|
T/r |
Nomi |
Yuridik manzili |
|
1. |
Nukus avtomobil maktabi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Qoraqalpogʻiston koʻchasi, 171-uy |
|
2. |
Avtodrom |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Oʻroq-bolgʻa qoʻrgʻoni |
|
3. |
Andijon birlashgan texnika maktabi |
Andijon viloyati, Andijon shahri, Tinchlik koʻchasi, 9-uy |
|
4. |
Avtodrom |
Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani, “Xidirsho” MFY |
|
5. |
Buxoro avtomobil maktabi |
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, A. Yassaviy koʻchasi, 5-uy |
|
6. |
Avtodrom |
Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Xargush mavzesi |
|
7. |
Guliston avtomobil maktabi |
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Stroitel koʻchasi, 5-uy |
|
8. |
Avtodrom |
Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, “Ishonch” suv xoʻjaligi uyushmasi |
|
9. |
Jizzax avtomobil maktabi |
Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 10-uy |
|
10. |
Avtodrom |
Jizzax viloyati, Sh. Rashidov tumani, “Gandumtosh” MFY |
|
11. |
Jomboy avtomobil maktabi |
Samarqand viloyati, Jomboy tumani, A. Qurbonov koʻchasi, 3-uy |
|
12. |
Qarshi avtomobil maktabi |
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Jayxun koʻchasi, 2-uy |
|
13. |
Avtodrom |
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, “Otchopar” MFY |
|
14. |
Namangan avtomobil maktabi |
Namangan viloyati, Namangan shahri, I. Buxoriy koʻchasi, 1-uy |
|
15. |
Navoiy avtomobil maktabi |
Navoiy viloyati, Navoiy shahri, S. Ayniy koʻchasi, 63-uy |
|
16. |
Avtodrom |
Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Karnab” posti |
|
17. |
Termiz avtomobil maktabi |
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Oytumor koʻchasi, 4-uy |
|
18. |
Avtodrom |
Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Limonzor” suv xoʻjaligi uyushmasi |
|
19. |
Urganch birlashgan texnika maktabi |
Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xonqa koʻchasi, 47-uy |
|
20. |
Avtodrom |
Xorazm viloyati, Urganch tumani, Chalish qoʻrgʻoni |
|
21. |
Fargʻona birlashgan texnika maktabi |
Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Yoshlik koʻchasi, 18-“B” uy |
|
22. |
Avtodrom |
Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Aeroport koʻchasi, 13-uy |
|
23. |
Yangiyoʻl avtomobil maktabi |
Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Samarqand koʻchasi, 47-uy |
|
24. |
Avtodrom |
Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Qoʻshyogʻoch qoʻrgʻoni |
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Ijro muddatlari |
Ijro uchun masʼullar | |
|
I. Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash Markazlari faoliyatini tashkil etish | ||||
|
1. |
Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlashning yangi tartibini joriy etishni nazarda tutadigan “Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qonun |
2019-yil |
Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
|
2. |
Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibi, muddatlari va moliyalashtirish mexanizmlarini muvofiqlashtiruvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2019-yil |
Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
|
3. |
Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash Markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) faoliyatini tashkil etish va bunda quyidagilarni nazarda tutish: Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashining (keyingi oʻrinlarda — “Vatanparvar” MKT) davlat tasarrufiga oʻtkaziladigan mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish va roʻyxatini tuzish; mol-mulklarni operativ boshqaruv huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga topshirish; Markazlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash; Markazlarni zarur oʻquv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari bilan jihozlash; Markazlarni yuqori malakali, topshirilgan vazifalarni yetarli darajada bajara oladigan kadrlar bilan toʻldirish; Markazlar faoliyati samaradorligini belgilovchi mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, maqsadli koʻrsatkichlarga erishish ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil |
Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Davlat raqobat qoʻmitasi (N. Sharipov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
II. Yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy-vatanparlik ruhida tarbiyalash boʻyicha faoliyatni takomillashtirish | ||||
|
4. |
“Vatanparvar” MKT faoliyati samaradorligini: baholashning yagona mezonlari, koʻrsatkichlarini aniq va tezkor qayd etish tizimi, sifat standartlarini shakllantirish; yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha dasturlarni amalga oshiradigan quyi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish orqali yanada oshirish. |
“Vatanparvar” MKT Markaziy kengashi qarori |
2019-yil |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan sport va boshqa tadbirlar, festival va koʻrik-tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
6. |
Quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy usullaridan keng foydalanish: veb-texnologiyalar qoʻllash koʻlamini kengaytirish, “Vatanparvar” MKT faoliyatini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish; efirning qulay vaqtlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, Vatanga muhabbat, mehnatga boʻlgan masʼuliyatni hamda harbiy xizmatga hurmatni oshirishga qaratilgan tele va videoroliklar, kinofilmlar namoyishini tashkil etish. |
Tashkiliy-maʼrifiy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi(A. Xodjayev), |
|
III. Avtomototransport vositalari haydovchilari hamda ommaviy texnik kasblar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishni yanada takomillashtirish | ||||
|
7. |
“Vatanparvar” MKT oʻquv muassasalarida avtomototransport vositalari haydovchilari hamda ommaviy texnik kasb xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha yangi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Oʻquv dasturlari |
2019-yil |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Aholining keng qatlamlari orasida yoʻl-transport hodisalarini oldini olishga hamda yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish va tadbirlar oʻtkazish. |
Tashkiliy-maʼrifiy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Ichki ishlar vazirligi(P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
“Vatanparvar” MKT oʻquv muassasalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: oʻquv jarayoniga innovatsion texnologiyalar va uslublarni tatbiq etish, zamonaviy oʻquv-moddiy bazani yaratish; |
Chora-tadbirlar dasturi |
Ishlab chiqish — 2019-yil |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
oʻquv jarayonini rejalashtirish avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy qilish; animatsion elektron oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yaratish hamda butun oʻquv jarayonini qamrab oluvchi videokontentni shakllantirish; oʻquv muassasalarini avtomototransport vositalarini boshqarish koʻnikmalarini yanada sifatli oʻzlashtirishga yordam beruvchi zamonaviy elektron avtotrenajerlar bilan jihozlash; oʻqishga boʻlgan jozibadorlikni oshirish, taqdim etilayotgan xizmatlarning ochiqligi, ommabopligi, asoslanganligini taʼminlovchi mexanizmlarni tatbiq etish. |
Amalga oshirish — 2019 — 2021-yillar davomida | |||
|
10. |
Korxona, muassasa va tashkilotlar kadrlar xizmatlari, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish Markazlari bilan muntazam ravishda hamkorlik qilish orqali “Vatanparvar” MKT oʻquv muassasalarida tayyorlanadigan mehnat bozoridagi yuqori talab etilayotgan mutaxassisliklar roʻyxatini yanada kengaytirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi(Sh. Kudbiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
11. |
“Vatanparvar” MKT oʻquv muassasalarining pedagog kadrlarini oʻquv dasturlari hamda turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish boʻyicha qoʻllanmalarni oʻz ichiga olgan texnologik xaritalar bilan taʼminlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi(I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi(Sh. Sadikov.), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
12. |
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv qoʻllanmani (jumladan elektron koʻrinishda) ishlab chiqish. |
Oʻquv qoʻllanma |
2019-yil |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Mudofaa vazirligi (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi(P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
13. |
“Vatanparvar” MKTning texnik mutaxassisliklar boʻyicha oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro ilmiy-tadqiqot va konstruktor ishlanmalarini olib borish masalalari boʻyicha yaqin hamkorligini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi(I. Madjidov), Fanlar Akademiyasi(B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi(I.Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
Tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish | |||||
|
1. |
Manfaatdor vazirliklar, idoralar va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) oʻrtasida sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha memorandumlar tuzish. |
Memorandumlar |
2019-yil 1-mayga qadar |
— |
Jismoniy tarbiyava sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
2. |
Qonunchilikka avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda (Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati va Osiyo chempionatida) birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻrinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilariga tegishli oliy taʼlim muassasalariga taʼlimning ushbu sohadagi yoʻnalishlariga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qilish huquqini berishga yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar kiritish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil 1-fevralga qadar |
— |
Jismoniy tarbiya “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
|
3. |
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha musobaqalarni tashkil qilish va oʻtkazish uchun meʼyoriy hujjatlarni hamda sport texnikasi va inshootlariga boʻlgan talablarni ishlab chiqish. |
Meʼyoriy hujjatlar |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), |
|
4. |
