toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, aholi oʻrtasida velosport turlarining ommaviyligini oshirish, ular boʻyicha milliy terma jamoalarimizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda munosib ishtirok etishi va yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida:
1. Velosport turlarini 2021-2022-yillarda rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Dasturning ijrosi boʻyicha maʼlumotlarni Sport vazirligiga taqdim etsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sport vazirligi har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Dastur va mazkur qarorning ijrosi boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar hamda takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
2. Quyidagilar 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tashkil etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Muxbir koʻchasi, 12-uy manzilida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Sport vazirligi tizimiga kiradigan Respublika velosport mahorat maktab-internati;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sport maktablarida hamda sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktablarida velosport turlari boʻyicha qoʻshimcha 25 ta boʻlimlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Buxoro, Qarshi, Navoiy va Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida velosport turlari boʻyicha boʻlimlar.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
3. Belgilansinki:
Respublika velosport mahorat maktab-internati oʻquvchilarining umumiy kontingenti 100 nafarni tashkil qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika velosport mahorat maktab-internati oʻquvchilariga olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari oʻquvchilari uchun belgilangan sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika velosport mahorat maktab-internatiga velosport turlari boʻyicha belgilangan sinov imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili 6 — 11-sinflarga qabul qilinadi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Respublika velosport mahorat maktab-internati rahbariyati, trenerlari, sportchilari va boshqa xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son va 276-son hamda 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov) Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Respublika velosport mahorat maktab-internati faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2022/2023 oʻquv yiliga qadar mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq Respublika velosport mahorat maktab-internati, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida hamda olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport turlari boʻyicha boʻlimlar tashkil qilinishi, ularning toʻliq hajmda zarur sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlashi choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston velosport federatsiyasining 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, barcha olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida velosport turlari boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Fargʻona filiallarida velosport turlari boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishini ochish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2022/2023 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda ushbu bandda belgilangan vazifalarni inobatga olsin.
5. Oʻzbekiston velosport federatsiyasi huzurida Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi (keyingi oʻrinlarda — Klub) tashkil qilinsin.
Belgilansinki:
a) quyidagilar Klubning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
velosportning barcha turlari boʻyicha nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish orqali Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalarni qoʻlga kiritish;
respublika barcha hududlarida velosport turlarini jadal rivojlantirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrish;
velosport turlari boʻyicha xususiy klublarni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga jalb qilish, ularga tashkiliy va amaliy yordam koʻrsatish;
xalqaro musobaqalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish orqali umumjahon “Nation Brands” xalqaro reytingida “Uzbekistan” milliy brendining reyting pogʻonalaridagi oʻrnini yuqori koʻtarishda ishtirok etish;
b) quyidagilar Klub faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Davlat budjetidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishdan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan kelib tushadigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalari;
xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;
v) Markaziy bankning ruxsati bilan Klubga chet eldagi vakolatxonalari uchun bank hisob raqamlariga ega boʻlishiga ruxsat beriladi;
g) Klubning chet eldagi vakolatxonalari bank hisob raqamlarining yuritilishiga oid quyidagicha tartib belgilanadi:
chet eldagi vakolatxonalar bilan hisob-kitoblar xorijiy davlatlarning milliy valyutasida va erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi;
xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki Klub talabnomasida koʻrsatilgan miqdordagi erkin valyuta mablagʻlarining uning chet eldagi vakolatxonalari hisob raqamlariga oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Klubning chet eldagi vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladigan sarf-xarajatlar Klub tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida yuritiladi;
d) Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston velosport federatsiyasi talabnomasiga muvofiq, Yevropa, Osiyo davlatlarida hamda boshqa xorijiy davlatlarda Klubning alohida boʻlimlarini ochish bilan bogʻliq, shuningdek, uni qayta roʻyxatdan oʻtkazish masalalarida Oʻzbekiston velosport federatsiyasiga amaliy va tashkiliy yordam koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda Klub faoliyatini toʻliq va samarali yoʻlga qoʻysin, velosport turlari boʻyicha milliy terma jamoa aʼzolarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etishlarini taʼminlasin, Klubning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun uni belgilangan tartibda inventarlar, sport kiyimlari, ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari, vitaminlar, uskunalar, materiallar, zarur tibbiy vositalar bilan taʼminlasin.
