toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.07.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA MAHSULOTLAR HAMDA XIZMATLARNI SERTIFIKATLAShTIRISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini taʼminlash, shuningdek xalqaro standartlardan foydalanish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (“Oʻzdavstandart”) Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga aylantirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huquq va majburiyatlar boʻyicha “Oʻzdavstandart” markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4—6 va 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
8. Quyidagilar:
qayta tashkil etilayotgan “Oʻzdavstandart” markazi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarida akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari negizida Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 5-ilovaga muvofiq xoʻjalik hisobidagi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi;
qayta tashkil etilayotgan “Oʻzdavstandart” markazi markaziy apparatining xoʻjalik hisobidagi oʻlchov va kalibrlash boʻlimlari negizida xoʻjalik hisobidagi Respublika metrologiya xizmatlari koʻrsatish markazi tashkil etilsin.
9. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ikki hafta muddatda Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda Respublika metrologiya xizmatlari koʻrsatish markazi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
10. Belgilab qoʻyilsinki, sinov va sertifikatlar berish masalalari Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi va uning hududiy organlariga, shuningdek tegishli sinov laboratoriyalariga ega boʻlgan va belgilangan tartibda “Oʻzstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan mahsulotlarni sertifikatlashtirish boshqa organlariga yuklanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 42-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
13. “Oʻzstandart” agentligi huzurida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Quyidagilar maxsus jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori bilan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” DMning yalpi foydasidan 20 foiz mablagʻlar.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, maxsus jamgʻarma mablagʻlari:
ilmiy-texnika ishlanmalarini moliyalashtirishga;
qonun hujjatlarini va normativ hujjatlarni ishlab chiqishga;
Davlat reyestrlarini yuritishga;
standartlashtirish, metrologiya, akkreditatsiya va sertifikatlashtirish sohasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
milliy etalon bazani, “Oʻzstandart” agentligi tizimidagi sinov va oʻlchov laboratoriyalarini rivojlantirishga;
oʻzaro hamkorlik tadbirlariga hamda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga badallar toʻlashga;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga;
binolar, inshootlar va muhandislik tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va saqlashga, asbob-uskunalar sotib olishga;
(13-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 228-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 454-modda)
standartlarni hamda normativ hujjatlarning majburiy talablariga rioya qilinishi oʻlchovlarining yagonaligi taʼminlanishini davlat tomonidan nazorat qilishga;
mahsulotlarning solishtirish sinovlarini tashkil etish va oʻtkazishga yoʻnaltiriladi.
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof -muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini amalga oshirishga, shuningdek, ichki bozorda muomalada boʻlgan tovarlarni muvofiqligini baholash;
“Oʻzstandart” agentligi markaziy apparati va “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamentining xodimlarini, shuningdek, “Oʻzstandart” agentligi ekspert-tahlil guruhi faoliyatini amalga oshirishda moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar texnik qoʻmitalari va xoʻjalik subyektlari mutaxassislarini, yetakchi loyiha institutlarining, ilmiy va taʼlim muassasalarining mutaxassislarini jalb qilish, shuningdek, konsultant sifatida jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni xarajatlarini qoplash;
eksportbop mahsulotlar uchun respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini sotib olish va qabul qilish;
boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarning depozitlariga joylashtirishga shuningdek, “Oʻzstandart” agentligiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan, boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan birgalikda Maxsus jamgʻarmani shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
14. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar va xizmatlarning yangi roʻyxatini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda 2003—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining milliy etalon bazasini yanada rivojlantirish uchun zarur etalonlar va yuqori aniqlikka ega boʻlgan oʻlchov vositalarining barcha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan roʻyxatini tuzsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalarini tartibga soluvchi umumiy ravishda foydalaniladigan zarur normativ hujjatlar roʻyxatini belgilasin hamda joriy yil oxirigacha ularning ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalarini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini joriy yil oxirigacha ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Oʻzstandart” agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 3-oktabr,
342-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 357-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga
5-ILOVA
“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining
tashkiliy tuzilmasi
(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 19-son, 146-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 20-son, 236-modda, 31-son, 357-modda, 43-son, 456-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2013-y., 34-son, 454-modda; 2015-y., 42-son, 534-modda; 2017-y., 23-son, 473-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)