1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
AMALGA OShIRILIShI UChUN LITSENZIYALAR TALAB QILINADIGAN FAOLIYAT TURLARINING ROʻYXATI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati tasdiqlansin (1-ilova).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxatiga muvofiq holga keltirsin, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar mazkur roʻyxatga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 12-may,
222-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga 1-ILOVA
Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyxati”.
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-martdagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan “Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash.
Ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek sovuq qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan “Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-martdagi 111-son qarori bilan tasdiqlangan “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-noyabrdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yoʻq qilib tashlash, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish, shuningdek tarkibida giyohvand moddalari boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Veterinariya faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori bilan tasdiqlangan “Veterinariya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Tibbiy faoliyat.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-son qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Farmatsevtika faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari orqali taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat koʻrsatish faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan “Aeroportlarda havo kemalariga tashish ishlari bilan bogʻliq xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmat koʻrsatish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 112-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-son qarori bilan tasdiqlangan “Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom va “Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Etil spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Bank faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2014, 08.10.2009-y.).
Banklar tomonidan chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish.
(oʻttiz birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish qoidalari” (roʻyxat raqami 463, 03.08.1998-y.).
Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash toʻgʻrisidagi”gi nizom.
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Baholash faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokyerlarining sugʻurta faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan “Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokyerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Auditorlik faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Lombardlar faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: “Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1291, 10.12.2003-y.).
Lotereyalar tashkil etish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Advokatlik faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Bojxona omborini taʼsis etish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan “Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Bojxona rejimida omborxona taʼsis etish — “erkin omborxona”.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan “Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Geodeziya va kartografiya faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Noshirlik faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan “Diniy taʼlim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan “Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, realizatsiya qilish, prokatga berish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan “Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Fonogrammalarni tayyorlash.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan “Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
(elliginchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
(ellik birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Birja faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Turizm faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 497-son qarori bilan tasdiqlangan “Turizm faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Ulgurji savdo.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-noyabrdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan “Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2093, 13.12.2010-y.).
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-oktabrdagi 234-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Rieltorlik faoliyati.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom.
Kredit byurolari faoliyati.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 26-noyabrda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 110-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 16-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1993-yil 11-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 124-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining uchinchi va beshinchi xatboshilari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 263-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 330-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 51-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 18-aprelda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxatiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 4, 109-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining toʻrtinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 143-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 31-avgustda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxatiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 8-9, 244-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining toʻrtinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 258-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining X boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining XIX boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda).
14. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining III boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining III boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 110-modda; 2007-y., 29-30-son, 295-modda, 37-38-son, 377-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2010-y., 37-son, 313-modda, 38-son, 329-modda, 51-son, 481-modda; 2011-y., 52-son, 555-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda, 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son; 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son; 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)