(5-band “d” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
6. Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil qilinsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional velosportchilar sifatida tayyorlash ishlarini samarali tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
hududlarda velosport infratuzilmasini barpo etish va kengaytirish boʻyicha investitsiya va grant mablagʻlarini jalb qilish, boshqa zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish;
velosport turlarini taʼlim muassasalari, yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish, ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirishga koʻmaklashish;
velosport turlari boʻyicha musobaqalar va velomarafonlarni oʻtkazishga koʻmaklashish, ushbu yoʻnalishda xalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik xayriyalarini jalb qilish;
velosiped harakatini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshilashga hamda yuqori sport natijalariga erishishni taʼminlashga qaratilgan yangi qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish va amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish.
7. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2018-yil 12-aprel kuni qabul qilingan maxsus rezolyutsiyasiga muvofiq 3-iyun Butunjahon velosiped kuni etib eʼlon qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq har yili 3-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida aholining turli qatlamlarini jalb qilish orqali uzunligi 15 — 20 kilometrdan kam boʻlmagan velomarafonlar tashkil qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi har yili 1-mayga qadar velomarafonlarni tashkil qilish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqsin va ularda quyidagilarni nazarda tutsin:
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
velomarafonlarni oʻtkazishning aniq joylari va marshrutlarini belgilash;
velomarafonlarni oʻtkazish joylarida velosipedlarni ijaraga olish (baykshering) imkoniyatlarini yaratish;
velomarafonlar oʻtkazishning joylari va marshrutlari boʻylab yoʻl xavfsizligini taʼminlash;
fuqarolar, shu jumladan transport vositalari haydovchilarini velomarafonlar oʻtkazish joylari va marshrutlari toʻgʻrisida oldindan xabardor qilish, transport tirbandliklarining oldini olish;
velomarafonlar gʻoliblari va sovrindorlarini qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlash;
velomarafonlarda muvaffaqiyatli qatnashgan ishtirokchilarni professional velosportga jalb qilish, ularni sport-taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish;
ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda velomarafonlarni keng yoritish;
velosipedni oddiy, qimmat boʻlmagan, ishonchli, ekologik toza va maqbul transport turi sifatida keng targʻib qilish;
3-iyun — Butunjahon velosiped kuni toʻgʻrisida axborotni tarqatishga koʻmaklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasining 2022-yildan boshlab har yili anʼanaviy tarzda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
velosportning shosse (Road) va togʻ (MTB) turlari boʻyicha Toshkent viloyatida “Oqtosh-Chorvoq-Mountain”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Samarqand viloyatida “Save-Aral” koʻp kunlik xalqaro velopoygalarini;
velosportning trek (Track) turi boʻyicha Toshkent shahrida “Silk-Road Tashkent”, Namangan shahrida “Silk-Road Namangan” koʻp kunlik xalqaro velopoygalarini;
velosportning motokross (BMX Racing) turi boʻyicha Jizzax viloyatida “Zaamin-Cup” xalqaro velopoygasini;
velosportning fristayl (BMX Freestyle) turi boʻyicha Toshkent shahrida “Tashkent-Grand Prix” xalqaro musobaqasini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
yoshlar siyosati va sport vaziri A. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi:
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu bandda koʻrsatilgan velopoygalar va xalqaro musobaqaga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin. Bunda, velopoygalar va xalqaro musobaqani oʻtkazish bilan bogʻliq moliyaviy xarajatlarni qoplash manbalari etib homiylik, mahalliy budjet va boshqa mablagʻlar belgilanadi;
velopoygalar va xalqaro musobaqada mahalliy sportchilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan kuchli xalqaro sportchi, trener va hakamlarning ishtirokini taʼminlasin;
2022-yil 1-yanvardan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga velosport turlari boʻyicha musobaqalar va turnirlarning kiritilishini taʼminlasin hamda ularni yuqori darajada oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) hamda Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda quyidagilarning 2022-yil va kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilishini taʼminlasin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududida velosportning shosse (Road) turi boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan veloshosse sport majmuasini qurish. Bunda, majmua xalqaro standartlarga javob beradigan 50 oʻrinli yotoqxona, 50 oʻrinli oshxona, trenajyor zali, tibbiy punkt, velosiped taʼmirlash ustaxonasi, velosipedlarni saqlash xonasi, kiyinish va yuvinish xonalari va boshqa zarur infratuzilma obyektlaridan iborat boʻladi, ular zarur zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlanadi;
