toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-408-son Qonuni hamda “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 21-sentabrdagi OʻRQ-409-son Qonuniga muvofiq hamda bioxilma-xillik obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibini takomillashtirish, kadastr maʼlumotlarini toʻplash, puxta ishlab chiqish va saqlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini hamda davlat kadastrini yuritish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-noyabr,
914-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qaroriga
1-ILOVA
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
biologik xilma-xillik — jami hayvonot dunyosi (hayvonlar, oʻsimliklar, mikroorganizmlar) turlarining xilma-xilligi boʻlib, tur doirasidagi, ekotizimlar turlari va rang-barangligi oʻrtasidagi xilma-xillikni oʻz ichiga oladi;
geomaʼlumotlar bazalari — joydagi obyektlarning joylashuvi toʻgʻrisida elektron grafik va/yoki matnli shaklda taqdim etilgan va koordinatalar tizimlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborot;
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobi — tabiiy erkin sharoitda yashaydigan va foydalanish mumkin boʻlgan yoki hududning ekologik muhitiga taʼsir koʻrsatadigan yoxud muayyan hudud doirasida joriy son hamda sifat xususiyatlari boʻyicha kamyob va yoʻqolib borayotgan turlar sirasiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar toʻgʻrisida axborot toʻplash va ushbu maʼlumotlarni hisobga olish hamda kadastr hujjatlarida aks ettirish;
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri — hayvonot dunyosi obyektlari va ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish maʼlumotlariga asoslangan, ularning geografik tarqalishi, turlari tarkibi, soni, boshqa son va sifat tavsiflari, yashash muhiti, ulardan xoʻjalikda foydalanish va iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan muntazam yangilanadigan axborot tizimi;
yovvoyi hayvonlar — quruqlik, suv, atmosfera va yerda yashaydigan xonakilashtirib boʻlmaydigan umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda ham, quruqlikda ham yashovchi, sudralib yuruvchi hayvonlar, qushlar;
hududlarni kadastr boʻyicha tekshirish — hayvonot dunyosi obyektlarining ularning son va sifat tavsiflari, geografik tarqalishi, ulardan foydalanish, yashash muhitining holati, ularni iqtisodiy baholash toʻgʻrisida birlamchi maʼlumotlarni toʻplash maqsadida ilmiy asosda hisobga olish;
hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobi — hayvonot dunyosi obyektlari, ularning turlari tarkibi va soni, yashash muhitining holati, geografik tarqalishi, son va sifat tavsifi, ularni iqtisodiy baholash haqida hamda boshqa yigʻma maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kitob;
hayvonot dunyosining davlat kadastri obyekti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy erkin sharoitda yashaydigan va davlat tomonidan hisobga olinadigan yovvoyi hayvon;
kadastr maʼlumotlarini birlamchi toʻplash — hayvonlar yashash muhitini birlamchi tekshirish, hayvonlarni va ularning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni hisobga olish orqali amalga oshiriladi hamda bu borada toʻplangan maʼlumotlardan hayvonot dunyosi va ular yashaydigan muhitda roʻy beradigan oʻzgarishlarni taqqoslash uchun foydalaniladi;
hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyekti — muayyan hudud doirasida yovvoyi hayvonlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda toʻplaydigan, shakllantiradigan va taqdim etadigan vakolatli davlat organi hamda yuridik shaxs;
kadastr maʼlumotlarini joriy toʻplash — dastlabki tekshirish oʻtkaziladigan hududdagi hayvonlarni roʻy bergan son va sifat oʻzgarishlarini aniqlash, maʼlumotlarni hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritish uchun har yili hisobga olish;
asosiy kadastr maʼlumotlarini shakllantirish — hududni kadastr boʻyicha tekshirish asosida toʻplangan hayvonot dunyosi obyektlari haqidagi hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni dastlabki roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni;
joriy kadastr maʼlumotlarini shakllantirish — hayvonot dunyosi obyektlari va ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish natijasida toʻplangan hayvonot dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va boshqa maʼlumotlar asosida kadastr maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritish jarayoni;
hayvonot dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash — yovvoyi hayvonning ushbu turidan foydalanish boʻyicha maksimal iqtisodiy samarani pul birliklarida aniqlash.
3. Hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish, ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish va davlat kadastri maʼlumotlari hayvonot dunyosi obyektlarini hamda ular yashaydigan muhitni saqlash, ulardan foydalanish, qayta koʻpaytirish va tiklash tadbirlarini rejalashtirish uchun asos hisoblanadi.
4. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri quyidagi maqsadlarda yuritiladi:
hayvonot dunyosi obyektlarining son va sifat holatini aniqlash;
hayvonot dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash;
hayvonot dunyosi obyektlaridan xoʻjalikda foydalanish hajmlarini aniqlash;
davlat organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlarining holati toʻgʻrisida ishonchli axborot taqdim etish;
hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta koʻpaytirish va tiklash hamda ularning biologik xilma-xilligini saqlashni tashkil etish;
hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta koʻpaytirish va tiklash talablariga rioya etilishini taʼminlash.
5. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri:
hayvonot dunyosi obyektlarining tarqalishi, populyatsiya holati, son va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
hayvonot dunyosi obyektlaridan xoʻjalikda foydalanish xususiyati va hajmlari haqidagi maʼlumotlarni;
hayvonot dunyosi obyektlarining tarqalish xaritasini;
hayvonot dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholashni;
hayvonot dunyosi obyektlarining yashash muhiti holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
kadastr maʼlumotlarini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor foydalanuvchilarga tegishli shakl hamda hajmlarda belgilangan tartibda tezkor berish boʻyicha tartibga soluvchi talablarni;
hayvonot dunyosi obyektlari haqidagi boshqa maʼlumotni oʻz ichiga oladi.
6. Quyidagilar hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va yovvoyi hayvonlar turlarining roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarning barcha turlarini (kichik turlarini) qamrab olish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
makon koordinatalarining yagona tizimini qoʻllash;
maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish usulining yagonaligi;
davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish;
Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr maʼlumotlarining ishonchliligi va ochiqligi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) bilan birgalikda yuritadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Fanlar akademiyasi hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini ilmiy jihatdan taʼminlaydi.
8. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritishda hududni kadastr boʻyicha tekshirish, hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish, ulardan foydalanish hajmlarini, ularning yashash muhiti holatini hisobga olish, shuningdek, hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish uchun zarur ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni amalga oshirish natijasida toʻplangan maʼlumotlardan foydalaniladi.
9. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrida foydalanish predmeti boʻlgan yoki hududning ekologik muhitiga taʼsir koʻrsatadigan yoxud kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan tur maqomiga ega boʻlgan barcha turdagi yovvoyi hayvonlar hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat tomonidan hisobga olinadigan, foydalanish hajmlari hisobga olinadigan va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan yovvoyi hayvonlar turlarining roʻyxatini Ekologiya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiiy bogʻlari, davlat biosfera rezervatlari, davlat buyurtma qoʻriqxonalar va tabiat pitomniklarida Ekologiya vazirligi tomonidan Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha yovvoyi hayvonlar turlari asosida hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobi va davlat kadastrining barcha turlari boʻyicha yuritiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
12. Hisobga va roʻyxatga olish hamda baholash axboroti hayvonot dunyosi toʻgʻrisidagi jami kadastr maʼlumotlarini tashkil qiladi va bu axborot qogʻoz hamda elektron (geomaʼlumotlar bazasi) variantlarda alifbo-raqamli (matnlar, jadvallar) va grafik (xaritalar, sxemalar) shaklida taqdim etiladi.
13. Davlat organlari kadastr maʼlumotlarini bepul asosda, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda toʻlov asosida oladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi.
14. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobi, ulardan foydalanish hajmlari hisobi va davlat kadastri har yilgi maqsadli moliyalashtirish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yuritiladi.
15. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobi, ulardan foydalanish hajmlari hisobi va davlat kadastrini yuritishni moliyalashtirish hajmlari hamda muddatlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ekologiya vazirligi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;
normativ-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastrining maʼlumotlaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi.
2-bob. Hududlarni kadastr boʻyicha tekshirish, hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish tartibi
17. Hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastrining birlamchi kadastr maʼlumotlari hududni kadastr boʻyicha tekshirish orqali toʻplanadi.
18. Hududni kadastr boʻyicha tekshirishda hayvonot dunyosi obyektlari, shuningdek, ular yashaydigan muhit haqidagi maʼlumotlar aniqlanadi.
Hududni kadastr boʻyicha tekshirishda hayvonot dunyosi obyektlari roʻyxatga olinadi, ularning turlari tarkibi, yoshi va jinsi, son va sifat tavsiflari, yashash muhiti, xoʻjalikda foydalanish haqida maʼlumotlar toʻplanadi, ular iqtisodiy baholanib, hududiy tarqalishining xarita-sxemasi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayd etilgan maʼlumotlar hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga kiritiladi hamda hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini shakllantirish va yangilash uchun Ekologiya vazirligiga taqdim etiladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
19. Hayvonot dunyosi obyektlari yashaydigan muhit hududi kadastr boʻyicha besh yilda bir marta tekshiriladi.
Tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar, yongʻinlar va boshqa hodisalar oqibatlari hayvonlarning ommaviy oʻlishiga yoki ularning yashash muhiti oʻzgarishiga sabab boʻlsa, ushbu voqealarning salbiy taʼsiriga duchor boʻlgan hududlar kadastr boʻyicha navbatdan tashqari tekshiriladi.
20. Hududlarni kadastr boʻyicha tekshirish, shu jumladan hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish ishlari:
Fanlar akademiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida — kamyob va yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvonlar turlari boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon xoʻjaligi agentligi) tarkibiy boʻlinmalari tomonidan — oʻrmon fondi yerlarida, shu jumladan oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlarni hisobga olish;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalar, tabiat bogʻlari va biologik buyurtma qoʻriqxonalar, davlat biosfera rezervatlari, tabiiy pitomniklar tomonidan — qayd etilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda;
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
ovchilik-baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan — ushbu xoʻjaliklar hududida;
baliq ovlash tashkilotlari tomonidan — taqdim etilgan suv obyektlarida yoki ularning qismlarida;
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi” MChJ tomonidan — ovlanadigan baliqlar turlari boʻyicha;
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Respublika oʻlat profilaktika markazi (keyingi oʻrinlarda — Respublika oʻlat profilaktika markazi) tomonidan — oʻta xavfli yuqumli oʻlat kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar boʻyicha;
(20-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Qishloq xoʻjaligi vazirligi) tomonidan — qishloq xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar (hasharotlar) boʻyicha;
(20-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ilmiy, taʼlim tashkilotlari va biolog mutaxassislar tomonidan Ekologiya vazirligi bilan shartnoma asosida — boshqa hududlarda amalga oshiriladi.
(20-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
21. Hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish hayvonot dunyosi obyektlarining holati va ularning yashash muhitidagi oʻzgarishlarni kuzatish maqsadida hayvonot dunyosi obyektlari turlarining xilma-xilligi, soni va tarqalishi haqida maʼlumotlar toʻplash uchun muntazam oʻtkaziladigan zarur tadbirlar kompleksidan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar kelgusi yilda davlat tomonidan hisobga olishni amalga oshiradigan hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar roʻyxatini, ularning nomi, idoraviy mansubligi, joylashgan joyi koʻrsatilgan holda har yili shakllantiradi va 1-noyabrdan kechiktirmasdan Ekologiya vazirligiga taqdim etadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Davlat organlari, hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchi yuridik shaxslar hayvonot dunyosi obyektlarini har yili davlat tomonidan hisobga olish uchun shartnoma asosida ilmiy, taʼlim tashkilotlarining biolog mutaxassislari hamda gumanitar (texnik) yordam tariqasida xorijiy mutaxassislarni ham jalb qilishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
24. Joylardagi hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish davomida hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyektlari joriy maʼlumotlarni toʻplashda hududda kadastr boʻyicha tekshirish oʻtkazilgandan soʻng roʻy beradigan keyingi barcha oʻzgarishlar qayd etilib, har yili kadastrga kiritiladi.
25. Hayvonot dunyosi obyektlari davlat tomonidan har yili hisobga olinadi.
26. Hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olishda (kadastr maʼlumotlarini birlamchi toʻplashda) hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyektlarining vakolatli shaxslari hayvonot dunyosi obyektlari, ularning yashash muhiti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, hududda kadastr boʻyicha tekshirish oʻtkazilgandan soʻng roʻy bergan barcha oʻzgarishlarni hisobga olish hamda boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga kiritadi.
27. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni hisobga olish tabiiy muhitdan hayvonlar yoki ularning qismlarini ajratib olish bilan bogʻliq foydalanishga nisbatan amalga oshiriladi.
28. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish hajmlari quyidagi maʼlumotlar asosida hisobga olinadi:
hayvonot dunyosi obyektlarini tutish uchun ruxsatnomalar — yashash muhitida tutib olingan hayvonlar yoki ularning qismlari boʻyicha;
havaskor baliqchilar tomonidan tutilgan baliqlar soni boʻyicha;
hayvonlarni noqonuniy tutish toʻgʻrisidagi materiallar boʻyicha.
29. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish hajmlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻrmon xoʻjaligi agentligining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan — oʻrmon fondi hududida foydalanish boʻyicha;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
ovchilik-baliq ovlash xoʻjaliklari tomonidan — ushbu xoʻjaliklar hududida;
baliq ovlash tashkilotlari tomonidan — taqdim etilgan suv obyektlarida yoki ularning qismlarida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasining boshqa barcha hududlarida hisobga olinadi.
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish hajmlarini hisobga olish maʼlumotlari Ekologiya vazirligiga taqdim etiladi.
(29-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Hududni kadastr boʻyicha tekshirish, hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish Ekologiya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydigan uslublar asosida amalga oshiriladi. Avval olingan maʼlumotlarni keyingi maʼlumotlar bilan taqqoslash uchun bitta uslub qoʻllanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Hududni kadastr boʻyicha tekshirish, hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olishni amalga oshiradigan vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlar hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish uchun zarur maʼlumotlarni Ekologiya vazirligiga bepul asosda taqdim etadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur maʼlumotlarni taqdim etish turlari, hajmlari va muddatlari Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vakolatli organlar hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini elektron shaklda yuritadi hamda elektron koʻrinishda masʼul shaxslarning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida taqdim etib boradi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyektlari Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga kadastr maʼlumotlarini geomaʼlumotlar bazasi shaklida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq taqdim etadi.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri maʼlumotlari davlat tilida lotin alifbosida shakllantiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
32. Hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobi va kadastr maʼlumotlarini taqdim etish shakllari ushbu Nizom 20-bandining ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan toʻldiriladi.
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobi ilmiy, taʼlim tashkilotlari va biolog mutaxassislar tomonidan shartnoma asosida yuritilgan hollarda, hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga maʼlumotlar ushbu mutaxassislar tomonidan kiritiladi.
