T/r | Hududlar | Jami | Shu jumladan: | ||
2022-yilda | 2024-yilda | 2026-yilda | |||
Jami: | 14 | 4 | 5 | 5 | |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 1 | 1 | ||
2. | Andijon viloyati | 1 | 1 | ||
3. | Buxoro viloyati | 1 | 1 | ||
4. | Jizzax viloyati | 1 | 1 | ||
5. | Qashqadaryo viloyati | 1 | 1 | ||
6. | Navoiy viloyati | 1 | 1 | ||
7. | Namangan viloyati | 1 | 1 | ||
8. | Samarqand viloyati | 1 | 1 | ||
9. | Sirdaryo viloyati | 1 | 1 | ||
10. | Surxondaryo viloyati | 1 | 1 | ||
11. | Toshkent viloyati | 1 | 1 | ||
12. | Fargʻona viloyati | 1 | 1 | ||
13. | Xorazm viloyati | 1 | 1 | ||
14. | Toshkent shahri | 1 | 1 | ||
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Kamondan otish sport turi bilan shugʻullanish uchun moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish | |||||
|
1. |
Kamondan otish sport turi boʻyicha faoliyat olib boruvchi muassasalarni xatlovdan oʻtkazish. |
1. Kamondan otish sport turi boʻyicha mavjud sport bazalarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Mavjud sport bazalarining trenerlar, hakamlar, mutaxassislar va shugʻullanuvchilar bilan butlanganligi, sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlanganligini oʻrganish. 3. Xatlov yakuni yuzasidan kamondan otish sport turi boʻyicha mavjud sport bazalarini sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlash. |
2021-yil davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi |
|
2. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamondan otish sport turi boʻyicha jahon standartlariga javob beradigan sport bazalarini tashkil etish. |
1. Kamondan otish sport turi boʻyicha sport bazalarini qurishning namunaviy loyihalarini tayyorlash. 2. Namunaviy loyihalarni kelishish va ekspertizadan oʻtkazish. 3. Namunaviy loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritish. 4. Hududlarda kamondan otish sport turi boʻyicha sport bazalarini tashkil qilish uchun yer ajratish. 5. Sport bazalarini qurib, foydalanishga topshirish. 6. Sport bazalarini zamonaviy sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan taʼminlash. 7. Sport bazalarini malakali trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar bilan toʻldirish. |
Rejaga muvofiq |
Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi |
|
3. |
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida kamondan otish sport turi boʻyicha oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish uchun zamonaviy sport zonasini qurish. |
1. Sport zonasini barpo qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga, istisno tariqasida, bepul yer uchastkasini ajratish. Bunda, yer uchastkasi maydonining qiymatiga ekvivalent ravishda tadbirkorlik subyekti zimmasiga ajratilgan yer uchastkasi huzurida sport zonasini qurish majburiyatini yuklash. 2. Sport zonasini qurishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni tadbirkorlik subyektlarining soliq solinadigan bazasidan belgilangan tartibda chegirib tashlash hamda ushbu sport zonasini Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasiga begʻaraz topshirish. |
Rejaga muvofiq |
Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari |
“Chorvoq” erkin turistik zonasi Maʼmuriy kengashi, Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
|
4. |
Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Foziltepa koʻchasi, 38-uyda joylashgan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hududida kamondan otish sport turi boʻyicha yopiq sport inshootini barpo etish. |
1. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hududida sport inshooti qurilishi loyihasini tayyorlash. 2. Loyihani kelishish va ekspertizadan oʻtkazish. 3. Loyiha asosida sport inshootini qurish reja-jadvalini ishlab chiqish va 2022-yil uchun Investitsiya dasturiga kiritish. 4. Sport inshootini zamonaviy sport anjomlari bilan taʼminlash. |
2022-yil may |
Investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar |
Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
|
II. Kamondan otish sport turi boʻyicha sportchilarni tayyorlash, trenerlar, hakamlar va mutaxassislarning malakasini oshirish | |||||
|
5. |
Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida kamondan otish seksiya va boʻlimlarini ochish. |
1. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarining infratuzilmasi va mavjud imkoniyatlarini oʻrganish. 2. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida kamondan otish seksiya va boʻlimlarini ochish. 3. Seksiya va boʻlimlarni sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash. 4. Seksiya va boʻlimlarni malakali trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar bilan toʻldirish. |
2021-yil avgust |
Ijrochilar mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