Samarqand viloyati Samarqand tumani hududida velosportning trek (Track) turi boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan yopiq turdagi velotrek sport inshootini qurish. Bunda, inshoot xalqaro standartlarga javob beradigan 50 oʻrinli yotoqxona, 50 oʻrinli oshxona, trenajyor zali, tibbiy punkt, velosiped taʼmirlash ustaxonasi, velosipedlarni saqlash xonasi, kiyinish va yuvinish xonalari va boshqa zarur infratuzilma obyektlaridan iborat boʻladi, ular zarur zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Muxbir koʻchasi, 12-uy manzilida Respublika velosport mahorat maktab-internati va Oʻzbekiston velosport federatsiyasi maʼmuriyati binosini barpo etish. Bunda, maktab-internat xalqaro standartlarga javob beradigan 100 oʻrinli yotoqxona, 100 oʻrinli oshxona, 100 oʻrinli oʻquv binosi, 12x24 oʻlchamdagi sport zalidan iborat boʻladi;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda velosport boʻyicha nufuzli xalqaro professional va havaskorlar oʻrtasida sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida tegishli manzil va uchastkadagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha Oʻzbekiston velosport federatsiyasining soʻrovnomalari inobatga olinsin.
Qurilish vazirligi (B. Zakirov) mazkur bandda koʻrsatilgan sport obyektlarini innovatsion texnologiyalarga asoslangan, qimmat boʻlmagan, energiya tejovchi va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Toshkent viloyati hokimligi (D. Xidoyatov) Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi bilan kelishgan holda joriy yil yakuniga qadar velosportning shosse (Road) turi boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan veloshosse sport inshootini qurish uchun Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududidan 0,5 ga yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish choralarini koʻrsin.
Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov) Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar velosportning trek (Track) turi boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan yopiq turdagi velotrek sport inshootini qurish uchun Samarqand viloyati, Samarqand tumani hududida tegishli yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish choralarini koʻrsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda:
mahalliy budjetlar daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan Oʻzbekiston velosport federatsiyasining hududiy boʻlinmalari uchun har yili 40 donadan velosiped ajratsin, shuningdek, velosipedchilarning harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida 2 tadan “Damas” rusumli avtotransport vositasi bilan taʼminlasin;
Oʻzbekiston velosport federatsiyasining hududiy boʻlinmalari toʻlaqonli faoliyat yuritishi uchun zarur choralarni koʻrsin, shu jumladan ularning moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashsin;
aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va velosportni ommalashtirish maqsadida tuman (shahar) va viloyat miqyosida havaskorlar oʻrtasida velopoygalarni muntazam tashkil qilsin va ushbu maqsadlar uchun tegishli mahalliy budjetlardan mablagʻ yoʻnaltirsin;
har bir hududda havaskor va professional sportchilardan iborat boʻlgan velosport turlari boʻyicha xususiy klublarni tashkil qilsin.
11. Moliya vazirligi (T. Ishmetov):
a) mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni 2022-yildan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni taʼminlasin;
b) 2021-yildan boshlab Oʻzbekiston velosport federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq, tuzilgan shartnomalar boʻyicha olingan majburiyatlarni hisobga olgan holda Klub faoliyatini saqlash, uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish bilan bogʻliq zarur mablagʻlarni har yili Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Davlat budjetidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan:
2021-yil 1-oktabrga qadar — 10 milliard soʻm;
2022-yildan boshlab — har yili zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston velosport federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari hamda Oʻzbekiston velosport milliy terma jamoasi, sport-taʼlim muassasalari, oliy taʼlim muassasalarining velosport turlari boʻyicha boʻlimlar va Klubning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi, ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari, vitaminlar, uskunalar va materiallar, velosipedlarni tashishga moʻljallangan yangi va ishlab chiqarilganligiga yetti yil toʻlmagan maxsus avtotransport vositalari va tirkamalar 2024-yil 1-sentabrga qadar bojxona bojidan ozod etilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “UzReport” axborot agentligi mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid teleradiodasturlar, sportchilarning professional faoliyati haqida maxsus koʻrsatuvlar, maqolalar va videoroliklar tayyorlasin, oʻtkaziladigan brifing va press-konferensiyalarni yoritib borsin.
Kinematografiya agentligi yoshlarning velosportga kirib kelishidan boshlab ularning yuqori natijalarga erishish yoʻli, nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va bugungi kundagi hayoti toʻgʻrisida qisqa metrajli videofilmlar tayyorlanishini taʼminlasin.
14. Milliy antidoping agentligi (N. Tursunov) bir oy muddatda velosport boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturni tasdiqlasin va uni amalga oshirish choralarini koʻrsin:
sportchilar va trenerlarni “shaffof sport”ga targʻib qilish;
salomatlikni muhofaza qilish va sportda farmakologik taʼsirga ega dori preparatlari va boshqa moddalardan toʻgʻri foydalanish borasida sportchilar, trenerlarning madaniyati va savodxonligini oshirish tadbirlarini oʻtkazish;
sportchilarni antidoping mavzulariga oid tegishli oʻquv-axborot materiallari va turli koʻrgazmali maʼlumotlar bilan taʼminlash;
sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali antidoping nazoratini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
16. Turizm va sport vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Sh.Sh. Maxmudov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi O.O. Kasimov, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi rahbariyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-sentabr,
PQ-5251-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi PQ-5251-son qaroriga
1-ILOVA
Velosport turlarini 2021-2022-yillarda rivojlantirish
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Velosport turlariga yoshlarni keng jalb qilish, ularni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) hamda professional sportchilar sifatida tayyorlash

