toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib tashlash ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel konvensiyasiga (1989-yil 22-mart, Bazel) (keyingi o‘rinlarda — Bazel konvensiyasi) hamda O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ekologik sertifikatlanishi lozim bo‘lgan xavfli mahsulotlar va oldi-sotdi, import-eksport operatsiyasi obyekti bo‘lgan chiqindilar, shuningdek, tashilishi kerak bo‘lgan xavfli chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni davlat tomonidan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror 2021-yil 1-maydan boshlab kuchga kiradi.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-fevral,
75-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom xavfli mahsulotlar hamda oldi-sotdi, import-eksport operatsiyasi obyekti bo‘lgan chiqindilar, shuningdek, tashilishi kerak bo‘lgan xavfli chiqindilarni (keyingi o‘rinlarda — xavfli mahsulotlar va chiqindilar) majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
2. Ushbu Nizom qoidalari alohida belgilangan tartibda respublika hududidan tranzit o‘tadigan maxsus yuklarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xavfli mahsulotlar va chiqindilarning oldi-sotdi, import-eksport operatsiyalari, shuningdek, tashilishi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi) tizimidagi belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan ekologik sertifikatlashtirish organi (keyingi o‘rinlarda — ekologik sertifikatlashtirish organi) tomonidan beriladigan ekologik sertifikat asosida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ekologik sertifikat xavfli mahsulotlar va chiqindilarning normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlarda belgilangan ekologik xavfsizlik talablariga javob berishini tasdiqlaydigan Milliy sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga muvofiq beriladigan hujjat hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
5. “Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilib tashlash ustidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 1989-yil 22-martdagi Bazel Konvensiyasi (keyingi o‘rinlarda Bazel konvensiyasi deb ataladi) ishtirokchisi bo‘lmagan davlatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxati tasdiqlangan ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilar turlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishlari va respublika hududidan olib chiqishlari qat’iyan taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Bazel konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lmagan davlat o‘rtasida chiqindilarni tranzit tarzida olib o‘tishga doir xalqaro shartnoma mavjud bo‘lgan hollarda, bunday olib o‘tish ushbu xalqaro shartnoma qoidalari, shuningdek, ustuvor ravishda, Bazel konvensiyasida belgilangan umumiy talablar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya vazirligi tomonidan Bazel konvensiyasining talablariga muvofiq import-eksport qilingan hamda ekologik sertifikatlashtirilgan xavfli mahsulotlar va chiqindilarga doir hisobot tayyorlanib, belgilangan muddatlarda har yili Bazel konvensiyasining Kotibiyatiga taqdim etib boriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu hisobot:
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
import-eksport qilingan xavfli mahsulotlar va chiqindilar miqdori haqidagi ma’lumotlar;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan olinadigan — mahalliy ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan O‘zbekiston Respublikasi hududida yillik hosil bo‘ladigan xavfli mahsulotlar va chiqindilar miqdori haqidagi ma’lumotlar;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining elektron axborot almashinuv tizimidan olinadigan — xavfli mahsulotlar va chiqindilarning import-eksporti haqidagi ma’lumotlar asosida tayyorlanadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xavfli mahsulotlar va chiqindilar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ekologik sertifikatlashtiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sertifikatlashtirilgan import-eksport qilinadigan xavfli mahsulotlar va chiqindilarga bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqtida ekologik sertifikat ro‘yxat raqami va berilgan sanasi ko‘rsatiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Xavfli mahsulotlar va chiqindilarda ularning ekologik sertifikatlashtirilganligiga oid ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, bunday chiqindilarni oldi-sotdi va import-eksport qilish ishlari, shuningdek, tashish kerak bo‘lganda ular ushbu Nizomda ko‘rsatilgan tartibda ekologik sertifikatlashtiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ekologik sertifikatlashtirish ishlari ariza beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
 LexUZ sharhi
Qarang: Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me’yorlashtirish Bosh boshqarmasining 2010-yil 1-dekabrdagi 85-TK-son “Mahsulotlarni ekologik sertifikatlash qoidalari”.
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Ekologik sertifikatlashtirish tartibi