Kadastr maʼlumotlarini taqdim etish shakllari hududida hisobga olish ishlari amalga oshiriladigan tashkilotning masʼul xodimlari tomonidan toʻldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hududni kadastr boʻyicha tekshirish, hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish natijasida olingan maʼlumotlar Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmasiga, shuningdek, respublikaning tegishli organlari va tashkilotlariga taqdim etiladi.
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻta xavfli yuqumli oʻlat kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlarning soni va turlari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Respublika oʻlat profilaktika markaziga uning ushbu hisobni yuritadigan hududiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etiladi.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Respublika oʻlat profilaktika markazi, Oʻzbekiston Ovchilar va baliq ovlash sporti birlashmasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi olingan maʼlumotlarni umumlashtiradi hamda aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida Ekologiya vazirligiga taqdim etadi.
(32-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
3-bob. Hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastrining tarkibi
33. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri yovvoyi hayvonlarning quyidagi turlar guruhida birlashtirilgan har bir turi (kichik turi) boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi hayvonlar turlari;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yashaydigan hayvonlar turlari;
hayvonlarning ovlanadigan va sanoat turlari (shu jumladan baliqlar);
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq va oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan (hasharotlar) hayvonlar;
(33-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻta xavfli yuqumli oʻlat kasalliklarini tarqatuvchi hayvonlar.
(33-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
34. Hududni kadastr boʻyicha tekshirish, hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan har yili hisobga olish, ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini tuzish uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi hayvonlar turlari boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon turining ilmiy nomi;
hayvon turining rus tilidagi nomi;
hayvon turining davlat tilidagi nomi;
tabiatni muhofaza qilish maqomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
hisobga olingan hayvonlar soni;
tur sonining oʻzgarishi;
cheklovchi omillar;
muhofaza etish choralari;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yashaydigan hayvonlar turlari boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon turining ilmiy nomi;
hayvon turining rus tilidagi nomi;
hayvon turining davlat tilidagi nomi;
tabiatni muhofaza qilish maqomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
hisobga olingan hayvonlar soni;
tur sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi hayvon turlari boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon turining ilmiy nomi;
hayvon turining rus tilidagi nomi;
hayvon turining davlat tilidagi nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
hisobga olingan hayvonlar soni;
tur sonining oʻzgarishi;
biotexnik tadbirlar;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Ovlanadigan baliqlar turlari boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon turining ilmiy nomi;
hayvon turining rus tilidagi nomi;
hayvon turining davlat tilidagi nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
suv havzasining nomi;
suv havzasining maydoni (ga);
ovlangan baliqlarning soni;
baliq sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar (hasharotlar) boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon (hasharot) turining ilmiy nomi;
hayvon (hasharot) turining rus tilidagi nomi;
hayvon (hasharot) turining davlat tilidagi nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
tarqalish joylari, zararlangan maydon (ga);
hisobga olingan turlar soni;
tur sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Oʻta xavfli yuqumli oʻlat kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon turining ilmiy nomi;
hayvon turining rus tilida nomi;
hayvon turining davlat tilida nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
hisobga olingan turlar soni;
tur sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
4-bob. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi
41. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish kadastr maʼlumotlarini toʻplashning oldingi (dastlabki yillarda toʻplash), asosiy (birlamchi) va joriy (har yilgi) turlarini oʻz ichiga oladi va bu turlar ushbu maʼlumotlarning uzluksiz yangilanishini taʼminlaydi.
Birlamchi maʼlumot asosida hayvonot dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi birlamchi kadastr maʼlumotlari hududiy darajada umumlashtiriladi va kiritiladi.
Kadastr maʼlumotlarini joriy (har yili) toʻplashda birlamchi maʼlumotlar kiritilgandan soʻng roʻy bergan keyingi barcha oʻzgarishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Ekologiya vazirligi tegishli vakolatli boʻlinmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish hamda ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotlari hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga tegishli hududlar boʻyicha kiritiladi hamda Ekologiya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritish uchun taqdim etiladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha maʼlumotlar:
hududiy darajada — Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari tomonidan;
respublika darajasida — Ekologiya vazirligining kadastr boʻlimi tomonidan shakllantiriladi.
Hududiy va respublika darajasidagi kadastr maʼlumotlarini taqdim etish shakllarini Ekologiya vazirligi belgilaydi.
Hayvonot dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi davlat kadastri maʼlumotlari ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq taqdim etiladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
431. Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan hayvonot dunyosi obyektlari boʻyicha kadastr maʼlumotlari hududiy darajada Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga keyingi yilning 15-fevraliga qadar roʻyxat asosida taqdim etiladi.
432. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini yuritadigan va kadastr maʼlumotlarini Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga taqdim etadigan tashkilotlarning vakolatli shaxslari kadastr maʼlumotlarining ishonchliligi hamda toʻliq va qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun masʼuldir.
(431 va 432-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari tushadigan maʼlumotlarni hududiy darajada tahlil qiladi, taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini baholaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yovvoyi hayvonlar boʻyicha geomaʼlumotlar bazasini shakllantiradi, hisobotlar tuzadi va ularni har yili 1-martgacha Ekologiya vazirligiga belgilangan shaklda taqdim etadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Ekologiya vazirligining kadastr xizmati respublika darajasida:
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya vazirligi vakolatli boʻlinmalarining hisobotlari asosida hayvonot dunyosi obyektlarining soni va sifati haqidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi;
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha geomaʼlumotlar bazasini yuritadi;
iqtisodiy baholaydi;
hayvonlar yashaydigan muhit holatini tahlil qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr maʼlumotlari aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida va belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.
(45-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Ekologiya vazirligi hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayiga qadar hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur maʼlumotlarni Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi. Kadastr maʼlumotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etish shakli Ekologiya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Hayvonot dunyosi obyektlarining taqdim etiladigan kadastr maʼlumotlarining ishonchliligi uchun hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yuritadigan vakolatli organlar hamda yuridik shaxslar, Ekologiya vazirligining hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritadigan vakolatli boʻlinmalari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
48. Yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastrining davlat axborot resurslarini shakllantirishda va ulardan foydalanishda:
maʼlumotlarni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish hamda foydalanishni tashkil qilish tartibi va talablariga rioya etishi;
davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlashi;
davlat axborot resurslarini shakllantirishda va ularning faoliyat yuritishini taʼminlashda litsenziyalangan dasturiy hamda sertifikatlangan texnika vositalaridan foydalanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-shakl. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi hayvonlar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Tabiatni muhofaza qilish maqomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

