1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
CHIQINDILAR TOʻGʻRISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Ushbu Qonunning maqsadi chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari chiqindilarning fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish va ulardan xoʻjalik faoliyatida oqilona foydalanilishini taʼminlashdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish — chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida hisobga olish va nazorat qilish, chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, chiqindilarning hosil boʻlishi, ularni toʻplash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bogʻliq faoliyat;
(2-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindilarni zararsizlantirish — chiqindilarni neytral holga keltirish, dezaktivatsiyalash, dezinfeksiyalash, demerkurizatsiyalash, chiritish, yoqib yuborish, termik jihatdan qayta ishlash va koʻmib tashlash bilan bogʻliq faoliyat;
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-495-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlari — chiqindilarni toʻplash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan obyektlar;
(2-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindi pasporti — chiqindi kelib chiqqan joyni hamda chiqindining individual xususiyatlarini tasdiqlovchi hujjat;
chiqindilar — ishlab chiqarish yoki isteʼmol qilish jarayonida xom ashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil boʻlgan qoldiqlari, shuningdek oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan tovarlar (mahsulotlar);
chiqindilarni joylashtirish limiti — muayyan muddatga joylashtirish ruxsat etilgan chiqindilarning eng yuqori miqdori;
chiqindilarni joylashtirish obyekti — chiqindilarni saqlash hamda zararsizlantirish uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy;
(2-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindilarni koʻmib tashlash — chiqindilarni, ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhitni bulgʻatishining oldini olishga qaratilgan hamda bu chiqindilardan kelgusida foydalanish imkoniyatini istisno etadigan tarzda, ajratib qoʻyish;
chiqindilarni saqlash — chiqindilar zararsizlantirish, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida olib ketilguniga qadar ularni maxsus jihozlangan toʻplagichlarda saqlash;
(2-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xom ashyo, yoqilgʻi, oʻgʻit sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;
chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;
chiqindilarning hosil boʻlish normativi — mahsulot birligi ishlab chiqarilayotganda yoki boshlangʻich xom ashyo birligidan hosil boʻladigan muayyan turdagi chiqindilarning belgilangan miqdori;
xavfli chiqindilar — tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yongʻin chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik) xususiyatlardan loaqal bittasiga ega moddalar mavjud boʻlgan, bunday moddalar fuqarolar sogʻligʻi va hayotiga, atrof-muhitga oʻzi mustaqil tarzda ham, shuningdek boshqa moddalarga qoʻshilganda ham bevosita yoki potensial xavf tugʻdiradigan miqdorda va shaklda mavjud boʻlgan chiqindilar.
3-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.01.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar]
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilik atmosfera havosiga va suv obyektlariga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash va oqizish bilan bogʻliq munosabatlarga taalluqli emas.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Chiqindilarga boʻlgan mulk huquqi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Chiqindi qaysi xom ashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyum yoki mahsulotlardan, shuningdek tovarlardan (mahsulotlardan) foydalanish natijasida hosil boʻlsa, chiqindilarga boʻlgan mulk huquqi shularning egasiga tegishli boʻladi.
Chiqindilarga boʻlgan mulk huquqini boshqa shaxs oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomasi yoki chiqindilarni boshqa shaxsga berish toʻgʻrisidagi qonun bilan taqiqlab qoʻyilmagan oʻzga bitimlar asosida olishi mumkin.
Chiqindilarning mulkdorlari qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida chiqindilarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar hamda ularni tasarruf etadilar.
(4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Chiqindilar joylashgan yer uchastkasining mulkdori oʻzgargan taqdirda chiqindilarga boʻlgan mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtishi hamda zararli oqibatlar uchun javobgarlik qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
(4-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 165-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 91, 911va 913-moddalari.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati olib borilishi tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
chiqindilar koʻmib tashlanadigan va utilizatsiya qilinadigan joylarning davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida normativlar ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
chiqindilarni olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida olib oʻtish tartibini belgilaydi;
chiqindilarni pasportlash tartibini belgilaydi;
xavfli chiqindilarning hamda chegara osha tashilishi davlat tomonidan tartibga solinishi kerak boʻlgan chiqindilarning roʻyxatini tasdiqlaydi;
xavfli chiqindilarni koʻmib tashlash uchun yer uchastkalari berish masalalarini hal etadi;
depozitsiz idishlar va taralarni ishlatish tartibini belgilaydi;
chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari hajmini belgilaydi;
(5-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(5-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari quyidagilardir:
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;
(6-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi.
(6-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
(7-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
(7-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
(7-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bobi.
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
chiqindilar koʻmib tashlanadigan va utilizatsiya qilinadigan joylarning davlat kadastrini yuritadi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va texnologik ishlanmalar hamda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi;
chiqindilar hosil boʻlishining belgilanayotgan normativlariga hamda chiqindilarni joylashtirish obyektlariga rozilik beradi;
chiqindilarni joylashtirish limitlarini tasdiqlaydi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(7-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish chogʻida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshiradi;
fuqarolar hayoti va sogʻligʻini chiqindilarning zararli taʼsiridan muhofaza etish chora-tadbirlarini belgilaydi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlari xususida davlat sanitariya-gigiyena ekspertizasi xulosasini beradi;
chiqindilardan tayyorlanayotgan tovarlarga (mahsulotlarga) nisbatan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi hamda ularga doir gigiyena sertifikati beradi;
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sogʻligi uchun xavflilik darajasini belgilashda uslubiy taʼminotni amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(8-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi:
maishiy-roʻzgʻor chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga kiritadi;
maishiy-roʻzgʻor chiqindilarini toʻplash, tashish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish holati monitoringini amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(9-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respubikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019-yil 7-noyabrdagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari (roʻyxat raqami 3195, 2019-yil 8-noyabr).
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
(10-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi:
(10-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
konchilik va qayta ishlash sohasidagi ishlab chiqarish chiqindilarini hisobga olish, saqlash va utilizatsiya qilish ustidan davlat nazorati va tekshiruvini;
radioaktiv chiqindilarni saqlash, tashish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash paytida radiatsiyaviy xavfsizlik ustidan davlat nazoratini;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(10-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid umumdavlat dasturlarini bajarishda ishtirok etadi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid mahalliy dasturlarni ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratib beradi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini hal etadi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
chiqindilarni toʻplash va utilizatsiya qilish korxonalari tashkil etilishiga koʻmaklashadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
12-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududda joylashtirish masalalarini hal qilishda ishtirok etadilar;
aholi punktlari sanitariya jihatidan tozalanishiga hamda maishiy-roʻzgʻor chiqindilari toʻplab olib ketilganligi uchun toʻlovlar vaqtida toʻlanishiga koʻmaklashadilar;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradilar;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
(12-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13-modda. Fuqarolarning chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va majburiyatlari]
Fuqarolar:
chiqindi bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilayotganda hayotlari va sogʻliqlari uchun xavfsiz sharoitlar bilan taʼminlanish;
oʻzlari yashayotgan joylarda xavfli chiqindilar bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisida, loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan, shuningdek ishlab turgan chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarining xavfsizligi haqida belgilangan tartibda toʻliq va aniq axborot olish;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlari qurilishiga doir qarorlarning loyihalari muhokamasida ishtirok etish;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi natijasida hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga yetkazilgan zararni toʻlatish;
(13-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish huquqlariga egadirlar.
Fuqarolar:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirayotganda belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, boshqa talablarga rioya qilishlari;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalari.
belgilanmagan joyga tashlagan chiqindisini olib chiqib ketishi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplab berishi;
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
maishiy-roʻzgʻor chiqindilarini toʻplab olib ketish bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlar xizmatidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni belgilangan tartibda toʻlab borishlari shart.
Fuqarolar chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishlari hamda zimmalarida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Yuridik shaxslarning chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va majburiyatlari]
Yuridik shaxslar:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlaridan chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi sanitariya normalari va qoidalari, ekologik normativlar toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot olishga;
chiqindilarni hududni toza-orasta tutishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq ravishda chiqindilarni joylashtirish obyektlarida saqlashga;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq takliflarni kiritishga;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga oid davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishga;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish natijasida boshqa shaxslar tomonidan oʻzlariga yetkazilgan zararni toʻlatishga haqlidirlar.
Yuridik shaxslar chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Yuridik shaxslarning chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi majburiyatlari
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va majburiyatlari]
Yuridik shaxslar:
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga rioya etishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda chiqindilarning hisobini yuritishi, ular toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi;
(15-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Qonunning 26-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, atrof-muhit uchun xavflilik darajasini belgilangan tartibda aniqlashi;
chiqindilarning hosil boʻlish normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari loyihalarini ishlab chiqishi;
aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga, yoʻllarning chetiga, qatnov qismiga qurilish va maishiy chiqindilar tashlanishi hamda joylashtirilishining oldini olishi;
chiqindilarni toʻplashni taʼminlashi, oʻziga tegishli boʻlgan binolarga yaqin yoki tutash hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtinchalik saqlash uchun konteynerlar (qutilar) oʻrnatishi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019-yil 17-oktabrdagi 12-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3197, 2019-yil 19-noyabr).
resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim boʻlgan chiqindilarning lozim darajada saqlanishini taʼminlashi hamda ularning yoʻq qilinishi va buzilishiga yoʻl qoʻymasligi;
oʻzining mulki boʻlgan chiqindilarning utilizatsiya qilinishiga doir texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish choralarini koʻrishi;
chiqindilarning aralashib ketishiga yoʻl qoʻymasligi, bundan ishlab chiqarish texnologiyasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
chiqindilarning belgilanmagan joylarda yoki obyektlarda saqlanishi, qayta ishlanishi, utilizatsiya qilinishi va zararsizlantirilishiga, shuningdek bunday joylarga yoki obyektlarga joylashtirilishi hamda tashlanishiga yoʻl qoʻymasligi;
maxsus texnik moslamalarni qoʻllamagan holda chiqindilarni yoqib yubormasligi;
sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha talablarni buzmasligi;
chiqindilar joylashtirilgan oʻz obyektlarining sanitariya va ekologik holati ustidan nazoratni amalga oshirishi;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish chogʻida holati buzilgan yer uchastkalarida rekultivatsiya ishlarini oʻtkazishi;
chiqindilarni mumkin qadar koʻproq utilizatsiya qilish, ularni chiqindilarni toʻplash, saqlash va utilizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish yoki berish chora-tadbirlari majmuini amalga oshirishi, shuningdek utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda zararsizlantirilishini taʼminlashi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga ruxsat olinmagan tarzda atrof-muhitga chiqindilar chiqarilganligi holatlari toʻgʻrisida va koʻrilgan choralar haqida belgilangan tartibda axborot taqdim etishi;
chiqindilarni joylashtirganlik uchun belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlovlari toʻlashi;
belgilanmagan joyga tashlab ketgan chiqindisini olib chiqib ketishi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplab berishi;
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 25-martdagi OʻRQ-1124-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 28-iyun)
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga, atrof-muhitga, yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
Yuridik shaxslar zimmasida chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va majburiyatlari]
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu Qonunda yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladilar hamda majburiyatlarni bajaradilar.
17-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda xavfsizlikni taʼminlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Yuridik shaxslarning chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi faoliyati fuqarolar hayoti va sogʻligʻining hamda atrof-muhitning xavfsizligini taʼminlamogʻi kerak.
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikning talablari buzilganligi natijasida fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga yoki atrof- muhitga zarar yetkazilganda, shuningdek fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, atrof-muhit uchun xavfsizlikni taʼminlashning texnikaviy yoki boshqa imkoniyati boʻlmay turib xavfli chiqindilar hosil boʻlgan hollarda yuridik shaxslarning faoliyati belgilangan tartibda cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi yoki tugatilishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
18-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida normalashtirish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, atrof-muhit muhofaza qilinishini taʼminlash, chiqindilarning hosil boʻlishini kamaytirish maqsadida chiqindilarning hosil boʻlish normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari ishlab chiqiladi.
Chiqindilarning hosil boʻlish normativlari chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Chiqindilarni joylashtirish limitlari yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi va chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Chiqindilarning hosil boʻlish normativlarini hamda chiqindilarni joylashtirish limitlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tadiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
19-modda. Chiqindilarni ekologik sertifikatlash
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
Oldi-sotdi, eksport-import operatsiyasi obyekti boʻlgan chiqindilar, shuningdek tashilishi kerak boʻlgan xavfli chiqindilar chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga muvofiqlik boʻyicha ekologik sertifikatlashdan oʻtkazilishi kerak, uning natijalariga koʻra chiqindilarning mulkdorlariga ekologik sertifikat beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli qarori bilan tasdiqlangan Majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar va chiqindilar roʻyxati.
Chiqindilarni ekologik sertifikatlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2010-yil 1-dekabrlagi 85-1-TK-sonli “Chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish qoidalari”ning 4-bandi
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Xavfli chiqindilarni tashish chiqindilarning ekologik sertifikati hamda ularni tashish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda maxsus jihozlangan transport vositalarida amalga oshiriladi.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2010-yil 1-dekabrlagi 85-1-TK-sonli “Chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish qoidalari”.
Xavfli chiqindilarni bexatar tashish uchun javobgarlik transport tashkiloti zimmasida boʻladi.
21-modda. Chiqindilarni olib kirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chiqindilarni, shu jumladan chet elga mansub radioaktiv chiqindilarning har qanday turlarini saqlash va koʻmib tashlash maqsadida olib kirish taqiqlanadi.
Fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, atrof-muhitning xavfsizligi taʼmin etilishi sharti bilan chiqindilar faqat qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda olib kirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Chiqindilarni saqlash va zararsizlantirishga doir talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
Chiqindilarni saqlash sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq hamda chiqindilardan oqilona foydalanilishini yoki ularning boshqa shaxslarga berilishini taʼminlovchi usullarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
Sanoat chiqindilarini va maishiy chiqindilarni maxsus texnik moslamalarsiz zararsizlantirish taqiqlanadi.
