toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublikada turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yoʻnalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targʻib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-6155-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun xarajatlarning bir qismini qaytarish tartibi joriy qilinayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita):
a) “Uzbekistan Airports” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda:
bir oy muddatda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish doirasida Fargʻona-Urganch-Fargʻona, Termiz-Urganch-Termiz hamda Qarshi-Urganch-Qarshi aviareyslarini yoʻlga qoʻyish va Andijon-Xiva-Andijon temir yoʻl qatnovi sonini oshirish;
2021-yil 1-aprelga qadar Termiz-Qarshi-Xiva, Xiva-Urganch-Nukus va Termiz-Qarshi-Samarqand yoʻnalishlari boʻyicha doimiy temir yoʻl qatnovini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin;
b) Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun xarajatlarning bir qismini qaytarish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan aviareyslarni va temir yoʻl qatnovlarini, shuningdek, Toshkent shahridan Buxoro, Nukus, Termiz va Urganch shaharlari hamda Fargʻona vodiysiga qatnov yoʻnalishlari boʻyicha aviareyslarni subsidiyalash nazarda tutilsin;
v) turoperatorlar bilan birgalikda subsidiyalash mexanizmini qoʻllagan holda boshqa avia va temir yoʻl qatnovlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
3. Qoʻmita, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagi imtiyoz va preferensiyalar muddatlarini 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
a) turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun foyda soligʻi stavkasini belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirish;
b) kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun Oʻzbekiston Respublikasida tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia va temir yoʻl chiptalari boʻyicha xarajatlarini chipta narxining 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalash;
v) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) koʻrsatuvchi subyektlar boʻyicha:
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilish;
ular tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida belgilash.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasidagi yirik moddiy madaniy meros obyektlarida ichki turizm oqimlarini shakllantirish rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasida turistlar oqimini shakllantirish va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasining ziyorat turizmi salohiyatini manzilli targʻib qilish chora-tadbirlari rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Navroʻz umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qoʻshimcha va koʻchirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam boʻlmagan muddatga belgilanadi;
ota-onalar, qarindoshlar, qariyalar va ustozlar bilan birgalikda sayohat qilishni nazarda tutuvchi besh ish kunidan kam boʻlmagan “oilaviy sayohat taʼtili” tizimi joriy qilinadi. Bunda, “oilaviy sayohat taʼtili” yillik asosiy taʼtil hisobidan taqdim etiladi va jamoaviy shartnomalarga muvofiq ish beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi;
2021-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda turistik (mehmonxona) yigʻim undiriladi. Bunda, turistik (mehmonxona) yigʻim ichki turizmni targʻib qilish va ragʻbatlantirish, turizm mavsumi past boʻlgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
xorijiy aviakompaniyalarning Indoneziya, Bangladesh va Malayziya mamlakatlaridan xorijiy turistlarning Oʻzbekiston Respublikasiga sayohatlarini tashkil etishga qaratilgan hamda “Umra+” dasturi doirasidagi Oʻzbekiston Respublikasiga aviaparvozlari, qoʻnish va uchish xavfsizligi qoidalaridan tashqari, toʻsqinliksiz amalga oshiriladi;
respublikaning turizm namoyishi obyektlarini keng targʻib qilish, fuqarolarni boy tabiiy, madaniy va tarixiy meros obyektlari bilan tanishtirish hamda ichki turizmni ommalashtirishga qaratilgan (tijorat maqsadlarni koʻzlamagan) axborot maʼnaviyat va maʼrifat masalalariga doir axborotga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. 2021-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddatga oʻz yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyundagi PF-86-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 06/23/86/0329-son)
7. Transport-logistika masalalarini tezkor koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Komissiyaga quyidagi vakolatlar berilsin:
xorijiy va mahalliy aviakompaniyalarning turizm va investitsiya yoʻnalishlarida aviaparvozlarni tashkil etish hamda faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan tezkorlik bilan hal etish;
aviaparvozlarga ruxsat olish tizimini soddalashtirish, loukosterlarni jalb etish, parvozlar geografiyasini “bogʻlash” prinsipi orqali kengaytirishga toʻsqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor koʻrib chiqish va ularni hal etish;
“Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan barcha aeroportlarga yangi avia yoʻnalishlar ochish boʻyicha xorijiy kompaniyalarni jalb etish, ularning loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish;
aeroportlarda quruqlikda xizmat koʻrsatish (ground handling) sohasini takomillashtirish, belgilangan narxlarni qayta koʻrib chiqish va maqbullashtirish orqali investitsiyalarni jalb qilish;
hududlararo yoʻnalishli avtotransport qatnovlarini kengaytirish, yangi qatnovlarni tashkil etish, shuningdek, ushbu sohadagi mavjud muammolarni tezkor hal qilish choralarini koʻrish;
temir yoʻl transporti, shu jumladan temir yoʻl vagonlari va konteynerlar orqali tashish tizimiga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish tartibini takomillashtirish, bu yoʻnalishdagi muammolarni tezkorlik bilan hal qilish.
8. Belgilansinki:
har yili 1-iyulga qadar Qoʻmita tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatga asosan turizm namoyishi obyektlariga olib boradigan yoʻllar qurish va taʼmirlash uchun maqsadli davlat dasturlariga kiritiladi;
2021-yil 31-dekabrga qadar turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalariga nisbatan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qoʻllash toʻxtatiladi.
9. Qoʻmita, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi ikki oy muddatda turizm obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, kommunal va yoʻl infratuzilmalarini yaxshilash, turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlarini olib borish, madaniy-koʻngilochar infratuzilmalarni rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish hamda obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun 1 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan teng ulushlarda ajratishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida budjetdan tashqari Qashqadaryo hududida turizmni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish va unga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, istisno tariqasida, 200 milliard soʻm ajratish va ushbu mablagʻlar yoʻnaltiriladigan maqsadlar nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 2021-yilda ajratilmagan mablagʻlar, shuningdek, moliyalashtirilmasdan qolgan (oʻzlashtirilmagan) mablagʻlar 2022-yilda ajratilishi taʼminlansin.
Dasturda imzolangan shartnomalar boʻyicha 2021-yilda bajarilmagan ishlar va moliyalashtirilmagan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida 2022-yilda ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hamda dastur doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-79-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son)
11. Belgilansinki, 2021-yil 1-martdan boshlab Tashqi ishlar vazirligining masʼul shaxslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari ichki turizm oqimini tashkil qilish va xorijiy sayyohlarni jalb qilish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlagan taqdirda, ularga Qoʻmita taklifiga muvofiq mukofot toʻlanadi, prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda esa, belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.
12. Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov):
bir oy muddatda ichki turizm oqimini tashkil qilish va xorijiy sayyohlarni jalb qilishga oid 2021-yil boʻyicha asosiy prognoz koʻrsatkichlarini hamda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni tasdiqlasin;
har oy yakuni boʻyicha tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Transport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur Farmonga 1 va 3-ilovalardagi obyektlarga olib boruvchi yoʻnalishli avtotransport qatnovi tizimi yoʻlga qoʻyilishini, shuningdek, hududdagi aholining boshqa hududga sayohat qilishi uchun transport qatnovlari tashkil qilinishini taʼminlasin.
13. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ziyorat turizmi yoʻnalishida toʻgʻri targʻibotni yoʻlga qoʻyish va ziyorat obyektlari haqida ilmiy asoslangan maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida, Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish kengashi va uning faoliyatini tashkil etish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
14. Qoʻmita, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizmi”, “transport logistikasi” va “ijodiy sanoat” (creative industry) magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
15. Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi 2021-yil 1-avgustga qadar qadimiy ipak qogʻozi xomashyo zaxirasini shakllantirish manbai sifatida Imom Buxoriy majmuasi atrofidagi 64 gektar yer maydonida tut plantatsiyasi va Samarqand ipak qogʻozini ishlab chiqarish boʻyicha “Ipakchilik shaharchasi” turistik majmuasini tashkil etishni taʼminlasin.
16. Qoʻmita Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Fanlar Akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan birgalikda uch oy muddatda buyuk alloma va ulamolarimiz, ayniqsa, Imom Buxoriyning bebaho merosini keng koʻlamda ommalashtirish va targʻib qilish maqsadida, indonez, bengal, malay, turk, arab, hind, urdu, pushtu va boshqa xorijiy tillarda “Imom Buxoriy” ziyorat turizmi yoʻldosh telekanalini, xorijiy mamlakatlarda uning muxbirlari faoliyat olib borishini nazarda tutgan holda tashkil etish va uni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Samarqand viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi va Qoʻmita bilan birgalikda ikki oy muddatda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini ziyorat markaziga aylantirish hamda atrofidagi 8 nafar buyuk ulamolarning qabrlarini tiklash va obodonlashtirish ishlari konsepsiyasini, uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. Samarqand viloyati hokimligi Qoʻmita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Samarqand shahrida islom dini, mintaqadagi mavjud din namoyandalari merosi va moddiy madaniy meros obyektlarini aks ettiruvchi tematik xiyobonni yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
19. Buxoro viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Buxoro shahrida islom dini tarixi va musulmon olamida mashhur boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi innovatsion muzeyni qurish va uni rivojlantirish konsepsiyasi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Quyidagilarga:
Bosh vazir oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga — ichki turizmni ommalashtirish va ziyorat turizmini rivojlantirish, Dastur doirasida vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatish;
tashqi ishlar vaziri A.A. Kamilov zimmasiga — xorijiy mamlakatlarda respublikaning turizm salohiyatini tizimli targʻib qilish, sayyohlar oqimini koʻpaytirish choralarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari zimmasiga — ushbu Farmonga 3-ilovada belgilangan xorijiy mamlakatlarda ziyorat turizmi salohiyatini keng targʻib qilish, ulardan respublikaga aviareyslarni tashkil qilishga har tomonlama koʻmaklashish;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi A.T. Axmedov zimmasiga — ushbu Farmonga 1 va 3-ilovalarda belgilangan turizm namoyishi obyektlaridagi masʼul rahbar va xodimlarning xizmat va servis sohasidagi bilim va koʻnikmalarini muntazam oshirib borish;
transport vaziri vazifasini bajaruvchi I.R. Maxkamov zimmasiga — ushbu Farmonga 1 va 3-ilovalarda belgilangan turizm namoyishi obyektlariga yangi transport aloqalarini oʻrnatish, mahalliy va xalqaro aviareyslar geografiyasini kengaytirish va oʻz vaqtida tashkil qilish hamda “Ochiq osmon” rejimi joriy etilgan barcha aeroportlarga yangi avia yoʻnalishlar ochish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — ushbu Farmonga 1 va 3-ilovalarda belgilangan turizm namoyishi obyektlarida zarur infratuzilmani oʻz vaqtida barpo etish va ichki turizm oqimini tashkil qilishga oid 2021-yil boʻyicha asosiy prognoz koʻrsatkichlarini bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
21. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar va tematik koʻrsatuvlarni tashkil etsin.
22. Moliya vazirligi Qoʻmita bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonning 3-bandida belgilangan soliq imtiyozlari muddatlarini uzaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
23. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi “Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash toʻgʻrisida”gi PF-5819-son Farmoni 2021-yil 1-martdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
26. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-fevral,
PF-6165-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasidagi yirik moddiy madaniy meros obyektlarida ichki turizm oqimlarini shakllantirish
REJASI