Respublikaning har bir hududida mavjud sport salohiyati, sport rezervlari, murabbiylar tarkibi va moddiy-texnik jihozlanganlikdan kelib chiqqan holda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Meʼyoriy hujjat |
Ishlab chiqish Amalga oshirish– |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), |
|
5. |
Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar, murabbiylar va sportchilar faoliyatining samaradorligini baholash koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqish va joriy qilish. |
Meʼyoriy hujjat |
2019-yil 1-mayga qadar |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
II. Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha murabbiylar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish | |||||
|
6. |
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha mutaxassislar uchun tajriba almashish va malaka oshirish boʻyicha yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda seminarlar, kurslar hamda mahorat darslarini tashkil qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari — |
Jismoniy tarbiya (D. Nabiyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (U.Axmadjonov) |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sportning texnik va amaliy turlari hududiy markazlari (keyingi oʻrinlarda-markazlar) negizida seksiyalar va toʻgaraklar rahbarlari uchun oʻquv-uslubiy seminarlar va mashgʻulotlar tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari |
“Vatanparvar” MKT |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida shartnoma asosida sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha sport tashkilotlarining seksiya va toʻgaraklari mutaxassislari va oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimiy |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
|
9. |
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanmalar tayyorlash va nashr qilish. |
Oʻquv-metodik qoʻllanma |
2019 — 2021-yillar |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
|
III. Sportning texnik va amaliy t�rlari boʻyicha milliy va xalqaro musobaqalar gʻoliblari va sovrindorlarini ragʻbatlantirish hamda murabbiylar va mutaxassislarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash | |||||
|
10. |
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha quyidagilarni koʻzda tutuvchi toʻrt bosqichli sport musobaqalari tizimini joriy qilish: I bosqich — sport seksiyalarining sportchilari oʻrtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar); II bosqich — sport seksiyalari oʻrtasidagi musobaqalarda gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar); III bosqich — tuman (shahar) sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar); IV bosqich — hududiy sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar). |
Tashkiliy |
Kalendar rejaga muvofiq doimiy |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari, kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, homiylar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), |
|
11. |
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibiga kiritish uchun mamlakat hududlaridan tanlab olingan yosh iqtidorli sportchilar — milliy va xalqaro musobaqalar gʻoliblari va sovrindorlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 1-mayga qadar |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), |
|
12. |
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha yuqori sport natijalariga erishganOʻzbekiston Respublikasi milliy sport terma jamoalari va ularning zaxira sportchilari va murabbiylariga energetik sarflar oʻrnini toʻldirish va jismoniy resurslarini tiklash uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlashni taʼminlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
13. |
Eng yaxshi trener, sportchi, sport hakami va boshqa mutaxassislar, shu jumladan sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilot rahbarlari va homiylar unvonini olish uchun Respublika tanlovini tashkil qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Har yili |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), |
|
14. |
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha murabbiylar va mutaxassislarning ijtimoiy-maishiy va moddiy sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-iyulga qadar |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
IV. Sportning texnik va amaliy turlari uchun zamonaviy moddiy-texnik va oʻquv-mashq bazasini yaratish hamda sport anjomlari va uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish | |||||
|
15. |
Markazlarni joylashtirish uchun Nukus, Guliston, Navoiy, Samarqand va Termiz, shaharlarida boʻsh turgan binolarni bepul foydalanish huquqi asosida ajratish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 1-fevralga qadar |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, |
|
16. |
Markazlarni joylashtirish uchun Nukus, Guliston, Navoiy, Samarqand va Termizshaharlarida ajratilgan binolarni kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha ishlarni tashkil qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019–2020-yillar |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari |
“Vatanparvar” MKT |
|
17. |
