyatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va Apellyatsiya komissiyasining tarkibini tasdiqlaydi;
p) texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya masalalari boʻyicha respublika hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, ularning huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
respublika hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarni tashkil etish zarurati toʻgʻrisida tashabbuslarni ilgari suradi va texnik reglamentlarning joriy etilishini taʼminlash yuzasidan koʻrsatmalar kiritadi;
xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlashtirish institutlari va ularning texnik qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi;
r) manfaatdor tomonlarni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda taʼminlashni muvofiqlashtirish sohasida:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi yuritilishini muvofiqlashtiradi;
standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning yagona maʼlumotlar bazasini kuzatib boradi;
standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni oʻz vakolati doirasida ishlab chiqadi;
s) milliy qonunchilikni, texnik tartibga solish, muvofiqlikni baholash va standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni xalqaro talablarga, shu jumladan, Jahon savdo tashkiloti talablariga uygʻunlashtirish sohasida:
Oʻzbekiston milliy standartlarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishning tarmoq jadvallarini shakllantirishda ishtirok etadi va muvofiqlashtiradi;
xalqaro amaliyotni doimiy ravishda oʻrganadi, uning natijalari boʻyicha ilgʻor amaliyotlarni joriy qilish boʻyicha takliflar kiritadi;
standartlashtirish boʻyicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalari faoliyatida hamda milliy standartlarni xalqaro darajada tarqatishda faol ishtirok etadi;
sohaga oid milliy qonunchilik va normativ hujjatlarni Jahon savdo tashkilotining bitim va qoidalariga muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
t) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasini rivojlantirishning asosiy indikatorlari boʻyicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish sohasida:
(11-band “t” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
xalqaro standartlarni qabul qilish va milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish choralarini koʻrib boradi;
profilaktika tadbirlarining onlayn tarzda hamda joyiga chiqqan holda oʻtkazilishini tashkil qiladi;
texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida faoliyat koʻrsatayotgan kadrlar malakasini oshirishni muvofiqlashtiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish choralarini koʻrib boradi;
sohada koʻrsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish maqsadida axborot tizimlarini joriy qiladi;
standartlashtirish boʻyicha milliy texnik qoʻmitalarning xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarga aʼzoligini taʼminlashda koʻmaklashadi;
ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
import va mahalliy mahsulotlarning muvofiqligini baholash boʻyicha zarur choralar koʻrib boradi.
(11-band “t” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, oʻzining tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi.
2-§. Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari va funksiyalari
13. Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari uning tizimidagi tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishini tashkil etish hamda taʼminlash hisoblanadi.
14. Agentlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Agentlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlaydi;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga shuningdek, mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq talablarning bajarilishida tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Agentlik tomonidan Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli hamda oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatiga belgilangan tartibda rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Agentlikning faoliyati, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy taʼminlanishini tashkil etadi;
Agentlikning vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalarni hal etadi.
4-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
15. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
korxonalarda texnik reglament va standartlar talablariga rioya etmaganlik uchun korxona va tarmoq rahbarlariga taqdimnomalar kiritish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi masalalarni hal etish uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish, texnik jihatdan tartibga solish hamda mahsulotlar sifatini boshqarish masalalari boʻyicha qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish hamda ular yuzasidan xulosalar berish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakiliga, sotuvchilarga, import qiluvchilarga yoki ijrochilarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash yuzasidan sudga murojaat qilish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki chaqirib olish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllash boʻyicha sudga murojaat qilish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlardan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari buzilishlarining oldini olishda muvofiqlikni baholash organlaridan mahsulotga rasmiylashtirilgan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar va ularni rasmiylashtirishga asos boʻlgan hujjatlar toʻplamlarini soʻrab oladi;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistika axborotini statistika organlaridan bepul olish;
Agentlik oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida uning tizimidagi tashkilotlarning davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari tomonidan tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlarning bajarilishi hisobga olingan holda, ularni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Agentlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifoda etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 15-band oʻn oltinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 15-band oʻn yettinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
oʻz vakolati doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni ekspertizadan oʻtkazish;
oʻz vakolati doirasida texnik reglamentlarni ishlab chiqish;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarni tashkil qilishda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishtirok etish;
davlat nazorati natijalarini tahlil qilish asosida mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish hamda sifat menejmenti tizimlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar kiritish;
respublika iqtisodiyoti uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan mahsulotlarni texnik jihatdan tartibga solishga, metrologiya va muvofiqlikni baholashga oid muammolarni koʻrib chiqish boʻyicha vaqtincha ilmiy-texnik komissiyalar tuzish;
nazorat qilinayotgan mahsulotlar koʻrsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida sotish va saqlash korxonalarida nazorat xaridini oʻtkazish yoʻli bilan mahalliy mahsulotlar sifatining davlat nazoratini amalga oshirish;
Agentlik huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma) mablagʻlaridan belgilangan tartibda foydalanish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar qoidalari buzilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qoʻllash;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini va sifatini taʼminlamaydigan hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga zid boʻlgan standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni bekor qilish, ularning amal qilish muddatini cheklash yoki qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
muvofiqlik sertifikatlari blanklarini, sertifikatlashtirish tizimida qoʻllaniladigan muvofiqlik belgisi shaklini va oʻlchamlarini tasdiqlash;
majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning buzilish alomatlari aniqlangan holatlarda, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni soʻrash;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari buzilishlarining oldini olish va (yoki) oqibatlarini bartaraf etish, dastlabki holatini tiklash toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari va boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga bajarish uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni berish, shuningdek, berilgan koʻrsatmalarning bajarilishini nazorat qilish;
belgilangan tartibda oʻz vakolati doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
zarur hollarda, belgilangan tartibda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish.
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Agentlik:
Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash va muvofiqlikni baholash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
Agentlikning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash va muvofiqlikni baholash tizimini rivojlantirish, shuningdek, koʻrsatilgan sohalarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
oʻz vakolati doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishi va ularga rioya etilishi taʼminlanishi uchun javob beradi.
5-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
17. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Agentlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlikning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Agentlik, uning tizimidagi tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyat darajasini belgilash;
Agentlik faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorlariga muvofiq Agentlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarni koʻrish;
Agentlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti), Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasining Reglamenti) talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasida ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);
Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son hamda “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻz oʻrinbosarlari va tizimdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakuni boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-ahloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlari odob-axloq qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari) talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik tizimida Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar koʻrib borish;
Agentlik, uning tizimidagi tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlari faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun shaxsiy javobgar boʻlish;
Agentlik xodimlari tomonidan bajarish uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, qoʻllanmalar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
belgilangan cheklangan umumiy son doirasida Agentlik markaziy apparatini, shuningdek, uning tizimidagi tashkilotlarning shtat jadvalini va xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Agentlik tizimidagi tashkilotlarning nizomlarini (ustavlarini) belgilangan tartibda tasdiqlash;
Agentlik markaziy apparati xodimlarini, Agentlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlarini (Inspeksiya boshligʻidan tashqari) belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
qonunchilik normalari buzilganligi uchun mahsulotlar, xizmatlar va boshqa obyektlarni, shu jumladan, ishlab chiqarish jarayonlarini, sifat menejmenti tizimlarini, ekspert-auditorlarni, muvofiqlikni baholash sohasida xodimlar sifatida ishtirok etishga talabgor mutaxassislar muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar va muvofiqlik belgilarining amal qilishini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turish hamda bekor qilish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda, ushbu mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini toʻxtatib turish;
sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi (shu jumladan, mahsulot barcha majburiy koʻrsatkichlarga muvofiqligi baholanmaganligi) natijasida sifatsiz mahsulotlar realizatsiya qilinganligi holatlari aniqlaganda, mazkur organning sertifikatlashtirish faoliyatini toʻxtatib turish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash, muvofiqlikni baholash va davlat nazorati yuzasidan idoralar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro, davlatlararo shartnomalarning belgilangan tartibda imzolash.
Agentlikning direktori qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
18. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Agentlik direktori vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
mutasaddilik qiladigan Agentlik tizimidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish;
Agentlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tizimdagi tashkilotlarning prognoz koʻrsatkichlarga erishishini soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Agentlik tarkibiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorlariga muvofiq Agentlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarni koʻrish;
Agentlik hayʼati qarorlari, Agentlik direktorining buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar berish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, tizim tashkilotlarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlik direktori tomonidan keyinchalik koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va viza qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq tarzda ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Agentlik direktorining topshirigʻi boʻyicha Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Agentlikka taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularning puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizasini oʻtkazish;
Agentlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son hamda “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
tizimdagi tashkilotlar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Agentlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik rahbariyatiga kiritish;
tizimdagi tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Agentlik rahbariyatiga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining rioya etishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik tizimida Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar koʻrib borish;