|
7. |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish taʼlim yoʻnalishini ochish. |
1. Kamondan otish bakalavriat taʼlim yoʻnalishini ochish choralarini koʻrish. 2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini kamondan otish sport turi boʻyicha zamonaviy oʻquv dasturlar, oʻquv-metodik komplekslar hamda oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar va adabiyotlar bilan taʼminlash. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
Respublika budjeti mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
|
8. |
Kamondan otish sport turi boʻyicha trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda. |
1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Koreya, Rossiya, Germaniya, Turkiya va boshqa davlat kabi mamlakatlarda kamondan otish sport turi boʻyicha trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish rejasini tasdiqlash. |
2021-yil iyul |
Respublika budjeti mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
|
2. Trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni shartnoma asosida qisqa muddatli oʻquv kurslarda qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
9. |
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi huzurida “Kompleks ilmiy guruh”ni tashkil etish. |
Zamonaviy ilmiy va uslubiy tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish, oʻquv-mashgʻulot jarayonining oʻquv-uslubiy va ilmiy-uslubiy kompleksini ishlab chiqish uchun olimlar, oʻqituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetolog va yetakchi sport mutaxassislaridan tarkib topgan kompleks ilmiy guruhlarni shakllantirish va tasdiqlash. |
2021-yil sentabr |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari, homiylik mablagʻlari |
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti |
|
III. Kamondan otish sport turi boʻyicha respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqa va turnirlarni doimiy ravishda tashkil etish | |||||
|
10. |
Har yili “Kamondan otish sport turi kuni”ni keng nishonlash. |
1. Hududlarda, tuman (shahar) markazlarida, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida, istirohat bogʻlarida, “Kamondan otish sport turi kuni”ni keng nishonlash. 2. Kamondan otish sport turi boʻyicha “mahorat darslari”ni oʻtkazish. 3. Kamondan otish sport turi boʻyicha ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish. 4. Toshkent shahrida sport tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yildan boshlab |
Ijrochilar mablagʻi |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
|
11. |
Milliy terma jamoa aʼzolarining xalqaro, jahon, Osiyo chempionatlari hamda xalqaro turnirlar va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida muntazam qatnashishini taʼminlash. |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga asosan: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda respublika miqyosida kamondan otish boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish natijalariga koʻra iqtidorli oʻquvchilarni milliy terma jamoalarga saralab olish (seleksiya qilish); jahon, Osiyo chempionatlari hamda xalqaro turnirlar va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida muntazam qatnashishini taʼminlash; xorijiy davlatlarning trener va hakamlari bilan oʻzaro tajriba almashish maqsadida chet el federatsiyalari, klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish. |
2021-2022-yillar davomida |
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarida koʻzda tutilgan mablagʻlar |
Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
|
IV. Kamondan otish sport turi boʻyicha jahon standartlariga javob beradigan milliy va professional chet el brend kamonlari, oʻqlar, toʻsiqlar hamda kamondan otish sporti jihozlari va kiyimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish | |||||
|
12. |
Milliy hamda professional chet el brend kamonlari, oʻqlari, toʻsiqlari, sport kiyimlari ishlab chiqarilishini belgilangan tartibda tashkil etish. |
1. Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi qoshida “kamondan otish sporti jihozlari”ni ishlab chiqarishni tashkil etish. 2. Jahon standartlariga javob beradigan milliy va professional chet el brend kamonlari, oʻqlari, toʻsiqlari, sport kiyimlarini ishlab chiqarilishini tashkil etish. 3. Kamonlar, oʻqlar, toʻsiqlar milliy brendini yaratish, hududlarda kamondan otish bilan shugʻullanuvchilarga yetkazib berilishini taʼminlash. |
2021-yildan boshlab |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi va homiylik mablagʻlari |
Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi”, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
|
13. |
