1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm;
4.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida
Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport yo‘nalishlarida infratuzilmani jadal rivojlantirish, obyektlardan samarali foydalanish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6199-son Farmoni hamda 2021-yil 6-apreldagi “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5054-son qaroriga muvofiq:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar turizm faoliyati subyektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 10 AQSH dollari, qish mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 25 AQSH dollari miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
2. Belgilansinki, 2022-yil 1-maydan boshlab yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat budjetidan Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi. Bunda:
grant mablag‘lari onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi zamonaviy veb-sayt yaratishga, xorijiy mamlakatlardagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;
grant mablag‘lari belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari A.A. Abduxakimov 2022-yil 1-martga qadar yosh tadbirkorlarga grant ajratish tartibini tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5232-son qaroriga muvofiq, Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining asosiy moliyaviy manbai hisoblangan turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash 2021-yil 1-sentabrdan to‘xtatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yil 1-fevraldan 2023-yil 1-yanvarga qadar Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga har oyda 2,5 mlrd so‘m miqdoridagi qo‘shimcha transfertlar Davlat budjetidan ajratilishini ta’minlansin.
4. Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduxakimov):
a) mazkur Farmonning 3-bandiga muvofiq ajratilayotgan mablag‘larni Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibida belgilangan maqsadlar, shu jumladan hududlardagi salohiyatli turizm obyekti va maskanlarini birlamchi choralarni ko‘rgan holda turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targ‘ib qilish, xorijiy turizm va sport yarmarkalarida, ko‘rgazmalarda, loyihalar va dasturlarda qatnashish, vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirsin hamda ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Bunda, Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Turizm va sport vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish ular faoliyatining natijadorligi (KPI) va erishilgan yutuqlarga qarab amalga oshiriladi;
b) Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risida har chorakda Moliya vazirligiga hisobot taqdim etib borsin.
Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Z.O. Kazakov Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin;
v) Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-yanvar,
PF-52-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmoniga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5273-son Farmoni 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Erkin turistik zona ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda — ma’muriy kengash) zimmasiga erkin turistik-rekreatsion zona bo‘yicha ma’muriyatchilik funksiyalari yuklansin”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmonida:
a) 8-band “v” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dor (osma) yo‘llarni, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, funikulyorlar va boshqa o‘xshash obyektlar va inshootlarni qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, aerostatlar (havo sharlari), elektromotorli qayiq, qorda harakatlanishga mo‘ljallangan maxsus transport vositalari (TIF TN kodi 8703 10) va kvadrotsikllar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga ko‘ra bojxona bojini to‘lashdan ozod etilsin”;
b) 16-banddagi “Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning 16-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmonida:
birinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi PF-5515-son Farmonida:
a) 2-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmasi hamda tumanlar turizm va sport bo‘limlari”;
b) 1-ilova “Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha hokim o‘rinbosari” blokidan keyin quyidagi mazmundagi blok bilan to‘ldirilsin:
“
Hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i
Kotibiyat
Turizm va sport bosh boshqarmasi
Madaniyat bosh boshqarmasi
Madaniy meros boshqarmasi
”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida Turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5611-son Farmonida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qaroriga asosan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 4-bobi birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6-ilovaning 28-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari”;
g) 8-ilovaning 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5781-son Farmonida:
“turizm faoliyati subyektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSH dollari, qish mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 50 AQSH dollari miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplab beriladi. Bunda, 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun 10 AQSH dollari, qish mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 25 AQSH dollari miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi”;
b) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning” so‘zlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 37-bandidagi “2020-yil fevral” so‘zlaridan keyin “tomonlar kelishuviga muvofiq” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
g) 7-ilovaning 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5787-son Farmonining 6-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-son Farmonida:
“O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar shaxslar tomonidan bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishni buzish, shuningdek, totalizator o‘ynash, o‘yinga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishilgan o‘yinlar o‘tkazish, ularda ishtirok etish yuzasidan javobgarlikni belgilash bo‘yicha Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin”;
b) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“13. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2022-yil 1-aprelga qadar bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin va ularda shu jumladan quyidagilarni:
bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan amalga oshirilishini;
bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet tarmog‘i provayderlarida xizmatlar ko‘rsatilishini tartibga solishni;
bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari daromadlarining bir qismini sport turlari, shu jumladan futbolni rivojlantirish uchun yo‘naltirishni;
maxsus tender komissiyasi tashkil qilgan holda tender savdolari orqali pul tikishni hisobga oluvchi Yagona integratsiyalashgan platformani tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlarini tanlab olishni, tender savdolarida tadbirkorlik subyektlarini tanlab olish mezonlari hamda ularga qo‘yiladigan talablarni;
bukmekerlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlari joriy etilishini nazarda tutsin”;
d) 1-ilovaning ikkinchi blokidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 2-ilovaning 3-bobi o‘n oltinchi va o‘ttizinchi xatboshilaridagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 5-ilova izohining 1-qismidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5924-son Farmonida:
a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning oltinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 8-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandning oltinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6002-son Farmoni 3-bandining birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6053-son Farmonida:
“a) Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) direktori lavozimini egallaydi, shuningdek, Bo‘stonliq tumani (keyingi o‘rinlarda — tuman) hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Bunda, Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri”;
“a” kichik band quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortni qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, joylashtirish, asosiy vositalar, anjomlar, transportlar bilan ta’minlash”;
“b” kichik banddagi “Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari “Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” va “Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari tegishincha “Turizm va sport vazirligi” va “Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 20-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) 2022-yil 1-fevralga qadar “Chimyon” QFY hududida joylashgan:
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi balansida bo‘lgan “Osiyo Chimyon” mehmonxonasini;
Turizm va sport vazirligi balansida bo‘lgan osma dor yo‘li va “Paxtakor” sport bazasini;
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi balansida bo‘lgan avtoturargohni;
“O‘zsuvta’minot” AJ balansida bo‘lgan ishlamayotgan Oqova suvlar uzatish inshooti (SP-2), ishlamayotgan Oqova suvlar tozalash inshootining (KU-200) bino va inshootlari, ularga biriktirilgan yer maydonlari beg‘araz asosda operativ boshqarish huquqi bilan “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortni qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi balansiga o‘tkazilishini ta’minlasin”.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-son Farmoni 4-ilovasining 195-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmonida:
“O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida yutuqli o‘yinlar tizimi joriy etiladi;
har oy yakuni bilan yutuqli kuponlar o‘rtasida qimmatbaho sovrinlar uchun o‘yinlar o‘tkaziladi”;
b) 1-ilova 1 pozitsiyaning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 2-ilovasi 14-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-son Farmonida:
a) 9-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 2021-yilda ajratilmagan mablag‘lar, shuningdek, moliyalashtirilmasdan qolgan (o‘zlashtirilmagan) mablag‘lar 2022-yilda ajratilishi ta’minlansin.
Dasturda imzolangan shartnomalar bo‘yicha 2021-yilda bajarilmagan ishlar va moliyalashtirilmagan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida 2022-yilda ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hamda dastur doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi”;
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6199-son Farmonida:
“Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, shuningdek, Turizm va sport vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tashkil etilsin”;
b) 11-banddagi “2021-yil yakuniga” so‘zlari “2022-yil 1-iyunga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) 2022-yil 1-aprelga qadar xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda madaniy meros, shu jumladan arxeologiya merosi obyektlari, madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish, nomoddiy meros sohasiga oid qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar normalarini umumlashtirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi yagona qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin”;
“16. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari xodimlari sonini qisqartirish hisobiga Bosh prokuratura tuzilmasida 3 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Madaniy meros sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bosh prokuratura hamda Turizm va sport vazirligining:
Bosh prokuraturaning Madaniy meros sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi negizida 7 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasini tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha katta yordamchilari lavozimlarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasiga qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish hamda katta yordamchilarning shtat birliklarini shakllantirish Turizm va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi.
Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalarida, shu jumladan, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlariga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘laridan oqilona, tejamkor va samarali foydalanilishini nazorat qilish Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin.
Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev):
a) bir oy muddatda:
Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda katta yordamchilari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirsin;
Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda katta yordamchilari lavozimlarini yuklatilgan vazifalarni yuqori va professional darajada bajarilishini ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;
b) 2022-yil 1-aprelga qadar sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ahvoli, shu jumladan ushbu yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot va takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin”.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-son Farmonining 1-ilovasida:
a) “Ustamalar miqdori (bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan)” qatori “Ustamalar miqdori (bazaviy hisoblash miqdori barobarida)” qatori bilan almashtirilsin;
“yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qo‘shimcha miqdorlarning bittasidan o‘ttiz yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin”.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6269-son Farmoni 2-ilovasining 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-noyabrdagi “Oliy mahorat sport maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2438-son qarorida:
a) 5-band ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-band uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2602-son qarorida:
“Markazning mahalliy xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalaridagi tegishli lavozimlarga belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi”;
b) 12-bandning birinchi xatboshisidagi “2022-yilning 1-yanvariga qadar” so‘zlari “2025-yilning 1-yanvariga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2654-son qarorida:
a) 1-band ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovaning nomidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-son qarori quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Andijon, Jizzax, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimlari hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari kotibiyatining bir nafar shtat birligini o‘tkazish, shuningdek, qo‘shimcha bir nafar shtat birligini ajratish hisobiga hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining ikki nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan kotibiyatini tashkil qilsin.
Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimlari hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari kotibiyatining bir nafar shtat birligini o‘tkazish hisobiga hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining ikki nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan kotibiyatini tashkil qilsin.
Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Andijon, Jizzax, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarining kotibiyatiga qo‘shimcha bir nafar shtat birligini ajratish Turizm va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi”.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi PQ-3196-son qarorida:
a) 3-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” so‘zlari “Turizm va sport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-band uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga” so‘zlari “Turizm va sport vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida” so‘zlari “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 8-band birinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3197-son qarorida:
a) 7-band birinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” so‘zlari “Turizm va sport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 11-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3217-son qarorida:
a) 2-3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vazirlik va idoralar — mas’ul ijrochilar bilan birgalikda ko‘zda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlasin, har chorakda Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligiga axborot taqdim etsin”;
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3509-son qarorida:
a) 5-banddagi “Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan” so‘zlari “Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining” so‘zlari “Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 15-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 16-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-son qarorida:
a) 16-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 17-bandning birinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning 16-bandidagi “Turizm sohasini budjetdan tashqari qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3815-son qarori 3-bandida:
“2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Universitet rektori Universitetning Vasiylik kengashi talablariga asosan tashkil etiladigan xalqaro tanlov asosida tuziladigan muddatli shartnomaga muvofiq Turizm va sport vazirligi tomonidan tayinlanadi”;
b) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Universitetning Vasiylik kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tavsiyasiga asosan Universitet rektori bilan tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish vakolati beriladi”;
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3836-son qarorida:
a) 7-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan” so‘zlari “budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 9, 39, 41, 44 va 63-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3898-son qarorining 1-ilovasi 14-bandining o‘n birinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3953-son qarorining ilovasi 302-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarori 1-bandida:
a) o‘n oltinchi xatboshisidagi “moddiy rag‘batlantirishga” so‘zlari “moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari va Vazirlik tizimidagi tashkilotlarni jihozlash, ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga”.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-oktabrdagi “Toshkent viloyatining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3987-son qarori ilovasi blokidagi “Hokimning turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari” so‘zlari “Hokimning turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4061-son qarorida:
a) 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 13-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduhakimovga:
yuklangan vazifalarning lozim darajada bajarilishi bo‘yicha vazirlik va idoralarni muvofiqlashtirish, shuningdek, ushbu qarorning bajarilishini muntazam ko‘rib chiqish;
sportchilarning xalqaro sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlash, sport uskunalari va anjomlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashish yuzasidan;
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanovga — chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklarga tayyorlash markazlari faoliyatini lozim darajada tashkil etish va mamlakatda parashut sportini rivojlantirish yuzasidan;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga — ushbu “Yo‘l xaritasi” va Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha inshootlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va lozim darajada jihozlash yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari ko‘rsatib o‘tilsin”.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4095-son qarorida:
“shuningdek” so‘zidan keyin “sport majmualari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 2-ilova izohining 2-bandidagi “Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4194-son qarorining 3-bandida:
a) uchinchi va sakkizinchi xatboshilardagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) oltinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” so‘zlari “Turizm va sport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4229-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4375-son qarorining 3-ilovasi 53-bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4500-son qarorida:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” so‘zlari “Turizm va sport vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4583-son qarorida:
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov:
qishki sport turlari bo‘yicha zamonaviy sport inshootlarini barpo etish va infratuzilmani rivojlantirish choralarni ko‘rsin (shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida), ushbu qarorda belgilangan vazifalarni to‘liq va sifatli amalga oshirish uchun aloqador vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirsin, har oyda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
O‘zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin, sportning mazkur turlari bo‘yicha faoliyat olib borayotgan nodavlat tashkilotlar (federatsiyalar, assotsiatsiyalar va boshqalar) bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin, Dasturda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin”.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4653-son qarori 3-ilovasida:
a) 11-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 12-band 2-kichik bandining o‘n uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-apreldagi “Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4671-son qarorining 2-ilovasida:
a) 13-pozitsiya o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) “193” raqamlari “191” raqamlariga almashtirilsin.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4730-son qarorida:
to‘rtinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament)” so‘zlari “Madaniy meros agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Departament” so‘zi tegishli kelishikdagi “Agentlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin:
“91. Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi tashkil etilsin.
