toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.03.2002
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
KORXONALAR (TAShKILOTLAR) FAQAT MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) ASOSIDAGINA ShUG‘ULLANIShGA HAQLI BO‘LGAN FAOLIYAT TURLARINING RO‘YXATI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 15-maydagi 222-II-sonli “Amalga oshirishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida”gi Qonunning 1 va 8-moddalariga hamda “O‘zbekiston Respublikasida kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlari ilova qilinayotgan ro‘yxatga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, korxonalar (tashkilotlar)ga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizom bilan belgilanadi.
2. Mazkur ro‘yxatda ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat turlari bilan tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) shug‘ullangan taqdirda korxona (tashkilot) mahalliy budjetga ana shu faoliyatdan olinadigan barcha daromadni hamda qonunsiz olingan daromad miqdorida jarima to‘lashi belgilab qo‘yilsin. Bunday korxonaning (tashkilotning) faoliyati hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.
3. “O‘zbekiston Respublikasi hududida kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyatining ba’zi turlarini taqiqlab qo‘yish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1989-yil 27-sentabrdagi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Vedomostlari, 1989-yil, № 25, 376-modda) 1-bandidagi beshinchi, o‘n birinchi, yigirma sakkizinchi, yigirma to‘qqizinchi xatboshilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga bir oylik muddat ichida amaldagi qonunlariga muvofiq kooperativlar shug‘ullanishi man etilgan va ular faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatlariga aniqlik kiritish topshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 14-yanvar,
516-XII-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
1992-yil 14-yanvardagi
516-XII-sonli qaroriga
ILOVA
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining
RO‘YXATI
Qurol-aslahalar va ularga o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, agar boshqa tarmoqlarda ishlatilmasa, ularga ehtiyot qismlar, jihozlovchi elementlar va asboblar, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus uskunalar yaratish, ishlab chiqarish, ularni ta’mirlash va sotish.
Portlovchi moddalar hamda ularni qo‘llagan holda boshqa buyumlar yaratish, ishlab chiqarish va ularni sotish.
Zaharlovchi jangovar moddalar hamda ulardan himoyalanish vositalari ishlab chiqarish va ularni sotish.
Raketa-kosmik komplekslar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish uchun vositalar yaratish, ishlab chiqarish, ularni ta’mirlash va sotish.
Uran va boshqa parchalanuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan mahsulotlarni qazib chiqarish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash, ko‘mib tashlash va sotish.
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektrostansiyalarida elektr energiyasi hosil qilish.
Portlash xavfi bo‘lgan va zaharli moddalarni tashish.
Bo‘shatib olingan harbiy-texnikaviy vositalarni tugatish (yo‘q qilib tashlash, ulardan xomashyo sifatida boshqa ishlarda foydalanish, ularni ko‘mib tashlash) va qayta ishlash.
Harbiy mahsulotni namoyish va targ‘ib qilish.
Ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurol va unga o‘q-dorilar, shuningdek tig‘li qurollar (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ularni ta’mirlash va sotish.
Oldingi tahrirga qarang.
Neft, neft mahsulotlari va gaz qazib chiqarish, ularni qayta ishlash va sotish.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Qimmatbaho va yerda kam uchraydigan metallar, qimmatbaho toshlar qazib chiqarish.
Tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash.
Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash.
Rentgen uskunalari, radioaktiv moddalar va izotoplardan foydalaniladigan asboblar va uskunalar yaratish, ishlab chiqarish hamda ularni sotish.
Atom energetikasi obyektlari, magistral truboprovodlar va ko‘priklar, tonnellar, shuningdek mudofaa obyektlariga (qurilmalari, uskunalari, tizimlari va asboblariga) doir loyiha qurilish montaj ishlarini bajarish, bunday obyektlarni ishlatish va ta’mirlash.
Tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda xavf-xatar tug‘diradigan ishlab chiqarishlarni qurish va ishlatish, ular uchun uskunalar, nazorat va avariyaga qarshi himoya tizimlarini tayyorlash.
Temir yo‘l, dengiz, havo transportida yo‘lovchilar va yuklar tashish.
Xazina va bank biletlari, tangalar, qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va h. k), nishonlar, medallar va pochta to‘lovlari belgilari ishlab chiqarish.
Magistral va xalqaro aloqa yo‘llarini loyihalash, qurish va ishlatish.
topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish.
Metrologiya uskunalari ishlab chiqarish va ularni sotish.
Shifrlovchi texnika ishlab chiqarish, uni ta’mirlash, sotish va ishlatish.
Tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan ekinlari ekish, yetishtirish va sotish.
Narkotik moddalar ishlab chiqarish va sotish.
Farmokologiya preparatlari ishlab chiqarish va sotish.
Qimorxonalar tashkil etish, lotereyalar o‘tkazish va hokazo.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish.
Vositachilik faoliyati, shu jumladan birja, savdo vositachiligi va savdo-xarid faoliyati.
Yong‘inga qarshi avtomatik vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyalarni loyihalash, ta’mirlash, montaj qilish, sozlash, ularga texnika xizmati ko‘rsatish.
Tibbiy yordam ko‘rsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuklar va yo‘lovchilarni xalqaro avtomobil yo‘llarida tashish.
(Xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 26-noyabrdagi 710-XII-son qarori tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 110-modda)
Bolalar, o‘smirlar va yoshlarga mo‘ljallangan sog‘lomlashtirish va boshqa xil lagerlar tashkil etish.
Parfyumeriya va kosmetika buyumlari, turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar tayyorlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Auditorlik faoliyati.
(Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 735-XII-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 16-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kino va video filmlar hamda dasturlar yaratish.
Kino va video dasturlarni ko‘paytirish, tarjima qilish, sotish.
Kino va video mahsulotlarni ijaraga berish, namoyish etish va ko‘rsatish.
Kino va videoga olish hamda shu faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan vositachilik xizmatlari ko‘rsatish.
(Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 11-yanvardagi 777-XII-son qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Balandliklarda sanoat alpinizmi uslubida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlari bajarish.
(Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrdagi 923-XII-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 330-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish.
(Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrdagi 1007-XII-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 51-modda)
O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish.
To‘y, yubiley va boshqa tantanalarda badiiy (konsert) xizmat ko‘rsatish.
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, yozib olish, ko‘paytirish va sotish.
(Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-sonli Qonuniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Noshirlik faoliyati.
Badiiy va musiqali audioyozuvlar ishlab chiqarish.
Audiokassetalar prokati.
Audioyozuvlarni va audiofaoliyatning boshqa turlarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, shu jumladan bu borada vositachilik xizmatlari ko‘rsatish.
(Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-sonli Qonuniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichimlik spirti, aroq hamda boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish.
(Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 182-modda; 1993-y., 1-son, 16-modda; 2-son, 110; 124-moddalar; 9-son, 330-modda; 1994-y., 2-son, 51-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 9-son, 241-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda)