toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ushbu sohani shaffof, samarali va korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish, shuningdek, sohani Jahon savdo tashkiloti andozalariga uyg‘unlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, respublikaning ichki bozorini himoya qilish hamda eksport geografiyasini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazilsin.
2. Quyidagilar Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan milliy muvofiqlikni baholash, sinov hamda o‘lchash natijalarini eksport bozorlarida tan olish borasida hamkorlikni kengaytirish;
mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rish;
sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni texnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash;
milliy qonunchilikni, texnik tartibga solish, muvofiqlikni baholash instrumentlari va standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni Jahon savdo tashkiloti talablariga uyg‘unlashtirish;
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda iste’molchilarning huquqlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish choralarini ko‘rish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi va to‘g‘riligi ta’minlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlari.
texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish orqali samaradorlik va natijadorlikka erishish, tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlarini kengaytirish, shaffof va korrupsiyadan xoli samarali tizimni joriy etish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
4. Agentlik tuzilmasida:
“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat korxonasi amaldagi moliyalashtirish tartibi va manbalari saqlab qolingan holda, “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi etib qayta tashkil qilinsin;
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) etib qayta tashkil qilinsin.
5. 2024-yil 1-sentabrdan boshlab Inspeksiyaning davlat inspektorlariga tezkor nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan oldindan kelishmasdan, o‘tkazilgan tekshiruv haqida Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali tekshiruv boshlangan paytdan boshlab 24 soat ichida Vakilni majburiy ravishda xabardor qilgan holda amalga oshirish vakolati taqdim etilsin.
6. Belgilansinki:
a) Agentlik texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
b) texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya masalalari bo‘yicha respublika hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, ularning huzurida tashkil etiladigan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi;
v) Agentlik o‘z vakolatlari doirasida umummajburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli;
g) Agentlik direktori:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar ishini to‘g‘ri va samarali tashkil etish, bu orqali ularning faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga so‘zsiz va to‘laqonli erishilishi uchun mas’ul hamda shaxsan javobgar hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi.
7. Texnik jihatdan tartibga solish sohasini jadal rivojlantirish, tizim faoliyatini raqamlashtirish va samarali yo‘lga qo‘yish hamda sohani xalqaro andozalarga uyg‘unlashtirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash uchun Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo respublika kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
8. Agentlik va Adliya vazirligi (A. Tashkulov):
o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori loyihasini kiritsin;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Agentlik direktori belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-fevral,
PF-41-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-son Farmoniga
1-ILOVA
Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo respublika kengashi
TARKIBI

1.

A. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, respublika kengashi raisi

2.

A. Jumanazarov

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

3.

A. Tashkulov

adliya vaziri

4.

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

L. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

6.

A. Abduhakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri

7.

Sh. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri v.b.

8.

B. Islamov

tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri

9.

I. Maxkamov

transport vaziri

10.

A. Xudayarov

sog‘liqni saqlash vaziri v.b.

11.

D. Vaxobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

12.

A. Qayumov

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

13.

T. Muxamedjanov

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b.

14.

Z. Narzullayev

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi

15.

I. Haydarov

“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi

16.

M. Yunusov

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi

17.

R. Pirmatov

“O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi

18.

U. Rozukulov

“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

19.

B. Bobokulov

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi o‘rinbosari

20.

Lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, respublika kengashi kotibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmonida:
“2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” bo‘limining 1-pozitsiyasi va unga izoh qismi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “25. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” bo‘limi bilan to‘ldirilsin:

25. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

77

77

shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni

3

3

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi

76

76

shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni

1

1

;

izoh qismining 5.2-bandi chiqarib tashlansin;
2-bandning 2.1-kichik bandi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 27-band bilan to‘ldirilsin:
“27. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi”;
izoh qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agentliklar — 25 ta, shu jumladan, alohida maqomga ega mustaqil agentliklar — 4 ta”;
2.1-pozitsiya chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 28-band bilan to‘ldirilsin:

28.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Texnik tartibga solish agentligi

Agentstvo texnicheskogo regulirovaniya

.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-111-son Farmonida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 4-ilovaning “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” bloki chiqarib tashlansin;
v) 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 11-ilovaning 2-bandi “a” kichik bandi chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-son qarorining 14-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rivojlantirish maxsus jamg‘armasiga moliyaviy sanksiya va jarimalardan kelib tushayotgan mablag‘lardan 50 foizigacha qismini har oy yakuni bilan keyingi oyning o‘n ish kuni ichida Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasiga Inspeksiya xodimlariga qo‘shimcha haq, mukofot, boshqa rag‘batlantirish, va kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash uchun hamda Inspeksiyaning boshqa xarajatlari uchun o‘tkazish”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5133-son qarorida:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qaroriga 3-ilovaning 61-pozitsiyasi 3 va 4-kichik bandlari “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” va “2024-yil yanvar” so‘zlari “2024-yil aprel” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son qarorning 13-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mazkur binoning 2 632 kvadrat metr qismida (kadastr raqami 10:04:03:01:01:0072) bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.02.2024-y., 06/24/41/0166-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)