2019-2020-yillar uchun sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik va oʻquv-mashq bazasini rivojlantirishning Kompleks dasturni tasdiqlash, unda sport tashkilotlariga sport texnikasi va anjomlarini sotib olishni hamda ularni ishlab chiqarishni tashkil qilishni koʻzda tutish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Mahalliy budjet mablagʻlari, oʻz mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi(D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, |
|
18. |
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha barcha mavjud sport inshootlarini pasportlashtirish ishlarini tashkil qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 1-iyunga qadar |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
19. |
Sportning texnik va amaliy turlari uchun sport anjomlari va uskunalarini ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish. Oʻrganish natijalari boʻyicha sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish uchun zarur sport anjomlari va uskunalari roʻyxatini shakllantirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-mayga qadar |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
V. Sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish, yoshlarni seksiyalar va toʻgaraklarga faol jalb qilish, ularning ommabopligini taʼminlash | |||||
|
20. |
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha faol mashgʻulotlar uchun parklar, shahar tashqarisidagi maydonlar, ommaviy dam olish joylari, shu jumladan soʻqmoqlar, trassalar va yoʻlaklar imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2019 — 2021-yillar |
— |
Madaniyat vazirligi (D. Nabiyev), |
|
21. |
Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlarning xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2019 — 2021-yillar |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
22. |
Mamlakatda sportning texnik va amaliy turlari rivojlanishi, sportning ushbu turlariga aholi turli toifalari, eng avvalo, yoshlar oʻrtasida talab va takliflar nisbati monitoringini oʻtkazish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-avgustga qadar |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
23. |
Sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish va targʻib qilish media-rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish. |
Media-reja |
2019-yil 1-dekabrga qadar |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), |
|
24. |
Ommaviy axborot vositalarida sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar faoliyatini keng yoritish, bosma nashrlarda va internet-resurslarda maqolalar eʼlon qilish hamda telekoʻrsatuvlar tayyorlash va videoroliklarni joylashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimiy |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), |
|
25. |
Qoʻshimcha seksiyalar va toʻgaraklar ochish yoʻli bilan bolalarni va yoshlarni, mehribonlik uylari va maktab-internatlar tarbiyalanuvchilarini hamda voyaga yetmaganlarni sportning texnik va amaliy turlari bilan shugʻullanishga jalb qilish uchun aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil qilish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
Doimiy |
— |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
26. |
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha sifatli sport zaxirasini saralash va shakllantirishni amalga oshirish maqsadida bolalar-oʻsmirlar musobaqalarini va turnirlarini tashkil qilish va oʻtkazish. |
Kalendar reja |
2019 — 2021-yillar |
Ijrochilar va buyurtmachilarning oʻz mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), |
|
VI. Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga innovatsion texnologiyalarni hamda sportchilarni tayyorlashning oʻquv-mashq jarayoniga ilgʻor usullarni joriy etish | |||||
|
27. |
Oliy natijalar sportini rivojlantirish va oʻquv-mashq jarayoni texnologiyalarini takomillashtirish hamda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha terma jamoalarni tayyorlash masalalari boʻyicha ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etilgan adabiyotlarni sport tashkilotlari, federatsiyalari (assotsiatsiyalari) oʻrtasida taqsimlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019 — 2021-yillar |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
28. |
Yangi oʻq otish tirlarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiyalash, ularni zamonaviy uskunalar, kompyuter trenajyorlari va sport qurollari bilan jihozlash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2019–2020-yillar |
Ijrochilar oʻz mablagʻlari |
“Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), |
|
29. |
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalarini tayyorlashning ilmiy-metodik taʼminotini amalga oshirish va oʻquv-mashq jarayonini takomillashtirish boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqish uchun yetakchi sport mutaxassislaridan kompleks ishchi guruhlar tuzish va ishchi guruhlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlash. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 15-martga qadar |
— |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
30. |
Sportning texnik va amaliy turlari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishni faollashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |