1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
YOD YETISHMASLIGI KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 27-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
Ushbu Qonunning maqsadi yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yod yetishmasligi kasalliklari — organizmda yodning yetishmasligi oqibatida qalqonsimon bez kasalliklari koʻrinishida namoyon boʻladigan kasalliklar;
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi — yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi;
yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari — ishlab chiqarish jarayonida yod bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari;
yodlangan tuz — ishlab chiqarish jarayonida yod bilan boyitilgan osh tuzi.
2-bob. Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi
4-modda. Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi davlat siyosati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi davlat siyosati yod yetishmasligi kasalliklari kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan boʻlib, quyidagilar orqali roʻyobga chiqariladi:
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish;
(4-moddaning ikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
isteʼmol bozorini yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirishga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash sharoitlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
bolalarni va tugʻish yoshidagi ayollarni tarkibida yod boʻlgan preparatlar bilan profilaktik taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish;
yodlangan tuz, yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari va yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi hamda ularni davolash uchun foydalaniladigan dori vositalari va preparatlarni ishlab chiqarishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari ishlab chiqarish sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasiga doir tadbirlar samaradorligining monitoringi;
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasida hisobga olishning axborot-tahlil va statistik tizimlarini takomillashtirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mablagʻlarini yod yetishmasligi kasalliklari muammolariga, mazkur kasalliklarning profilaktikasi hamda davolash usullariga jalb etish;
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
5-modda. Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasida davlat boshqaruvi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasida davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasida davlat boshqaruvi:
profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari oʻtkazishni, yod yetishmasligi kasalliklariga tashxis qoʻyish va ularni davolashni tashkil etishni;
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi va ularni davolash uchun dori vositalari hamda preparatlarni, yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishni;
osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashni davlat tomonidan normalashtirishni;
(5-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 31-iyuldagi OʻRQ-1078-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 2-fevral)
davlat boshqaruvi organlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borishni;
yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularning muomalasi ustidan davlat nazoratini oʻz ichiga oladi.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi;
davlat boshqaruvi organlarining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi masalalariga doir faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(6-moddaning toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
(7-moddaning ikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi davlat dasturlarini roʻyobga chiqaradi;
osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun foydalaniladigan tarkibida yod boʻlgan preparatlarni, ularga qoʻyiladigan talablarni, osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalarini, normalarini va gigiyena normativlarini belgilaydi;
(7-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 31-iyuldagi OʻRQ-1078-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 2-fevral)
yodlangan tuzning va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ishlab chiqarilishi, saqlanishi, olib kirilishi hamda realizatsiya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(7-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 31-iyuldagi OʻRQ-1078-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 2-fevral)
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasida mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etadi;
aholi oʻrtasida yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi boʻyicha tushuntirish ishlarini olib boradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(7-moddaning sakkizinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.03 Standartlar boʻyicha davlat nazorati]
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda qayta ishlashga taalluqli davlat standartlarini tasdiqlaydi;
yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda qayta ishlashda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(8-moddaning toʻrtinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
(9-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi hududiy dasturlarning ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi;
(9-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
tegishli davlat organlarining aholini yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
(9-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi OʻRQ-815-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(9-moddaning beshinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-bob. Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasiga doir chora-tadbirlar
10-modda. Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi turlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Inson organizmining yodga boʻlgan zaruriy ehtiyojini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida yod yetishmasligi kasalliklarining ommaviy va yakka tartibdagi profilaktikasi amalga oshiriladi.
11-modda. Yod yetishmasligi kasalliklarining ommaviy profilaktikasi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Yod yetishmasligi kasalliklarining ommaviy profilaktikasi oziq-ovqatga yodlangan tuz ishlatish va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmol qilish orqali amalga oshiriladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
12-modda. Yod yetishmasligi kasalliklarining yakka tartibdagi profilaktikasi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
Yod yetishmasligi kasalliklarining yakka tartibdagi profilaktikasi profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari, tibbiy koʻriklar oʻtkazish, tashxis qoʻyish va davolash orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi yod yetishmasligi kasalliklarining yakka tartibdagi profilaktikasini taʼminlash maqsadida profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari, tibbiy koʻriklar oʻtkazish, yod yetishmasligi kasalliklariga tashxis qoʻyish va ularni davolash tartibini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.
13-modda. Aholini yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi masalalariga doir axborot bilan taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari aholiga yod yetishmasligi kasalliklarining kelib chiqishi va tarqalishi omillari, bunday kasalliklarning profilaktikasiga doir choralar toʻgʻrisida ishonchli va oʻz vaqtida axborot berilishini taʼminlaydi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
14-modda. Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasiga doir tadbirlarni moliyalashtirish
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasiga doir tadbirlarni moliyalashtirish budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(14-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-bob. Yodlangan tuzga va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar
15-modda. Osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash
(15-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 31-iyuldagi OʻRQ-1078-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 2-fevral)
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan va realizatsiya qilinadigan barcha osh tuzi yodlangan boʻlishi kerak. Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalaniladi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 31-iyuldagi OʻRQ-1078-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 2-fevral)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
Oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
16-modda. Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligiga doir talablar
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari milliy standartlar, qoidalar hamda normalar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan, tarkibida yod boʻlgan preparatlardan foydalaniladi. Osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash, yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash sharoitlari ustidan davlat nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 31-iyuldagi OʻRQ-1078-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 2-fevral)
17-modda. Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish milliy standartlar, qoidalar hamda normalar talablariga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.15.00 Mahsulot sifati xavfsizligi, belgilangan normalarga va savdo qoidalariga rioya etish ustidan nazorat]
Belgilangan yaroqlilik muddati oʻtgan yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari utilizatsiya qilinishi, sanoat yoʻli bilan qayta ishlanishi yoki qayta yodlanishi kerak.
18-modda. Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlashtirish
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlashtirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(18-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash, oʻrash va tamgʻalash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlangan, oʻralgan hamda tamgʻalangan holda ishlab chiqarilishi kerak.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash, oʻrash hamda tamgʻalashga nisbatan qonunchilikda oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash, oʻrash va tamgʻalash borasida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
(19-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.12.00 Savdo qoidalari]
Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni tashish, saqlash hamda realizatsiya qilishni qonunchilikda belgilangan qoidalar va normalarga rioya etgan holda amalga oshirishlari shart.
(20-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 13-fevraldagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan Oziq-ovqat savdosi bilan shugʻullanuvchi savdo korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0068-24-son SanQvaN)ning 7-bobi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.12.00 Savdo qoidalari]
Muvofiqlik sertifikati boʻlmagan va yaroqlilik muddati oʻtgan yodlangan tuz hamda yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilish taqiqlanadi.
21-modda. Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish shartlari
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga faqat oʻralgan tarzda hamda qonunchilikda belgilangan boshqa talablarga rioya etilgan holda olib kirilishi mumkin.
(21-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.15.00 Sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(22-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
23-modda. Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.15.00 Sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(23-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
24-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(24-moddaning nomiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
25-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2007-yil 4-maydagi 87 (4240) - sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 3-may,
OʻRQ-97-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 175-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son; 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)