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Import-eksport qilinadigan xavfli mahsulotlar va chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali, mamlakat hududida oldi-sotdi qilinadigan, shuningdek, tashilishi kerak bo‘lgan chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish uchun esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekologik sertifikatlashtirish organiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) xavfli mahsulotlar va chiqindilarni import-eksport qilishga ekologik sertifikat olish uchun:
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Import-eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim bo‘lgan xavfli mahsulotlar va chiqindilar ro‘yxatiga asosan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda buyurtma;
xavfli mahsulotlar va chiqindilarni import qilish uchun — O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan yuk tashish hujjatlarining nusxasi (invoys/hisob-faktura, yuk xati) yoki eksport qilish uchun — invoys/hisob-faktura;
import qilinayotgan chiqindilarga — ularning mustaqil ravishda to‘liq utilizatsiya qiladigan, qayta ishlaydigan yoki ulardan takroriy foydalanadigan tashkilotlarga ushbu jarayonlarning atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasi bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi nusxasi;
chiqindilarni utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bilan mazkur chiqindilarni topshirish (berish) yoki realizatsiya qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma nusxasi (mustaqil ravishda to‘liq utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi yoki takroriy foydalanilishi ta’minlanadigan chiqindilar bundan mustasno);
import qilinayotgan xavfli mahsulotlar va chiqindilarning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va mahsulotlarni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusxasi (ekologik sertifikatlashtirish bir kalendar yilga amalga oshirilganda);
b) mamlakat hududida oldi-sotdi qilinadigan chiqindilarga ekologik sertifikat olish uchun:
chiqindi pasporti;
chiqindilarning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan, mazkur chiqindilarni oldi-sotdi qilish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
v) mamlakat hududida tashilishi kerak bo‘lgan xavfli chiqindilarga ekologik sertifikat olish uchun:
chiqindi pasporti;
chiqindilarning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan, mazkur chiqindilarni tashish yuzasidan yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma(lar) nusxasi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
11. Ariza beruvchi ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq ekologik sertifikat olish maqsadida arizani ko‘rib chiqish uchun ekologik sertifikatlash organiga taqdim etgan hujjatlar va ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Ekologik sertifikat olish uchun ekologik sertifikatlash organi ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatilganidan boshqa ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ekologik sertifikatlashtirish organi bir ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi hamda hujjatlar to‘liq bo‘lganda va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, xavfli mahsulotlar va chiqindilarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Agar hujjatlar ushbu Nizomning 10-bandi talablariga javob bermasa va (yoki) ularda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, tegishli kamchiliklarni ko‘rsatgan holda arizani qaytaradi va bu haqda ariza beruvchini xabardor qiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ariza beruvchi tomonidan shartnoma imzolanib, shartnomada belgilangan to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng ekologik sertifikatlashtirish organi bir ish kuni mobaynida ekologik sertifikatlashtirish dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qaroriga asosan 14-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 11-aprel — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ekologik sertifikatlashtirish organi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida ikki ish kuni mobaynida sinov laboratoriyasi bilan birgalikda tegishli xavfli mahsulotlar va chiqindilar Sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq identifikatsiyadan o‘tkaziladi, identifikatsiyadan o‘tkazish dalolatnomasi tuziladi hamda ularning atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish uchun tegishli normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq namunalar olinib, laboratoriya sinovlari o‘tkaziladi va sinov bayonnomalari rasmiylashtiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Namunalar soni, tanlash tartibi, ularni identifikatsiyalash va saqlash qoidalari ekologik sertifikatlashtirish organi va sinov laboratoriyasining sifat menejment tizimi hujjatlari, ekologik sertifikatlashtiriladigan xavfli mahsulotlar va chiqindilarga normativ hujjatlarda, shu jumladan, sinov usullarida belgilanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