Agentlik direktoriga davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, ularning sifatini oshirish va ochiqligi yuzasidan takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
19. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari boshliqlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Agentlik tizimidagi tashkilotlarning oʻz vakolatlari doirasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilish jarayonlarini muntazam tahlil qilish va tizimdagi tashkilotlar tomondan koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilish boʻyicha takliflarni Agentlik direktorining mutasaddi oʻrinbosarlariga taqdim etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorlariga muvofiq Agentlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarni koʻrish;
Agentlik hayʼati qarorlari, Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
har choraklik ish rejalar ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlashga kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish hamda Agentlik tizimidagi tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
faoliyat masalalari yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Agentlik direktorining oʻrinbosarlariga takliflar berish, ularning kasbiy yetukligi, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va odob-axloq sifatlarining yuqori darajasi kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish yuzasidan choralar koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Agentlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Agentlik rahbariyatining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
Agentlikka topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularning huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son hamda “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik tizimida Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar koʻrib borish;
Agentlik rahbariyatiga davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, ularning sifatini oshirish va ochiqligi yuzasidan takliflar kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
oʻzlarining asosiy funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosini taʼminlash.
20. Quyidagilar Agentlik tizim tashkilotlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Agentlik tizimidagi tashkilotlarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Agentlikning hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
tizimdagi tashkilotlarning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish;
tizimdagi tashkilotlar tarkibiga kiradigan boʻlinmalar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorlariga muvofiq shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarni koʻrish;
Agentlik hayʼatining qarorlari, Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, tizimdagi tashkilotlarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Agentlik tizimidagi tashkilotlar faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Agentlik tizimidagi tashkilotlarning faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Agentlik tizimidagi tashkilotlarning har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilish jarayonini nazorat qilishni taʼminlash;
Agentlik tizimidagi tashkilotlarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish, tizimdagi tashkilotlarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Agentlik direktorining nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlar, shuningdek, tizimdagi tashkilotlarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning kasbiy yetukligi, vakolatliligi, amaliy tajribasi, ishbilarmonlik va odob-axloq sifatlarining yuqori darajasi kafolatlanganligini taʼminlash;
tizimdagi tashkilotlari xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy jazoga tortish masalalarini hal etish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy jazoga tortish toʻgʻrisida, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tizim tashkilotlari xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik tizimida Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan choralar koʻrib borish;
prognoz koʻrsatkichlar bajarilish jarayonlarini muntazam tahlil qilish va tizimdagi tashkilotlar tomondan koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilish boʻyicha takliflarni Agentlik direktorining mutasaddi oʻrinbosarlariga taqdim etish;
tizimdagi tashkilotlar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
tizimdagi tashkilotlar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
tizimdagi tashkilotlar xodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Agentlikka kiritish;
davlat sirini yoki qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
21. Agentlik va Inspeksiyaning zimmasiga davlat nazoratini amalga oshirish yuklangan boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, mutaxassislari lavozimiga koʻra bir vaqtning oʻzida standartlar va oʻlchashlarni yagona birlikda boʻlishini taʼminlanishi yuzasidan nazorat boʻyicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya qoidalariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar Agentlik tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
22. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
23. Agentlik direktori oʻrinbosarlari:
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalish va tarkibiy boʻlinmalarda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan Agentlikning javobgarlik sohalarida mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha;
ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Agentlikning rahbariyati
24. Agentlikka direktor rahbarlik qiladi.
Direktorning uch nafar, shu jumladan, birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Agentlik direktori belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Agentlik direktori oʻrinbosarlari hamda Inspeksiya boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan, Agentlikning boshqa tizim tashkilotlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
25. Direktor, direktorning birinchi oʻrinbosari va Inspeksiya boshligʻi bir vaqtning oʻzida lavozimiga koʻra tegishincha texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat bosh inspektori va davlat bosh inspektor oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
26. Agentlik direktori:
Agentlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlari vakolatini belgilaydi, Agentlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslar vakolatlarini, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish va tizimdagi tashkilotlarning ishi uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;
Agentlik tizimidagi xodimlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati, shuningdek, tizimdagi tashkilotlarning shtatlar jadvalini hamda xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
zarurat boʻlganda, boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan shtatlar soni doirasida Agentlikning markaziy apparati va uning tizimidagi tashkilotlar tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, oʻz mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan tizimdagi tashkilotlar boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilaydi;
Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Agentlik tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni (Inspeksiya va Oʻzbekiston standartlar instituti bundan mustasno) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Agentlik markaziy apparatining xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Agentlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlarini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarning mutaxassislarini, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va oʻquv muassasalarining mutaxassislarini jalb etadi, shuningdek, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda ishga qabul qiladi;
qoʻshimcha tarzda oʻzining xizmat majburiyatlarini bajargan Agentlikning tashabbuskor xodimlariga Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan har oyda mehnatga haq toʻlash fondining ikki baravari miqdorigacha qoʻshimcha haq toʻlash, mukofotlash va boshqa ragʻbatlantirish tusidagi hamda kompensatsiya toʻlovlarini toʻlab beradi;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va davlat nazorati organlari bilan hamkorlik masalalari yuzasidan idoralararo tusdagi xalqaro, davlatlararo shartnomalarni oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda imzolaydi.
Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining tizimdagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish tartibi
27. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining tizimdagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
28. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Agentlik tizimidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi, oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha:
topshiriqlarni tizimdagi tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilish jarayonini nazorat qiladi;
tarkibiy boʻlinmalarning toʻgʻridan-toʻgʻri faoliyati masalalari boʻyicha Agentlik tizimidagi tashkilotlarga soʻrovnomalar joʻnatadi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi;
Agentlik tizimidagi tashkilotlar faoliyatini tekshiradi va oʻrganadi, amaliyotini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Agentlik tizimidagi tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa maʼlumotlarni oʻrganishni tashkil etadi;
Agentlik tizimidagi tashkilotlarning ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish choralarini koʻradi;
Agentlik tizimidagi tashkilotlardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Agentlik tizimidagi tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil etadi, ulardan kelib tushgan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi.
29. Agentlik tizimidagi tashkilotlar Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda ishlaydi, shu jumladan:
Agentlik rahbariyati topshiriqlarining bajarilishi toʻgʻrisida hisobot beradi;
Agentlik markaziy apparatiga oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni, axborotlarni hamda maʼlumotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Agentlik markaziy apparatiga oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi;
Agentlik markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradi;
vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi.
30. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hamda uning tizimidagi tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Agentlik direktorining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita Agentlik direktori tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Agentlikning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik tartibi
31. Agentlik oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
32. Agentlikning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Vazirlar Mahkamasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
4-§. Agentlikning hayʼati, boshqa kengash, maslahat, ekspert organlari
33. Agentlikda direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), Agentlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Agentlik faoliyatining standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, xalqaro standartlarni, shu jumladan, sifat menejmenti tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahalliy mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, shuningdek, standartlashtirish tizimi faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini, oʻlchashlarni yagona birlikda boʻlishini, muvofiqlikni baholashni, ushbu sohalardagi ilmiy-texnik axborotni tarqatish, shuningdek, ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirilishini taʼminlash boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash va ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Agentlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hayʼat majlisiga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hayʼat uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda, vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hayʼat qarorlari direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Direktor va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, direktor yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamentida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 34-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 35-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
36. Agentlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
37. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
38. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
39. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
9-bob. Agentlik, uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish
40. Agentlik, Inspeksiya, Oʻzbekiston standartlar institutining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlanadi.
41. Quyidagilar maxsus jamgʻarmani shakllantirish manbalari hisoblanadi:
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun hujjatlarining talablari buzilganligi uchun moliyaviy va maʼmuriy jarimalarning 50 foizi;
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi yalpi foydasidan 20 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
(41-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
sertifikatlashtirish organiga mahsuloti sertifikatlashtirilgan import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan kelib tushayotgan muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlovning 90 foizi;
Maxsus jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar.
42. Maxsus jamgʻarma mablagʻlari:
Oldingi tahrirga qarang.
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
milliy etalon bazani, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi tashkilotlarning sinov va oʻlchash laboratoriyalarini rivojlantirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻzaro hamkorlik tadbirlariga hamda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga badallar toʻlashga;
(42-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarning binolar, inshootlar hamda muhandislik tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va saqlashga, asbob-uskunalar sotib olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik faoliyatini amalga oshirishda moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga;
