1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish boʻyicha organlar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.01 Umumiy qoidalar;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.02 Sertifikatlashtirish boʻyicha organlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
3.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Ppezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻpisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini taʼminlash, shuningdek xalqaro standartlardan foydalanish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar “Oʻzstandart” agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
standartlashtirish tizimlari faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini, oʻlchovlar, sertifikatlashtirishning, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishning yagonaligini, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uygʻunlashtirilishini taʼminlash;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, oʻlchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
standartlashtirish, metrologiya sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
akkreditatsiya qilishning milliy tizimini tashkil etish, uning faoliyat yuritishi va uni rivojlantirish;
yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda xolislik va odillikni taʼminlash.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
4. Belgilab qoʻyilsinki, 7-ilovaga muvofiq korxonalarning ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketi (ulushlar) ular belgilangan tartibda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga berilgunga qadar Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga ishonchli boshqaruvga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 159-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 319-modda)
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 159-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 319-modda)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qaroriga 7-ILOVA
Davlat aktivlari investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga berilgungacha “Oʻzstandart” agentligiga ishonchli boshqaruvga beriladigan korxonalar roʻyxati
(7-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
T/r
Korxonalar nomi
Davlat ulushi, %
1.
Andijon “Etalon” zavodi AJ
25
2.
Buxoro “Etalon” zavodi AJ
25
3.
Qoʻqon “Etalon” zavodi AJ
25
4.
Namangan “Etalon” zavodi AJ
25
5.
Nukus “Etalon” zavodi AJ
25
6.
Samarqand “Etalon” zavodi AJ
25
7.
Urganch “Etalon” zavodi AJ
25
8.
Fargʻona “Etalon” zavodi AJ
25
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qaroriga 8-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2, 4—7, 11-bandlar va 1—4 ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
“Belgilab qoʻyilsinki, maxsus jamgʻarma mablagʻlari:
ilmiy-texnika ishlanmalarini moliyalashtirishga;
qonun hujjatlarini va normativ hujjatlarni ishlab chiqishga;
Davlat reyestrlarini yuritishga;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga;
milliy etalon bazani, “Oʻzstandart” agentligi tizimidagi sinov va oʻlchov laboratoriyalarini rivojlantirishga;
oʻzaro hamkorlik tadbirlariga hamda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga badallar toʻlashga;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga;
binolar, inshootlar va muhandislik tarmoqlarini mukammal taʼmirlash va saqlashga, asbob-uskunalar sotib olishga;
standartlarni hamda normativ hujjatlarning majburiy talablariga rioya qilinishi oʻlchovlarining yagonaligi taʼminlanishini davlat tomonidan nazorat qilishga;
mahsulotlarning solishtirish sinovlarini tashkil etish va oʻtkazishga yoʻnaltiriladi”.