17. Muayyan turdagi xavfli mahsulotlar va chiqindilarga sinov bayonnomalarini rasmiylashtirish va berish muddati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan usullarga muvofiq amalga oshiriladigan ushbu turdagi mahsulotlar va chiqindilarni sinovdan o‘tkazishning umumiy davomiyligidan kelib chiqib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Namuna olish imkoni bo‘lmagan kam miqdorni tashkil etgan, normativ hujjati, shuningdek, sinovlarni amalga oshirish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi mavjud bo‘lmagan taqdirda xavfli mahsulotlar va chiqindilarni ekologik sertifikatlash identifikatsiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
18. Sinovlarining sifati va natijalarning ishonchliligi, shuningdek, sinovlar bayonnomalari saqlanishi uchun sinovlarni o‘tkazgan laboratoriya javobgar hisoblanadi. Sinov bayonnomalari laboratoriyaning texnik eksperti tomonidan imzolanadi va akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi sinov bayonnomalarini ariza beruvchiga va/yoki ekologik sertifikatlash organiga taqdim etadi. Agar xavfli mahsulotlar va chiqindilar sinovlari boshqa akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalarida alohida parametrlar bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lsa, bayonnomalar bilan tasdiqlangan sinovlarning ijobiy natijalari mavjudligi xavfli mahsulot va chiqindilarning muvofiqligi ijobiy baholanishi deb hisoblanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
20. Akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalarida o‘tkazilgan laboratoriya sinovlarining ijobiy natijasi olinganda, ekologik sertifikatlash organi hujjatlarni texnik ekspertga baholash uchun yuboradi.
Texnik ekspertning ijobiy qarori qabul qilinganda ekologik sertifikatlash organi bir ish kuni mobaynida ekologik sertifikatni rasmiylashtiradi va davlat reyestridan ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ekologik sertifikat belgilangan namunadagi shaklda davlat yoki rus tilida rasmiylashtiriladi hamda blankada (bosma ish qog‘ozi) yoki QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan himoyalangan elektron shaklda ariza beruvchiga to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab to‘rt ish kuni davomida taqdim etiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ariza beruvchi import-eksport qilinadigan xavfli mahsulotlar va chiqindilarga ekologik sertifikatni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali, mamlakat hududida oldi-sotdi qilinadigan, shuningdek, tashilishi kerak bo‘lgan chiqindilarga ekologik sertifikatni esa, o‘z xohishiga ko‘ra shaxsan yoki ishonchli vakili orqali ekologik sertifikatlashtirish organidan olishi mumkin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
23. Ekologik sertifikat ariza beruvchiga “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali elektron shaklda ekologik sertifikatlash organining elektron imzosi bilan berilganda yoki qog‘oz shaklida ekologik sertifikatlash organining muhri va imzosining asli bo‘lganda hamda davlat reyestrida qayd etilganligini tasdiqlovchi sana va raqam ko‘rsatilganda haqiqiy hisoblanadi.
24. Ekologik sertifikat blanki raqamlangan, himoya qilish darajasiga ega, qatiy hisobda turadigan va javobgarligi belgilangan hujjat hisoblanadi.
Ekologik sertifikat blankasi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Ekologik sertifikat:
a) import qilishda:
xavfli mahsulotlar va chiqindilarga (transport vositalaridan tashqari) aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusxasiga asosan — bir kalendar yildan oshmagan muddatga, bunda bir kalendar yil davomida import qilinayotgan xavfli mahsulotlar va chiqindilarning har bir to‘pi (partiyasi) Sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq identifikatsiya qilinadi hamda ularning atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish uchun tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq laboratoriya sinovlari o‘tkaziladi va sinov bayonnomalari rasmiylashtiriladi;
invoys/hisob-faktura, yuk xatiga asosan xavfli mahsulotlar va chiqindilarning har to‘piga — bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish muddatiga;
b) mamlakat hududida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida hosil bo‘ladigan oldi-sotdi obyekti bo‘lgan xavfli mahsulotlar va chiqindilarning har to‘piga — bir yildan oshmagan muddatga beriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ekologik sertifikatlash organi faoliyatiga taalluqli sertifikat nusxasi va sertifikatlashtirish ishlarini olib borishda zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plami (namuna olish dalolatnomalari, identifikatsiya dalolatnomalari, sinov bayonnomalari) ekologik sertifikat amal qilish muddatida, lekin bir yildan kam bo‘lmagan muddatda saqlanadi. Saqlash muddati tugagan hujjatlar arxivga topshiriladi yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni.
