1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish, gimnast-sportchilarning mahorat va malaka darajasini muttasil oshirib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, respublika aholisining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar va qizlar oʻrtasida sportning gimnastika turlarini faol targʻib etish hamda ommalashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasining:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Badiiy gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi nomini Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi deb oʻzgartirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasi huzurida Sportning gimnastika turlari boʻyicha murabbiylar va hakamlar respublika maktabini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
3. Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabida — 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan taʼlim oluvchi oʻquvchi-sportchilarning umumiy kontingenti 132 nafarni tashkil etgani holda, oʻqish muddati 11 yil boʻlib, har yili 12 nafar iqtidorli oʻquvchi-sportchilar qabul qilinishi belgilab qoʻyilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
4. Quyidagilar Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin bilan shugʻullanish uchun zarur sport mahoratiga ega isteʼdodli va istiqbolli bolalarni puxta tanlab olish, ular tanlagan sport turida ularning qobiliyatlari, sportdagi salohiyati, kasbiy koʻnikmalari va mahoratini rivojlantirish;
badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sohasida eng yangi ilmiy-metodik tavsiya hamda yutuqlar asosida respublikaning terma jamoalari uchun sport zaxirasi va yuqori darajali sportchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashgʻulot jarayonini samarali tashkil etish va amalga oshirish;
yuqori darajali sportchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashgʻulot jarayonini tashkil etish uchun zarur boʻlgan zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish va malakali hakamlar tarkibini shakllantirish;
sportchilar va hakamlar tarkibining kasbiy mahoratini oshirish sohasida muntazam asosda tajriba almashishni tashkil etish orqali xorijiy gimnastika maktablari, akademiyalari va klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
5. Belgilansinki, Sportning gimnastika turlari boʻyicha murabbiylar va hakamlar respublika maktabi:
nodavlat sport oʻquv-metodik taʼlim muassasasi hisoblanadi;
taʼlim jarayonida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kadrlar, ilmiy-metodik va resurs salohiyati, shuningdek sportchilarni tayyorlashning takomillashtirilgan metodikasidan maksimal ravishda foydalanadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasining hududiy boʻlinmalari, sportning gimnastika turlarini ommalashtirayotgan sport maktablari, shuningdek professional sport klublarining buyurtmalariga koʻra sportning gimnastika turlari boʻyicha murabbiylar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ularni oʻqitishni amalga oshiradi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish hamda Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni puxta ishlab chiqsin va qabul qilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Badiiy gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1608-sonli qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A. Ikramov va U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 7-noyabr,
PQ-2654-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-noyabrdagi PQ-2654-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabining
YANGILANGAN TUZILMASI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-noyabrdagi PQ-2654-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Badiiy gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1608-sonli qaroriga kiritilayotgan oʻzgartishlar
gimnastika boʻyicha RIBOʻOZSM internati boʻlgan maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi, uning oʻquvchi-sportchilari turar joy, toʻrt mahal ovqatlanish, sport anjomlari va maxsus libos, sport uskunalari hamda inventarlari bilan taʼminlanadi;
gimnastika boʻyicha RIBOʻOZSMda — 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan taʼlim oluvchi oʻquvchi-sportchilarning umumiy kontingenti 60 nafarni tashkil etgan holda, oʻqish muddati 5 yil boʻlib, har yili 12 nafar iqtidorli oʻquvchi-sportchilar qabul qilinadi;
gimnastika boʻyicha RIBOʻOZSM oʻquvchi-sportchilarining umumtaʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olishlari Toshkent shahrining yaqin atrofda joylashgan umumtaʼlim maktablarida amalga oshiriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 47-son, 538-modda; 2017-y., 20-son, 354-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)