15.11.2017 yildagi PQ-3388-son
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul bajaruvchilar

I. NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.1

O‘zbekiston Respublikasida qimmatli metallar va qimmatbaho toshlar bozorini tartibga solish sohasidagi qonunchilikni xatlovdan o‘tkazish. Qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish.

1. Qimmatli metallar va qimmatbaho toshlar aylanishi sohasida qonun hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish va rag‘batlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarning tegi�li loyihalarini kiritish.

2018-yil yanvar

Qimmatbaho metallar agentligi (B.B. Sobirov),

Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev),

Davlat raqobat qo‘mitasi (R.A. Gulyamov),

Davlat bojxona qo‘mitasi (B.Y. Raimov),

Davlat soliq qo‘mitasi (N.I. Norbayev)

1.2

Zargarlik tarmog‘ini rivojlantirishga qulay rejim yaratish, shu jumladan “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi a’zolarini 2020-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan (Yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) ozod qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.

Qimmatli metallar va qimmatbaho toshlar aylanishi sohasida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tegishli normativ hujjatlarning loyihalarini tayyorlash va kiritish.

2017-yil dekabr

Qimmatbaho metallar agentligi (B.B. Sobirov),

Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov),

Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev),

Davlat raqobat qo‘mitasi (R.A. Gulyamov),

Davlat bojxona qo‘mitasi (B.Y. Raimov),

Davlat soliq qo‘mitasi (N.I. Norbayev)

1.3

Eksportga ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarini ixtiyoriy asosda sertifikatlash bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish.

Eksportga ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarini, buyum xarid qiluvchi mamlakatning talablariga muvofiq ixtiyoriy ravishda sertifikatlash tartibini joriy etish bo‘yicha normativ hujjatlarning loyihalarini tayyorlash va kiritish.

2018-yil mart

Assotsiatsiya “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Qimmatbaho metallar agentligi (B. B.Sabirov)

II. ZARGARLIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI

2.1

Zargarlik buyumlarini nolegal ishlab chiqarish va sotishni aniqlash va unga chek qo‘yish.

Belgilangan tartibda tegishli davlat organlarining vakillari bilan zargarlik buyumlarini nolegal ishlab chiqarish va sotishni aniqlash hamda bunga chek qo‘yish borasidagi ishlarni tashkillashtirish.

doimiy asosda

Davlat soliq qo‘mitasi (N.I. Norbayev),

Davlat bojxona qo‘mitasi (B.Y. Raimov)

Bosh prokuratura (M.B. Azimov)

2.2

Zargarlik buyumlarining Jahon zargarlar konfederatsiyasi (CIVJO) talablariga muvofiq holda bosqichma-bosqich o‘tishi.

Eskirib qolgan standartlarni (OTK shtampi talabalari, buyumga ip bilan plombalab qo‘yilgan artikul, “Culbic Cilconia” o‘rniga fianit nomi va h.k.) jahon standartlariga mos keladigan texnologik tartibga solish sohasidagi zamonaviy normativ hujjatlarga almashtirish.

2018-yil iyun

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

“O‘zstandart” agentligi (A. U.Karimov)

2.3

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning zargarlik buyumlarini eksport qilishni keng��ytirish chora-tadbirlari.

1. Salohiyatli xaridorlar va xalqaro xorijiy investorlarni taklif etgan holda “Uzbek Jewellery” xalqaro zargarlik ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish.
2. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari huzuridagi savdo vakolatxonalarining ko‘magi bilan tashqi bozorlardagi zargarlik mahsulotlari bozorining marketing tadqiqotlarini o‘tkazish.

2018-yil




IV chorak

doimiy asosda

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Davlat bojxona qo‘mitasi (B. Raimov),

Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov),

Tashqi savdo vazirligi (S.I. Saifnazarov),

Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev),

Tashqi ishlar vazirligi (G.G. Fazilov)

2.4

Savdo qonunchiligi bo‘yicha axborot kampaniyasini o‘tkazish.

Davlat bojxona xizmati organlarining vakillari bilan amaliy treninglar, maslahatlashuvlarni tashkil etish. Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining rasmiy veb-saytlarida o‘quv va tushuntiruv axb�rotlarini joylashtirish, maqsadli auditoriyadan bosma materiallarni tarqatish.

doimiy asosda

Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov),

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (lavozimi bo‘yicha)

2.5

O‘zbekiston zargarlarining nufuzli xalqaro, shu jumladan “O‘zbek oltini” brendi ostida davlatning madadida ixtisoslashtirilgan zargarlik ko‘rgazmalarida ishtirok etishi.

Tanlab olingan qatnashchilarni xomashyo bilan kafolatlangan tarzda ta’minlash orqali ko‘rgazmaga qo‘yiladigan namunalarni tayyorlashda yordam ko‘rsatish.

har yili

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi qo‘mitasi

(L.Sh. Kudratov),

Markaziy bank (B.B. Sabirov),

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha)

2.6

Milliy zargarlik sanoatini rivojlantirishda “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining roli va faoliyat yo‘nalishlarini muntazam yoritib borish.

1. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining 4-5 tildagi rasmiy veb-saytini yaratish va rivojlantirish.

2. Xorijiy mutaxassislar, dizaynerlar, ustalar,shuningdek, davlat organlari xodimlari va boshqa shaxslarni jalb etgan holda davra suhbatlari, konferensiyalar va seminarlar tashkil etish.

2018-yil iyun

“O‘zbekzargarsanoati”uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha)

2.7

Zargarlik buyumlari va ularni ishlab chiqarish uchun xomashyoni kafolatlangan tarzda va bexatar tashishni ta’minlash.

Qimmatli metallardan ishlangan buyumlarni tashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan logistika kompaniyalarini tashkil etish masalasini ishlab chiqish.

2019-yil iyun

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov)

2.8

Mahalliy zargarlik mahsulotlari turini ko‘paytirish, sifati va raqobatdoshligini oshirish.

1. Jahonda mashhur va nufuzli zargarlik brendlarining franchayzingidan foydalanish masalasini ishlab chiqish.

2. Zargarlik tarmog‘i korxonalarini, shu jumladan davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida rivojlantirishga xorijiy investorlarni jalb etish.

3. Zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan barcha turdagi zargarlik toshlari, uskunalari va sarflanadigan materiallarga import bojini bekor qilish masalasini ishlab chiqish.

4. Vazirlar Mahkamasining litsenziyalari bo‘yicha eksport-import qilinadigan, tibbiy yoki texnik ahamiyatga ega bo‘lmagan, qimmatli metallardan tayyorlangan barcha turdagi buyumlarni o‘ziga xos tovarlar ro‘yxatidan chiqarishni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.

doimiy asosda

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Davlat bojxona qo‘mitasi (B.Y. Raimov),

Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov),

Davlat raqobat qo‘mitasi (R.A. Gulyamov),

Tashqi savdo vazirligi (S.I.Saifnazarov),

Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev),

Tashqi ishlar vazirligi (G.G. Fazilov),

Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov)

III. ZARGARLIK SANOATINING IShLAB ChIQARISh QUVVATLARINI KENGAYTIRISh

3.1

Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladigan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni yaratish.

2018 — 2021-yillarda zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish dasturi loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, unda zargarlik buyumlarini modellashtirish va tayyorlashning energiya tejaydigan ilg‘or texnologiyalarini faol joriy etish, shuningdek, realizatsiya qilish; ishlab turgan, shu jumladan konservatsiya qilingan quvvatlarni modernizatsiyalash loyihalari; xorijiy kompaniyalar ishtirokida, shu jumladan an’anaviy zargarlik hunarmandchiligi rivojlangan hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish loyihalari; texnoparklarda zargarlik ishlab chiqarishi klasterini shakllantirish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.

2018-yil mart

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev),

Qimmatbaho metallar agentligi (B.B. Sabirov),

Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov),

Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov),

“Navoiy KMK” DK (K.S. Sanakulov),

“Olmaliq KMK” AJ (A.K. Farmanov)

3.2

Zargarlik sanoati uchun qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning ishlab chiqarish-xomashyo bazasini shakllantirish.

Zargarlik sanoati ehtiyojlari uchun 2018 — 2021-yillarda qimmatbaho va yarimqimmatbahotoshlarning mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish kompleks dasturini ishlab chiqish.

2018-yil may

Davlat geologiya qo‘mitasi (B.F. Islamov) “O‘zbekzargarsanoati” (lavozimi bo‘yicha),

Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev)

3.3

Buyumlarga lazer yordamida tamg‘a qo‘yish jarayonini tatbiq etish.

Qimmatli metallardan tayyorlangan buyumlarga lazer yordamida tamg‘a qo‘yish qurilmalarini xarid qilish va texnik sinovdan o‘tkazish.

