toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida” va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
1. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
2. Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda Komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish huquqiga mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2009-y., 18-son, 224-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 14-noyabr,
510-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 14-noyabrdagi
510-son qaroriga
1-ILOVA
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan geodeziya va kartografiya ishlari turlari litsenziyalanishi kerak.
3. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davyergeodezkadastr qoʻmitasi deb ataladi) Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) qabul qiladi, komissiya tarkibi Davyergeodezkadastr qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
4. Yuridik shaxslar litsenziya talabgori boʻlishlari mumkin.
5. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
6. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya muddatsiz beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
7. Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga (ayrim ish turlariga) berilishi mumkin.
II. Litsenziya talablari va shartlari
8. Quyidagilar geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
litsenziat tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish boʻyicha normativ-texnik hujjatlarga rioya etilishi;
litsenziat shtatida litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatga va kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlgan kamida bir xodim boʻlishi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 927-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son)
belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan moddiy-texnik bazaning, geodeziya va kartografiya asbob-uskunalarining, boshqa texnik vositalarning mavjud boʻlishi;
geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishni tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjud boʻlishi;
litsenziat tomonidan davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjud boʻlishi.
9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab oʻtilgan litsenziya talablari va shartlaridan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
10. Geodeziya yoki kartografiya faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarga talablar “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(1-ilova 11-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (yoxud uning qismi)
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziyalanadigan ish turlarini bajaradigan mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (soni, maʼlumoti, mutaxassislik boʻyicha ish staji);
texnika bilan jihozlanganlik va litsenziyalanadigan ishlarni amalga oshirishga doir normativ-texnik hujjatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
geodeziya, kartografiya priborlari va asbob-uskunalarining metrologiya jihatidan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilib olinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
15. Litsenziya berish haqidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
17. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
IV. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
18. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati ariza va litsenziya olishga barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab yigirma kunni tashkil etadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
19. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan barcha kerakli hujjatlar bilan birga arizani olgan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Qabul qilingan qaror protokolini Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) imzolaydi.
Zarur hollarda, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi joylarga borib, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini oʻrganish huquqiga egadir.
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin yigirma kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan hollarda, belgilangan muddat tugagandan soʻng litsenziya talabgori “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasini yozma ravishda xabardor qilgan holda geodeziya (kartografiya) faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega. Bunday holatlarda “Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan soʻng besh ish kunida litsenziya berishga majbur.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
20. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(20-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
21. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi litsenziya bitimi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organning nazorat qilishi tartibi;
geodeziya va kartografiya faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga tegishli boʻlgan boshqa shartlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi uchun bir nusxadan tuziladi.
(21-bandining birinchi va oʻninchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
22. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari namunalari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda uning buyurtmanomasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
Litsenziyalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
23. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin bir kun muddatda beriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 927-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Agar litsenziat litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
(24-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
25. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining mansabdor shaxsi xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(25-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
26. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida, rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
27. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar qayta koʻrib chiqiladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Bunda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi litsenziya talabgorining qayta taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birga arizasi qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmagan muddatda ekspert xulosasini tayyorlaydi va uning asosida Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
28. Litsenziat — yuridik shaxs oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishga majbur.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada litsenziyalanadigan bir xil faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan litsenziatlar — yuridik shaxslar qoʻshilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
29. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
30. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(30-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
32. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dublikatlar berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
33. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda:
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 927-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son)
litsenziatdan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
tekshirish natijalari asosida litsenziya talablari va shartlari buzilishining aniq hollarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taklif kiritadi.
Davlat nazorat va tekshirish organlari, shuningdek davlat hokimiyatining boshqa organlari litsenziya talablari va shartlarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, oʻz vakolatlari doirasida, aniqlangan buzilishlar va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga maʼlum qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasida qoladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
35. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi
(35-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
36. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi
37. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi
VIII. Litsenziyalar reyestri
Oldingi tahrirga qarang.
38. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
39. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (roʻyxatdan oʻtkazish sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami), pochta manzili, telefon va faks raqamlari, elektron pochta manzilini oʻz ichiga oluvchi litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
litsenziat tomonidan bajariladigan ishlar koʻrsatilgan holda faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi.
40. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)
IX. Litsenziya berganlik uchun davlat boji
43. Litsenziya berganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
44. Davlat boji summasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Geodeziya va kartografiya faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Geodeziya va kartografiya ishlarining litsenziyalanadigan turlari
roʻyxati
1. Davlat ahamiyatiga ega boʻlgan ishlar:
a) geodeziya ishlari:
gravimetrik aniqlashlar;
davlat geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish, rivojlantirish va ish holatida saqlash;
erni masofadan tekshirish;
geodinamik tadqiqotlar chogʻida geodezik aniqlashlar;
1:10000, 1:25000 masshtablarda topografik va maxsus suratga olishlar.
b) kartografiya ishlari (turistik obyektlar (arxitektura yodgorliklari va boshqalar) va infratuzilma (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik yoʻnalishlar hamda boshqalar) joylashgan joy qayd etilgan va koʻrsatilgan mavzuga oid turistik xaritalar nusxasini koʻpaytirish hamda tarqatishdan tashqari):
(1-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:10000, 1:25000, 1:50000, 1:100000, 1:200000, 1:500000, 1:1000000 masshtabi topografiya rejalari va xaritalarini tuzish va nashr etish;
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy-maʼlumotnoma xaritalari hamda tarmoqlararo ahamiyatga ega boʻlgan boshqa mavzuli xaritalar va atlaslar, oʻquv kartografiya qoʻllanmalari tuzish va nashr etish;
davlat ahamiyatiga ega boʻlgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish.
2. Maxsus ahamiyatga ega boʻlgan ishlar:
a) geodeziya ishlari:
maxsus ahamiyatga ega boʻlgan geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish;
1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus suratga olishlar;
har xil inshootlarni qurish va ulardan foydalanishda muhandislik-geodeziya ishlari;
erlarni chegaralashda, davlat kadastrlarini yuritishda, geologiya, marksheyder ishlari va boshqa ishlarda geodeziya va topografiya ishlari;
muhandislik izlanishlari va boshqa izlanishlarda geodeziya va topografiya ishlari.
b) kartografiya ishlari (turistik obyektlar (arxitektura yodgorliklari va boshqalar) va infratuzilma (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik yoʻnalishlar hamda boshqalar) joylashgan joy qayd etilgan va koʻrsatilgan mavzuga oid turistik xaritalar nusxasini koʻpaytirish hamda tarqatishdan tashqari):
(2-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 398-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son)
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:200, 1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus rejalar hamda xaritalar tuzish va nashr etish;
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda maxsus ahamiyatga ega boʻlgan mavzuli xaritalar va atlaslar tuzish va nashr etish;
maxsus ahamiyatga ega boʻlgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish.
Geodeziya va kartografiya faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash
SXEMASI

Bosqichlarlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Litsenziya talabgori — yuridik shaxs

1. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq tayyorlaydi.

litsenziya talabgorining xohishiga koʻra

2. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hujjatlarni bevosita yoxud ularning olingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda elektron shaklda taqdim etadi.

3. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin 20 kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan hollarda, belgilangan muddat tugagandan soʻng litsenziya talabgori “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasini yozma ravishda xabardor qilgan holda geodeziya (kartografiya) faoliyatini amalga oshirish huquqiga egadir.

2-bosqich

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

1. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining masʼul xodimi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

1) hujjatlar qabul qilingan kunda

2. Ekspert xulosasini tayyorlaydi va unga asosan Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Agar, litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin 20 kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, belgilangan muddat tugagandan soʻng litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan soʻng besh ish kunida unga litsenziya berishga majbur.

2) ariza qabul kundan boshlab 20 kundan oshmaydigan muddatda

 

3. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan soʻng litsenziya talabgorlari tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan holatda, ekspert xulosasini tayyorlaydi va uning asosida Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

3) hujjatlar qayta taqdim etilgandan soʻng 10 kun davomida

3-bosqich

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

— tegishli qaror qabul qilgandan soʻng 3 kun muddatda

2. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziat

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

— litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay

4-bosqich

Litsenziya talabgori

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilgani toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

— litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda

5-bosqich

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

2. Litsenziatga rasmiylashtirilgan litsenziyani beradi.

— 1 kun davomida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 927-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 218-modda; 2004-y., 42-son, 446-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2009-y., 18-son, 224-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)