(42-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
eksportbop mahsulotlar uchun respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini sotib olish va qabul qilishga;
sohani rivojlantirish, modernizatsiya qilish va yangi laboratoriyalarni tashkil etish maqsadida olingan qisqa va uzoq muddatli qarz hamda kredit boʻyicha (shu jumladan, xalqaro tashkilotlar va banklardan olingan) majburiyatlarini qaytarish xarajatlariga;
boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishga shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa tadbirlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarga yoʻnaltiriladi.
43. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash fondi lavozim maoshi, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun ustama haqlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, ragʻbatlantirish toʻlovlaridan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Agentlik va Inspeksiya xodimlari uchun tatbiq etilgan mehnatiga haq toʻlash razryadlariga asosan xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi hamda amaldagi uzoq yillik xizmati uchun ustama miqdorlari saqlanib qolinadi. Bunda Agentlik va Inspeksiya xodimlariga moddiy ragʻbatlantirish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida toʻlanadi.
44. Agentlik markaziy apparati xodimlariga quyidagilar hisobidan:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan:
quyidagi miqdorlarda koʻp yillik xizmati uchun oylik ustama haqlari toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan ortiq — 1,5.
Bunda koʻp yillik xizmati uchun oylik ustama haqlari koeffitsiyentini hisoblashda Agentlik va Inspeksiya xodimlarining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar (yakka tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida ishlagan davridan tashqari), barcha tashkilotlardagi mehnat faoliyati davri hisobga olinadi;
qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa mukofotlar, toʻlovlar va ustamalar;
b) Agentlikning budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan:
Agentlik xodimlariga har oyda mehnatga haq toʻlash fondining ikki baravari miqdorigacha ustama va qoʻshimcha haq toʻlash, mukofotlash va boshqa ragʻbatlantirish tusidagi hamda kompensatsiya toʻlovlari;
standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarga oylik ish haqi toʻlanishida, tegishli yoʻnalish boʻyicha xalqaro va xorijiy tashkilotlarning bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatiga ega boʻlganda uning amal qilishi davrida, biroq ikki yildan koʻp boʻlmagan muddat davomida oylik maoshiga nisbatan 20 foiz, ekspert sifatida roʻyxatga olinganda oylik maoshiga nisbatan 40 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan darajalar) ilmiy darajasiga ega xodimlar lavozim maoshiga 5 foizgacha, shuningdek, fan doktori (DSc) (yoki xorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan daraja) ilmiy darajasiga ega xodimlar lavozim maoshiga 10 foizgacha qoʻshimcha haq.
(44-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Mazkur Nizomning 41-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan manbadan Maxsus jamgʻarmaga tushgan mablagʻlarning Davlat budjetiga oʻtkaziladigan majburiyatlar chegirilgandan soʻng qolgan 80 foizigacha qismi har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Inspeksiyaning budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Bunda oʻtkazilgan mablagʻlar Inspeksiya tomonidan:
oʻz xodimlariga qoʻshimcha haq, mukofot va boshqa ragʻbatlantirish tusidagi hamda kompensatsiya toʻlovlariga va saqlash xarajatlariga;
standartlarni hamda normativ hujjatlarning majburiy talablariga rioya qilish oʻlchovlarining yagonaligi taʼminlanishini davlat tomonidan nazorat qilishga;
insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini amalga oshirishga, shuningdek, ichki bozorda muomalada boʻlgan tovarlar muvofiqligini baholashga;
mahsulotlarning solishtirish sinovlarini tashkil etish va oʻtkazishga;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan toʻlovlarga;
nazorat xaridi va sinovlarni oʻtkazish xarajatlariga sarflanadi.
10-bob. Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi
45. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi hamda:
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda takliflar, tavsiyalar va tahliliy materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun tayyorlanishini taʼminlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi tizimlarni tayyorlash, joriy etish va samaradorligini baholash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi, Vazirlar Mahkamasiga respublikada iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar strategiyasidan kelib chiqib, ushbu tizimlarni samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflar kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarini eng muhim yoʻnalishlar hamda vazifalarning amaldagi ijrosi hamda mazkur sohalarda mavjud tizimli muammolar va kamchiliklarni Vazirlar Mahkamasining rahbariyati tomonidan muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
46. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Agentlik direktorining buyruqlariga amal qiladi.
3. Inspeksiya respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xorijiy, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
5. Agentlik Inspeksiyaning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.
6. Inspeksiya texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonuniy talablarga va normativ-huquqiy hujjatlarga, texnik reglamentlarga, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarga, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash, muvofiqlikni baholash qoidalariga rioya etish boʻyicha davlat nazoratini (keyingi oʻrinlarda — davlat nazorati) amalga oshiradi.
7. Davlat nazorati Inspeksiyaning davlat inspektorlari tomonidan qonunchilikda belgilangan shartlarda hamda tartibda amalga oshiriladi.
8. Inspeksiyaning davlat inspektorlari oliy maʼlumotga ega boʻlishlari va majburiy attestatsiyadan belgilangan tartibda oʻtishlari kerak.
9. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat inspektorlari davlat himoyasida boʻlib, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil boʻladi va bevosita Inspeksiyaga boʻysinadilar.
10. Inspeksiyaning oʻz vakolati doirasiga taalluqli boʻlgan masalalar yuzasidan qabul qilinadigan va oʻrnatilgan tartibda qabul qilingan qarorlari, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
11. Inspeksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi;
qisqartmasi — Texnik tartibga solish inspeksiyasi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Inspeksiya po kontrolyu v oblasti texnicheskogo regulirovaniya Uzbekskogo agentstva po texnicheskomu regulirovaniyu pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;
qisqartmasi — Inspeksiya texnicheskogo regulirovaniya;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — The control inspection in the field of technical regulation of the Uzbek agency for texnical Regulation under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;
qisqartmasi — Technical Regulation Inspectorate.
12. Inspeksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): 100055, Toshkent shahar, Zafarobod koʻchasi, 7a uy.
2-bob. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilikda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarni aniqlash ishlarini tashkil etish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi taʼminlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish;
texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos boʻluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
amaldagi texnik reglamentlar, standartlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlarni belgilangan tartibda savdodan chiqarish.
14. Oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq Inspeksiya quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish sohasida:
texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish grafiklari va rejalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, texnik tartibga solish va boshqa axborot tuzilmalarining axborot tizimi, ommaviy axborot vositalari va boshqa ochiq manbalardan olingan maʼlumotlar, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan maʼlumotlarni tahlil va taqqoslash yoʻli bilan korxonalarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklarning joyiga chiqmagan holda oldini oladi;
davra suhbatlari, seminarlar, konferensiya va uchrashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik buzilishining oldini olish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritadi;
tadbirkorlik subyektlarini texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonunchilik talablari aks etgan tarqatma materiallar bilan taʼminlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash talablarining, majburiy sertifikatlashtirish qoidalarining buzilish holatlarni aniqlaydi va qonunchilik talablariga rioya etishga koʻmaklashuvchi tegishli choralar koʻradi, mexanizmlarni ishlab chiqadi;
texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlari buzilishini yashirish mexanizmlarini oʻrganish va aniqlashni tashkil etadi, amalga oshiradi va koʻrsatilgan mexanizmlarni qoʻllashning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tegishli tarmoqlar bilan birgalikda mahalliy sanoat korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlar sifatini oshirish hamda sinov laboratoriyalarini tashkil etishda koʻmaklashish ishlarini tashkil etadi, shuningdek, sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash ishlarini amalga oshiradi;
Inspeksiyaning texnik bazasini tegishli ravishda modernizatsiyalash, mustahkamlash va yangilash orqali tashqi va ichki manbalardan kelib tushadigan maʼlumotlar tahlilining avtomatlashtirilgan ilgʻor usullarini joriy etadi va qoʻllaydi;
mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishda va realizatsiya qilishda huquqbuzarliklarni belgilangan tartibda aniqlashni, ularning oldini olishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
davlat nazorati uchun budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Agentlik huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nazorat xaridi va sinov laboratoriyalarida sinovlarni oʻtkazish xarajatlarini qoplashga mablagʻlarni yoʻnaltiradi;
nazorat qilinadigan mahsulotlar koʻrsatkichlarini belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida tashkilotlarda realizatsiya qilinadigan va saqlanadigan (import boʻyicha olib kelinadigan va mahalliy ishlab chiqarilgan) mahsulotlarni nazorat xaridini oʻtkazish yoʻli bilan davlat nazoratini amalga oshiradi (nazorat xaridi maqsadli korporativ bank kartasi yordamida Inspeksiya va uning hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi);
mahsulotlarni sinash uchun sinov laboratoriyalarini tanlab oladi;
nazorat tadbirlari davomida texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshiradi, mavjud texnik reglamentlar haqida xabardor qiladi;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
huquqbuzarliklarning oldini oladi, huquqbuzarlikni keltirib chiqaradigan sabablarni va sharoitlarni aniqlaydi, oʻrganadi va ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;
b) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilikda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarni aniqlash ishlarini tashkil etish sohasida:
jismoniy va yuridik shaxslardan mahsulotlarning sifati hamda xavfsizligi yuzasidan kelib tushayotgan eʼtiroz va takliflarni oʻrganadi;
isteʼmolchilar tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali mahsulotlarning sifati boʻyicha tushayotgan eʼtirozlarni oʻrganadi;
kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida savdo obyektlarida mahsulotlar nazorat xaridini amalga oshirish orqali sifatini baholaydi, bunda respublika hududiga olib kelinadigan mahsulotlarning sifatini ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan “Xavfni tahlil etish” tizimi asosida baholaydi;
mahsulotlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, ularni nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar reyestriga kiritadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlar importini cheklash chorasini koʻradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlar toʻgʻrisida isteʼmolchilarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish orqali ogohlantiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, yetkazib beruvchi va ular bilan savdo qiluvchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan moliyaviy va maʼmuriy choralar koʻradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlarni belgilangan tartibda savdodan chiqarish choralarini koʻradi;
v) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi va toʻgʻriligi taʼminlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar joriy etilishini va ularga amal qilinishini nazorat qiladi;
nazorat qilinadigan mahsulotlar koʻrsatkichlarini belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida tashkilotlarda realizatsiya qilinadigan va saqlanadigan (import boʻyicha olib kelinadigan va mahalliy ishlab chiqarilgan) mahsulotlar boʻyicha nazorat xaridini oʻtkazish yoʻli bilan davlat nazoratini amalga oshiradi, bunda nazorat xaridi ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga asosan amalga oshiriladi;
standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida faoliyat yurituvchi subyektlar ishlarini nazorat qiladi, shu jumladan, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasiga doir hujjatlar toʻplamini tahlil qilish orqali;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi normativ hujjatlar nazoratini amalga oshiruvchi tashkilot faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi va ushbu faoliyatni muvofiqlashtiradi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonunchilik, normativ-huquqiy va normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularning ishlab chiqilishida ilmiy va texnik yutuqlardan yuqori samarali foydalanishga hissa qoʻshadi, oʻz vakolati doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, metrologik qoidalar va muvofiqlikni baholash qoidalari oʻz vaqtida joriy qilinmaganligi sabablarini va ularning buzilishini tahlil qiladi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi va oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlar ekspertizasining natijalarini tahlil qiladi;
tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarining sinov boʻlinmalarini mahsulotlarning belgilangan turi va sinov turlari bilan bogʻliq sinov oʻtkazish huquqini baholaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, metrologik qoidalar va muvofiqlikni baholash qoidalarini, agar ular texnik darajani va mahsulot sifatini oshirishga xizmat qilmayotgan boʻlsa hamda amaldagi qonunchilikka zid boʻlsa, ularni bekor qilish, amal qilish muddatini qisqartirish va oʻzgartirishlar kiritish yoki qayta koʻrib chiqish taklifini kiritadi;
ishlab chiqariladigan (shuningdek, olib kiriladigan) va realizatsiya qilinadigan mahsulotlar (xizmatlar) sifati boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun isteʼmolchilar eʼtirozlarini oʻrganadi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, metrologik qoidalar va muvofiqlikni baholash qoidalarini joriy qilish, ularga rioya qilish nazorati jarayonida aniqlangan qonunchilik buzilishini bartaraf etish chorasini koʻradi;
tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektlarining oʻlchash va sinov vositasini tayyorlash, taʼmirlash va qiyoslash (kalibrovkalash) boʻyicha ishlarni bajarishga tayyorgarligini oʻrganadi hamda ularga shartnoma asosida tegishli xulosalar beradi;
mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga nomuvofiqligi haqida maʼlumotlar olinganda, oʻn kun muddatda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) tomonidan nomuvofiqlikni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi, uning ijrosini taʼminlashda amaliy yordam beradi va nazoratni taʼminlaydi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, metrologik qoidalar va muvofiqlikni baholash qoidalari talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish holatlarini aniqlaydi;
qonunchilikka muvofiq chora koʻrish maqsadida sud yoki boshqa organlarga daʼvo bilan murojaat etish uchun qaror qabul qiladi;
muvofiqlikni baholashga doir faoliyatni va mahsulotlarni sinashda muvofiqlikni baholashda ishtirok etadigan obyektlar faoliyatining davlat nazoratini amalga oshiradi;
mahsulotning muvofiqligini baholash uchun talab etiladigan vaqt meʼyorlarini va ularga rioya etilishini “xavf-tahlil” qilish tizimi orqali baholaydi;
laboratoriyalarda, shuningdek, oʻz bazasida tashkil etilgan laboratoriyalarda mahsulotlar sinovini oʻtkazadi;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha davlat metrologiya nazoratini amalga oshiradi, jumladan:
belgilangan kattalik birliklarini qoʻllash toʻgʻriligi, oʻlchash va sinov vositalari holati, ularni tayyorlash, saqlash, taʼmirlash, qiyoslash hamda ekspluatatsiya qilish holatini;
oʻlchashlar va sinovlarni bajarish uslubiyotlarini qoʻllash toʻgʻriligini;
Oʻzbekiston Respublikasida kattalik birliklarining qoʻllanilishiga ruxsat berilgan kattalik birliklariga muvofiqligini;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasida amalga oshiriladigan oʻlchashlar uchun qoʻyiladigan majburiy talablarga rioya qilishni;
oʻlchash vositalari, standart namunalari va kattalik birligi etalonlarining oʻlchashlar yagona birlikda boʻlishini taʼminlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi majburiy talablarga muvofiqligini;
metrologik attestatsiyadan oʻtkazilgan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini mavjudligi va ularning toʻgʻri qoʻllanishiga rioya qilishni;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasiga tegishli boʻlgan oʻlchashlarni amalga oshirish va ular uchun belgilangan majburiy talablarga rioya etishni;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasida qoʻllaniladigan, metrologik attestatsiyadan oʻtkazilgan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari, shuningdek, attestatsiya qilingan oʻlchashlarning uslubi tasdiqlaydigan maʼlumotlar mavjudligi va ularga rioya etishini;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash sohasida ishlarni amalga oshirishni va (yoki) xizmatlar koʻrsatishni;
oʻramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chogʻidagi miqdorining toʻgʻriligini;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashning davlat tomonidan tartibga solish sohasida majburiy talablarga oʻlchashlar, oʻlchash vositalari (tarkibiy qismlari, dasturiy taʼminoti), oʻlchash birliklari, standart namunalar, shuningdek, kattalik birliklari etalonlarining muvofiqligini;
yuridik shaxslarda yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarda har bir oʻlchash vositasi, standart namunalar, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi uchun ekspluatatsiya hujjatlari mavjudligini;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini davlat tomonidan tartibga solish sohasida tekshirilgan turi tasdiqlangan oʻlchash vositalari, turi tasdiqlangan standart namunalar, tasdiqlangan va attestatlangan kattalik birliklari etalonini qoʻllashni;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashning davlat tomonidan tartibga solish sohasida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini, standart namunalarini, kattalik birligi etaloni, oʻlchashlarning uslubiyotidan maqsadli foydalanishni;
Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllashga ruxsat berilgan oʻlchash birliklarini yozish va qoʻllash qoidalariga rioya qilishni;
g) texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularni keltirib chiqarishga asos boʻluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish sohasida:
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritadi, Inspeksiyaning vakolatiga kiradigan ishlarni koʻrib chiqadi va maʼmuriy jazo qoʻllaydi;
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarining amaliyotini tahlil qiladi, hisobini yuritadi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish boʻyicha chora koʻradi;
d) amaldagi texnik reglamentlar, standartlar va qonunchilik talablariga nomuvofiq mahsulotlarni belgilangan tartibda savdodan chiqarish sohasida:
nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarni savdodan chaqirib olish choralarini koʻrish yuzasidan mahsulot egasiga taqdimnoma kiritadi;
texnik reglamentlarning talablariga nomuvofiq deb topilgan mahsulotni qaytarib olish uchun texnik reglamentlarning talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotni chaqirib olish dalolatnomasini rasmiylashtiradi;
texnik reglamentlarning talablariga nomuvofiq deb topilgan, mahsulotni chaqirib va (yoki) qaytarib olish holatlari toʻgʻrisidagi axborotni rasmiy saytida joylashtiradi.
Inspeksiya qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Inspeksiya va davlat inspektorlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
15. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlarni va maʼlumotlarni olish;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali xabardor qilgan holda, belgilangan tartibda oʻtkazilgan “Xavfni tahlil etish” tizimi natijasi asosida oʻziga yuklangan vazifalar doirasida davlat nazoratini amalga oshirish;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 80-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 09/25/80/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 09/25/80/0134-son)
Inspeksiyaning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha sudga va boshqa organlarga murojaat etish;
Inspeksiyaning vakolati doirasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablari buzilganligi uchun maʼmuriy jarimalar qoʻllash boʻyicha sudga murojaat qilish;
davlat nazoratidagi mahsulotlarni (xizmatlarni) olib kiruvchi va ishlab chiqaruvchi hamda saqlovchi va realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislaridan davlat nazoratini oʻtkazish masalalari bilan bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlar va tushuntirishlar olish;
davlat organlaridan mahsulotlarni realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari va savdo joylarining roʻyxatini va joylashuvini soʻrash;
mahsulotlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron dasturlar orqali nazorat qilish;
xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ayrim turdagi import mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qatnashish;
savdo rastalarida realizatsiya qilinayotgan xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ayrim turdagi import mahsulotlar amaldagi texnik reglament, standartlar va qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, ushbu mahsulotlarni davlat roʻyxatidan chiqarish yuzasidan vakolatli idoraga taklif kiritish;
sertifikatlanmagan va qalbaki, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi (YEI) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YEOII) xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimlariga kiritilgan, YEI va YEOII mamlakatlariga olib kirish taqiqlangan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish;
zarur holatlarda, mahsulotlar (xizmatlar)ni olib keluvchi va ishlab chiqaradigan, shuningdek, saqlashni va realizatsiyasini amalga oshiruvchi davlat nazoratidagi tashkilotlar rahbarlariga qonunchilik hujjatlari buzilishini oʻz muddatida bartaraf etish yuzasidan yozma ogohlantirish berish va taqdimnoma kiritish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jarima qoʻllash boʻyicha sudga murojaat qilish;
davlat nazorati natijasiga koʻra texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning belgilangan qismini chaqirib olish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun yuridik shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jarima qoʻllash boʻyicha sudga murojaat qilish;
mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar rahbarlaridan normativ-huquqiy hujjatlar talablarini, shuningdek, vakolatli vazirlik va idoralar mahsulotlarning sifatini va xavfsizligini yaxshilash boʻyicha qarorlarni aniq va eʼtirozlarsiz bajarishni talab qilish;
ishlab chiqaruvchi (sotuvchidan) mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni va muvofiqlik sertifikatlarini yoki ularning nusxasi hamda muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning yoki muvofiqlik sertifikatlarining roʻyxatga olish raqamini talab qilish;
muvofiqlik sertifikatlarini yoki muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni bergan sertifikatlashtirish organlariga ularning amal qilishini toʻxtatib turish va bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda, ushbu mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib turish va bekor qilish. Bunda muvofiqlik sertifikatini bekor qilish va toʻxtatib turishning mezonlari va tartibi ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya-epidemiologik, veterinariya va fitosanitariya xulosalarini rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bobi.
sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi (jumladan, mahsulot barcha majburiy koʻrsatkichlarga muvofiqligi baholanmaganligi) natijasida sifatsiz mahsulotlar realizatsiya qilinganligi holatlari aniqlaganda, mazkur organning sertifikatlash faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib turish. Bunda sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish faoliyatini toʻxtatib turishning mezonlari va tartibi ushbu Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi;
muvofiqlik sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish zarurligi toʻgʻrisidagi axborotni sertifikatni bergan muvofiqlikni baholash organiga va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish;
muvofiqlikni baholash organiga muvofiqlik sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida, deklaratsiyani qabul qilgan shaxsga muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish haqida koʻrsatma berish hamda muvofiqlik sertifikatining, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoxud tugatish haqida koʻrsatma berilganligi toʻgʻrisidagi axborotni akkreditatsiya organiga yuborish;
sertifikatlashtirish organini tekshirish natijasida nomuvofiqliklar aniqlanganda, akkreditatsiya markaziga maʼlumotlar kiritish hamda akkreditatsiya markazi bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirish;
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning 41-moddasiga muvofiq ushbu Qonunda nazarda tutilgan koʻrsatma bajarilmagan taqdirda, Inspeksiya oʻz vakolatlariga muvofiq, shuningdek, zarar yetkazilishini bartaraf etishga doir tadbirlar dasturi bajarilmaganligi haqida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan boshqa shaxslar ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi, import qiluvchi tomonidan mahsulotni majburiy ravishda chaqirib olish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqli;
soliq organlari va boshqa vakolatli organlar bilan hamkorlikda soddalashtirilgan tartibda olib kiriladigan tovarlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilishda ishtirok etish;
soddalashtirilgan tartibda olib kirilgan tovarlardan maqsadli foydalanish toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlari bilan profilaktika chora-tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, qonunchilik hujjatlari buzilishi aniqlanganda — ularni bartaraf etish toʻgʻrisida ogohlantirish berish;
ishlab chiqaruvchini (sotuvchini) qonunchilikda koʻzda tutilgan javobgarlikka tortish;
davlat nazoratidagi obyektdan mahsulotlar (xizmatlar) muvofiqlikni baholash jarayonida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos ravishda oʻtkazilganligini isbotlovchi materiallarni talab qilish;
mahsulotlarni ishlab chiqarishda, realizatsiya qilishda va saqlashda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari, shuningdek, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash, muvofiqlikni baholash qoidalarining buzilish holatlari aniqlanganda, Agentlik rahbariyati orqali vakolatli organlarga muayyan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
tadbirkorlik subyektlariga huquqbuzarlikka yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek, huquqbuzarlikka moyilligi borligi, huquqbuzarlik sodir etilganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida tushuntirishlar bilan birga rasmiy ogohlantirish yozib berish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablari, shuningdek, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash, muvofiqlikni baholash qoidalariga nomuvofiq mahsulotlar (xizmatlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali isteʼmolchilarga yetkazish;
zarur holatlarda, vakolati doirasida amalga oshiradigan nazorat faoliyatiga davlat boshqaruvi organlari mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish.
Inspeksiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
16. Inspeksiyaning davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
mahsulotlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish bosqichlarida, ishlab chiqarishga tayyorlashda, realizatsiya qilishda (yetkazib berish, sotish), foydalanishda (ekspluatatsiya), saqlashda, transportirovka va utilizatsiya qilishda texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasidagi normativ hujjatlar majburiy talablarining buzilish holatlari aniqlanganda, ularni bartaraf etish toʻgʻrisida ogohlantirish berish;
tadbirkorlik subyekti davlat nazoratini oʻtkazishdan bosh tortgan holatda, oʻrnatilgan tartibda mahsulotlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni taqiqlash;
tadbirkorlik subyektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish;
belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektidan davlat nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va maʼlumotlarni olish;
texnik vositalardan foydalanish va davlat nazoratini oʻtkazishda xoʻjalik faoliyatini yurituvchi subyekt mutaxassisini jalb etish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalari majburiy talablariga muvofiqligini nazorat qilish uchun mahsulotlardan namunalar va nusxalar tanlab olish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, oʻlchashlarni) oʻtkazish xarajatlarini tekshirilayotgan xoʻjalik faoliyati subyektlarining ishlab chiqarish xarajatlariga kiritish;
mahsulotlarning (xizmatlarning) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasidagi qoidalar majburiy talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar ishonchliligini tekshirish uchun ishlab chiqaruvchidan (sotuvchidan) materiallarni talab etish;
ishlab chiqaruvchidan (sotuvchidan) va boshqa shaxslardan mahsulot (xizmat) toʻgʻrisida maʼlumotlarni yoki loyihalash jarayonlari (shu jumladan, tadqiqotlar), ishlab chiqarish, realizatsiya va utilizatsiya qilish, montaj, qurilish, sozlash, ekspluatatsiya, saqlash, tashish, shuningdek, tadqiqotlar (sinovlar) natijalari va muvofiqligini majburiy tasdiqlash jarayonida amalga oshirishdagi oʻlchashlar bilan bogʻliq boʻlgan talablarni soʻrash;
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarni (xizmatlarni) sinashda va sertifikatlashtirishda, sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni (xizmatlarni) va sifat menejmenti tizimining inspeksiya nazoratida ishtirok etish;
(16-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
davlat nazorati natijalari boʻyicha dalolatnomalarni rasmiylashtirish va kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida qonunchilik talablariga rioya etishni taʼminlash masalalari boʻyicha sud jarayonlarida ishtirok etish;
tekshirilgan mahsulot texnik reglament va standartlarning majburiy talablariga muvofiq kelmagan va majburiy muvofiqligi tasdiqlanadigan, ammo muvofiqligi tasdiqlanmagan mahsulotni sotishni (yetkazib berishni), ishlatishni (foydalanishni) taqiqlash yoki toʻxtatish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma berish.
17. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilishni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari, oʻtkazilgan nazorat natijalari boʻyicha qabul qilinadigan taʼsir choralarini koʻrish huquqiga, shu bilan birga quyidagilarga ega:
davlat nazorati jarayonida aniqlangan qonunchilik buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda, ushbu mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib turish va bekor qilish haqida qaror qabul qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya-epidemiologik, veterinariya va fitosanitariya xulosalarini rasmiylashtirish va berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bobi.
sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi (jumladan, mahsulot barcha majburiy koʻrsatkichlarga muvofiqligi baholanmaganligi) natijasida sifatsiz mahsulotlar realizatsiya qilinganligi holatlari aniqlaganda, mazkur organning sertifikatlashtirish faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib turish haqida qaror qabul qilish;
korxonalarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi va standartlar talablariga rioya etmaganlik uchun korxona va tarmoq rahbarlariga taqdimnomalar kiritish;
qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi talablar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablari, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan tadbirkorlik subyektlari va muvofiqlikni baholash idoralari mansabdor shaxslarini belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha qaror qabul qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 214-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
tekshirilgan mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan holatda, ushbu mahsulotlarni oʻn ish kunigacha ishlab chiqarishni taqiqlab qoʻyish yoki realizatsiya qilinishini (yetkazib berilishi, sotilishi) yoki foydalanishni (ishlatishni) toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
qonunchilik, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar majburiy talablarga, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga nomuvofiq boʻlgan import mahsulotlarni realizatsiya qilishni oʻn ish kunigacha taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
tadbirkorlik subyekti davlat nazoratidan bosh tortgan holatlarda — mahsulotlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni oʻn ish kunigacha taqiqlab qoʻyish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, shuningdek, qonunchilikda koʻzda tutilgan tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlmagan mahsulotlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarishni oʻn ish kunigacha taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, standartlar va qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlarni roʻyxatga olingan kundan boshlab olti oy muddatgacha roʻyxatdan chiqarish, nomuvofiq deb topilgan tegishli mahsulotni ishlab chiqaruvchi (uning rasmiy vakili) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, erkin muomalaga chiqarishni taqiqlash;
davlat sinovidan, metrologik attestatsiyadan oʻtmagan, qiyoslanmagan oʻlchash vositalarini qoʻllash va muomalaga chiqarilishini oʻn ish kunigacha toʻxtatib turish, zarur boʻlgan holatlarda shunga oʻxshash vositalarni muomaladan chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish.
18. Oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda Inspeksiya quyidagilarga majbur:
davlat nazorati boʻyicha tadbirlar jarayonida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash boʻyicha tushuntirish ishlarini oʻtkazish, mavjud boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berish;
tijorat sirini va qonunchilik bilan himoyalanadigan boshqa sirni saqlash;
davlat nazorati boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish tartibiga rioya qilish va ushbu tadbirlar natijalarini qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirish;
davlat nazorati boʻyicha chora-tadbirlar natijalari asosida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi normativ hujjatlar talablarining buzilish holatlarini bartaraf etish choralarini koʻrish;
Agentlik va boshqa vakolatli organlarga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talabalariga mahsulotlarning nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuborish.
19. Inspeksiya quyidagilarga javobgar hisoblanadi:
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonunchilik talablariga rioya qilish, ushbu sohada qonunchilik va normativ hujjatlar talablarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
oʻziga yuklangan boshqa vazifalarni samarali bajarish;
qonunchilikka muvofiq davlat nazorati boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda oʻzining xizmat majburiyatlarini tegishli ravishda bajarish.
4-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
20. Inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi. Inspeksiya boshligʻi bevosita Agentlik direktoriga boʻysunadi.
Inspeksiya boshligʻi bir vaqtning oʻzida lavozimi boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.
Inspeksiya boshligʻi Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarga ega.
21. Inspeksiya boshligʻi:
Inspeksiya faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi va Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun shaxsan javobgardir;
oʻz vakolati doirasida Inspeksiya xodimlariga bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
oʻrnatilgan tartibda Inspeksiya xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Inspeksiyaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini rejalashtiradi va tashkil etadi;
Inspeksiya xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi, alohida oʻzini koʻrsatgan xodimlarni faxriy unvon va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga va moddiy ragʻbatlantirishga taqdim qiladi.
22. Inspeksiya boshligʻi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
5-bob. Inspeksiyaning boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorligi
23. Inspeksiya oʻzining faoliyatida unga yuklangan funksiya va majburiyatlarni bajarish uchun tadbirkorlik subyektlarida davlat nazoratini oʻtkazishni rejalashtirishda, yuqori turuvchi tashkilotlarga materiallar va maʼlumotlarni tayyorlashda hamda umumlashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlik qiladi.
24. Inspeksiyaning davlat inspektorlari vujudga kelgan zarur holatlarda, texnik jihatdan tartibga solish sohasida mahsulotlar sifati va xavfsizligining, oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash, sertifikatlashtirish qoidalarini taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatish uchun tekshiruvlar oʻtkazishda davlat va huquq-tartibot organlari tomonidan jalb etilishlari mumkin.
25. Inspeksiyaning davlat inspektorlari davlat boshqaruvi organlarining qarorlari boʻyicha litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga amal qilish yuzasidan tekshiruvlarni oʻtkazish uchun jalb qilinishi mumkin.
26. Agar qonunchilikda shikoyat qilishning boshqa tartibi oʻrnatilmagan boʻlsa, yuqori turuvchi mansabdor shaxsga davlat inspektorlarining xatti-harakatlari boʻyicha oʻn kun muddatda shikoyat qilish mumkin.
27. Shikoyat berish shikoyat qilinayotgan qaror bajarilishini toʻxtatmaydi.
28. Davlat inspektorlari xatti-harakatlari boʻyicha shikoyat kechiktirmasdan, lekin shikoyat kelib tushgan kundan boshlab kechi bilan oʻn besh kun muddatda, qoʻshimcha oʻrganishlarni va tekshirishlarni talab etadigan shikoyatlar esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
29. Tashkilotlar rahbarlari davlat inspektorlariga yuklangan vazifalarni bajarishlari uchun kerakli sharoitlarni yaratib berishga majburdirlar (belgilangan tartibda xizmat binolari, aloqa vositalari, transport bilan taʼminlash va boshqalar).
6-bob. Inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish
30. Quyidagilar Inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari jamgʻarmalar, xalqaro va chet el hukumatlari, xalqaro moliya tashkilotlari, moliya institutlari va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlar);
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti va norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida qonunchilik hujjatlarining majburiy talablari buzilishida qoʻllanilgan maʼmuriy va iqtisodiy sanksiyalar boʻyicha tushadigan ajratmalar;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
31. Inspeksiya xodimlarining mehnatiga haq toʻlash fondi lavozim maoshi, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun ustama haqlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, ragʻbatlantirish toʻlovlaridan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Inspeksiya xodimlari uchun tatbiq etilgan mehnatiga haq toʻlash razryadlariga asosan xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda, tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi hamda amaldagi uzoq yillik xizmati uchun ustama miqdorlari saqlanib qolinadi. Bunda Inspeksiya xodimlariga moddiy ragʻbatlantirish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida toʻlanadi.
32. Inspeksiya xodimlariga quyidagilar hisobidan:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan:
uzoq muddat xizmat qilgani uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haqlar (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent hisobida):
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan ortiq — 1,5.
Uzoq yillik xizmati uchun ustama haq olish huquqini beruvchi ish staji Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi;
qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa mukofotlar, toʻlovlar va ustamalar;
b) quyidagilar Inspeksiyaning Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi:
oʻzining xizmat majburiyatlarini bajargan Inspeksiyaning tashabbuskor xodimlariga har oyda mehnatga haq toʻlash fondining ikki baravari miqdorigacha qoʻshimcha haq toʻlash, mukofotlash va boshqa ragʻbatlantirish tusidagi hamda kompensatsiya toʻlovlari;
standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarga oylik ish haqi toʻlanishida, tegishli yoʻnalish boʻyicha xalqaro va xorijiy tashkilotlarning bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatiga ega boʻlganda, uning amal qilishi davrida, biroq ikki yildan koʻp boʻlmagan muddat davomida oylik maoshiga nisbatan 20 foiz, ekspert sifatida roʻyxatga olinganda oylik maoshiga nisbatan 40 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haq toʻlanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
33. Inspeksiyaning buyruqlari, koʻrsatmalari, taqdimnomalari va boshqa hujjatlarini bajarmaslik, shuningdek, Inspeksiyaning faoliyatiga aralashish va uning xodimlariga qonuniy yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda taʼsir etish taqiqlanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi.
34. Inspeksiya qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Respublika hududiga olib kelinadigan mahsulotlarning sifatini baholashning “Xavfni tahlil etish”
TIZIMI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi

(keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya)

Mahsulotlarni “xavfni tahlil etish” tizimidan oʻtkazadi:

mahsulotlar sifati yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyat va takliflarini oʻrganadi;

ijtimoiy tarmoqlarda mahsulotlarni sifati boʻyicha tushayotgan eʼtirozlarni oʻrganadi;

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan mahsulotlar (tovarlar) miqdori, olib kiruvchi (import qiluvchi), ishlab chiqaruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bojxona elektron dasturidan oladi;

“Single Window” elektron tizimi orqali mahsulotlarni (tovarlarni) sertifikatlashtirish, sanitariya xulosalari va sinov bayonnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oladi va tahlil qiladi;

Yevropa Ittifoqi (YEI) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ning xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimlariga kiritilgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini oladi va tahlil qiladi;

tahlil jarayonida mahsulotlarga (tovarlarga) tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning mavjudligini aniqlaydi;

savdo rastalaridagi mahsulotlarning (tovarlarning) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tashqi koʻrinishi, qadoqlanishi va yorliqlanishi jihatidan oʻrganadi.

Uch ish kunida

2-bosqich

Davlat inspektori

Tahlil natijasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasidagi qonunchilik talablariga koʻra nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar (tovarlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiylashtiradi hamda koʻrib chiqish uchun Inspeksiyaga taqdim etiladi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Inspeksiya

Davlat inspektori tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnomalar va hujjatlar komissiya ishtirokida koʻrib chiqilib, nazorat xaridi oʻtkazish hamda masʼul ijrochini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Ikki ish kunida

4-bosqich

Inspeksiya

Masʼul ijrochi nazorat xaridini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomda keltirilgan tartibga asosan amalga oshiradi.

Tartibda belgilangan muddatlarda

5-bosqich

Inspeksiya

Oʻrganish va sinovlar natijalariga asosan nazorat xaridida olingan mahsulot nomuvofiq deb topilsa, olib kiruvchini ogohlantiradi;

isteʼmolchilarni xabardor qilish maqsadida nomuvofiq mahsulotlar toʻgʻrisida axborotlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritadi;

mahsulotni nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar reyestriga kiritadi;

mahsulotni olib kirishga taqiq qoʻyish boʻyicha dasturga kiritadi.

Uch ish kunida

6-bosqich

Inspeksiya

Nomuvofiq deb topilgan mahsulotni savdodan chiqaradi;

kamchiliklarni bartaraf etmagan, savdodan chiqarishdan bosh tortgan masʼullarga nisbatan moliyaviy va maʼmuriy choralar koʻradi.

Oʻn ish kunida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Chakana savdo obyektlarida mahalliy va import mahsulotlarning (tovarlarning) nazorat xaridini tashkil etish va ularni sinovdan oʻtkazish tartibi
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat nazorati inspeksiyasi

(keyingi oʻrinlarda — inspeksiya)

Nazorat xaridini ijtimoiy tarmoqlar orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari, davlat nazorati natijalari, qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslarga koʻra hamda Inspeksiyaning “Xavfni tahlil etish” tizimiga asosan amalga oshiradi.

Doimiy

2-bosqich

Inspeksiya

Nazorat xaridi amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotni rasmiy veb-saytda joylashtiradi.

Tadbirdan bir kun oldin

3-bosqich

Inspeksiya

Nazorat xaridini amalga oshirishda foydalanish uchun maqsadli korporativ bank kartasini ochadi, Inspeksiyaning “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi” hisobidan zarur miqdorda mablagʻ oʻtkazadi.

Doimiy

4-bosqich

Inspeksiya

Zarur hollarda, nazorat xaridini hamkorlikda amalga oshirish uchun davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, ommaviy axborot vositalari vakillari, sertifikatlashtirish organlari) vakillarini jalb qiladi.

Tadbir oʻtkazilishidan uch kun avval

5-bosqich

Inspeksiya

Inspektor tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma va hujjatlarni Inspeksiyaning ishchi komissiyasi ishtirokida koʻrib chiqib, nazorat xaridini amalga oshirish hamda masʼul ijrochini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Bir kun muddatda

6-bosqich

Inspeksiya boshligʻi

Nazorat xaridini amalga oshirish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.

Bir kun muddatda

7-bosqich

Inspeksiya

Nazorat xaridini amalga oshirish uchun mablagʻ ajratadi.

Bir kun muddatda

8-bosqich

Inspeksiyaning masʼul xodimi

Komissiya qarorida koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektdan (joyiga chiqqan holda) mahsulotni (tovarni) kassa va (yoki) tovar cheki bilan sotib oladi (bunda zarur hollarda foto va videotasvirga olish vositalaridan foydalaniladi).

Buyruqda koʻrsatilgan sanada

9-bosqich

Davlat inspektori

Mahsulot (tovar) namunasini tanlab olish dalolatnomasi va nazorat xaridini amalga oshirish toʻgʻrisida maʼlumotnoma rasmiylashtiradi (mahsulotni identifikatsiya qilinadi va sinov dasturi ishlab chiqiladi).

Nazorat xaridi oʻtkazilgan kunda

10-bosqich

Davlat inspektori

Nazorat xaridi davomida olingan mahsulot (tovar)ning namunalarini tamgʻalagan va raqamlangan holda sinov laboratoriyasiga topshiradi.

Bir ish kunida

11-bosqich

Sinov laboratoriyalari

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga asosan sinov oʻtkazadi.

Sinov uslublarida belgilangan muddatlarda

12-bosqich

Davlat inspektori

Sinov natijalarini tahlil qiladi, maʼlumotlarni inspeksiyaga kiritadi.

Sinov laboratoriyasi xulosasi olingan kun

13-bosqich

Davlat inspektori

Nomuvofiq mahsulot aniqlanganda, mahsulotni savdodan chiqarish boʻyicha taqdimnoma kiritadi.

Belgilangan tartibda ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki import qiluvchi subyektlarda davlat nazorati oʻtkazadi, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar, subyektga nisbatan moliyaviy hamda maʼmuriy choralar koʻradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan muddatlarda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Muvofiqlik sertifikatini toʻxtatib turish va bekor qilish mezonlari va tartibi
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi

(keyingi oʻrinlarda — inspeksiya)

Muvofiqlik sertifikatlarini 10 kun muddatga toʻxtatib turish mezonlari:

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda;

mahsulotning sifati yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarida koʻrsatilgan holatlar tasdiqlanganda;

mahsulotning sifati yuzasidan vakolatli idoralar maʼlumotlari tasdiqlanganda.

Muvofiqlik sertifikatini bekor qilish mezonlari:

noqonuniy ishlab chiqarish aniqlanganda;

intellektual mulk huquqlari buzilganligi aniqlanganda;

elektron tizim orqali mahsulot (tovar)larni sertifikatlashtirish hujjatlarini oʻrganish natijasida sinovlar toʻliq amalga oshirilmagani tasdiqlanganda.

-

2-bosqich

Davlat inspektori

Muvofiqlik sertifikatlarini toʻxtatib turish va bekor qilish mezonlari aniqlanganda tegishli maʼlumotlarni koʻrib chiqish uchun inspeksiya rahbariyatiga taqdim etadi.

Ikki ish kunida

3-bosqich

Inspeksiya

Muvofiqlik sertifikatlarini toʻxtatib turish boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar koʻrib chiqilib, muvofiqlik sertifikatini amal qilishini 10 kun muddatga toʻxtatib turish yoki toʻxtatib turishni rad etish yuzasidan qaror qabul qiladi.

Toʻxtatib turish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ikki ish kunida

4-bosqich

Inspeksiya

Muvofiqlik sertifikatlarini 10 kun muddatga toʻxtatib turish mezonlaritadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar taqdim qilinganda, sertifikatlashtirish axborot tizimi orqali qayta muddatini tiklash yuzasidan qaror qabul qiladi.

