1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
MULKChILIKNING BARChA ShAKLIDAGI KORXONALAR (TAShKILOTLAR), ShU JUMLADAN ChET EL KORXONALARI VA QOʻShMA KORXONALAR FAQAT MAXSUS RUXSATNOMA (LITSENZIYA) ASOSIDAGINA ShUGʻULLANIShGA HAQLI BOʻLGAN FAOLIYAT TURLARINING ROʻYXATIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222-II-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 18-apreldagi 1034-XII-son qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxati”ning yigirmanchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Farmakologiya preparatlari ishlab chiqarish va sotish”.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 31-avgust,
2005-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 8-9-son, 244-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda)