1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.02.00 Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Birja faoliyatini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
2.Moliya / Birja faoliyati]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birja faoliyatini (valyuta birjalari faoliyati bundan mustasno) tartibga soluvchi vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi birja faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilotlarni 2003-yil 1-aprelgacha mazkur qaror talablariga muvofiq litsenziyalasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Belgilab qo‘yilsinki, 2003-yil 1-aprelgacha tegishli litsenziya olmagan birjalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq birja faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.02.00 Birja faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Birja faoliyatini litsenziyalash]
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ikki hafta muddatda litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiya to‘g‘risidagi nizomni hamda ekspert komissiyaning shaxsiy tarkibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida xodimlarning belgilangan soni doirasida xodimlarining cheklangan soni 3 nafardan iborat Birja faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish bo‘limi tashkil etilsin, unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
litsenziya talabgorlarining arizalarini qabul qilish, litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, litsenziya bitimlari tuzish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
birja faoliyati monitoringini olib borish;
birjalar tomonidan birja faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, birja savdolari qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)