Hisobga olingan hayvonlar soni

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

8

jadvalning davomi

Tur sonining oʻzgarishi

Cheklovchi omillar

Muhofaza etish choralari

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

9

10

11

12

13

14

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtali shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
2-shakl. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yashaydigan hayvonlar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Tabiatni muhofaza qilish maqomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

jadvalning davomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

Hisobga olingan hayvonlar soni

Tur sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar (sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

7

8

9

10

11

12

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtali shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
3-shakl. Iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi hayvonlar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon

(ga)

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

jadvalning davomi

Hisobga olingan hayvonlar soni

Tur sonining oʻzgarishi

Biotexnik tadbirlar

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

7

8

9

10

11

12

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtali shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
4-shakl. Ovlanadigan baliqlar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Suv havzasining nomi

Suv havzasining maydoni (ga)

Ovlangan baliqlarning soni

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

8

jadvalning davomi

Baliq sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

9

10

11

12

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtali shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
5-shakl. Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar (hasharotlar) turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

jadvalning davomi

Tarqalish joylari, zararlangan maydon (ga)

Hisobga olingan turlar soni

Tur sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

6

7

8

9

10

11

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtasi va maydoni shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
6-shakl. Oʻta xavfli yuqumli oʻlat kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

Hisobga olingan turlar soni

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

jadvalning davomi

Tur sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

8

9

10

11

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtali shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hayvonot dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi davlat kadastri maʼlumotlarini taqdim etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Kelgusi yilda davlat tomonidan hisobga olishni amalga oshiradigan hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar roʻyxatini, ularning nomi, idoraviy mansubligi, joylashgan joyi koʻrsatilgan holda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) taqdim etadi.

har yili 1-noyabrgacha

2-bosqich

Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan

Hayvonot dunyosi obyektlari boʻyicha kadastr maʼlumotlari hududiy darajada Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga roʻyxat asosida aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi

keyingi yilning 15-fevraligacha

3-bosqich

Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari

Taqdim etilgan kadastr maʼlumotlarida obyektlarning geografik joylashuvining aniqligi, atributiv maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi tahlil qilib chiqiladi hamda kamchiliklar muallifga maʼlum qilinadi.

5 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan

Muvofiqlashtiruvchi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilib maʼlumotlar qayta taqdim etiladi.

10 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari

Tushadigan maʼlumotlarni hududiy darajada tahlil qiladi, taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini baholaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yovvoyi hayvonlar boʻyicha geomaʼlumotlar bazasini shakllantiradi, hisobotlar tuzadi va ularni Ekologiya vazirligiga belgilangan shaklda taqdim etadi.

har yili 1-martgacha

6-bosqich

Ekologiya vazirligi

Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur maʼlumotlarni aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.

keyingi yilning 1-mayigacha

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
biologik xilma-xillik — jami oʻsimlik dunyosi (hayvonlar, oʻsimliklar, mikroorganizmlar) turlarining xilma-xilligi boʻlib, tur doirasidagi, ekotizimlar turlari va rang-barangligi oʻrtasidagi xilma-xillikni oʻz ichiga oladi;
geomaʼlumotlar bazalari — joydagi obyektlar joylashuvi toʻgʻrisida elektron grafik va/yoki matnli shaklda taqdim etilgan va koordinatalar tizimlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobi — ekologik muhitiga taʼsir koʻrsatadigan yoki foydalanish predmeti boʻlgan yoxud kamyob va yoʻqolib borayotgan turlar maqomiga ega yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari, ularning son hamda sifat holati, shuningdek, tabiiy yaylovlar va pichanzorlarning oʻsimliklari hamjamiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan uslublar boʻyicha toʻplash hamda ushbu maʼlumotlarni hisobga olish va kadastr hujjatlarida aks ettirish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri — oʻsimlik dunyosi obyektlari va ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish maʼlumotlariga asoslangan, ularning geografik tarqalishi, turlari tarkibi, soni, boshqa sifat va son tavsiflari, oʻsish muhiti, ulardan xoʻjalikda foydalanish va iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan muntazam yangilanadigan maʼlumotlar tizimi;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar — madaniylashtirib boʻlmaydigan daraxtlar, butalar va oʻtsimon oʻsimliklar, qirqquloqsimonlar, yoʻsinsimonlar, suvoʻtlar, lishayniklar va zamburugʻlar;
hududlarni kadastr boʻyicha tekshirish — oʻsimlik dunyosi obyektlarini ularning son va sifat tavsiflari, geografik tarqalishi, ulardan foydalanish, yashash muhitining holati, ularni iqtisodiy baholash toʻgʻrisida birlamchi maʼlumotlarni toʻplash maqsadida ilmiy asosda hisobga olish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobi — oʻsimlik dunyosi obyektlari, ularning turlari tarkibi va soni, oʻsish muhitining holati, geografik tarqalishi, son va sifat tavsiflari, oʻsish muhitining holati, ularni iqtisodiy baholash haqida hamda boshqa yigʻma maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kitob;
oʻsimlik dunyosining davlat kadastri obyekti — Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsadigan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari, shuningdek, davlat tomonidan hisobga olinadigan tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari;
kadastr maʼlumotlarini birlamchi toʻplash — oʻsimliklar oʻsadigan muhitni birlamchi tekshirish, oʻsimliklarni va ularning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni hisobga olish orqali amalga oshiriladi hamda bu borada toʻplangan maʼlumotlardan oʻsimlik dunyosi va ular oʻsadigan muhitda roʻy beradigan oʻzgarishlarni taqqoslash uchun foydalaniladi;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyekti — muayyan hudud doirasida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda toʻplaydigan, shakllantiradigan va taqdim etadigan vakolatli davlat organi hamda yuridik shaxs;
kadastr maʼlumotlarini joriy toʻplash — dastlabki tekshirish oʻtkaziladigan hududdagi oʻsimliklarni roʻy bergan son va sifat oʻzgarishlarini aniqlash, maʼlumotlarni oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritish uchun har yili hisobga olish;
asosiy kadastr maʼlumotlarini shakllantirish — hududni kadastr boʻyicha tekshirish asosida toʻplangan oʻsimlik dunyosi obyektlari haqida hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni dastlabki roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni;
joriy kadastr maʼlumotlarini shakllantirish — oʻsimlik dunyosi obyektlarini va ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish natijasida toʻplangan oʻsimlik dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va boshqa maʼlumotlar asosida kadastr maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritish jarayoni;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash — yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlikning ushbu turidan foydalanish boʻyicha maksimal iqtisodiy samarani pul birliklarida aniqlash.
3. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish, ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish va davlat kadastri maʼlumotlari oʻsimlik dunyosi obyektlarini hamda ular oʻsadigan muhitni saqlash, ulardan foydalanish, qayta koʻpaytirish va tiklash tadbirlarini rejalashtirish uchun asos hisoblanadi.
4. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri quyidagi maqsadlarda yuritiladi:
oʻsimlik dunyosi obyektlarining son va sifat holatini aniqlash;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan xoʻjalikda foydalanish hajmlarini aniqlash;
davlat organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga oʻsimlik dunyosi obyektlarining holati va ular oʻsadigan muhit toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar taqdim etish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta koʻpaytirish va tiklash hamda ularning biologik xilma-xilligini saqlash;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish, himoya qilish, qayta koʻpaytirish va tiklash talablariga rioya etilishini taʼminlash.
5. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri:
oʻsimlik dunyosi obyektlarining tarqalishi, populyatsiya holati, son va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan xoʻjalikda foydalanish xususiyati va hajmlari haqidagi maʼlumotlarni;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining tarqalish xaritasini;
oʻsimlik dunyosi obyektlari oʻsadigan umumiy muhit, oʻsimlik dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash tavsifini;
kadastr maʼlumotlarini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor foydalanuvchilarga tegishli shakl hamda hajmlarda belgilangan tartibda tezkor berish boʻyicha tartibga soluvchi talablarni;
oʻsimlik dunyosi obyektlari haqidagi boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
6. Quyidagilar oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsadigan va yovvoyi oʻsimliklar turlarining roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarning barcha turlarini qamrab olish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
makon koordinatalarining yagona tizimini qoʻllash;
maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish usulining yagonaligi;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr maʼlumotlarining ishonchliligi va ochiqligi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish;
davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini taʼminlash.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) bilan birgalikda yuritadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Fanlar akademiyasi oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini ilmiy jihatdan taʼminlaydi.
8. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritishda:
koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqlarni (tabiiy sharoitlarda oʻsadigan daraxt va buta oʻsimliklari boʻyicha) roʻyxatga olish;
hududni kadastr boʻyicha tekshirish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini, shu jumladan oʻrmon fondini davlat tomonidan hisobga olish;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish hajmlarini hisobga olish;
oʻsish muhitining holati;
geobotanika, geodeziya, yer tuzish, oʻrmon tashkil qilish, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlar boʻyicha maʼlumotlardan foydalaniladi.
9. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrida foydalanish predmeti boʻlgan yoki hududning ekologik muhitiga taʼsir koʻrsatadigan yoxud kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan tur maqomiga ega yovvoyi holda oʻsuvchi barcha turdagi oʻsimliklar, shuningdek, tabiiy yaylovlar va pichanzorlarning oʻsimliklari hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat tomonidan hisobga olinadigan, foydalanish hajmlari hisobga olinadigan va Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining roʻyxatini Ekologiya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat qoʻriqxonalarida, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarida, tabiiy bogʻlarida, davlat biosfera rezervatlarida, davlat buyurtma qoʻriqxonalar va tabiat pitomniklarida Ekologiya vazirligi tomonidan Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha yovvoyi oʻsimliklar turlari asosida oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobi va davlat kadastrining barcha turlari boʻyicha yuritiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
12. Hisobga va roʻyxatga olish hamda baholash maʼlumotlari oʻsimlik dunyosi toʻgʻrisidagi jami kadastr maʼlumotlarini tashkil qiladi va bu maʼlumotlar qogʻoz hamda elektron (geomaʼlumotlar bazasi) variantlarda alifbo-raqamli (matnlar, jadvallar) va grafik (xaritalar, sxemalar) shaklida taqdim etiladi.
13. Davlat organlari kadastr axborotini bepul asosda, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlardagi toʻlov asosida oladi.
14. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobi, ulardan foydalanish hisobi va davlat kadastri har yilgi maqsadli moliyalashtirish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yuritiladi.
15. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobi, ulardan foydalanish hisobi va davlat kadastrini yuritishni moliyalashtirish hajmlari hamda muddatlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ekologiya vazirligi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;
normativ-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri maʼlumotlaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi.
2-bob. Hududlarni kadastr boʻyicha tekshirish, oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish tartibi
17. Oʻsimlik dunyosi obyektlari davlat kadastrining birlamchi kadastr maʼlumotlari hududni kadastr boʻyicha tekshirish orqali toʻplanadi.
18. Hududni kadastr boʻyicha tekshirishda oʻsimlik dunyosi obyektlari, shuningdek, ular oʻsadigan muhit haqidagi maʼlumotlar aniqlanadi.
Hududni kadastr boʻyicha tekshirishda oʻsimlik dunyosi obyektlari roʻyxatga olinadi, ularning turlari tarkibi, son va sifat tavsiflari, oʻsish muhiti, xoʻjalikda foydalanish haqida maʼlumotlar toʻplanadi, ular iqtisodiy baholanib, hududlarga tarqalishining xarita-sxemasi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayd etilgan maʼlumotlar oʻsimlik dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni kitobiga kiritiladi hamda oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini shakllantirish va yangilash uchun Ekologiya vazirligiga taqdim etiladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
19. Oʻsimlik dunyosi obyektlari oʻsadigan muhit hududi kadastr boʻyicha besh yilda bir marta tekshiriladi.
Tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar, yongʻinlar va boshqa hodisalar oqibatlari oʻsimliklarning ommaviy nobud boʻlishiga olib kelsa, ularning salbiy taʼsiriga duchor boʻlgan hududlar kadastr boʻyicha navbatdan tashqari tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Hududlarni kadastr boʻyicha tekshirish, shu jumladan, oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish ishlari:
Fanlar akademiyasi tomonidan — respublikaning barcha hududlaridagi kamyob va yoʻqolib borayotgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari, shuningdek, ularning iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari boʻyicha;
davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalar, tabiat bogʻlari, davlat biosfera rezervatlari, biologik buyurtma qoʻriqxonalar va tabiiy pitomniklar tomonidan — qayd etilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon xoʻjaligi agentligi) tomonidan — oʻrmon fondi yerlarida;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Qishloq xoʻjaligi vazirligi) tomonidan — tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari boʻyicha;
qishloq xoʻjaligi tashkilotlari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan — qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarda;
oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan — oʻrmon fondi yerlarida;
ilmiy, taʼlim tashkilotlari va biolog mutaxassislar tomonidan Ekologiya vazirligi bilan shartnoma asosida — boshqa hududlarda amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
21. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish oʻsimlik dunyosi obyektlarining holati va ularning oʻsish muhitidagi oʻzgarishlarni kuzatish maqsadida oʻsimlik dunyosi obyektlari turlarining xilma-xilligi, soni va tarqalishi haqida maʼlumotlar toʻplash uchun muntazam oʻtkaziladigan zarur tadbirlar kompleksidan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar kelgusi yilda davlat tomonidan hisobga olishni amalga oshiradigan oʻsimlik dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar roʻyxatini, ularning nomi, idoraviy mansubligi, joylashgan joyi koʻrsatilgan holda har yili shakllantiradi va 1-noyabrdan kechiktirmasdan Ekologiya vazirligiga taqdim etadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Davlat organlari, oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchi yuridik shaxslar oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish uchun shartnoma asosida ilmiy, taʼlim tashkilotlarining biolog mutaxassislari hamda gumanitar (texnik) yordam tariqasida xorijiy mutaxassislarni ham jalb qilishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
24. Joylardagi oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish davomida oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyektlari joriy maʼlumotlarni toʻplashda hududda kadastr boʻyicha tekshirish oʻtkazilgandan soʻng roʻy bergan keyingi barcha oʻzgarishlarni qayd etib, har yili kadastrga kiritadi.
25. Oʻsimlik dunyosi obyektlari davlat tomonidan har yili hisobga olinadi.
26. oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyektlarining vakolatli shaxslari oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olishda (kadastr maʼlumotlarini birlamchi toʻplashda) oʻsimlik dunyosi obyektlari, ularning oʻsish muhiti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, hududda kadastr boʻyicha tekshirish oʻtkazilgandan soʻng roʻy bergan barcha oʻzgarishlar hisobga olish hamda boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga kiritiladi.
27. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni hisobga olish oʻsimliklar yoki ularning qismlarini oʻsish muhitidan ajratib olish bilan bogʻliq foydalanishga nisbatan amalga oshiriladi.
28. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish hajmlari:
oʻsimlik dunyosi obyektlarini yoki ularning qismlarini oʻsish muhitidan ajratib olgan holda, maxsus foydalanish uchun berilgan ruxsatnomalar soni boʻyicha;
oʻsish muhitidan noqonuniy ajratib olingan oʻsimlik dunyosi obyektlari yoki ularning qismlari boʻyicha maʼlumotlar asosida hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish hajmlari:
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tomonidan — oʻrmon fondi yerlarida;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan — respublikaning barcha hududlaridagi tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari boʻyicha;
Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari tomonidan — respublikaning boshqa barcha hududlarida hisobga olinadi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish hajmlarini hisobga olish maʼlumotlari Ekologiya vazirligiga taqdim etiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Hududni kadastr boʻyicha tekshirish, oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish Ekologiya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlagan uslublar asosida amalga oshiriladi. Avval olingan maʼlumotlarni keyingi maʼlumotlar bilan taqqoslash uchun bitta uslub qoʻllanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Hududni kadastr boʻyicha tekshirish, oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olishni amalga oshiradigan vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlar oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish uchun zarur maʼlumotlarni Ekologiya vazirligiga bepul asosda taqdim etadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur maʼlumotlarni taqdim etish turlari, hajmlari va muddatlari Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vakolatli organlar oʻsimlik dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini elektron shaklda yuritadi hamda elektron koʻrinishda masʼul shaxslarning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida taqdim etib boriladi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyektlari Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga kadastr maʼlumotlarini geomaʼlumotlar bazasi shaklida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq taqdim etadi.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri maʼlumotlari davlat tilida lotin alifbosida shakllantiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
32. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobi va kadastr maʼlumotlarini taqdim etish shakllari ushbu Nizom 20-bandining ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan toʻldiriladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobi ilmiy, taʼlim tashkilotlari va biolog mutaxassislar tomonidan shartnoma asosida yuritilgan hollarda, oʻsimlik dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga maʼlumotlar ushbu mutaxassislar tomonidan kiritiladi.
Kadastr maʼlumotlarini taqdim etish shakllari hududida hisobga olish ishlari amalga oshiriladigan tashkilotning masʼul xodimlari tomonidan toʻldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hududni kadastr boʻyicha tekshirish, oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish natijasida olingan maʼlumotlar Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmasiga, shuningdek, Fanlar akademiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladi.
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fanlar akademiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi taqdim etilgan kadastr maʼlumotlarini umumlashtiradi hamda aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida Ekologiya vazirligiga taqdim etadi.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
3-bob. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrining tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
33. Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning foydalanish xususiyatlari boʻyicha kadastr obyektlarining quyidagi guruhlarida birlashtirilgan har bir turi boʻyicha son, sifat va baholash maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi:
kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar;
iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar;
tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda oʻsadigan oʻsimliklar;
oʻsimliklarning boshqa turlari.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
34. Hududni kadastr boʻyicha tekshirish, oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan har yili hisobga olish, ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini tuzish uchun asosiy maʼlumotlar manbai hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
oʻsimlik turining ilmiy nomi;
oʻsimlik turining rus tilidagi nomi;
oʻsimlik turining davlat tilidagi nomi;
tabiatni muhofaza qilish maqomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga);
tur populyatsiya soni;
tur populyatsiya zichligi;
tur sonining oʻzgarishi;
cheklovchi omillar;
muhofaza etish choralari;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
oʻsimlik turining ilmiy nomi;
oʻsimlik turining rus tilidagi nomi;
oʻsimlik turining davlat tilida nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga);
oʻsimlik hosildorligi (s/ga);
oʻsimlikdan foydalanish zaxirasi (xom ashyo);
tur sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
yaylov (pichanzor) turining ilmiy nomi;
yaylov (pichanzor) turining rus tilidagi nomi;
yaylov (pichanzor) turining davlat tilidagi nomi;
yaylovlar xilma-xilligi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
xoʻjalik subyektining nomi;
yaylov va pichanzorlar maydoni (ga);
ozuqa massasining hosildorligi (s/ga);
ozuqalarning zaxirasi;
tayyorlangan dagʻal ozuqalar miqdori (pichanzorlar uchun);
qoramollarni oʻtlatish normasi (1 ga/son);
amalda oʻtlatilgan (1 ga/son);
mayda chorva mollarini oʻtlatish normasi (1 ga/son);
amalda oʻtlatilgan (1 ga/son).
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda oʻsadigan oʻsimliklar turlari boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
oʻsimlik turining ilmiy nomi;
oʻsimlik turining rus tilidagi nomi;
oʻsimlik turining davlat tilidagi nomi;
tabiatni muhofaza qilish maqomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga);
tur populyatsiya soni;
tur populyatsiya zichligi;
tur sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
4-bob. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi
40. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish kadastr maʼlumotlarini toʻplashning oldingi (dastlabki yillarda toʻplash), asosiy (birlamchi) va joriy (har yilgi) turlarini oʻz ichiga oladi va bu turlar ushbu maʼlumotlarni uzluksiz yangilanishini taʼminlaydi.
Birlamchi maʼlumotlar asosida oʻsimlik dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi birlamchi kadastr maʼlumotlari hududiy darajada umumlashtiriladi va kiritiladi.
Kadastr maʼlumotlarini joriy (har yili) toʻplashda birlamchi maʼlumotlar kiritilgandan soʻng roʻy bergan keyingi barcha oʻzgarishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Ekologiya vazirligining tegishli vakolatli boʻlinmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish hamda ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotlari oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga tegishli hududlar boʻyicha kiritiladi va Ekologiya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritish uchun taqdim etiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha kadastr maʼlumotlari (kadastr maʼlumotlari):
hududiy darajada — Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari tomonidan;
respublika darajasida — Ekologiya vazirligining kadastr boʻlimi tomonidan shakllantiriladi.
Hududiy va respublika darajasidagi kadastr maʼlumotlarini taqdim etish shakllarini Ekologiya vazirligi belgilaydi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr maʼlumotlari ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq taqdim etiladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
421. Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan oʻsimlik dunyosi obyektlari boʻyicha kadastr maʼlumotlari hududiy darajada Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga keyingi yilning 15-fevraligacha roʻyxat asosida taqdim etiladi.
(421-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
422. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini yuritadigan va kadastr maʼlumotlarini Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga taqdim etadigan tashkilotlarning vakolatli shaxslari, rahbarlari kadastr maʼlumotlarining ishonchliligi hamda toʻliq va qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun masʼuldir.
(422-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari tushadigan maʼlumotlarni hududiy darajada tahlil qiladi, taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini baholaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar boʻyicha geomaʼlumotlar bazasini shakllantiradi, hisobotlar tuzadi va ularni har yili 1-martgacha Ekologiya vazirligiga belgilangan shaklda taqdim etadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Ekologiya vazirligining kadastr xizmati respublika darajasida:
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya vazirligi vakolatli boʻlinmalarining hisobotlarini umumlashtiradi;
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha geomaʼlumotlar bazasini yuritadi;
iqtisodiy baholashni belgilaydi;
oʻsimliklar oʻsadigan muhit holatini tahlil qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr maʼlumotlari aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida va belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.
(44-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Ekologiya vazirligi hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreliga qadar oʻsimliklar dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur maʼlumotlarni Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi. Kadastr maʼlumotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etish shakli Ekologiya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining taqdim etiladigan kadastr maʼlumotlari ishonchliligi uchun oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini yuritadigan vakolatli organlar hamda yuridik shaxslar, Ekologiya vazirligining oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritadigan vakolatli boʻlinmalari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
47. Yuridik va jismoniy shaxslar oʻsimlik dunyosi obyektlari davlat kadastrining davlat maʼlumotlar resurslarini shakllantirishda va ulardan foydalanishda:
maʼlumotlarni hujjatlashtirish, davlat maʼlumotlar resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish hamda foydalanishni tashkil qilish tartibi va talablariga rioya etishi;
davlat maʼlumotlar resurslarining maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlashi;
davlat maʼlumotlar resurslarini shakllantirishda va ularning faoliyat yuritishini taʼminlashda litsenziyalangan dasturiy hamda sertifikatlangan texnika vositalaridan foydalanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-shakl. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Oʻsimlik turining nomi