1.

Velosport turlari rivojlanmagan hududlarda ushbu sport turlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va boshqa hududlarda velosport turlarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va muammolarni oʻrganish uchun ishchi guruh tuzish.

2021-yil sentabr

Mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

2. Velosport turlari rivojlanmagan hududlarning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini tahlil qilish, sport-taʼlim muassasalari va klublarining qamrovi va resurs taʼminoti, aholining velosport turlariga qiziqishini oʻrganish.

2021-yil oktabr-noyabr

3. Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va boshqa hududlarda velosport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori bilan tasdiqlash.

2021-yil dekabr

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport turlari boʻyicha boʻlimlar tashkil etish hamda ular faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.

1. Moʻynoq, Gʻuzor, Uychi tumani 1-son, Oq oltin, Denov, Parkent tumanlari, Andijon shahar 1-son, Buxoro shahar 1-son, Jizzax, Shahrisabz, Zarafshon, Kattaqoʻrgʻon shaharlaridagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida velosportning shosse (Road) turi boʻyicha boʻlimlar tashkil etish va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Zomin, Shahrisabz tumani 2-son, Nurota, Yangiqoʻrgʻon tumani 2-son, Samarqand tumani 2-son, Xovos, Denov, Boʻstonliq, Toshloq va Xonqa tumanlaridagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida velosportning motokross (BMX Racing) turi boʻyicha boʻlimlar tashkil etish va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

3. Barcha viloyatlardagi sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida velosportning shosse (Road) turi boʻyicha boʻlimlar tashkil etish va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

4. Buxoro, Qarshi, Navoiy, Termiz olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport boʻlimlarini tashkil etish.

Bunda, Turizm va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston velosport federatsiyasiga mazkur bandda koʻrsatilgan tuman (shahar)larda joylashgan sport-taʼlim muassasalarida ochilishi belgilangan velosport boʻlimlari roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

2022/2023 oʻquv yiliga qadar

Davlat budjeti mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

3.