T/r

Obyekt nomi

Turistlar uchun yaratiladigan qoʻshimcha xizmatlar

Amalga oshiriladigan targʻibot ishlari va ajratiladigan mablagʻlar

Tashrif buyuradigan turistlar soni

Turistlar uchun tashkil qilinadigan qoʻshimcha transport qatnovlari

Umumiy

shundan, ziyoratchilar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

“Sulton Uvays bobo” ziyoratgohi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Asosiy yoʻllarda va yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Ziyoratgoh haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

Ziyorat odobi va tartibi haqidagi bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 50 mln soʻm mablagʻ ajratish.

152 183

22 827

24 — havo yoʻllari

15 — temir yoʻllari

346 — avtobus

Andijon viloyati

2.

“Qutayba ibn Muslim” maqbarasi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Ziyoratgoh haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng t�rgʻib qilish.

Ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 50 mln soʻm mablagʻ ajratish.

162 616

48 785

70 — havo yoʻllari

29 — temir yoʻllari

346 — avtobus

Buxoro viloyati

3.

“Etti pir” ziyoratgohlari

Obyekt ichida. Ziyorat odobi, tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belg�larini oʻrnatish.

Naqshbandiylik tariqati va tasavvufga oid kitoblar va hunarmandchilik mahsulotlari savdosini yoʻlga qoʻyish.