Chiqindilar koʻmib tashlanadigan joy (bundan xavfli chiqindilar mustasno) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oʻzbekiston Respublikasida utilizatsiya qilish uchun tegishli texnologiyalar mavjud boʻlgan chiqindilarning koʻmib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda saqlash va zararsizlantirish taqiqlanadi.
Alohida hollarda, maxsus tadqiqotlar natijalariga koʻra fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, atrof-muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini taʼminlash talablariga rioya etgan holda chiqindilarni yer ostiga koʻmib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
23-modda. Chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
Chiqindilarni maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarga joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari undiriladi.
Kompensatsiya toʻlovlari miqdori belgilangan tartibda chiqindilarni joylashtirish limitlari asosida, chiqindilarning fuqarolar hayoti va sogʻligʻi hamda atrof-muhit uchun xavflilik darajasiga qarab belgilanadi.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar sogʻligʻini va atrof-muhitni gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilish maqsadida utilizatsiya yigʻimi toʻlanadi.
(231-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan — gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar ishlab chiqarilganda (yigʻilganda, tayyorlanganda) undiriladi.
(231-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi)
Utilizatsiya yigʻimining miqdorlari, utilizatsiya yigʻimi toʻlanadigan gʻildirakli transport vositalarining, oʻziyurar mashinalarning va ular tirkamalarining, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalarning turlari hamda toifalari, shuningdek utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(231-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 358-son qarori bilan tasdiqlangan Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi 347-son qarori bilan tasdiilangan Utilizatsiya yigʻimining miqdorlari va utilizatsiya yigʻimi toʻlanadigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari roʻyxati.
Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari, pnevmatik rezinali shinalar va pokrishkalar oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni bajarish boʻyicha infratuzilmani tashkil etish uchun xarajatlar utilizatsiya yigʻimidan tushgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
(231-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi)
24-modda. Chiqindilarni utilizatsiya qilish hamda ularning hosil boʻlishini kamaytirishga doir faoliyatni ragʻbatlantirish
Chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish hamda ularni utilizatsiya qilishga qaratilgan texnologiyalarni ishlab chiqayotgan va joriy etayotgan, chiqindilarni utilizatsiya qilishga moʻljallangan korxonalar va sexlar yaratayotgan, uskunalar ishlab chiqarayotgan, chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil boʻlishini kamaytirish chora-tadbirlarini moliyalashtirishda ulushbay asosida ishtirok etayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar beriladi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Mahalliy davlat hokimiyati organlari chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil boʻlishini kamaytirishga doir faoliyatni ragʻbatlantirish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qoʻshimcha choralar belgilashlari mumkin.
25-modda. Chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil boʻlishini kamaytirishga doir tadbirlarni moliyalashtirish
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil boʻlishini kamaytirishga doir tadbirlarni moliyalashtirish chiqindilarning mulkdorlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunday tadbirlarni moliyalashtirishga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasining, budjetdan tashqari fondlarning mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari jalb etilishi mumkin.
(25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
26-modda. Chiqindilarning davlat hisobini yuritish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Olib kiriladigan, olib chiqiladigan, amalda mavjud boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida hosil boʻladigan, shuningdek tranzit tarzida olib oʻtiladigan chiqindilarning davlat hisobi yuritilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Chiqindilar toʻgʻrisidagi davlat statistika hisobotining shakli, uni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
27-modda. Chiqindilarni pasportlash
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida hosil boʻladigan chiqindilar pasportlanishi lozim.
Chiqindi pasporti chiqindining har bir turi uchun yuridik shaxslar tomonidan tuziladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bogʻliq tarzda chiqindining oʻziga xos xususiyatlari oʻzgargan hollarda chiqindi pasportiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritiladi.
Chiqindilarni pasportlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-ilovasi.
28-modda. Chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.05.00 Atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar]
Chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylari toʻgʻrisidagi axborotlar toʻplanishi, qayta ishlanishi, saqlanishi va tahlil qilinishini taʼminlash maqsadida chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastri yuritiladi, kadastrda chiqindilarning miqdor va sifat tavsiflari, chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi hamda ularning xavflilik darajasini kamaytirish chora-tadbirlari haqidagi axborot oʻz ifodasini topadi.
Chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastri qonunchilikda belgilangan tartibda yuritiladi.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalarining 47-bandi.
30-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.03.00 Maʼmuriy jazolar;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 91, 911 — 913-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-aprel,
362-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda, 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son)