Qurolli Kuchlar tizimida velosportni ommalashtirish.

1. Qurolli Kuchlar tizimi harbiy xizmatchilari va xodimlari orasidan sifatli sport zaxirasi va mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish.

2. Mudofaa vazirligi tizimida velosport boʻlimini tashkil etish, uni trener va sportchi lavozimlari bilan toʻldirish, boʻlimni xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash.

3. Mudofaa vazirligi tizimida velosport boʻlimini tashkil etish uchun Mud?faa vazirligining Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining amaldagi shtatlar jadvaliga Mudofaa vazirligi tizimidagi shtatlar birligi hisobidan qoʻshimcha 12 nafar (6 nafar harbiy xizmatchi, 6 nafar Qurolli Kuchlar xizmatchisi, 2 nafar trener-oʻqituvchi) shtat birliklarini ajratish.

2021-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

4.

Hududlarda velosport boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.

1. Seleksionerlarni jalb qilgan holda hududlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash.

2022-yildan boshlab doimiy

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli sportchi boʻlib shakllanishi uchun sport-taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish.

3. Sport-taʼlim muassasalarida ushbu yoshlarning oʻqish va shugʻullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish.

4. Hududlar kesimida barcha davlat korxona, muassasa va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida velosport turlari boʻyicha “Parlament oʻyinlari”, “Bosh vazir kubogi”, “Hokim kubogi”, “Rahbar kubogi”, “Doʻstlik spartakiadasi”, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari oʻrtasida “Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarini oʻtkazish.

2022-yildan boshlab har yili

5. Har bir tuman (shahar)da “Maktablar ligasi”, “Sport maktablari ligasi”, mahalla oʻsmirlari va yoshlari oʻrtasida “Mahalla poygachisi” musobaqalarini tizimli ravishda oʻtkazish.

Har yili martda

6. Velosportning shosse (Road), trek (Track), motokross (BMX Racing) va fristayl (BMX Freestyle) turlarini ustuvor ravishda rivojlantirish boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

7. Oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida “Talabalar ligasi” velosport musobaqasini tashkil etish.

2022-yildan boshlab har yili

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

5.

2025-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan IV yozgi Osiyo oʻyinlariga velosport turlari boʻyicha tayyorgarlik koʻrish va unda munosib ishtirok etish uchun zarur choralar koʻrish.

1. Velosport boʻyicha terma jamoaga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2022-yildan boshlab

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga ajratilgan mablagʻlar, ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

2. Oʻzbekiston velosport federatsiyasi tomonidan 2025-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan IV yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish dasturini ishlab chiqish.

2022-yil yanvar

3. Dasturga muvofiq terma jamoa aʼzolari uchun xalqaro va mahalliy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish.

2022-yildan boshlab

4. Terma jamoa aʼzolarini nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash.

6.

Maktabgacha taʼlim tizimida velosportni ommalashtirish.

1. Maktabgacha taʼlim tizimida bolalar uchun velosport boʻyicha tajribaviy taʼlim dasturlarini amalga oshirish.

2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tizimida bolalar velomarafonini tashkil etish.

3. Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini tuzish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari, grantlar

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar muvofiqlashtiruvchisi ofisi

II. Velosport turlari boʻyicha professional trenerlar, hakamlarni tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, sohada ilmiy-metodologik bazani takomillashtirish

7.

Velosport turlari boʻyicha trenerlar tayyorlashni kengaytirish.

1. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, barcha olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida velosport turlari boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish.

2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Fargʻona filiallarida velosport turlari boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishini ochish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Respublika budjeti mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Fargʻona viloyati hokimligi

8.

Velosport turlari boʻyicha trener, hakam va boshqa mutaxassislarning malakasini oshirish, oʻquv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlar oʻrtasida tajriba almashish.

1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida velosport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

Ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

2. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik asosida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy taʼlimni tashkil etish.

3. Oʻquv-mashq jarayoniga velosport keng rivojlangan mamlakatlarning mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish, kadrlarni tajriba almashish maqsadida xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish.

2021-2022-yillar davomida

9.

Velosport turlarining oʻquv-mashgʻulotlar jarayoniga zamonaviy ilmiy-innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, yosh tadqiqotchilarni velosport turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga jalb etish.

1. Yosh tadqiqotchilarni velosport turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga keng jalb etish.

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq velosportni rivojlantirish bilan bogʻliq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan loyihalar tanlovini tashkil etish.

3. Velosport turlari bilan shugʻullanishga qiziq?shni oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv adabiyotlarini yaratish.

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

III. Velosport turlari bilan shugʻullanish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan velosport turlarini ommalashtirish, klublar faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etish

10.

Taʼlim muassasalarini velosport turlari boʻyicha davlat va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlash.

1. Sport maktablari, sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktablari hamda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining velosport turlari boʻyicha boʻlimlarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi, shuningdek, boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash.

2022-yil oktabr

Yoshlar siyosati va sport vazirligigahamda uning tizimidagi sport-taʼlim muassasalariga budjetdan 2022-yil uchun ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Velosport turlari uchun sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi ishlab chiqarish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2021-yil noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Toshkent shahar hokimliklari

3. Xorijiy tajriba asosida tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish orqali velosport turlari uchun zarur sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va ekipirovkasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.

2022-yildan boshlab

Tijorat banklari kreditlari, ishtirokchilar mablagʻlari

11.

Velosport bilan shugʻullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Mahalla, tuman (shahar), shu jumladan ijtimoiy obyektlarni bogʻlovchi velosiped yoʻlaklarini qurish boʻyicha yaqin muddatga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda:

2021-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

velosiped yoʻlaklarini zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorugʻlik qaytaruvchi, yoʻlaklarning boshlanishi, oraligʻi va yakunini koʻrsatuvchi yoʻl belgilari bilan toʻliq taʼminlash;

velosiped yoʻlaklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlarini yaratish hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “toʻsiqsiz muhit” tashkil etish;

aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, shuningdek, taʼlim muassasalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning tegishli hududlarida velosiped turar joylarini tashkil etish;

ijtimoiy va turizm infratuzilmasi obyektlari uchun velosiped yoʻlaklari va veloturargohlarini qurish nazarda tutiladi.

2021-2022-yillar davomida

2. Jizzax viloyati Zomin tumani markazidan “Zomin” milliy bogʻining kirish qismidagi dastlabki postga qadar 4P-40 avtomobil yoʻlining 5 km qismida velosipedda sayr qilish uchun velosiped yoʻlaklarini barpo etish.

2021-yil sentabr

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Jizzax viloyati hokimligi,Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

3. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sangzorkoʻl hududida joylashgan velosportning “motokross” (BMX Racing) turi boʻyicha yangi barpo etilgan inshootni topshirish va qabul qilish ishlarini amalga oshirish, xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash hamda Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale) tomonidan majmuani sinovdan oʻtkazib, sertifikatsiyalash.

2021-yil oktabr

Ijrochilar mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

12.

Velosport turlarini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish.

1. Velosiped yoʻlaklari infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarning mablagʻlarini jalb qilish.

2. Velosiped yoʻlaklarini qurishning yangi sxemalarini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish.

3. Aholi gavjum boʻlgan joylarda, shu jumladan turizm, madaniy meros obyektlari hududida velosiped ijarasi (baykshering) tarmogʻini yaratish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Velosport bilan shugʻullanishni ommalashtirish va rivojlantirish.

1. Har bir hududda “Velosiped kuni” aksiyasini tashkil etish.

Har yili sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Aholiga qulay joylarda velosipedlar toʻxtash joyi, ijaraga berish va taʼmirlash punktlari toʻgʻrisidagi maʼlumot stendlarini joylashtirish.

2021-yil oktabr

3. Ommaviy velosiped paradlarini, velosiped safarlarini tashkil etish va oʻtkazish.

Velosiped mavsumining ochilishi va yopilishi, taʼtil kunlari

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Velosport turlari boʻyicha klublar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Velosport turlari bilan shugʻullanuvchilar va trenerlar haqidagi maʼlumotlarni toʻliq shakllantirish maqsadida barcha velosiped klublarini xatlovdan oʻtkazish va ularning yagona elektron bazasini shakllantirish.

2021-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

2. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale)dan Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi bazasida velosportning shosse (Road) turida erkaklar va ayollar jamoalari turlari boʻyicha kontinental jamoalarini roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish.

2021-yil dekabr

-

Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

3. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale)dan Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi bazasida velosportning “trek” (Track) turida erkaklar va ayollar jamoalari turlari boʻyicha “Tashkent Track Team” professional jamoalarini roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish.

4. “Tashkent Track Team” professional jamoasini Oʻzbekiston velosport federatsiyasi talabnomasi asosida zarur mablagʻlar bilan taʼminlash.

2021-2022-yillar davomida

Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubiga ajratilgan mablagʻlar

Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

15.

Velosport turlarini rivojlantirish boʻyicha ilgʻor tajribalardan kelib chiqib “Velosport turizmi” klasterini tashkil etish.

Quyidagilardan iborat boʻlgan “Velosport turizmi” klasterini tashkil etish:

birinchi bosqichda 2022-yilda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida velosport turlari boʻyicha oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va xalqaro reytinglar darajasidagi musobaqalarni oʻtkazish;

oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va xalqaro reytinglar darajasidagi musobaqalarga chet ellik sportchilar va trenerlarni jalb qilish.

2022-yildan boshlab

Budjet mablagʻlari, ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Toshkent viloyati hokimligi

16.

Hududlarni velosportning shosse (Road), trek (Track), motokross (BMX Racing), togʻ (MTB) va fristayl (BMX Freestyle) turlariga ixtisoslashtirish.

1. Barcha hududlarni velosportning shosse (Road) turiga ixtisoslashtirish.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahrini velosportning trek (Track) turiga ixtisoslashtirish.

3. Jizzax, Navoiy, Toshkent, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrini velosportning motokross (BMX Racing) turiga ixtisoslashtirish.

4. Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarini velosportning togʻ (MTB) turiga ixtisoslashtirish.

5. Toshkent shahrini velosportning fristayl (BMX Freestyle) turiga ixtisoslashtirish.

2021-2022-yillar davomida

Budjet mablagʻlari, ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi,

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Velosiped harakatini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni takomillashtirish hamda yuqori sport natijalarini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish.

Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining birinchi yigʻilishini oʻtkazish va quyidagi hujjatlar tayyorlanishini belgilash:

yoʻlovchi sifatida taʼriflangan velosipedchi maqomini yoʻl harakati ishtirokchisiga oʻzgartirish;

piyodalar harakatlanishi uchastkalarida velosiped uchun yoʻlaklar ajratish boʻyicha davlat standartini joriy etgan holda yoʻl qurilishi meʼyorlariga oʻzgartirishlar kiritish;

madaniy va tabiiy meros obyektlarida asosiy harakatlanish vositalari sifatida velosipedlardan foydalangan holda ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi hamda xususiy tashkilotlar taklifi boʻyicha loyihaning davlat-xususiy sherikchilik asosidagi milliy operator toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish;

ekoturizmni ilgari surish maqsadlarida madaniy va tabiiy meros obyektlarida Turizm va sport vazirligi tomonidan Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda milliy va xalqaro darajadagi musobaqalarni tashkil etish;

dam olish va ishga borib ishdan qaytib kelish uchun velosipedlardan foydalanish boʻyicha ijtimoiy reklama konsepsiyasini keng targʻib etish;

vazirlik, idora va tashkilotlar atrofida velosipedlar uchun toʻxtash joylarini tashkil qiluvchi ish beruvchilarni ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish;

taʼlim muassasalari atrofida velosipedlar uchun toʻxtash joylarini tashkil etish, shuningdek, velosipedlardan foydalanuvchi oʻquvchi va talabalardan iborat velo?lublarni tuzishni ragʻbatlantirish tizimini yaratish;

tijorat banklari va lizing kompaniyalari tomonidan fuqarolar va tashkilotlar tomonidan velosipedlar xarid qilinishini moliyalashtirishni keng yoʻlga qoʻyish;

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani hududida 2023-yilda Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale) va xususiy tashkilotlarning “Butunjahon velosipedchilar markazining Oʻrta Osiyo filiali”ni tashkil etish.

2021-yil noyabr

Budjet mablagʻlari, investorlar, ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

IV. Velosport turlarini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro standartlar asosida mutaxassislarni tayyorlash va musobaqalarni oʻtkazish

19.

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi, Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning velosport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi, Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi rahbari va rahbari oʻrinbosari lavozimlariga mamlakatimizdagi velosport turlari boʻyicha yetuk mutaxassis, sportchi va trenerlari orasidan nomzodlarni ilgari surish.

2. Xorijiy davlatlar velosport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bunda yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratish.

2021-yildan boshlab

Ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

V. Velosport turlarini aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish

21.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet orqali velosport turlarini keng targʻib qilish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash:

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2021-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” telekanalida velosport turlari boʻyicha mahalliy va xalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida “Velosport” maxsus ruknini tashkil qilish;

hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida velosport turlarini keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;

mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini oʻtkazish;

taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va namoyish etish;

sport jurnalistlarining velosport yutuqlari tahliliga bagʻishlangan koʻrsatuvlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish.

Amalga oshirish — 2021-2022-yillar davomida

2. Oʻzbekiston velosport federatsiyasining veb-saytini yangilash, maʼlumotlarni koʻpaytirish, videoroliklarni joylashtirish, uning ijtimoiy tarmoqlar va videoxostinglardagi sahifasini ochish.

2021-yil oktabr

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi mablagʻlari

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

3. Oʻzbekistonda velosportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jahon boʻylab targʻib qilish boʻyicha roliklar tayyorlash va Entertainment and Sports Programming Network, Sky Sports, Setanta Sports, Fox Sports, Euronews, Eurosport, CNN kabi yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish etish.

2021-yil dekabr

Homiylik, ijrochilar va budjet mablagʻlari

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

22.

Velosport turlarini yanada ommalashtirish, taniqli sportchilar hayoti haqida badiiy va hujjatli filmlar yaratish.

1. Velosport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, taniqli sportchilar hayoti haqida badiiy film ishlab chiqarish.

2. “Olimpiya sari yoʻl” hujjatli film ishlab chiqarish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Kinematografiya agentligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, kinokompaniyalar

23.

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi huzuridagi Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

1. Oʻzbekiston velosport federatsiyasi huzuridagi Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubiga homiy tashkilotlarni biriktirish.

2. Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubiga nufuzli xalqaro sport tadbirlari, musobaqalarda biriktirilgan homiy tashkilotlar faoliyatini targʻibot-tashviqot qilish va PR-reklama xizmatlarini koʻrsatish.

2021-2022-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Turizm va sport vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi PQ-5251-son qaroriga
2-ILOVA
Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi
TARKIBI

1.

T.K. Narbayeva

Oliy Majlis Senati Raisi — Oʻzbekiston velosport federatsiyasi raisi, Kengash raisi

2.

A.A. Abduxakimov

Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

4.

A.H. Kamilov

tashqi ishlar vaziri

5.

R.Q. Davletov

adliya vaziri

6.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

7.

B.I. Zakirov

qurilish vaziri

8.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

9.

A.V. Shin

maktabgacha taʼlim vaziri

10.

Sh.X. Shermatov

xalq taʼlimi vaziri

11.

A.X. Toshkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

12.

A.Q. Karimov

turizm va sport vaziri oʻrinbosari

13.

N.B. Tursunov

Milliy antidoping agentligi bosh direktori

14.

R.M. Shaabduraxmanov

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

15.

M.M. Tashxodjayev

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi

16.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

17.

K.B. Oʻrinboyxoʻjayev

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bosh kotibi, Kengash kotibi

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2021-y., 07/21/5251/0905-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son; 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)