Halol turizm talablariga javob beruvchi ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Naqshbandiylik tariqati, “Etti pir” ziyoratgohlari, “Bahouddin Naqshband” va “Buxoro-islom olami madaniyati poytaxti” nomli videoroliklar va bosma targʻibot materiallarini ishlab chiqish.

Ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 150 mln soʻm mablagʻ ajratish.

893 182

625 227

1 340 — havo yoʻllari

375 — temir yoʻllari

7 145 — avtobus

“Poi Kalon” majmuasi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi, tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Tashrif marshrutini ishlab chiqish va majmua hududida ziyoratchilar uchun ibodat qilish joylari, jihozlar (minbar, mehrob, minora va boshqalar) va ularning vazifalari haqida maʼlumot taxtalarini oʻrnatish.

Obyekt atrofida. Viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

Halol turizm talablariga javob beruvchi ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Jizzax viloyati

4.

“Novqa ota” ziyoratgohi va masjidi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan maʼlumot�arni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Ziyoratgoh haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

Ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 50 mln soʻm mablagʻ ajratish.

79 931

23 979

17 — temir yoʻllari

445 — avtobus

Qashqadaryo viloyati

5.

“Abul-Muin an-Nasafiy” ziyoratgohi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

Kitoblar va hunarmandchilik mahsulotlari savdosini yoʻlga qoʻyish.

Halol turizm talablariga javob beradigan ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Ziyoratgohlar haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

Ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 150 mln soʻm mablagʻ ajratish.

214 361

42 872

77 — havo yoʻllari

26 — temir yoʻllari

551 — avtobus

“Xoʻja Imkonagiy” ziyoratgohi

“Darvesh Muhammad Vaxshivoriy” ziyoratgohi

“Sulton Mirhaydar ota” ziyoratgohi

Navoiy viloyati

6.

“Chashma” majmuasi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

Qoʻshimcha xizmat turlari (ovqatlanish va esdalik sovgʻalarini sotish shoxobchalari)ni kengaytirish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Ziyoratgoh haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

Ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 50 mln soʻm mablagʻ ajratish.

214 004

53 501

76 — havo yoʻllari

32 — temir yoʻllari

764 — avtobus

Namangan viloyati

7.

“Sulton Uvays Qaraniy” majmuasi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Ziyoratgoh haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

Ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 50 mln soʻm mablagʻ ajratish.

168 776

50 633

72 — havo yoʻllari

30 — temir yoʻllari

723 — avtobus

Samarqand viloyati

8.

“Imom Al-Moturidiy” maqbarasi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

Halol turizm talablariga javob beradigan ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Ziyoratgohlar haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

Ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 150 mln soʻm mablagʻ ajratish.

948 251

568 950

2 190 — havo yoʻllari

341 — temir yoʻllari

6 502 — avtobus

“Imom Al-Buxoriy” majmuasi

Surxondaryo viloyati

9.

“Abu Iso Muhammad imom at-Termiziy” ziyoratgohi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tart�bi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

Kitoblar va hunarmandchilik mahsulotlari savdosini yoʻlga qoʻyish.

Halol turizm talablariga javob beruvchi ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish.

Har bir oila tadbirkor dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Ziyoratgohlar haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

Ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 200 mln soʻm mablagʻ ajratish.

194 489

97 224

208 — havo yoʻllari

78 — temir yoʻllari

834 — avtobus

“Hakim at-Termiziy” ziyoratgohi

“Alouddin Attor” ziyoratgohi

“Mavlono Muhammad Zohid” ziyoratgohi

Toshkent viloyati

10.

“Zangiota” majmuasi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Halol turizm talablariga javob beruvchi ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Ziyoratgoh haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

Ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 100 mln soʻm mablagʻ ajratish.

646 523

187 593

75 — temir yoʻllari

4 288 — avtobus

“Shayx Umar Valiy” ziyoratgohi

Fargʻona viloyati

11.

“Burhoniddin Margʻinoniy” yodgorlik majmuasi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Viloyat markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Ziyoratgoh haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

2021-yilda targʻibot uchun 50 mln soʻm mablagʻ ajratish.

214 177

64 253

115 — havo yoʻllari

39 — temir yoʻllari

826 — avtobus

Xorazm viloyati

12.

“Pahlavon Mahmud” maqbarasi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Xiva shahri markazida va boshqa yirik aholi punktlarida ziyoratgohga olib keluvchi yoʻnalishni koʻrsatuvchi yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

Halol turizm talablariga javob beradigan ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

Ziyoratgohlar haqidagi bosma va elektron targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

Ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 50 mln soʻm mablagʻ ajratish.

498 090

249 045

534 — havo yoʻllari

174 — temir yoʻllari

2 490 — avtobus

Toshkent shahri

13.

“Hazrati Imom” majmuasi

Obyekt ichida. Ziyorat odobi va tartibi aks ettirilgan maʼlumotlarni joylashtirish.

Obyekt atrofida. Shahar markazi, metro bekatlari va boshqa yirik savdo-koʻngilochar markazlaridan ziyoratgohga olib keluvchi yoʻllar atrofida yoʻl koʻrsatkich va axborot belgilarini oʻrnatish.

Halol turizm talablariga javob beruvchi ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ustuvor ravishda ziyoratgoh atrofida halol turizm talablariga javob beradigan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish uchun 33 mln soʻmgacha kredit mablagʻlarini ajratish.

“Usmon mushafi” haqidagi videorolik va bosma targʻibot materiallarini ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

Ziyorat odobi va tartibi haqida bukletlarni chop etish va ziyoratchilarga bepul tarqatish.

2021-yilda targʻibot uchun 80 mln soʻm mablagʻ ajratish.

3 104 583

1 086 604

2 717 — havo yoʻllari

761 — temir yoʻllari

9 314 — avtobus

Jami — 22

2021-yilda targʻibot uchun jami 1 180 mln soʻm mablagʻ ajratish.

Jami — 7 491 166

Jami — 3 121 493

Jami:

7 423 — havo yoʻllari;

1 992 — temir yoʻllari;

34 574 — avtobus.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida turistlar oqimini shakllantirish va ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddatlari

Ijro uchun masʼullar

Nazorat uchun masʼullar

1.

“Ichki turizm oyligi”, “Ichki turizm haftaligi” hamda “Ichki turizm kunlari”ni tashkil etish va oʻtkazishni belgilash va uning doirasida turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ixtiyoriy mavsumiy chegirmalar joriy etish.