3-bob. Ekologik sertifikatning amal qilish muddatini to‘xtatish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish
27. Ekologik sertifikatning amal qilishi:
ariza beruvchi ekologik sertifikatning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida belgilangan tartibda ekologik sertifikatlash organiga ariza bilan murojaat qilganda — murojaat qilgan kundan boshlab;
ariza beruvchi (yuridik shaxs)ning faoliyati tugatilgan yoki to‘xtatilganda — ushbu kundan boshlab;
ariza beruvchi qayta tashkil etilganda — qayta tashkil etilgan kundan boshlab;
ariza beruvchiga bir kalendar yilga berilgan ekologik sertifikatning talablari bir yil mobaynida muntazam ravishda (ikki yoki undan ortiq) buzilishi, agar ushbu qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga va atrof-muhitga zarar yetkazilishiga olib kelsa o‘n ish kuniga to‘xtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Ekologik sertifikatlash organining ekologik sertifikat amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori ariza beruvchiga qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ekologik sertifikat amal qilishini to‘xtatishning sabablari ko‘rsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda yetkaziladi, bunda ekologik sertifikatning amal qilishini to‘xtatish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatiladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ariza beruvchi tomonidan ekologik sertifikatning amal qilishini to‘xtatishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida ekologik sertifikatning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ariza beruvchi tomonidan ekologik sertifikatning amal qilishini to‘xtatish sabablari o‘n ish kuni mobaynida bartaraf etilmagan, shuningdek, mazkur Nizomning 25-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida belgilangan talab buzilgan taqdirda, ekologik sertifikat bekor qilinadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Qog‘oz shaklida berilgan ekologik sertifikat bekor qilingan taqdirda, sertifikatning asl nusxasi ariza beruvchi tomonidan ekologik sertifikatning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror olingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida ekologik sertifikatlashtirish organiga qaytarilishi kerak.
Agar elektron shaklda berilgan ekologik sertifikat bekor qilingan taqdirda, ekologik sertifikatlashtirish organi bir ish kuni mobaynida ariza beruvchini bu haqda xabardor qiladi.
Bekor qilingan ekologik sertifikatlar ekologik sertifikatlashtirish organi tomonidan yo‘q qilinadi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. Bekor qilingan ekologik sertifikatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ekologik sertifikatlashtirish organining veb-saytida barcha ommaviy tanishish uchun e’lon qilinishi kerak.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Ariza beruvchi ekologik sertifikatlash organining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, sudga murojaat qilish huquqiga ega. ekologik sertifikatlash organining qarori ustidan sudga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ariza beruvchi (yuridik shaxs) qayta tashkil etilganda, uning nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda o‘n ish kuni mobaynida mazkur o‘zgartishlar haqida amaldagi ekologik sertifikatning asl nusxasini ilova qilib, uni qayta rasmiylashtirish uchun ekologik sertifikatlash organiga yozma ravishda murojaat qilishi lozim.
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Agar ariza beruvchi ilgari berilgan ekologik sertifikatning huquqiy vorisi bo‘lmasa, hujjatlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq keyingi tartib-taomillar ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablar asosida amalga oshiriladi.
Ariza beruvchining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda uning nomiga ekologik sertifikatlash organi tomonidan bir ish kuni mobaynida amaldagi ekologik sertifikat muddatiga ekologik sertifikat rasmiylashtiriladi.
4-bob. Ekologik sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi
33. Ekologik sertifikatlash organi berilgan ekologik sertifikatlar reyestrini yuritadi va ularni o‘z veb-saytida joylashtiradi.
34. Berilgan ekologik sertifikatlar reyestrida:
ariza beruvchining nomi, uning manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
ekologik sertifikat berilgan sana, amal qilish davri va uning ro‘yxatdan o‘tgan raqami;
bekor qilingan va to‘xtatib qo‘yilgan ekologik sertifikatlarning raqami, ariza beruvchining nomi, yuridik manzili, asoslari va sanalari ko‘rsatilishi lozim.
35. Ekologik sertifikatlar reyestridagi ma’lumotlar hamma tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
351. Import-eksport qilinadigan xavfli mahsulotlar va chiqindilar nazoratini ta’minlash uchun Ekologiya vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida axborot almashiladi.
(351-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Xavfli mahsulotlar va chiqindilarga ekologik sertifikat berish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi (yuridik shaxs)

Tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, ekologik sertifikatlashtirish organiga:

import-eksport qilinadigan xavfli mahsulotlar va chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish uchun — “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali;

mamlakat hududida oldi-sotdi qilinadigan, shuningdek, tashilishi kerak bo‘lgan chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish uchun — bevosita rasmiy xat orqali ariza taqdim etadi.

Xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Ekologik sertifikatlashtirish organi

1. Ariza va taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

hujjatlar to‘liq bo‘lganda va kamchiliklar aniqlanmaganda — xavfli mahsulotlar va chiqindilarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki kamchiliklar aniqlanganda — tegishli kamchiliklarni ko‘rsatgan holda arizani qaytaradi va bu haqda ariza beruvchini xabardor qiladi.

2. Sertifikatlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ekologik sertifikatlashtirish ishlariga shartnoma loyihasini ishlab chiqadi va ariza beruvchiga imzolash uchun taqdim etadi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Ariza beruvchi

Shartnomada belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.

Shartnomada belgilangan muddatda

4-bosqich

Ekologik sertifikatlashtirish organi

1. Ekologik sertifikatlashtirish dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

1. Ariza beruvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng bir ish kunida

2. Tasdiqlangan dastur asosida akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasi bilan birgalikda:

xavfli mahsulotlar va chiqindilarni identifikatsiyadan o‘tkazadi, namunalar oladi va laboratoriyaga taqdim qiladi;

namunalarni sinovdan o‘tkazadi va sinov bayonnomasini rasmiylashtiradi;

yakuniy hujjatlarni baholash uchun texnik ekspertga taqdim qiladi.

2. Ikki ish kunida

5-bosqich

Texnik ekspert

1. Texnik ekspert hujjatlar to‘plamini o‘rganib chiqib, ekologik sertifikat berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Bir ish kunida

Ekologik sertifikatlashtirish organi

2. Texnik ekspertning ijobiy qarori asosida ekologik sertifikat rasmiylashtiradi va reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazadi.

3. Ariza beruvchiga:

import va eksport qilinadigan xavfli mahsulotlar va chiqindilar uchun ekologik sertifikatni “Yagona darcha” bojxona axborot xizmati tizimi orqali;

mamlakat hududida oldi-sotdi qilinadigan, shuningdek, tashilishi kerak bo‘lgan chiqindilar uchun ekologik sertifikatni bevosita yoki uning ishonchli vakiliga taqdim etadi.

(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)



‎________________________________________________________________

‎‎(ekologik sertifikatlashtirish organi nomi)

_________________________________________________________________

‎‎(pochta manzili)

‎‎Ekologik sertifikatlashni o‘tkazish bo‘yicha
‎BUYURTMA

‎‎_____________________________________________________________________________________________________

‎‎buyurtmachining nomlanishi (tayyorlovchi, yetkazib beruvchi tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor F.I.O.)

_____________________________________________________________________________________________________

‎‎(buyurtmachining pochta manzili, aloqa telefonlari)

_____________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________ tomonidan

‎‎(rahbarning F.I.O.)

_____________________________________________________________________________________________________‎‎
_____________________________________________________________________________________________________

‎‎(mahsulotlarning nomlanishi, TIF TN kodi, ishlab chiqarish seriyasi)

_____________________________________________________________________________________________________

tranzit soni (partiyasi)‎‎

‎‎normativ hujjat asosida ________________________________________________________________________

‎‎(normativ hujjatning nomlanishi)

‎‎_____________________________________________________ talablariga mos keladi

‎‎(normativ hujjatning raqamlari va nomi)

‎‎va chiqindilarni yoki mahsulotlarni __ -son chizmada ko‘rsatilgan hujjatlar

(ekologik sertifikatlash chizmasining soni)

‎‎qo‘shimcha ma’lumotlar _____________________________________________________

‎‎(xatlov, ekologik normativ hujjatlar va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar

_____________________________________________________________________________________________________
‎‎Ariza beruvchi

‎‎______________________

‎‎__________________

‎‎‎‎‎(imzo)

(F.I.O.)