Tabiatni muhofaza qilish maqomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

Tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga)

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

8

jadvalning davomi

Tur populyatsiya soni

Tur populyatsiya zichligi

Tur sonining oʻzgarishi

Muhofaza etish choralari

Cheklovchi omillar

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

9

10

11

12

13

14

15

16

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtasi va maydoni shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
2-shakl. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda oʻsadigan oʻsimliklar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Oʻsimlik turining nomi

Tabiatni muhofaza qilish maqomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

jadvalning davomi

Tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga)

Tur populyatsiya soni

Tur populyatsiya zichligi

Tur sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar (sh.k.)

Geografik koordinatalar (sh.u.)

8

9

10

11

12

13

14

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtasi va maydoni shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
3-shakl. Iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Oʻsimlik turining nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

Tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga)

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

jadvalning davomi

Oʻsimlik hosildorligi (s/ga)

Oʻsimlikdan foydalanish zaxirasi (xom ashyo)

Tur sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar (sh.k.)

Geografik koordinatalar (sh.u.)

8

9

10

11

12

13

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtasi va maydoni shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
4-shakl. Tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Yaylov (pichanzor) turining ilmiy nomi

Yaylov (pichanzor) turining rus tilida nomi

Yaylov (pichanzor) turining davlat tilida nomi

Yaylovlar xilma-xilligi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Xoʻjalik subyekti nomi

Yaylov va pichanzorlar maydoni (ga)

1

2

3

4

5

6

7

8

jadvalning davomi

Ozuqa massasining hosildorligi (s/ga)

Ozuqalarning zaxirasi

Tayyorlangan dagʻal ozuqalar miqdori (pichanzorlar uchun)

Qoramollarni oʻtlatish normasi (1 ga/son)

Amalda oʻtlatilgan (1 ga/son)

Mayda chorva mollarini oʻtlatish normasi (1 ga/son)

Amalda oʻtlatilgan (1 ga/son)

9

10

11

12

13

14

15

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlami maydoni shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻsimlik dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi davlat kadastri maʼlumotlarini taqdim etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Kelgusi yilda davlat tomonidan hisobga olishni amalga oshiradigan oʻsimlik dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar roʻyxatini, ularning nomi, idoraviy mansubligi, joylashgan joyi koʻrsatilgan holda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) taqdim etadi.

har yili 1-noyabrgacha

2-bosqich

Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan

Oʻsimlik dunyosi obyektlari boʻyicha kadastr maʼlumotlari hududiy darajada Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga roʻyxat asosida aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi.

keyingi yilning 15-fevraligacha

3-bosqich

Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari

Taqdim etilgan kadastr maʼlumotlarida obyektlarning geografik joylashuvining aniqligi, atributiv maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi tahlil qilib chiqiladi hamda kamchiliklar muallifga maʼlum qilinadi.

5 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan

Muvofiqlashtiruvchi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilib maʼlumotlar qayta taqdim etiladi.

10 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari

Tushadigan maʼlumotlarni hududiy darajada tahlil qiladi, taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini baholaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yovvoyi oʻsimliklar boʻyicha geomaʼlumotlar bazasini shakllantiradi, hisobotlar tuzadi va ularni Ekologiya vazirligiga belgilangan shaklda taqdim etadi.

har yili 1-martgacha

6-bosqich

Ekologiya vazirligi

Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur maʼlumotlarni aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.

keyingi yilning 1-mayigacha

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimlik dunyosi obyektlarning davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni va Oʻzbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 5-sentabrdagi 343-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 57-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 10-oktabrdagi 483-qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 97-modda) 7-ilova II-boʻlimining 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-apreldagi 95-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 14-son, 103-modda) ilovaning 8-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 100-modda) 8-ilovaning 4-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 09/18/914/2164-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son; 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)