Har bir hudud kesimida budjet va boshqa tashkilotlar xodimlari uchun imtiyozli sayohat paketlari asosida sayohatga chiqish jadvalini shakllantirish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
(Q. Rafiqov), Transport vazirligi
(I. Mahkamov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov,
A. Abduhakimov)

2.

“Oilaviy sayohat taʼtili” doirasida ijtimoiy reklama sifatida ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan tashqi reklama vositalarini (bannerlar va tashqi ekranlar uchun videoroliklar) tayyorlash va oʻrnatish orqali targʻibot materiallarini yoritib borish tadbirlarini oʻtkazish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Amalga oshirish uchunTurizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov,
A. Abduhakimov)

3.

“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida:

Navroʻz umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayramlari hamda Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida uch kundan kam boʻlmagan muddatga qoʻshimcha va koʻchirish hisobiga ishlanmaydigan kunlarni belgilash;

mehnat qonunchiligiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: normativ-hu�uqiy hujjat loyihasi

2021-yil mart oyidan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
(Q. Rafiqov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov,
A. Abduhakimov)

4.

Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 25-fevral

Ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov), Moliya vazirligi
(T. Ishmetov), Transport vazirligi
(I. Mahkamov)

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov,
A. Abduhakimov)

5.

Respublikadagi har bir tuman/shahar turizm salohiyati va resurslaridan kelib chiqqan holda hududga turistlarni jalb qilish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: yoʻriqnoma loyihasi

2021-yil mart

Ishlab chiqish uchunTurizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov)

Amalga oshirish uchunQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

6.

Samarqand shahridagi “Bibixonim” masjidi hududida joylashgan marmar lavhada zamonaviy ekspozitsiya uchun moʻljallangan oynalar bilan himoyalangan Qurʼon mushafi nusxasini joylashtirish.

Amalga oshirish shakli:tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel

Amalga oshirish uchunMadaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

7.

“Oʻzbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori boʻylab joylashgan turizm infratuzilmasi obyektlarida turistlar uchun zamonaviy sharoitlar, shu jumladan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini yaratish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil aprel

Ishlab chiqish uchun — Qurilish vazirligi
(B. Zakirov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A. Abduvaliyev)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov,
A. Abduhakimov)

8.

“Milliy suvenirlar” festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil noyabr

Amalga oshirish uchunMadaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev,
A. Abduhakimov)

9.

Ziyoratchilar uchun qadrli boʻlgan tematik esdalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan “Usmon mushafi” nomli maxsus suvenirlar kolleksiyasini yaratish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel oyidan boshlab doimiy ravishda

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi

(J. Qoʻchqorov,
A. Abduhakimov)

10.

Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini ziyorat markaziga aylantirish hamda atrofidagi 8 nafar buyuk ulamolar qabrlarini tiklash va obodonlashtirish ishlari konsepsiyasini, uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Amalga oshirish shakli: konsepsiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil mart

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchunSamarqand viloyati hokimligi
(E. Turdimov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Qurilish vazirligi
(B. Zakirov), Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov,
A. Abduhakimov)

11.

2021-yildan boshlab har yili “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” va uning doirasida:

“Milliy ohanglari” festivali;

“Mir Arab madrasasi bitiruvchilari” forumi;

“Milliy liboslar koʻrgazmasi” yosh dizaynerlar festivalini oʻtkazish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil may

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita
(A. Axmedov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), Badiiy akademiya
(A. Nuridinov), Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

12.

Ziyoratgohlar, ulamolar va ularning ilmiy merosi haqida ilmiy asoslangan maʼlumotlarni shakllantirish hamda ziyorat turizm salohiyatini toʻliq oʻrganish va maʼlumotlarni tizimlashtirish maqsadida quyidagi xalqaro tadbirlarni tashkil qilish choralarini koʻrish:

Mir Arab madrasasi tashkil etilganligining 500 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyasi;

Samarqand shahrida “Imom Buxoriy” nomidagi xalqaro hadisshunoslik va “Sahihul Buxoriy” eng qadimiy va nodir qoʻlyozma nusxalarining jahon kutubxonalarida saqlanish tarixi boʻyicha anjumanlari;

Toshkent shahrida “Imom Moturidiy ilmiy merosining zamonaviy tadqiqotlari” mavzusida anjumani;

Buxoro shahrida “Ibn Sinoning hayoti va “Tib qonunlari” ilmiy merosining tadqiqotlari” mavzusida ilmiy-amaliy anjumani;

Qarshi shahrida “Abu Muin Nasafiy” Markaziy Osiyo ulamolari anjumani;

Termiz shahrida “Termiziy ulamolarning islom tamadduni va jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi” mavzusida anjumani.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

may — oktyabr

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Islom sivilizatsiyasi markazi (Sh. Minovarov), Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev), Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov) Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev), Samarqand viloyati hokimligi
(E. Turdimov), Buxoro viloyati hokimligi
(B. Zaripov),Qashqadaryo viloyati hokimligi
(Z. Mirzayev),
Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

13.

Ziyorat turizmi salohiyatini keng targʻib qilish maqsadida quyidagi xalqaro tadbirlarni tashkil qilish choralarini koʻrish:

Buxoro shahrida “Islom kalligrafiyasi va naqqoshlik” tanlovi va uning yakuni boʻyicha Islom kalligrafiya galereyasi;

“Ipak yoʻli ruhiyati” xalqaro ilmiy-maʼrifiy konferensiyasi.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

may — sentyabr

Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun — Islom sivilizatsiyasi markazi
(Sh. Minovarov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Badiiy akademiya
(A. Nuridinov), Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev), Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov), Buxoro viloyati hokimligi
(B. Zaripov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

14.

Ziyorat turizmini rivojlantirish, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan ziyoratchilar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

respublikamizda Islom mamlakatlarining standartlashtirish va metrologiya institutining (SMIIC) “Halol turizm xizmatlari. Umumiy talablar” (OIC/SMIIC 9:2019 Halal tourism services-General requirements) standartini ishlab chiqish;

qabul qilinganHalol turizm xizmatlari. Umumiy talablar” (OIC/SMIIC 9:2019 Nalal tourism services-General requirements) standarti asosida joylashtirish vositalari va turoperatorlarni sertifikatlashtirish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil may

Amalga oshirish uchun — “Oʻzstandart” agentligi
(D. Sattarov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

15.

Ziyorat turizmi va madaniy meros obyektlarini keng targʻib qilish maqsadida respublika teatrlarida:

yirik allomalarimiz hayoti va merosi haqida turli janrdagi;

jahon tibbiyotining tamal toshini qoʻygan buyuk Ibn Sinoning faoliyati haqida hikoya qiluvchi sahna asarlarini yaratish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yildan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

16.

