Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024 03.04.2018 yildagi PF-5395-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli “Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tubdan takomillashtirish hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining muvofiqlashtirilgan va kelishilgan faoliyatini ta’minlash mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi bosqichida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, davlat organlari ayrim rahbarlari tomonidan boshqaruvga oid qarorlar qabul qilishda mas’uliyatni zimmasiga olmaslik yoki vakolat doirasidan tashqariga chiquvchi, ko‘pincha amaldagi qonun hujjatlari normalariga zid qarorlar qabul qilish holatlarining saqlanib qolishi ko‘zlangan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuzaga kelgan holat ishonib topshirilgan sohada aniq natijalarga erishish uchun vazifalar, vakolatlar va javobgarlikni aniq belgilash, boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilishda davlat organlarining to‘liq mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, yuqori turuvchi tuzilmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga asossiz aralashuviga chek qo‘yish zaruratini taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy tartibga solishning tizimliligi va barqarorligini, davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy hamda sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qonun hujjatlari normalarining bir xil qo‘llanilishini ta’minlash, ekspert-huquqiy ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun barcha darajadagi rahbarlarning harakatlarini birlashtirish va shaxsiy mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda maslahatchining bo‘linmalari deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining harakatlarini birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy masalalar bo‘yicha faoliyatini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun ijodkorligi sohasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga, qonunlarning so‘zsiz ijro etilishiga to‘sqinlik qiluvchi, shuningdek, rasmiyatchilik, sansalorlik hamda korrupsiya ko‘rinishlari uchun shart-sharoit yaratuvchi tizimli muammolar va kamchiliklarni, huquqiy bo‘shliqlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi tizimini, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani kompleks tahlil qilish hamda uni tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar faoliyatida huquqiy tartibga solishning tizimliligi va barqarorligini, bir xil va to‘g‘ri huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qarorlarining ijrosi ustidan tizimli monitoring hamda nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklarning ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligini kuchaytirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida vakolatlar va javobgarlik sohalarini aniq belgilab berish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, hududlarda islohotlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi javobgarligi va mustaqilligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlash, uning fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdagi rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish borasidagi faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, ular faoliyatini tizimli tahlil va monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarida kadrlarga oid davlat siyosati olib borilishini ta’minlash, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibot, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati to‘g‘risida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi, siyosiy boshpana berish, shuningdek, amnistiya aktini qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish masalalari bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maslahatchining bo‘linmalariga quyidagi huquqlar berilsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan statistik, tahliliy va boshqa ma’lumotlarni, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qarorlari ijrosiga oid ma’lumotlarni so‘rab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish, tizimli kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yangi normativ-huquqiy hujjatlarni yoki boshqa hujjatlarni qabul qilish hamda amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rilishi majburiy bo‘lgan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonun hujjatlariga, amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga nomuvofiq bo‘lgan, jumladan individual imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish hamda optimallashtirish, rasmiyatchilik, sansalorlik, sarf-xarajatlar va korrupsiya ko‘rinishlarining ko‘payishiga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining ijro etilmaganligi holatlari bo‘yicha materiallarni aybdor shaxslarning javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun davlat organlariga, jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umummajburiy ko‘rsatmalar, jumladan individual imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat va idoraviy bayonnoma qarorlari, yozma topshiriqlarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat bayonnoma qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi va ular imzolanganidan keyin hisobga olinishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Davlat organlarining ekspert-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3628-son qaroriga muvofiq davlat organlarida tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi ekspert-tahlil guruhlarining ishini tashkil etish va muvofiqlashtirish Maslahatchining bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bo‘shatilayotgan 35 nafar shtat birligi, Institut tomonidan amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan loyihalar, shuningdek, Institut balansida bo‘lgan mol-mulk va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar Xizmatga o‘tkazilgan holda tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki, Maslahatchining bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi idoralar:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohalardagi ahvolni birgalikda o‘rganish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilish va ularni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasini hamkorlikda o‘rganishni, tegishli sohalarda xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga ilg‘or xorijiy tajribani kiritish hamda tashkilotlarning tavsiyalarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi mutaxassis (konsultant)larni, jumladan xorijiy mutaxassis (konsultant)larni hamkorlikdagi ishlarga jalb etish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi ahvolni tanqidiy o‘rganishni, qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolar va kamchiliklarni aniqlashni tashkil etish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayniqsa, joylarda so‘zsiz ijro etilishini va ushbu hujjatlar amalga oshirilishining sifati, muddati hamda samaradorligi ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yaqindan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xizmat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Xizmatning tuzilmasi, uning Nizomi va shtat jadvali tasdiqlanishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, shuningdek, Xizmatning