Belgilansinki, Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Madaniyat vazirligi 2022-yil 15-fevralga qadar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;”.
d) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“11. Davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar Madaniyat vazirligi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirishning quyidagi turlari joriy etilsin:
Madaniyat vazirligi markaziy apparati xodimlariga ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lash: 1 yildan 5 yilgacha — 0,3; 5 yildan 10 yilgacha — 0,6; 10 yildan 15 yilgacha — 0,9; 15 yildan ortiq — 1,2;
hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlariga ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lash: 1 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan ortiq — 0,4;
2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Madaniyat vazirligi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti — 1,4 baravarga, hududiy madaniyat boshqarmalarida — 1,2 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.
Bunda Madaniyat vazirligi, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat bo‘limlari xodimlarini Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha rag‘batlantirish ular faoliyatining natijadorligi (KPI) va erishilgan yutuqlarga qarab amalga oshiriladi”;
z) 5-ilovaning 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
45. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4755-son qarorida:
a) 1-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“investorlarning yo‘lovchi tashuvchi yangi dor yo‘llarini tegishli xavfsizlik darajasini ta’minlagan holda qurish va jihozlash uchun yo‘naltirilgan xarajatlarining bir qismi ularni 2023-yil 31-dekabrga qadar foydalanishga topshirish va uzunligi bir tomonga kamida 500 metr bo‘lish sharti bilan har bir 500 metr yo‘l uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Budjetdan tashqari jamg‘arma) ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 1 milliard so‘m miqdorida qoplanadi. Belgilansinki, bunda yo‘lovchi tashuvchi yangi dor yo‘llarini qurish va jihozlash bo‘yicha dastlabki 50 ta loyihaga yo‘naltirilgan investorlar xarajatlarining bir qismi qoplanadi”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“2022-yil 1-yanvarga qadar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Xavfsiz turizm jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘larning qoldiq miqdori Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi hamda Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibida belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltiriladi”;
“2020-yilda koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning salbiy ta’sirini kamaytirish hamda mamlakatning ichki va tashqi turizm, sport salohiyatini targ‘ib qilish, kitoblar xarid qilish, turizm elchilari faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Budjetdan tashqari jamg‘armaga kamida 10 milliard so‘m mablag‘ ajratsin”;
46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarori 5-ilovasining 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9.Turizm va sport vazirligi 1”.
47. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4877-son qarorida:
“g” kichik bandidagi “jismoniy tarbiya va sport vaziri” so‘zlari “turizm va sport vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “d” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
“d) Ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalaridagi tegishli lavozimlarga belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi”;
b) 7-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 11-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 12-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov:
mazkur qarorning sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har oyda ularning rahbarlaridan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni qabul qilsin va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
Filial hamda Ilmiy tadqiqotlar institutining samarali faoliyat yuritishini ta’minlasin, Universitetda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin”.
48. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4881-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“2023 — 2025-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining manzilli ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
“Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida kurashni rivojlantirish va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni bajarish uchun 1 nafar mas’ul xodim biriktirilsin”;
g) 1-ilovaning 4-bobi 1-paragrafining “b” kichik bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilaridagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2023 — 2025-yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining manzilli ro‘yxati
T/r
Kurash markazining manzili
Muddati
Jami respublika bo‘yicha: (14 ta obyekt)
2023 — 2025-yillar
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Taxiatosh guzari
2024-yil
2.
Andijon viloyati, Andijon shahri, Yusuf Otabekov ko‘chasi
2023-yil
3.
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasi
2023-yil
4.
Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Obod” MFY
2023-yil
5.
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi
2024-yil
6.
Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Yoshlik” MFY
2024-yil
7.
Namangan viloyati, Namangan shahri, “Yuksalish” MFY
2025-yil
8.
Samarqand viloyati, Samarqand shahri, “Qorasuv” massivi
2024-yil
9.
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Bog‘i shamol” MFY
2025-yil
10.
Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, “Zarbdor” suv iste’molchilari uyushmasi
2025-yil
11.
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Birlik” MFY
2025-yil
12.
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Marg‘ilon ko‘chasi, 1-uy
2024-yil
13.
Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, “Do‘stlik” MFY (rekonstruksiya qilish hisobiga)
2023-yil
14.
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, “Olmos” MFY
2024-yil
Izoh: Turizm va sport vazirligi tomonidan har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda mazkur obyektlar kiritilishi ta’minlanadi”.
49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarorida:
a) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 12-bandning beshinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 14-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 18-bandning beshinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 20-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga” so‘zlari “Turizm va sport vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 1-ilova 2-bob 3-paragraf “g” kichik bandining oltinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 2-ilovaning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“
3.
Yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh shaxmatchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish, ularni bosqichma-bosqich tayyorgarlikdan o‘tkazib borish orqali professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeyster bo‘lib yetishishini ta’minlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlash.
1. Uch bosqichli tizim orqali iqtidorli shaxmatchilarni tanlab olish va saralash. Bunda:
har yili tuman (shahar) miqyosida tuman rahbarlari kubogini tashkil etish, unda munosib ishtirok etgan shaxmatchilar zaxirasini yaratish;
Har yili aprel
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining hududiy kalendar rejalarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida
Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
viloyatlar miqyosida viloyat rahbarlari kubogini tashkil etish va g‘olib, sovrindorlarni munosib rag‘batlantirish, ularning shaxmat bo‘yicha kelgusi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
Har yili may
xalqaro grossmeysterlar va yuqori reytingli shaxmatchilar bilan tajriba almashish hamda mamlakatimizda grossmeysterlar yetishib chiqishini yanada kengaytirish maqsadida quyidagi xalqaro turnirlarni muntazam tashkil etish:
a) Toshkent shahrida har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirini tashkil etish, bunda viloyat rahbari kubogi g‘oliblarining ushbu turnirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishini ta’minlash, shuningdek, musobaqada xalqaro miqyosda yuqori reytingga ega bo‘lgan kuchli xalqaro grossmeysterlarning ishtirokini ta’minlash;
2022-yildan boshlab
har yili avgust
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida
Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
b) Samarqand shahrida har yili “Sohibqiron kubogi” xalqaro shaxmat turnirini tashkil etish va ushbu musobaqada mahalliy shaxmatchilar bilan birgalikda xalqaro toifadagi chet ellik shaxmatchilarning ishtirokini ta’minlash;
Har yili aprel
v) Xiva shahrida har yili “Al-Beruniy” xalqaro shaxmat turnirini tashkil etish va ushbu musobaqada eng kuchli mahalliy shaxmatchilar bilan birgalikda xalqaro toifadagi chet ellik shaxmatchilarning ishtirokini ta’minlash hamda turnir nufuzini oshirib borish;
2022-yildan boshlab har yili avgust
Ijrochilar va homiylik mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari
Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, Xorazm viloyati hokimligi
g) O‘zbekistonlik birinchi grossmeyster G.T. Agzamov xotirasiga bag‘ishlab har yili an’anaviy tarzda xalqaro turnir tashkil etish va ushbu turnirda yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirokini ta’minlash.