Milliy hamda professional chet el brend kamonlari, oʻqlari, toʻsiqlari, sport kiyimlarini eksport qilinishini belgilangan tartibda tashkil etish. |
1. Ishlab chiqarilgan milliy va professional chet el brend kamonlari, oʻqlari, toʻsiqlari, sport kiyimlari hamda kamon sport jihozlarining xorijiy davlatlarga eksport qilinishini yoʻlga qoʻyish. 2. Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlikda respublika hududida distribyutorlik firmalarini tashkil etish. |
2021-yildan boshlab |
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi mablagʻlari |
Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi |
|
V. Kamondan otishni milliy sport turi sifatida keng yoritish hamda targʻib qilish ishlarini tashkillashtirish, ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirish, boshqa masalalar | |||||
|
14. |
Aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kamondan otish sport turini targʻib qilish, ommalashtirish boʻyicha media-rejani ishlab chiqish. |
Kamondan otish sport turini targʻib qilish, ommalashtirish boʻyicha media-reja loyihasi ishlab chiqish. Bunda: |
Tasdiqlash — 2021-yil iyun |
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi va homiylik mablagʻlari |
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
Amir Temur, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdi tomonidan asos solingan milliy kamonchilikni, kamondan otish sport turini keng targʻib qilish; yoshlarni sogʻlom turmush tarziga amal qilishga yoʻnaltirish boʻyicha alohida koʻrsatuvlar namoyish etish; kamondan otish sport turi boʻyicha reklama kampaniyalarini oʻtkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish etish; kamondan otish sport turi boʻyicha telekoʻrsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish; kamondan otish sport turi boʻyicha tashkillashtiriladigan tadbirlar (seminar-trening, master-klass)ni, xalqaro va respublika miqyosdagi musobaqalarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlari orqali muntazam va keng yoritish; mahoratli sportchi va tajribali trenerlar va ularning ota-onalari toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar tayyorlash. |
Amalga oshirish — rejaga asosan | ||||
|
15. |
Kamondan otish sport turi boʻyicha turli tadbirlarni, musobaqalarini muntazam yoritib borish. |
1. Kamondan otish sport turi boʻyicha tashkillashtiriladigan tadbirlar (seminar-trening, master-klass)ni, xalqaro va respublika miqyosdagi musobaqalarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlari orqali muntazam va keng yoritish. 2. Mahoratli sportchi va tajribali trenerlar va ularning ota-onalari toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar tayyorlash. |
2021-yil davomida |
Ijrochilar va homiylik mablagʻlari |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
16. |
Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida kamondan otish sport turini keng targʻib qilish. |
1. Ijtimoiy reklama orqali kamondan otish sport turini ommalashtirishni keng targʻib qilish. 2. Kamondan otish sport turi boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar, kitoblar va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni nashr etish orqali targʻib qilish. 3. “Oʻzbek kamonkashligi” ilmiy-ommabop jurnalini nashr etish, bannerlar, plakatlar, shuningdek, elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish. |
2021-yildan boshlab, doimiy |
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi va homiylik mablagʻlari |
Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
17. |
Parakamondan otish sport turini rivojlantirish. |
1. Hududlarda parakamondan otish sport turini rivojlantirish istiqbollarini aniqlash. |
2021-yil sentabr |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi mablagʻlari |
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
2. Har yili 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlab koʻzi ojizlar, zaif eshituvchilar va amputantlar oʻrtasida sport turlari boʻyicha Toshkent shahrida respublika parasport festivali, shuningdek, boshqa hududlarda parasport festivallari oʻtkazish doirasida parakamondan otish sport turini tashkil etish. |
2021-yil dekabr, kelgusida har yili noyabr-dekabr | ||||
|
3. Paralimpiya sport markazlarida parakamondan otish sport turi boʻyicha ixtisoslashtirilgan mashgʻulotlarni tashkil etish, shuningdek, yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
4. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzurida parakamondan otish sport turi boʻyicha klub tashkil etish va uning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish. 5. 2022-yildan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga parakamondan otish sport turi boʻyicha musobaqalarni oʻtkazishni kiritish hamda ularni tizimli ravishda tashkil etib borish. |
2021-yil sentabr | ||||