Ikki ish kunida

5-bosqich

Inspeksiya

Muvofiqlik sertifikatini bekor qilish mezonlari boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar koʻrib chiqilib, muvofiqlik sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.

Ikki ish kunida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish faoliyatini toʻxtatib turishning mezonlari va tartibi
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi

(keyingi oʻrinlarda — inspeksiya)

Sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish faoliyatini 10 kun muddatga toʻxtatib turish mezonlari:

mahsulotlarni sertifikatlashtirishda sertifikatlashtirish qoidalari buzilganligi aniqlanganda;

sertifikatlashtirishda mahsulot sinovlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlar talablari asosida toʻliq oʻtkazilmaslik holatlari aniqlanib tasdiqlanganda;

Sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish faoliyatini bir oy muddatga toʻxtatib turish mezonlari:

amalda boʻlmagan texnik reglament va standartlar asosida muvofiqligini baholash holati aniqlanganda;

davlat nazorati natijasida qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi tasdiqlanganda;

vaqt meʼyorlariga rioya qilinmagani aniqlanganda;

mahsulotlardan namuna olmasdan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish holatlari aniqlanganda.

-

2-bosqich

Davlat inspektori

Sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish faoliyatini toʻxtatib turish va bekor qilish mezonlariga asosan aniqlangan holatlar yuzasidan maʼlumotlar va dalolatnoma hujjatlarini rasmiylashtiradi hamda koʻrib chiqish uchun inspeksiya rahbariyatiga taqdim etadi.

Ikki ish kunida

3-bosqich

Inspeksiya

Sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish faoliyatini toʻxtatib turish boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar va dalolatnoma hujjatlarini koʻrib chiqib, sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish faoliyatini 10 kun muddatga toʻxtatib turish yoki toʻxtatib turishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Toʻxtatib turish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Uch ish kunida

4-bosqich

Inspeksiya

Sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish faoliyatini 10 kun muddatga toʻxtatib turish mezonlari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar taqdim qilinganda, axborot tizimi orqali sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish faoliyatini qayta tiklash yuzasidan qaror qabul qilinadi.

Ikki ish kunida

5-bosqich

Inspeksiya

Sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish faoliyatini bir oy muddatga toʻxtatib turish mezonlari boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqib, sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish faoliyatini bir oy muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.