2019-yil dekabr

Qimmatbaho metallar agentligi (B.B. Sabirov),

Moliya vazirligi (A.Y. Xaydarov),

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha)

3.4

Respublikaning turistik markazlarida zargarlik buyumlari ishlab chiqariladigan korxonalar tashkil etish va kengaytirish.

Turistik zonalar, shu jumladan Nukus, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent shaharlarida hunarmand zargarlarning ustaxonalari va do‘konlarini joylashtirish.

2018-2019-yillar

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.5

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish orqali zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish.

Resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan 3D modellashtirish va bosim ostida vakumli quyish texnologiyalarini joriy etgan holda, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha konservatsiya qilingan korxonalarda holatni baholash va yangi texnologik darajada ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati va tegishli takliflarni kiritish.

2018-yil

mart

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Davlat raqobat qo‘mitasi (R.A. Gulyamov),

Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev),

“NavoiyKMK” DK (K.S. Sanakulov),

“Olmaliq KMK” AJ (A.K. Farmanov)

3.6

“Fonon” DIIBda zargarlik ishlab chiqarishni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish.

Zargarlik mahsuloti ishlab chiqarish uchun uskunalarni kapital qayta tiklash va ta’mirlash; komplektlash ishlab chiqarishini texnologik qayta jihozlash va zamonaviy uskunalar (lazer yordamida kavsharlash galtovka, prokatka va cho‘zish qurilmalari, nazorat-o‘lchov priborlari va jihozlari) xarid qilish. “Fonon” DIIB maydonlarida “JEMCO” (Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan zamonaviy yuqori texnologiyali zargarlik ishlab chiqarishini tashkil etish masalasini ishlab chiqish.

2018-yil

2018-2019-yillar

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

“Fonon” DIIB (M.X. Ashurov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (A.I. Axmedxodjayev),

Davlat raqobat qo‘mitasi (R.A. Gulyamov),

Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev)

3.7

“Asaka” ATB balansiga o‘tkazilgan “1-Zargarlik ��orxona�i” DKni qurish va rekonstruksiya qilish.

1. Bosim ostida vakumli quyish zamonaviy texnologiyalarini qo‘llagan holda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun mol-mulk kompleksini topshirish.

2. Tilla buyum va zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini inobatga olgan holda “Zargarlik mahsuloti zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha mol-mulk kompleksini qurish va rekonstruksiya qilish” TIAsini ishlab chiqishga oid texnik topshiriqni tasdiqlash.

3. “Zargarlik mahsuloti zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha mol-mulk kompleksini qurish va rekonstruksiya qilish” TIAsini ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. “Zargarlik mahsuloti zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha mol-mulk kompleksini qurish va rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

5. Mol-mulk kompleksini qurish va rekonstruksiya qilish, uskunalarni tanlash, komplektlash, o‘rnatish, montaj qilish va sozlash.

6. Obyektni foydalanishga topshirish va mahsulot ishlab chiqara boshlash.

2017-yil noyabr




2017-yil yanvar






2018-yil

1 chorak



2018-yil

1 chora�



2018-yil

IIchorak


2018-yil

iyul

Davlat raqobat qo‘mitasi (R.A. Gulyamov),

Toshkent shahar hokimligi (R.J. Usmanov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi ( A.I. Axmedxodjayev),

“Asaka” ATB (K.K. Mullajanov),

Initsiator — MChJ “Bixigu Oegpz Ogoir”

“Asaka” ATB (K.K. Mullajanov)

“Asaka” ATB (K.K. Mullajanov),

sohaga ixtisoslashtirilgan,

“Oltin standart”MChJ — loyiha operatori “Asaka” ATB

(K.K. Mullajanov),

sohaga ixtisoslashtirilgan,

“Oltin standart” MChJ — loyiha operatori

IV. KADRLAR SIYOSATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh

4.1

Zargarlik tarmog‘ini rivojlantirishning zamon talablari va ehtiyojlariga mos keladigan kadrlar siyosatini, shu jumladan tarmoqda barcha darajalardagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan isloh qilish orqali kadrlar siyosatini kuchaytirish va sifatini oshirish.

Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida zamonaviy maxsus o‘quv dasturlarini joriy etish orqali zargarlik tarmog‘i uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil yanvar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.U. Majidov),

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev)

4.2

Zargarlik tarmog‘ida ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lgan xorijiy kompaniyalarda talabalar, shuningdek zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi mutaxassislarning tizimli asosda stajirovkadan o‘tish amaliyotini joriy etish.