‎‎M.O‘.
‎‎20 yil “___” _______
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
(3-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA IQLIM O‘ZGARISHI VAZIRLIGI EKOLOGIK SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMI

 


‎‎‎MINISTERSTVO EKOLOGII, OXRANI OKRUJAYUSHEY SREDI I IZMENENIYA KLIMATA SISTEMA EKOLOGICHESKOY SERTIFIKATSII

blanka raqami № __________‎‎
‎‎nomer blanka № __________
_____________________________________________________________________________________________________

‎‎(ekologik sertifikatlashtirish organing nomi va pochta manzili — naimenovaniye i pochtoviy adres organa po ekologicheskoy sertifikatsii)

‎‎‎‎‎‎Reestirda qayd etilgan № ____________________
‎Zaregistrirovano v reyestre
‎_______ -son bilan 20__ yil “__” __da qayd qilindi
‎Registratsionniy № ________ ot “___” ______ 20__ g.
‎Amal qilish muddati “___” ________ 20___ gacha
‎Deystvitelen do “___” ______________ 20__ g.
‎‎Ushbu sertifikat ekologik sertifikatlashtirilgan ob’yekt:_______________________________
‎Nastoyashiy sertifikat udostoveryayet, chto doljnim obrazom identifitsirovanniy obyekt ekologicheskoy sertifikatsii:________________________________________________
‎‎ning lozim ravishdagi identifikatsiyasiga javob berishi va normativ-uslubiy jihatlari: _________
‎________________________________________________________________________

‎‎(normativ hujjatlar nomi — naimenovaniye normativnogo dokumenta)

‎‎i yego normativno-metodicheskaya baza sootvetstvuyet trebovaniyem sleduyushix normativnix i pravovix aktov
‎‎Sertifikat egasi haqida ma’lumot:________________________________________________

‎‎(nomi va pochta manzili — naimenovaniye i pochtoviy adres)

‎‎Svedeniya o derjatele sertifikata:____________________________________________
‎‎Telefon: _________________________ Faks:____________________________________
‎‎Telefon: ________________________ Faks: ___________________________________

‎‎‎Mahsulot yoki xizmatning ekologik sertifikatlashtirishda qo‘llanilgan talablar: ______________
‎________________________________________________________________________

‎‎(mahsulot va xizmatga doir tekshiruv, kuzatuv yoki normativ hujjatlar tahlili — ekspertiza normativnix dokumentov ili ispitaniya produksii)

‎‎_______________________________________________________________
‎‎Dannie o provedenii ekologicheskoy sertifikatsii po trebuyemim kriteriyam:

‎‎
‎Izoh: Ekologik sertifikat berilganlik shartlariga amal qilinmagan taqdirda ecologik sertifikatlashtirish organi tomonidan bekor qilinishi mumkin.

‎‎
‎Primechaniye: Organ po ekologicheskoy sertifikatsii, vidavshiy sertifikat, vprave annulirovat sertifikat, yesli poluchatel dannogo sertifikata ne vipolnyayet trebovaniya na sootvetstviye kotorim on vidan.

Sertifikatlashtirish organ rahbari Rukovoditel organ sertifkatsii ‎‎

‎‎_____________

‎‎__________________

Imzo/podpis

‎‎(F.I.O)/ (F.I.O)

‎‎Ekspert/ Ekspert

‎‎_____________

__________________‎‎

‎‎Imzo/podpis

‎‎‎‎(F.I.O)/ (F.I.O)

‎‎M.O‘/M.P‎
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va ularni uning hududidan olib chiqishni tartibga solish to‘g‘risida” 2000-yil 19-apreldagi 151-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 21-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga ilovaning 17-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 261-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 18-sentabrdagi 787-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QX, 2019-y., 19-sentabr, 3770-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-y., 09/21/75/0121-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son)