Uch ish kunida

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-son qaroriga
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarorida:
“b” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qurilish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi davlat nazorati departamenti” soʻzlari “agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda “standartlar va oʻlchov” soʻzlari “texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ijrosi va oʻlchash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
nomidagi “standartlar va oʻlchov” soʻzlari “texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ijrosi va oʻlchash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirish boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Texnik tartibga solish agentligi), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, shuningdek, boshqa davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, davlat korxonalari va boshqa tashkilotlar (bundan keyin matnda korxonalar deyiladi), shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan standartlar va metrologik qoidalarning, oʻlchash birligining oʻz vaqtida joriy etilishini hamda ularga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash, shuningdek, standartlar va oʻlchash vositalarining ilmiy-texnik darajalarini tahlil qilishdan hamda ularni ishlab chiqishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotning texnik darajasini va sifatini oshirish maqsadida fan hamda texnika yutuqlaridan yanada samaraliroq foydalanishga koʻmaklashish Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazoratining bosh vazifasi hisoblanadi.”
uchinchi xatboshidagi “xizmatlar va, shuningdek” soʻzlari “xizmatlar, shuningdek” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Etalonlar, oʻlchash vositalari, modda va materiallarning tarkibi hamda xossalarining standart namunalari, axborot-oʻlchash tizimlari, oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlari, oʻramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash hamda sotish chogʻidagi miqdori hamda metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati obyektlari hisoblanadi”;
oltinchi xatboshidagi “majburiy” soʻzi chiqarib tashlansin;
oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori, uning birinchi oʻrinbosari va Texnik tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi bir vaqtning oʻzida mos ravishda Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati lavozimlariga koʻra ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining standartlar va oʻlchash vositalari ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasining standartlar va oʻlchash vositalari ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi va shaharlardagi hududiy organlari rahbarlari lavozimlariga koʻra ayni bir vaqtda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida standartlar va oʻlchash vositalari ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa — tegishli hududiy bosh inspektorlarning oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Standartlar va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifasi topshirilgan boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, bosh mutaxassislar, mansabdor shaxslar lavozimlari boʻyicha bir vaqtning oʻzida standartlar va oʻlchash vositalari ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspektorlari hisoblanadilar.”;
oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilardagi “oʻlchov” soʻzi “oʻlchash” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshidagi “Qurilish vazirligi” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “oʻlchov” soʻzi “oʻlchash” soʻzi bilan almashtirilsin;
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) belgilangan kattaliklar birliklarining toʻgʻri qoʻllanilishini, oʻlchash vositalarining holatini, ularni tayyorlash, saqlash, taʼmirlash, tekshirish va qoʻllash sharoitlarini, oʻz vaqtida eskirgan oʻlchash vositalarini ishlab chiqarishdan olib tashlash va yangisiga almashtirishni tekshiradilar”;
z”, “o” va “r” kichik bandlardagi “oʻlchov” soʻzi “oʻlchash” soʻzi bilan almashtirilsin;
“l” kichik banddagi “oʻlchovlarni bajarish uslublarining” soʻzlari “oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“n” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mahsulotni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga tayyorlash, realizatsiya qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), uni saqlash, transportda tashish va utilizatsiya qilish bosqichlarida standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
xoʻjalik faoliyati subyekti tekshirishdan boʻyin tovlagan taqdirda, mahsulotni realizatsiya qilishni taqiqlash”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“xoʻjalik faoliyati subyektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish;
davlat nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va maʼlumotlarni xoʻjalik faoliyati subyektidan olish;
davlat nazoratini oʻtkazishda xoʻjalik faoliyati subyektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarini jalb etish;
mahsulot namunalarini va nusxalarini ularning standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini nazorat qilish uchun olishni standartlashtirishga doir normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshirish, bunda sarflangan namunalarning qiymati hamda sinashni (tahlillarni, oʻlchashni) oʻtkazish xarajatlari tekshirilayotgan xoʻjalik faoliyati subyektlarining ishlab chiqarish chiqimlari jumlasiga kiritiladi;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash hamda metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari ushbu bandning birinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagi mutlaq huquqlarga ega”;
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “oʻlchov” soʻzi “oʻlchash” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“standartlarning majburiy talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan xoʻjalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
standartlarning majburiy talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan yuridik shaxslarga jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va mazkur yuridik shaxslar tomonidan jarima bir oy muddatda ixtiyoriy ravishda toʻlanmagan taqdirda, jarimani undirish haqida sudga murojaat qilish;
tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda, uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) toʻxtatib turish toʻgʻrisida koʻrsatmalar berish;
standartlar talablariga muvofiq boʻlmagan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan import mahsulotni sotishni taqiqlash;
oʻn beshinchi xatboshi oʻn toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Standartlar va oʻlchash vositalari ustidan davlat nazorati organlari amaldagi qonunchilikka rioya qilinishini nazorat qilishga va ularga berilgan huquqlardan foydalanishda va yuklangan funksiyalarni amalga oshirishda, standartlarga va metrologiya qoidalariga rioya qilish va oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash bilan bogʻliq masalalarda idoraviy manfaatlarning har qanday koʻrinishlari oldini olishga daʼvat etilgandir.
Davlat inspektorlari qonunchilik bilan oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, davlat yoki tijorat sirini oshkor etganliklari uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi”;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Standart va oʻlchash vositalari ustidan nazorat organlari oʻz ishini boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi, bunda Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tekshirishda qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi”;
quyidagi mazmundagi 10-band bilan toʻldirilsin:
“10. Standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun jarima summasining ellik foizi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga, qolgan qismi esa Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 14-martdagi 220-son qarorida:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”;
b) muqaddimadagi “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-bandning birinchi xatboshisi “instituti” soʻzidan keyin “(keyingi oʻrinlarda — Institut )” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 1-bandning uchinchi xatboshisi hamda qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Institutning davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining soni 10 nafar etib, xoʻjalik faoliyatidan moliyalashtiriladigan xodimlar soni esa oʻrnatilgan tartibda belgilansin”;
1-band quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Institut standartlashtirish boʻyicha milliy organ hisoblanadi;
3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bunda “Oʻzbekiston ilmiy — sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining yalpi foydasidan toʻlanadigan 20 foiz mablagʻlar Institut xodimlarining oylik ish haqi, unga tenglashtirilgan va ragʻbatlantirish toʻlovlariga, qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa mukofotlar va ustamalarga yoʻnaltiriladi.
Institut xodimlarining lavozim maoshi Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashga doir tasdiqlangan razryadlar stavkasining 1,8 baravari miqdoridagi koeffitsiyentni qoʻllangan holda belgilanadi.
Bunda Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashga doir tasdiqlangan razryadlar stavkasining 0,8 baravari miqdoridan oshirilgan qismi Standartlar institutining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi”;
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
toʻliq nomi — “Oʻzbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi”;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
toʻliq nomi — “State institution “Uzbek Institute of Standards”;
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
toʻliq nomi — “Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Uzbekskiy institut standartov”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalarini tashkil etish, ularning faoliyatini toʻxtatib turish va tugatish haqida manfaatdor taraflarning murojaatlariga binoan, shuningdek, oʻz tashabbusiga koʻra qarorlar qabul qilish, ushbu qoʻmitalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va xalqaro amaliyot asosida ularni rivojlantirishga koʻmaklashish”;
quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ifodalash;
xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish boʻyicha milliy organlari bilan bitimlar tuzish va ular bilan hamkorlikni amalga oshirish;
savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazining faoliyatini amalga oshirish”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalarini tashkil etish, ularning faoliyatini toʻxtatib turish va tugatish haqida manfaatdor taraflarning murojaatlariga binoan, shuningdek, oʻz tashabbusiga koʻra qarorlar qabul qilish, ushbu qoʻmitalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va xalqaro amaliyot asosida ularni rivojlantirishga koʻmaklashish sohasida”;
beshinchi xatboshidagi “davlat standartlarini” soʻzlari “milliy standartlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish sohasida:
xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari boʻyicha standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni shartnoma asosida ishlab chiqadi, ekspertizadan oʻtkazadi va realizatsiya qiladi;
milliy standartlarni tasdiqlaydi va roʻyxatdan oʻtkazadi, ularni bekor qilish haqida, shuningdek, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va ilmiy-metodik koʻrsatmalar berishda koʻmaklashadi;
mahsulotlar va texnologiyalarning tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga koʻmaklashadigan, shu asosda mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlaydigan ilgʻor standartlarni ishlab chiqadi;
texnik reglamentlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
standartlashtirish boʻyicha davlat normativ hujjatlar fondini xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashtirish darajasini oshirish choralarini koʻradi;
standartlashtirish boʻyicha davlat normativ hujjatlar fondini yaratadi, yuritadi va dolzarblashtiradi, shuningdek, nazorat nusxalari saqlanishini taʼminlaydi;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarning yillik koʻrsatkichi (katalog)ni tayyorlaydi;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarning yagona axborot-maʼlumot bazasini yaratadi va kuzatib boradi, undan barcha manfaatdor tomonlarning shartnoma asosida foydalanishi imkoniyatini beradi;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar axborot resurslari maʼlumotlar bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini yaratadi;
standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiquvchilar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalari va manfaatdor tomonlarning takliflarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi milliy standartlarini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqishning har yilgi jadvallarini shakllantiradi;
mahsulotga standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq kataloglashtirilgan roʻyxat asosida mahsulotlarni kataloglashtiradi;
xalqaro standartlashtirish tashkilotlari va xorijiy davlatlarning standartlashtirish idoralarining qoidalari va shartnomalariga muvofiq xalqaro va xorijiy davlatlar standartlarini respublikada tarqatish;
standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qoʻllashda Jahon savdo tashkiloti Savdodagi texnik toʻsiqlar kelishuvining Vijdonan yondashish amaliyoti kodeksi talablarining bajarilishini taʼminlaydi;
standartlashtirish tartib-taomillariga taalluqli zarur axborotni oʻzining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratadi;
xalqaro standartlashtirish tashkiloti hamda chet davlatlarning standartlashtirish boʻyicha milliy organlari bilan tuzilgan shartnoma va kelishuvlar asosida standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish va qoʻllash tizimini takomillashtiradi, ularning talablari va tavsiyalariga muvofiq standartlashtirish tartibotlari boʻyicha qoidalar, yoʻriqnomalar va nizomlar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
shtrixli kodlash tizimini amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritadi;
standartlarni ishlab chiqish, ekspertiza qilish va eng yaxshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida oʻz mablagʻlari hisobidan moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib jalb qiladi;
xalqaro tajribadan kelib chiqib, standartlarni ishlab chiqish, oʻzgartirish kiritish, kelishish, bekor qilish va standartlarga oid asos boʻluvchi standartlar roʻyxatini, tartibini va nizomini tasdiqlaydi”;
5-band, 6-bandning birinchi xatboshisi va 7-banddagi “davlat standartlari” soʻzlari “milliy standartlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8 va 10-bandlardagi “davlat standarti” soʻzlari “milliy standart” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “davlat standartini” soʻzlari “milliy standartni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Masalan: Oʻz MSt ISO 5524:2017 (ISO 5524:1991, IDT)”;
birinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “davlat” soʻzi “milliy” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qoʻllaniladigan xalqaro standart matnida aynan oʻxshash yoki modifikatsiyalangan milliy standartlari sifatida qabul qilingan boshqa xalqaro standartlarga havolalar boʻlsa — oʻzgartirilgan standart loyihasini tayyorlashda xalqaro standartlarga havolalar oʻrniga ular bilan uygʻunlashtirilgan milliy standartlariga havolalardan foydalanadi.”
oltinchi xatboshidagi “davlat standartiga” soʻzlari “milliy standartga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “davlat” soʻzi “milliy” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Masalan: “Oʻz MSt 3220:2019” (ISO 9227:2012, MOD)”;
14-bandning birinchi xatboshisidagi “davlat” soʻzi “milliy” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “davlat” soʻzi “milliy” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Masalan: Oʻz MSt 3722:2014 (ISO 3290-1:2008, №EQ)”;
24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24. Institutga standartlarni qabul qilish boʻyicha ariza tushgandan soʻng besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda ushbu Standartlarni qabul qilgan vakolatli organlarga ularni qoʻllash toʻgʻrisida roziligini olish uchun soʻrov yuboradi.
Standartlashtirish rejalariga kiritilgan xalqaro standartlar jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilmasdan qabul qilinadi”;
28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“28. Kelishish natijalariga koʻra standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar besh kun muddatda Institutga ushbu Standartni respublikada qabul qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani taqdim etadi”;
29-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” soʻzlari “Institut” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat standarti” soʻzlari “milliy standart” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” soʻzlari “Institut” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovada:
2-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” soʻzlari “Institut” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqichda:
“Subyektlar” ustunidagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” soʻzlari “Institut” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “yoki Institutga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-bosqichda:
“Subyektlar” ustunidan “, Institut” soʻzi chiqarib tashlansin;
“Tadbirlar” ustunidagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga” soʻzlari “Institutga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7 va 8-bosqichlarning “Subyektlar” ustunidagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” soʻzlari “Institut” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti — Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita toʻgʻrisidagi nizomga amal qiladi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. TQ faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, axborot-texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va kuzatib borish Institut tomonidan amalga oshiriladi”;
21 va 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Institut Standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitasini tashkil etish, uning faoliyatini toʻxtatib turish va tugatish haqida 10 kun muddatda qaror qabul qiladi, unda TQning nomi, kotibiyatni yuritish vazifasi yuklangan tashkilot, TQ faoliyati sohasi, TQ nizomi, uning tarkibi belgilanadi.
22. Institut qaror nusxasini bir kun muddatda TQ kotibiyatiga yuboradi va qaror nusxasini belgilangan tartibda ochiq axborot tizimiga joylashtiradi”;
23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agentlik” soʻzi “Institut” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-bandining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“TQ faoliyatining toʻxtatilishi TQ yigʻilishi bayonnomasini taqdim etilganda Institutning qarori bilan rasmiylashtiriladi”;
37-bandning oltinchi xatboshisidagi “davlat standartlarini” soʻzlari “milliy standartlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
41 va 50-bandlardagi “Agentlik” soʻzi “Institut” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bob nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9-bob. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan standart loyiha toʻgʻrisida xulosa tayyorlash”;
54-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“54. Standart loyihalar boʻyicha ovoz berish uchun unda ishtirok etuvchi TQga aʼzo tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillarining uchdan ikki qismidan kam boʻlmagan qismi onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishi yetarli hisoblanadi.
Muhokamada ishtirokchilarning mavjud masalalar boʻyicha eʼtirozlari va fikrlarini inobatga olingan holda, standart loyihasi uchun ovoz berish natijasida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ovoz berish byulleteni va bayonnoma koʻrinishida muhokama xulosasi rasmiylashtiriladi, unda ovoz berish natijalari, ovoz berishda kelishmovchilikni bartaraf etish boʻyicha TQ harakati va mavjud eʼtirozlar keltiriladi.
Xulosa har bir TQga aʼzo tashkilotlarga ovoz berish yakunlangach, bir oy muddat mobaynida yuboriladi”;
57-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat standartlari” soʻzlari “milliy standartlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
65-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“65. Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar uni tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbus bilan chiqqan subyektlarning, shuningdek, standartlarning qabul qilinishidan va qoʻllanilishidan manfaatdor boʻlgan boshqa tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Standartlarni qabul qilishdan hamda qoʻllashdan manfaatdor boʻlgan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning budjetdan tashqari yoki oʻz mablagʻlari hisobidan TQ aʼzolarini lavozim maoshlariga 50 foizgacha miqdorda qoʻshimcha ustamalar beriladi”;
Nizomga 1-ilovada:
“Tasdiqlayman” belgisidagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston standartlar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3.1-banddagi “Oʻzstandart” agentligining buyrugʻi” soʻzlari “Oʻzbekiston standartlar institutining qarori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-apreldagi 348-son qarorida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sertifikatlashtirish organiga mahsuloti sertifikatlashtirilgan import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan kelib tushayotgan muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlov soliq toʻlovlari toʻlangandan soʻng quyidagicha taqsimlanadi: 10 foizi — sertifikatlashtirish organining tasarrufida qoladi; 90 foizi — xar chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Maxsus jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi. Bunda muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlov oʻz vaqtida toʻgʻri taqsimlanishiga sertifikatlashtirish organlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi va har chorak yakuni bilan Agentlikka maʼlumot taqdim etadi. Ushbu tartibga amal qilmagan sertifikatlashtirish organlari Sertifikatlarni roʻyxatdan oʻtkazish dasturidan foydalanishi vaqtincha cheklanadi”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi uchun moliyaviy va maʼmuriy jarimalarning 50 foizi Maxsus jamgʻarmaga oʻtkaziladi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining yalpi foydasidan 20 foiz mablagʻlar har chorak yakuni bilan Maxsus jamgʻarmaga oʻtkaziladi”;
b) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-son qaroriga
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konsernini tugatish va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2004-yil 19-maydagi 237-son qaroriga 4-ilovaning 6-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 21-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori) 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-son qonunlari) 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qaroriga ilovaning 11-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 51-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 28-apreldagi 122-son qaroriga 9-ilovaning 4-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qaroriga 3-ilovaning 1 va 3-bandlari.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-son Qonuni)” 2016-yil 8-sentabrdagi 289-son qarori.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qarori)” 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga ilovaning 1 va 2-bandlari.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 11-martdagi 114-son qarorining 1-bandi, qarorga 1 va 2-ilovalar hamda qarorga 3-ilova 22-bandining “v” kichik bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 12.02.2025-y., 09/25/80/0134-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)