Zargarlik tarmog‘idagi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik to‘g‘risida bitimlar (memorandumlar) tuzish.

doimiy asosda

“Uzbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (L.Sh. Kudratov)

4.3

Zargarlik tarmog‘ida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi huzuridagi zargarlik tarmog‘i (sanoati) uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazini tashkil etish.

2019-yil yanvar

“O‘zbekzargarsanoati”uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha)

4.4

Respublika hududlarida zargarlik-badiiy hunarmand ustalarining oilaviy an’analari va sulolalari rivojlantirilishini rag‘batlantirish.

Zargarlik san’ati milliy an’analarining davomiyligi (sulolalar uzviyligini) ta’minlash maqsadida tashkil etilgan oilaviy korxonalarni zargarlik tarmog‘i sohasidagi ishlab chiqarish va savdoga jalb etish.

2018-yil yanvar

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.5

Zargarlik tarmog‘ida ustoz-shogird tizimini rivojlantirish va shakllantirish.

1. Ta’lim olishga yuboriladigan shogirdlarni “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi a’zolari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor ustaga biriktirib qo‘yishni amaliyotga joriy etish.

2. Ta’lim olish talablari va tartibini, shogirdlar va ustozlarning o‘zaro munosabatlarini belgilab beruvchi zargarlik tarmog‘ida ustoz-shogird tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishib olish.

2018-yil yanvardan




2018-yil yanvar

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A.A. Xaitov),

Adliya vazirligi (G.G. Fazilov),

Qimmatbaho metallar agentligi (B.B. Sabirov)

4.6

Tarmoqda barcha darajalardagi ishchi kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash orqali uni rivojlantirish ehtiyojlariga javob beradigan kadrlar salohiyatini shakllantirish.

1. Mutaxassislarni zargarlik tarmog‘ida ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lgan mamlakatlar (Shveysariya, Turkiya, BAA, Avstriya, Xitoy)ga ishlab chiqarish va texnologiya, zargarlik buyumlarini badiiy- dizaynerlik jihatdan bezash kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish va stajirovkaga yuborishni tizimli amaliyotga joriy etish.

2. O‘rta va oliy texnik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni tayyorlash va o‘qitish maqsadida “Zargarlik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv markazini tashkil etish, uni zamonaviy uskunalar, xususan 3D modellashtirish, vakumli eritish va quyish qurilmalari bilan jihozlashni nazarda tutish.

3. Zargarlik sanoati uchun ishchi kadrlar va dizayner rassomlarni professional tayyorlash tizimini yaratish.

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A.A. Xaitov),

Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev),

boshqa vazirlik va idoralar

V. MAHALLIY ZARGARLIK MAHSULOTINI OMMALAShTIRISh TADBIRLARI

5.1

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan zargarlik buyumlari, mamlakatimiz zargarlik tarmog‘ining imkoniyatlari to‘g‘risida aholi va xorijiy turistlarni xabardor qilish.

O‘zbekistonda zargarlik san’atining ko‘p asrlik an’analarini targ‘ib qiluvchi yuksak badiiy albomlar, kataloglar va internet-nashrlar chiqarish, jahonnin� eng katta muzeylaridan o‘rin olgan san’at asarlari fotosuratlarini ularda albatta joylashtirish.

2019-yil yanvar

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov)

5.2

Qimmatli metallardan tayyorlangan mahalliy zargarlik buyumlariga talab-ehtiyojni rag‘batlantirish.

Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlangan zargarlik mahsulotlarini ichki va xalqaro bozorlarda olg‘a surish maqsadida ko‘rgazmalar hamda reklama kampaniyalarini tashkil etish va o‘tkazish.

Zaruratga qarab (har yili)

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha),

Tashqi savdo vazirligi (S.I. Saifnazarov),

Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov)

5.3

Mahalliy dizaynerlar va zargarlar tomonidan tayyorlangan zargarlik buyumlari va zargarlik badiiy buyumlari yangi kolleksiyalarini namoyish etish.

1. Turistik va tarixiy komplekslar hududlarida muqim va ko‘chma ko‘rgazmalarni tashkillashtirish.

2. Zargarlik mahsulotlari tasvirlangan reklama plakatlarini joylashtirish.

3. O‘zbekistonning zamonaviy zargarlik mahsuloti va xalq zargarlik san’ati tarixiy merosini namoyish etish bo‘yicha teleko‘rsatuvlarni tashkil etish.

Har yili tizimli asosda

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi

(lavozimi bo‘yicha), boshqa vazirlik va idoralar

 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6066-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2020-y., 06/20/6066/1317-son)