Har yili aprel
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar, ijrochilar va homiylik mablag‘lari
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, Turizm va sport vazirligi
2. Shaxmat bo‘yicha XVII Jahon chempioni Rustam Qosimjonov xalqaro turnirini tashkil etish va yuqori reytingli jahon ?axmatchilari ishtirokini ta’minlash.
2022-yildan boshlab har yili avgust
3. Mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini yanada keng namoyon etish hamda shaxmatning ommaviyligini oshirish maqsadida har yili Buxoro, Termiz, Xiva shaharlarida “Turizm va shaxmat haftaligi”ni tashkil etish va ushbu haftalik doirasida keng sayyohlar oqimini jalb qilgan holda kuchli shaxmatchilar va sayyohlar o‘rtasida blits turnirlar, mahorat darslari hamda uchrashuvlar, turistik salohiyat aks etgan sayillar tashkil etish.
Har yili bahor va kuz oylarida
Mahalliy budjet mablag‘lari, homiylik mablag‘lari
Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
4. Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tarkibida shaxmat bo‘yicha alohida bo‘linmani tashkil qilish.
2021-yil avgust
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari”;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari — turizm va sport bosh boshqarmalari boshliqlari, hududiy ishchi guruhi rahbari o‘rinbosarlari”;
3-pozitsiya chiqarib tashlansin.
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-yanvardagi “Samarqand viloyatining arxitektura qiyofasini yaxshilash va turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4957-son qarorining 1-bandida:
a) to‘rtinchi xatboshisidagi “to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Imom al-Buxoriy majmuasida “SAG AL BUKNARI” MCHJ tomonidan yuqori toifadagi halol standartlari asosida mehmonxona qurish uchun 0,624 ga yer maydonini ushbu jamiyatga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin”.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5024-son qarori 14-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5054-son qarorida:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Turizm va sport vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash, shuningdek, ular boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini belgilash huquqi berilsin”;
uchinchi xatboshisidagi “tegishlicha turizm va sport bosh boshqarmalarining rahbarlari hisoblanadi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm va sport vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar turizm va sport bosh boshqarmalarining rahbarlari hisoblanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Turizm va sport vazirligi “Milliy PR-markazi” DUKga O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlari, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa ommaviy axborot vositalarining reklamalari, reportajlari va boshqa roliklarini tayyorlash va translyatsiya qilish bo‘yicha xizmatlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqi beriladi;
Turizm va sport vazirligi, Madaniy meros agentligi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy va ta’lim muassasalarining kutubxona fondini to‘ldirish maqsadida xorijiy mamlakatlardan olib kelinadigan kitob va qo‘llanmalar “Uzbekistan Airways” AJ orqali beg‘araz olib kelinadi va bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi”;
v) quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin:
“51. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxs, ustav kapitalining 50 foizi va undan ortig‘i ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxs mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan barcha turdagi xorijda o‘tkaziladigan sport tadbirlariga transport (avia, temiryo‘l, avto va boshqalar) uchun chiptalarni xarid qilish hamda joylashtirish vositalari bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish (chiptalarni va joylarni band qilish, sotib olish va yetkazib berish, boshqalar) faqatgina Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
Belgilansinki:
xarid qiluvchilar xorijda o‘tkaziladigan sport tadbirlariga transport uchun chiptalarni xarid qilish hamda joylashtirish vositalari bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUKga tegishli tadbir o‘tkazishdan kamida 3 oy oldin murojaat qiladi;
xarid qiluvchilar tomonidan taklif qilinayotgan mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan xizmatlar narxi “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan taqdim etilayotgan narxlarga nisbatan arzon bo‘lgan taqdirda ushbu xaridlar tegishli xarid qiluvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
“Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan mazkur bandda ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha belgilangan ustama miqdori Turizm va sport vazirligi tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi”;
“12. Turizm va sport vazirligi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda sport sohasida bukmekerlik faoliyatini tashkil etish orqali sportni qo‘shimcha moliyalashtirish tizimini kengaytirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini 2022-yil 1-aprelga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin”;
j) 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi ““Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi”ga” so‘zlari ““Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi”, Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand arxeologiya institutiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 16-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Madaniy meros agentligi tomonidan qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan, o‘zgartirilayotgan va boshqa tashkilotlar tizimiga o‘tkazilayotgan tashkilotlarga biriktirilgan ko‘chmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni tegishli yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda qayta rasmiylashtiriladi”.
53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5073-son qarori 2-bandning oltinchi xatboshisidagi “bukmekerlik va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
54. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi “Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5099-son qarorida:
a) 11-banddagi “2029” raqamlari “2039” raqamlariga almashtirilsin;
22-pozitsiyaning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “sentabrdan” so‘zi “dekabrdan” so‘zi bilan almashtirilsin;
26-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “2029” raqamlari “2039” raqamlariga almashtirilsin;
33-pozitsiyaning “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2021-yil avgust” so‘zlari “doimiy” so‘zi bilan almashtirilsin.
55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5114-son qarori 3-ilovasining 2-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2021-yil dekabr” so‘zlari “2022-yil iyun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
56. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyundagi “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5149-son qarorida:
a) 2-bandning oltinchi xatboshisidagi “2021-yil 1-sentabrga” so‘zlari “2021-yil 1-dekabrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Moliya vazirligi, Turizm va sport vazirligi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
57. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5150-son qarorining 4-ilovasida:
a) 4-bandi “Bajarish muddatlari” ustunidagi “2021-yil 1-dekabr” so‘zlari “2022-yil 1-iyun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) 6-bandi “Bajarish muddatlari” ustunidagi “2021-yil dekabr” so‘zlari “2022-yil iyun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5200-son qarorining 4-ilovasida:
a) 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
7.
Yangi yaratilayotgan o‘zbek milliy vinochilik brendi mahsulotlarini targ‘ib qilish maqsadida Buxoro, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida enoturizm yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish.
Soha korxonalari tomonidan sifatli, sanoatbop uzum xom ashyosidan o‘zbek milliy vinochilik brendi mahsulotlarini yaratish hamda turistik yo‘nalishlariga kiritish va OAVda targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.
2022-yil davomida
Turizm va sport vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tadbirkorlik subyektlari
”;
b) quyidagi mazmundagi 71-pozitsiyasi bilan to‘ldirilsin:
“
71.
Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida joylashgan yerto‘lalarni Agentlik balansiga o‘tkazish choralarini ko‘rish.
Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 6-uy manzilida, Samarqand shahri, Dahbed ko‘chasi, 18-uy manzilida, Buxoro shahri, B. Naqshband ko‘chasi, raqamsiz uyda joylashgan yerto‘lalarni Agentlik balansiga o‘tkazish va ularni Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan rekonstruksiya qilish.
2021-2022-yillar
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Tadbirkorlik subyektlari
”;
59. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “O‘zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-5211-son qarorida:
b) 4-bandning o‘n ikkinchi xatboshisidagi “ikki oy muddatda” so‘zlari “2021-yil 31-dekabrga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
60. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5232-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisidagi “2023-yil 1-sentabrga” so‘zlari “2023-yil 1-yanvarga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
61. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5251-son qarorida:
a) 12-bandidagi “Sport-ta’lim muassasalari” so‘zlari “O‘zbekiston velosport federatsiyasi va uning hududiy bo‘linmalari hamda O‘zbekiston velosport milliy terma jamoasi, sport-ta’lim muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 15-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
62. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-5280-son qarorida:
“Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev) Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A. Abduxakimov, Hisob palatasi (B. Turabov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov) bilan birgalikda oxirgi 3 yilda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan”.
63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-5281-son qarorining 1-ilovasi 17-pozitsiyasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmoniga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-sonli qarori)”gi PF-5399-son Farmoni ilovasining 20-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5428-son Farmoni 1-ilovasining 19-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5447-son Farmonining 1-ilovasi 21, 38 va 39-bandlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5454-son Farmonining ilovasi 5-bandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5456-son Farmoni 1-ilovasining 59 va 67-bandlari.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3646-son qarori)”gi PF-5483-son Farmonining 1-ilovasi 62-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmonining 3-ilovasi 2-bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5787-son Farmonining 5, 6, 7-bandlari, 1-ilovaning 4-bandi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-6146-son Farmon ilovasining 26-bandi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2666-son qarori.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3074-son qarori.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyuldagi “Turizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3129-son qarori.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PQ-3374-son qarori 2-ilovasining 2-bandi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3510-son qarori.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3583-son qarori.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qarori 34-ilovasining 14-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)