Vazirlar Mahkamasi qoshidagi YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasiga ziyorat obyektlari, madaniyat meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish uchun va tegishli materiallarni tayyorlash maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlarni) sotib olish va ulardan foydalanishga ruxsat berish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil may

Amalga oshirish uchunTurizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Transport vazirligi
(I. Mahkamov),
Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

17.

Fuqarolar uchun jamoalar tarzida, shu jumladan “mahalla jamoalari”, “yoshlar jamoalari” va “mehnat jamoalari”dan tarkib topgan guruhlarni shakllantirgan holda respublika hududlari boʻylab hamda viloyat hududi boʻylab ichki sayohat reja-jadvallarini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil aprel

Amalga oshirish uchunQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov), Oʻzbekiston Yoshlar Itt�foqi
(A. Jumaboyev),
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi
(Q. Rafiqov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov,
A. Abduhakimov)

18.

“2021-yil Oʻzbekiston ziyorat turizmi kalendari”ni ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Ishla chiqish uchunTurizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

19.

Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy jamoat arboblari, mashhur sportchilar, ilm-fan, madaniyat va sanʼat vakillarini ularga respublikaning turizm markazlari bilan tanishtiruv safarlarini oʻtkazgan holda, ularning tashrifini mahalliy ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Amalga oshirish uchunTurizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov),
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Badiiy akademiya
(A. Nuridinov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

20.

Madaniy meros va turizm obyektlarida mamlakatning madaniyati va anʼanalari toʻgʻrisida sayyor spektakllar, shu jumladan tarixiy sahnalar, teatrlashtirilgan namoyishlarni tashkil etish va oʻtkazish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Amalga oshirish uchunQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

21.

Turistlar koʻp tashrif buyuradigan ziyorat obyektlari boʻlgan binolar va inshootlarda, koʻchalarda, obyektga yaqin boʻlgan chorrahalar va burilishlarda, shuningdek, transport vositalarida va avtomagistrallarda xo�ijiy tillarda turistik navigatsiya koʻrsatkichlarini va yoʻl-maʼlumot koʻrsatkichlarini oʻrnatish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

aprel — iyun

Amalga oshirish uchunQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi
(A. Abduvaliyev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov,
A. Abduhakimov)

22.

Viloyatlararo avtobus yoʻnalishlarida (avtobuslarning kuzovlarida (yon, orqa, oldi) mamlakatning ziyorat turizm salohiyatini targʻib qiluvchi reklama bannerlarini oʻrnatish va moddiy madaniy meros obyektlari haqida maʼlumotlar tarqatish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

aprel — iyun

Targʻibot materiallarini tayyorlash uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Amalga oshirish uchunQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Transport vazirligi (I. Mahkamov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov,
A. Abduhakimov)

23.

Turizm sohasiga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilgan holda turizm namoyishi obyektlarida suvenir mahsulotlari va esdalik sovgʻalari savdosini yoʻlga qoʻyish.

Amalga oshirish shakli: ishchi guruhini shakllantirish va takliflar bayon etilgan tahliliy maʼlumot tayyorlash

2021-yil aprel

Amalga oshirish uchunQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

24.

Ichki turizm yoʻnalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlari qamrab olingan arzon narxlardagi ichki turizm mahsulot (turpaket)larini ishlab chiqish hamda ularni joylarda keng targʻib qilish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

A�alga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

25.

Hududlardagi turizm infratuzilma subyektlari (mehmonxona, umumiy ovqatlanish punktlari, madaniy koʻngilochar obyektlar va boshqa) tomonidan taqdim qilinadigan chegirmalar va aksiyalarni oʻz rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilib borish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel oyidan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

26.

Mamlakatdagi moddiy madaniy meros obyektlarini oʻzaro bogʻlagan ziyorat turizmi mahsulotlari (turpaketlar)ni ishlab chiqish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may oyidan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita
(A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

27.

Moddiy madaniy meros obyektlari hududi�a xalqaro darajadagi konferensiya va forumlarni oʻtkazish va tashkillashtirish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil aprel oyidan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita
(A. Axmedov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

28.

Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portalini moddiy madaniy meros obyektlarida oʻrta asrlarda boʻlgan muhitni qayta gavdalantirib berishga qaratilgan materiallar (qisqa metrajli film, qadimiy suratlar majmuasi) bilan toʻldirish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel oyidan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchunTurizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(U. Azamov),

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

29.

Mamlakatning moddiy madaniy meros obyektlari salohiyatini keng targʻib qilish va yoritib berishga qaratilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar koʻrik-tanlovini tashkil qilish va oʻtkazish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabrdan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchunMadaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev,
A. Abduhakimov)

30.

Aholi va oʻquvchi-yoshlar orasida moddiy madaniy meros obyektlari, tarixiy meros durdonalari toʻgʻrisida foto (video) koʻrgazmalar tashkil etish va targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Grafik asosida

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(U. Azamov),

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

31.

Markaziy va hududiy telekanallarda “Muqaddas qadamjolarga sayohat!” mavzusini yorituvchi turkum koʻrsatuvlar tayyorlash va keng yoritib borish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Amalga oshirish uchun — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xodjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)

Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov)

32.

Ichki turizm yoʻnalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlari qamrab olingan ichki turizm mahsulotlarini “online-tourism.uz” portaliga joylashtirish hamda keng targʻib qilish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may oyidan boshlab doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

33.

Etuk ulamolarning ibratli faoliyati, ilmiy merosi toʻgʻrisidagi tarixiy, badiiy hujjatli filmlarni ikki va undan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilish va targʻib qilish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirla?

Grafik asosida

Amalga oshirish uchun — “Oʻzbekkino” Milliy agentligi
(F. Abduxalikov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(U. Azamov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

34.

Etuk islomshunos ulamolar (Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy va boshqalar) hayoti va ijodi, shuningdek, mamlakatdagi ziyorat obyektlari toʻgʻrisida maqolalarni oʻzbek va xorijiy tillarda tayyorlash hamda “Wikipedia” elektron ensiklopediyasida joylashtirish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyul

Maʼlumotlarni shakllantirish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi
(U. Alimov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Fanlar Akademiyasi
(B. Yuldashev)
Elektron ensiklopediyada joylashtirish uchun
— Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

35.