mas’ul xodimlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hukumatning sifat jihatidan yangi, zamonaviy va samarali faoliyat yurituvchi tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasining, jumladan uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligi va mustaqilligini kuchaytirish, shuningdek, qarorlar qabul qilishda vakolatlar hamda mutasaddi bo‘lgan sohalarni aniq belgilab berishni nazarda tutgan holda, kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida katta mablag‘ va resurslarni jalb qiladigan, asossiz hamda samarasi past yig‘ilishlar va majlislar o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5395-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi PF-4974-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining harakatlarini birlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy masalalar bo‘yicha faoliyatini ta’minlaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun ijodkorligi sohasidagi konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga, qonunlarning so‘zsiz ijro etilishiga to‘sqinlik qiluvchi, shuningdek, rasmiyatchilik, sansalorlik hamda korrupsiya ko‘rinishlari uchun shart-sharoit yaratuvchi tizimli muammolar va kamchiliklarni, huquqiy bo‘shliqlarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi tizimini, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani kompleks tahlil qiladi hamda uni tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar faoliyatida huquqiy tartibga solishning tizimliligi va barqarorligini, bir xil va to‘g‘ri huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qarorlarining ijrosi ustidan tizimli monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklarning ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligini kuchaytirish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida vakolatlar va javobgarlik sohalarini aniq belgilab berish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tahlil qiladi, ularning joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, hududlarda islohotlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi javobgarligi va mustaqilligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlash, uning fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdagi rolini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish borasidagi faoliyatini takomillashtiradi va muvofiqlashtiradi, ular faoliyatini tizimli tahlil va monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlarida kadrlarga oid davlat siyosati olib borilishini ta’minlaydi, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibot, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish holati to‘g‘risida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi, siyosiy boshpana berish, shuningdek, amnistiya aktini qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish masalalari bo‘yicha konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yordamchi xodimlar Devonning Ishlar boshqaruvchisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Axborot-resurs markazi xodimlari hamda Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining yordamchi xodimlari mazkur Xizmat rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 2-ilovaning “Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati” bloki “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” bloki bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-band chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mas’ul Xizmat” grafasining 6 — 8 va 14-bandlaridagi “Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 13-bandning uchinchi xatboshisidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Devonga kelib tushgan qonun Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati qonun bilan tartibga solinadigan masalalarning mazmunidan kelib chiqqan holda, uni ekspert jihatdan o‘rganib chiqish yoki Xizmat huzuridagi Maslahat kengashi muhokamasiga kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati qonunning huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi. Huquqiy ekspertiza natijasida qonunni imzolash mumkinligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining e’tirozlari bilan qaytarish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati Qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 22-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilinishi, shuningdek ularning tizimlashtirilgan hisobi yuritilishini tashkil etish uchun”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 23-bandning birinchi xatboshisidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 49-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, parlamentarizm, saylov va siyosiy tizim, davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini isloh qilish, sudlar, adliya, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, shuningdek fuqarolik, siyosiy boshpana berish, amnistiya va afv etish masalalari bo‘yicha”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 52 va 53-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 55-band chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 56-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“56. Loyiha huquqiy ekspertizadan o‘tqazilgandan keyin Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati rahbari tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati vakolatiga kiritilgan masalalarga oid hujjatlari bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 58-banddagi “ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi” so‘zlari “ularni ko‘rib chiqish uchun Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati vakolatiga kiritilgan masalalarga oid hujjatlari bundan mustasno” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) 64-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilishni tashkil etish (zarurat bo‘lganda), shuningdek ularning tizimli hisobini yuritish uchun”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati loyiha imzolangandan keyingi kundan kechiktirmay uni quyidagilarga yuborilishini ta’minlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) 66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“66. Devonning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining elektron shakllarini, shuningdek ularga axborot-tahlil materiallarni hujjatni ijrochilar va aholiga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining elektron shakllarini rasmiy e’lon qilish uchun (zarurat bo‘lgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatiga - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining elektron shakllarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-resurslarida e’lon qilish uchun (zarurat bo‘lgan taqdirda) yuboradi";
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) 69-bandning birinchi xatboshisidagi “Devonning farmonni imzolashga kiritgan tarkibiy tuzilmasi tomonidan Devonning Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati bilan birgalikda” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) 118 va 123-bandlardagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolanish va e’lon qilish tartibi sxemasi (1-ilova) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolanish va e’lon qilish tartibi
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish

muddatlari


1. QP tomonidan

qabul qilingan va

Senat tomonidan

ma’qullangan

qonunni O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentiga

imzolash va e’lon

qilish uchun yuborish

OM Senati, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa — OM QP

1. Qonun PDga tegishli kuzatuv xati bilan yuboriladi. Xatga Qonunchilik Palatasi va Senatning qarori; axborot-tahliliy materiallari ilova qilinadi.

2. Taqdim etilgan qonun QP Spikeri va Senat Raisi tomonidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa QP Spikeri tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim

O‘n kun

davomida


2. Qonunning ekspert jihatdan ishlanishi

PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati va boshqa xizmatlari

Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati, qonun bilan tartibga solingan masalalar mazmunidan kelib chiqib, qonunni ekspert jihatdan ishlash uchun tegishli xizmatlarga yoki Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati huzuridagi Maslahat kengashi muhokamasiga kiritishi mumkin.

PDga qonun

kiritilgandan keyin

o‘ttiz kun davomida


3. Qonunni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish

PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati

1. PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati qonunni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi.

2. Huquqiy ekspertiza natijasi bo‘yicha qonunni imzolash mumkinligi yoki uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining e’tirozlari bilan qaytarish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi.


4. Qonunni O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun kiritish

PDning Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati

Qonun PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.


5. Qonunni ro‘yxatga

olish va tarqatish

PD Umumiy bo‘limi

Imzolangan qonunga raqam, sana va imzolangan joy qo‘yiladi. Qonunning tarqatiladigan nusxalari PD Umumiy bo‘limining muhri bilan tasdiqlanadi.

Imzolangan qonunning asli barcha imzolar va ma’lumot materiallari bilan birga PD Umumiy bo‘limida saqlanishi lozim.

Qonun tarqatish reyestriga kiritilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuboriladi.

Qonun imzolangan kun


6. Qonunni chop etish va e’lon qilish

PD Umumiy bo‘limi

Imzolangan qonun:

PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga — normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilinishi va ularning tizimlashtirilgan hisobi yuritilishini tashkil etish uchun;

Oliy Majlis palatalariga — “Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi”da e’lon qilish uchun;

“Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatiga — e’lon qilish uchun;

Adliya vazirligiga — “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”da, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilish, shuningdek ularning tizimlashtirilgan hisobi va nazorat nusxalarini yuritish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yetkazish uchun;

PD OAV, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmatiga — OAVda qonunni imzolangani haqidagi axborotni e’lon qilish uchun;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatiga — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-resursida e’lon qilish uchun yuboriladi.

Qonun imzolangan kun


7. Qonunni ijrochilarga yetkazishni tashkil

qilish

PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati

Yuboriladi:

Adliya vazirligiga — axborot-tahliliy materiallarni elektron shaklda qonunni ijrochilarga yetkazish choralarini amalga oshirish uchun;

tegishli tashkilotlarga — qonun matnining elektron shaklini normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilish uchun;

O‘zR. Prezidentining Matbuot xizmatiga — qonun matnining elektron shaklini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-resursida e’lon qilish uchun.

Qonun imzolangan kun


8. Qonun ijrosini tashkil etish va ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi

Qonun ijrosini tashkil etish va ta’minlash chora-tadbirlari nazorat rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, qonun imzolangan kundan e’tiboran ikki

hafta muddatda

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) 2-ilovada (O‘zbekiston Respublikasining Qonunini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va farmoyishini tarqatish reyestri):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-banddagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-band chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish, imzolash va e’lon qilish sxemasi (4-ilova) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish, imzolash va e’lon qilish
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish

muddatlari


1. Loyihani PDga ko‘rib chiqish uchun kiritish

Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar oliy kengashi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Adliya vazirligi, IIV, DXX, Bosh prokuratura, Mudofaa vazirligi, FVV, TIV, Hisob palatasi, LBMA, zarur hollarda — boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari

1. Loyihalar qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki PD xizmatlari rahbarlarining topshirig‘iga ko‘ra, shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi.

2. Manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan loyihalar PDga kiritiladi.

3. Kuzatuv xati loyihani kiritayotgan organ rahbari tomonidan PD tegishli xizmatini ko‘rsatgan holda imzolanadi.

Belgilangan

muddatlarda


2. Loyihani ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan PD xizmatini aniqlash

PD Umumiy bo‘limi

PD xizmatlari faoliyat yo‘nalishlariga muvofiq loyihani ishlab chiqish uchun mas’ul xizmatni aniqlash.

Loyiha PDga

kiritilgan kunda


3. Loyihani ko‘rib chiqish

PD mas’ul xizmati

1. Loyihani ekspert jihatdan ko‘rib chiqish, zarur hollarda uni qayta ishlash.

2. Agar loyihada PD boshqa xizmatlari yurituviga kiruvchi normalar mavjud bo‘lsa, loyiha PD ko‘rsatilgan xizmatlariga kelishish uchun yuboriladi, ular loyihani ko‘rib chiqadi va imzolaydi yoki u bo‘yicha o‘z e’tirozlari va takliflarini beradi.

3. Loyihaning huquqiy ekspertizasi PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

Loyiha PDga kiritilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida (sh. j. kelishish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish — 3 kunlik

muddatda)


4. Loyihani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritish

PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati

1. Uzil-kesil ko‘rib chiqilgan loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.

2. Loyihani qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki uni jiddiy qayta ishlash talab etiladigan holatda loyiha PD tegishli xizmati tomonidan qayta ishlanadi yoki tegishli xulosa bilan loyihani kiritgan organga qaytariladi.

PD mas’ul xizmati — PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati


5. Hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazish

va tarqatish

PD Umumiy bo‘limi

1. Imzolangan hujjatga raqam, sana va imzolash joyi qo‘yiladi. Hujjatning tarqatiladigan nusxalari PD Umumiy bo‘limining muhri bilan, davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan nusxalar esa PD Rejim bo‘yicha xizmatining muhri bilan tasdiqlanadi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati tarqatish reyestriga kiritilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yuboriladi.

1. Imzolangan kun.

2. Ijrochilarga yetkazish — bir kunlik muddatda, shoshilinchlarini

esa — zudlik bilan


6. Hujjatni e’lon qilishni tashkil etish

PD mas’ul xizmati, PD Umumiy bo‘limi

1. Loyihani ko‘rib chiqishga mas’ul ijrochi PD tegishli xizmati rahbari bilan kelishgan holda hujjatni, shuningdek unga sharhlarni matbuotda e’lon qilish zaruriyatini belgilaydi.

2. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatning nusxasi Umumiy bo‘lim tomonidan quyidagilarga yuboriladi:

PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga — normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda chop etishni tashkil etish hamda ularning tizimli hisobini yuritish uchun;

Oliy Majlis palatalariga — “O‘zR Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi”da e’lon qilish uchun (zarurat bo‘lganda);

Adliya vazirligiga — “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining to‘plami” va Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilish uchun (zarurat bo‘lganda), shuningdek ularning tizimli hisobini va nazorat nusxalarini yuritish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yetkazish uchun;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatiga — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-resursida e’lon qilish uchun (zarurat bo‘lganda.

Hujjat imzolangan

kun


7. Hujjatni ijrochilarga yetkazishni tashkil etish

PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati

1. Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati uni quyidagilarga yuborilishini ta’minlaydi:

tegishli tashkilotlarga — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining elektron shaklini rasmiy e’lon qilish uchun (zarurat bo‘lganda);

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatiga — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatining elektron shaklini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-resursida e’lon qilish uchun (zarurat bo‘lganda).

2. PD Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati, shuningdek uning axborot-tahlil materiallarining elektron shakllarini hujjatni ijrochilar va aholiga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Adliya vazirligiga yuboradi.

Hujjat imzolangandan keyingi kundan kechiktirmasdan

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3628-son “Davlat organlarining ekspert-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandidagi “Siyosiy-huquqiy masalalar” so‘zlari “Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 06/18/5395/1003-son)