Mamlakatning barcha moddiy madaniy meros obyektlari va boshqa diqqatga sazovor joylari toʻliq aks ettirilgan turizm xaritasini tayyorlash.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

36.

Oʻzbekiston boʻylab sayohatlarni ragʻbatlantirishga qaratilgan, shu jumladan bonuslar yigʻib boriladigan, tavsiya etiladigan turizm namoyishi obyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar aks etgan hamda sayohatlarni qayd etadigan elektron va bosma shakldagi “Turist pasporti”ni joriy etishni va uning doirasida eng faol sayyohlarni mukofotlantirib borishni nazarda tutuvchi “Turist pasporti tartibini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat

2021-yil may

Ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

37.

Turistlarning amalga oshirgan sayohatlarini hisobga oluvchi turizm namoyishi obyektlarining oʻziga xosligini aks ettiruvchi ramziy muhrlarni ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil may

Ishlab chiqish uchun — Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov)

Amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Aqqulov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

38.

Mehnat jamoalari orasida mamlakat boʻylab sayohatlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Sayohat yetakchisi” tizimini joriy qilish. Bunda, turizm mavsumi past boʻlgan davrda oʻz mehnat jamoalariga sayohatlar tashkil qilgan eng faol 1 000 nafar “Sayohat yetakchisi”ga yil yakuni bilan ragʻbatlantiruvchi turizm xizmatlarini taqdim etish.

“Sayohat yetakchi”lari uchun yil yakuni bilan Oʻzbekiston boʻylab turli mavzudagi sayohatlar bepul asosda taqdim etish tartibini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: tartib loyihasi.

2021-yil may

Ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov), Moliya vazirligi
(T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

39.

Respublikadagi turizm salohiyati yuqori boʻlgan obyektlar (“Imom Buxoriy” va “Bahouddin Naqshband” majmuasi, “Hazrati Dovud” ziyoratgohi va boshqalar)dagi muhim tadbirlarni Internet ijtimoiy tarmoqlarida onlayn-translatsiya qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Oʻtkaziladigan tadbirlar davomida

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

40.

Eng nufuzli moddiy madaniy meros obyektlari toʻgʻrisidagi fotolavhalarni “Google Arts & Culture” internet-platformasiga kiritish va keng targʻib qilish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(U. Azamov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita
(A. Axmedov), Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

41.

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan gid (gid-tarjimon)lar uchun ziyorat-odobi qoʻllanmasi loyihasini tayyorlash.

Amalga oshirish shakli: qoʻllanma ishlab chiqish

2021-yil iyun

Ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita
(A. Axmedov), Oʻzbekiston musulmonlar idorasi (U. Alimov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

42.

Ziyorat turizmi yoʻnalishida mavjud muammolarni aniqlash maqsadida turistlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrov oʻtkazish va takliflar tayyorlash.

Amalga oshirish shakli: takliflar bayon etilgan tahliliy maʼlumot

2021-2022-yillar davomida

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita
(A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

43.

Har bir hudud (viloyat)da ziyorat turizmi yarmarkalari va koʻrgazmalarini tashkil etish va oʻtkazish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

Grafik asosida

Ishlab chiqish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(F. Davrukov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

44.

Hududlarda samarasiz foydalanib kelinayotgan sanatoriy va kurort zonalarini foydalanishga berish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(A. Ortiqov), Kasaba uyushmalari
(Q. Rafikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi

(S. Umurzaqov)

45.

Moddiy madaniy meros obyektlari va ular atrofini energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan jihozlash va rivojlantirish.

Amalga oshirish shakli: moddiy madaniy meros obyektlari roʻyxatini shakllantirish va jihozlashning reja grafigini ishlab chiqish

2021-yil may

Ishlab chiqish uchun — Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Energetika vazirligi
(A. Sultonov) Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (F. Davrukov),

Amalga oshirish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Energetika vazirligi (A. Sultonov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov,
A. Abduhakimov)

46.

Ziyorat obyektlari boʻylab ekskursiyalar oʻtkazish uchun ziyorat-gidlari, ziyorat yoʻlboshlovchilarini tayyorlash.

Amalga oshirish shakli: qoʻshma grafik

Qoʻshma grafik asosida

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita
(A. Axmedov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

47.

Nufuzli ziyorat turizm yoʻnalishidagi tashkilotlar bilan birgalikda turizm sohasi xodimlari malakasini oshirish, shu jumladan ziyoratchilar uchun xizmat koʻrsatishga qaratilgan maxsus kurslarni tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasi

2021-yil noyabr

Amalga oshirish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

48.

Oʻzbekistonda muhim turistik yoʻnalishlar boʻyicha ixtisoslashgan turlarni ilgari surish uchun Islom hamkorlik tashkiloti bilan ziyorat turizmi masalalari boʻyicha ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(U. Azamov), Din ishlari boʻyicha q�mita
(A. Axmedov), Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

49.

“Haj” va “Umra” safarlariga borishdan oldin Oʻzbekistonning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishni tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Amalga oshirish uchun — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (A. Axmedov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

50.

Quvayt aviakompaniyalariga Quvayt shaharlaridan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: ruxsatnoma berish

Bir hafta muddatda

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi
(I. Mahkamov), “Uzbekistan Airports” AJ
(R. Ismoilov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov,
A. Abduhakimov)

51.

Turkiya aviakompaniyalariga Turkiya shaharlaridan Samarqand va Buxoro shaharlariga hamda Anqara shahridan Toshkent shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: ruxsatnoma berish

Bir hafta muddatda

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi
(I. Mahkamov), “Uzbekistan Airports” AJ
(R. Ismoilov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov,
A. Abduhakimov)

52.

Indoneziya aviakompaniyalariga Indoneziya shaharlaridan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: ruxsatnoma berish

Bir hafta muddatda

Amalga oshirish uchun — Transport vazirligi
(I. Mahkamov), “Uzbekistan Airports” AJ
(R. Ismoilov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov,
A. Abduhakimov)

53.

Madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida “Madaniy, tabiiy va aralash meros obyektlarini boshqarish” magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

Amalga oshirish uchun — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(A. Aqqulov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(A. Toshqulov)

Vazirlar Mahkamasi

(A. Abduhakimov)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoniga
3-ILOVA
Xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasining ziyorat turizmi salohiyatini manzilli targʻib qilish chora-tadbirlari
REJASI

T/r

Mamlakat nomi

Targʻibot qilinadigan yoʻnalishlar va ziyorat turizmi obyektlari

Targʻibot qilinadigan hududlar

(masʼul hokimliklar)

Targʻibot uchun yillik mablagʻ

(mln soʻm)

Qatnovlar soni

Toʻgʻridan-toʻgʻri va charter qatnovlar soni va yoʻnalishlar

2021-yilda kutilayotgan ziyoratchi sayyohlar soni

1.

Indoneziya

Naqshbandiy tariqati

(“Etti Pir” ziyoratgohi)

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

617,0

227

Toshkent-Jakarta, Buxoro-Jakarta, Samarqand-Jakarta, Toshkent-Surabaya

34 100

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

Sukarno izidan mavzuli turlar

Samarqand viloyati va Toshkent shahri

“9 Valiy vataniga sayohat”

(Indoneziyada islom dinini tarqatishda xizmat qilgan Valiy Ibrohim as-Samarqandiy bilan bogʻlangan)

Samarqand viloyati

2.

Malayziya

Naqshbandiy tariqati

(“Etti Pir” ziyoratgohi)

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

533,0

156

Toshkent-Kuala-Lumpur, Buxoro-Kuala-Lumpur, Samarqand-Kuala-Lumpur

23 400

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

3.

Hindiston

Naqshbandiy tariqati

(“Etti Pir” ziyoratgohi)

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

273,0

88

Toshkent-Amritsar, Toshkent-Dehli, Toshkent-Mumbay, Buxoro-Dehli, Samarqand-Haydarobod

13 200

Moturidiylik mazhabi

(Imom Moturidiy va Abu Muin an-Nasafiy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

Buddizm yoʻnalishi

(Surxondaryo buddizm ibodatxonalari)

Surxondaryo viloyati

4.

Pokiston

Naqshbandiy tariqati

(“Etti Pir” ziyoratgohi)

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

63,0

21

Toshkent-Lahor, Toshkent-Islomobod, Termiz-Karachi, Buxoro-Karachi, Samarqand-Islomobod, Buxoro-Ahmadobod, Samarqand-Ahmaobod

3 100

Moturidiylik mazhabi

(Imom Moturidiy va Abu Muin an-Nasafiy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

5.

Bangladesh

Naqshbandiy tariqati

(“Etti Pir” ziyoratgohi)

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

157,5

45

Toshkent-Dakka, Samarqand-Dakka

6 700

Moturidiylik mazhabi

(Imom Moturidiy va Abu Muin an-Nasafiy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

6.

Turkiya

Naqshbandiy tariqati

(“Etti Pir” ziyoratgohi)

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

325,5

106

Toshkent-Istanbul, Samarqand-Istanbul, Buxoro-Istanbul, Buxoro-Izmir, Toshkent-Ankara, Samarqand-Koʻniya

15 855

Moturidiylik mazhabi

(Imom Moturidiy va Abu Muin an-Nasafiy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo

viloyatlari

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

Yassaviya tariqati

(Zangiota va Suzuk-ota ziyoratgohlari)

Toshkent shahri va viloyati

7.

Eron

Pahlavon Mahmud ziyoratgohi

Xorazm viloyati

152,2

49

Toshkent-Tehron, Urganch-Tehron, Samarqand-Isfahon

7 300

Islomiy meʼmorchilik

(Samarqand va Buxoro)

Samarqand v� Buxoro viloyatlari

8.

Misr

Naqshbandiy tariqati

(“Etti Pir” ziyoratgohi)

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

89,2

32

Samarqand-Qohira, Buxoro-Qohira

4 800

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

9.

Rossiya

Naqshbandiy tariqati

(“Etti Pir” ziyoratgohi)

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

808,5

205

Toshkent-Qozon, Toshkent-Ufa, Samarqand-Ufa, Buxoro-Qozon

38 500

Moturidiylik mazhabi

(Imom Moturidiy va Abu Muin an-Nasafiy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

Buddizm yoʻnalishi

(Surxondaryo buddizm ibodatxonalari)

Surxondaryo viloyati

Mir arab madrasasi

(madrasa bitiruvchilari uchun turlar, Ahmad Qodirov izidan mavzuli turlari)

Buxoro viloyati

10.

Qozogʻiston

Moturidiylik mazhabi

(Imom al-Moturidiy va Abu Muin an-Nasafiy maqbarasi)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

258,2

131

Toshkent-Olma-ota, Toshkent-Nur-Sulton, Urganch-Atirau, Urganch-Chimkent, Samarqand-Chimkent

98 389

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari Toshkent shahri

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

Qozoq biylari ziyoratgohlari

(“Ayteke bi”, “Toʻlabiy”)

Toshkent shahri va Navoiy viloyati

Yassaviya tariqati

(Zangiota va Suzuk-ota ziyoratgohlari)

Toshkent shahri va viloyati

11.

Qirgʻiziston

Moturidiylik mazhabi

(Imom al-Moturidiy va Abu Muin an-Nasafiy maqbarasi)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

172,9

44

Buxoro-Oʻsh, Samarqand-Bishkek

65 888

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

12.

Tojikiston

Moturidiylik mazhabi

(Imom al-Moturidiy va Abu Muin an-Nasafiy maqbarasi)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

266,7

68

Toshkent-Dushanbe, Samarqand-Dushanbe, Buxoro-Dushanbe

101 605

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

13.

Ozarbayjon

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

73,5

73

Toshkent-Baku, Buxoro-Baku, Samarqand-Baku, Urganch-Baku

13 600

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

Mir arab madrasasi

(Olloh shukur Poshshozoda izidan mavzuli turlari)

Buxoro viloyati

14.

Saudiya Arabistoni

Islomiy meʼmorchilik

(Samarqand va Buxoro)

Samarqand va Buxoro viloyatlari

147,0

48

Toshkent-Jidda, Samarqand-Madina, Buxoro-Madina

7 200

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

15.

Birlashgan Arab Amirligi

Islomiy meʼmorchilik

(Samarqand va Buxoro)

Samarqand va Buxoro viloyatlari

525,0

17

Toshkent-Dubay, Samarqand-Abu Dabi, Termiz-Dubay

2 500

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

16.

Afgʻoniston

Naqshbandiy tariqati

(“Etti Pir” ziyoratgohi)

Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

94,5

12

Buxoro-Mozori Sharif, Samarqand-Qobul

18 000

Moturidiylik mazhabi

(Imom Moturidiy va Abu Muin an-Nasafiy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

17.

Qatar

Islomiy meʼmorchilik

(Samarqand va Buxoro)

Samarqand va Buxoro viloyatlari

57,7

18

Toshkent-Doxa, Samarqand-Doxa, Buxoro-Doxa

2 700

Hadis imomlari

(Imom al Buxoriy va Imom at-Termiziy maqbaralari)

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari

Hazrati Imom majmuasi

(Usmon mushafi)

Toshkent shahri

18.

Xitoy

Buddizm yoʻnalishi

(Surxondaryo buddizm ibodatxonalari)

Surxondaryo viloyati

131,2

42

Toshkent-Pekin, Toshkent-Urumchi, Samarqand-Lanjou, Buxoro-Sinin, Toshkent-Guanjou

6 350

Islomiy meʼmorchilik

(Samarqand va Buxoro)

Samarqand va Buxoro viloyatlari

19.

Isroil

Buxoro yahudiylari merosi

Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari

262,5

83

Toshkent-Tel-Aviv, Buxoro-Tel-Aviv, Qarshi-Tel-Aviv, Samarqand-Tel-Aviv

12 500

Islomiy meʼmorchilik

(Samarqand va Buxoro)

Samarqand va Buxoro viloyatlari

20.

Yaponiya

Buddizm yoʻnalishi

(Surxondaryo buddizm ibodatxonalari)

Surxondaryo viloyati

147,0

45

Toshkent-Tokio, Buxoro-Kioto, Termiz-Tokio

6 800

Islomiy meʼmorchilik

(Samarqand va Buxoro)

Samarqand va Buxoro viloyatlari

21.

Koreya

Buddizm yoʻnalishi

(Surxondaryo buddizm ibodatxonalari)

Surxondaryo viloyati

152,2

48

Toshkent-Seul, Buxoro-Busan, Termiz-Seul

7 200

Islomiy meʼmorchilik

(Samarqand va Buxoro)

Samarqand va Buxoro viloyatlari

22.

Tayland

Buddizm yoʻnalishi

(Surxondaryo buddizm ibodatxonalari)

Surxondaryo viloyati

73,5

23

Toshkent-Bangkok, Buxoro-Bangkok, Termiz-Bangkok

3 500

�slomiy meʼmorchilik

(Samarqand va Buxoro)

Samarqand va Buxoro viloyatlari

23.

Boshqa mamlakatlar

Tegishli yoʻnalishlarda

Mahalliy hokimliklar

620,0

372

Tegishli yoʻnalishlarda

86 850

JAMI:

6 000,8

1 953

-

580 038

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoniga
4-ILOVA
Transport-logistika masalalarini tezkor koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiya
TARKIBI

1.

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, Komissiya hamraisi

2.

S.Oʻ. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Komissiya hamraisi

3.

I.R. Mahkamov

Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri v.b., Komissiya raisi oʻrinbosari

4.

G.X. Yoziyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

5.

S.E. Xusanov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

6.

F.N. Arziyev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

U.A. Azamov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

8.

J.E. Choriyev

Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining oʻrinbosari, Komissiya masʼul kotibi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoniga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5969-son Farmoni 16-bandining uchinchi xatboshisida “zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan, shuningdek” soʻzlari “zararlanib, karantinga joylashtirilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6002-son Farmonida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi “iyundan” soʻzidan keyin “2021-yil” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisi “qurish” soʻzidan keyin “qayta taʼmirlash (obyektda 80 foizdan kam taʼmirlash ishlari oʻtkazilgan holatlar bundan mustasno), jihozlash va boshqa maqsadda qurilgan bino va inshootlarni joylashtirish vositasiga qayta ixtisoslashtirish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5780-son Farmoni 25-bandining “b” kichik bandida belgilangan kompensatsiya taqdim etish qoidalari mazkur kichik bandga tatbiq qilinmaydi”;
“b” kichik bandidagi “31-dekabrga” soʻzlari “1-martga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandidagi “kirib keluvchi” soʻzlari “ular tomonidan olib kelingan” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
“g” kichik bandidagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi “Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6053-son Farmonida:
4-band quyidagi mazmundagi “d” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“d) Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xavfsiz turizm jamgʻarmasi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshiruvchi turoperator va turagentlar tomonidan zaxira qilinadigan mablagʻlar bundan mustasno) hamda Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda koʻrsatilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi.”;
18-bandning birinchi xatboshisidagi “tuman” soʻzi “erkin turistik zona” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4 — 6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3815-son qarorida:
quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Belgilansinki, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti boʻlim boshliqlari, markaz va direksiya rahbarlari, bosh yuriskonsulti, bosh auditori, matbuot kotibi, bosh hisobchi mos ravishda oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga, boʻlim boshliq oʻrinbosarlari mos ravishda oliy taʼlim muassasasining katta oʻqituvchi bazaviy lavozim maoshiga, bosh mutaxassis, bosh iqtisodchi, psixolog, marketolog mos ravishda oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchi va yetakchi mutaxassisi, uslubchilar, ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha muhandislar, kabinet mudiri, oʻquv ishlab chiqarish markazi supervayzerlari mos ravishda oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchi-stajer bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi”;
3-ilova quyidagi mazmundagi 8-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“E.M. Muxitdinov — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4229-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga turistik (mehmonxona) yigʻimidan kelib tushadigan tushumlarning 10 foizi”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4332-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisidan “viloyatlarda (Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan tashqari) hamda Toshkent shahrida va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatining 60-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar xizmatlari”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4755-son qarorida:
5-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq turizm sohasidagi davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga taqsimlanadigan qismi Budjetdan tashqari jamgʻarmaga Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda koʻrsatilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chorvoq” erkin turistik zonasi maʼmuriy kengashi
TARKIBI

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Maʼmuriy kengash raisi

2.

A.A. Abduhakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, Maʼmuriy kengash raisi oʻrinbosari

3.

S.U. Umurzakov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Maʼmuriy kengash raisi oʻrinbosari

4.

B.I. Zokirov

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

5.

A.I. Maksudov

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

6.

N.J. Bakirov

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi

7.

B.F. Islamov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi

8.

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

9.

S.F. Nizamov

Toshkent viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

10.

J.I. Axmedov

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani hokimi

11.

B.M. Axmedov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatining Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish shuʼbasi mudiri, Maʼmuriy kengash masʼul kotibi

Izoh: Maʼmuriy kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Maʼmuriy kengash raisiga Maʼmuriy kengash tarkibiga yangi aʼzolarni kiritish, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralar ekspertlari va mutaxassislarini jalb qilish huquqi beriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 06/21/6165/0104-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 0722/79/0015-son, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 05.06.2023-y., 06/23/86/0329-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)