Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-sentabr,
703-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2020-y., 09/20/1/4262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash dasturini tayyorlash va amalga oshirish tartibini tasdiqlash haqida” 1993-yil 24-iyundagi 310-son qaroriga ilovada:
a) “Dasturni ishlab chiqishga doir umumiy masalalar” boʻlimida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari manfaatlariga daxldor boʻlgan bandlik masalalarini tartibga solish boʻyicha vazifalarni hal etish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Respublika dasturi ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, dastur Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining respublika qismidagi mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi”;
uchinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari hokimliklar bilan kelishgan holda dasturlar loyihalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bandlik bosh boshqarmalariga kiritadilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bandlik bosh boshqarmalari tumanlar (shaharlar) boʻyicha ishlab chiqilgan dasturlar loyihalarini koʻrib chiqadi va ularni hisobga olgan holda, hokimliklarning tegishli boshqarmalari, manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda, viloyat boʻyicha va har bir tuman (shahar) boʻyicha dasturlarni ishlab chiqadilar va dasturlarni ishlab chiqishning belgilangan muddatidan (yarim yil, yillik) 30 kun oldin, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga dasturning Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan qismlarini kelishish uchun taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 20 kun mobaynida dasturni kelishadi va tasdiqlash uchun hokimliklarga yuboradi”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi”;
oʻn oltinchi xatboshidagi “Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ish oʻrinlari tashkil etish dasturini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar” boʻlimida:
boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ish oʻrinlari tashkil etish dasturini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar”;
1-banddagi “Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandda:
birinchi — uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bandlik bosh boshqarmalari tuman (shahar) hokimliklari va Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining takliflari asosida choraklik, yarim yillik va yillik dasturlarni ishlab chiqadi.
Dasturlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgandan soʻng viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga ishlatilishi mumkin”;
oʻn birinchi xatboshidagi “Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) “Dasturni amalga oshirish” boʻlimida:
birinchi xatboshidagi “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“aholi bandligi dasturlari ishlab chiqilishiga metodik rahbarlik qilish, dasturda nazarda tutilgan, shuningdek Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklanadi”.
4. Vazirlar Mahkamasi “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 12-maydagi 250-son qarorida:
a) 2 va 3-bandlardagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) imtiyozli shartlarda belgilangan muddatdan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 3-son roʻyxatida:
VIII qismning “a” kichik bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Sogʻliqni saqlash” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
IX qism quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“IX qism. Ijtimoiy xodimlar
Keksalar, nogironlar va yolgʻiz fuqarolarga bevosita xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan ijtimoiy xodimlar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 22-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorida:
a) 3-ilovaning nomidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 28-ilovaning 4-bandidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 1-ilova 6-bandining “v” kichik bandidagi va 10-bandining beshinchi xatboshidagi “masalalari” soʻzi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda):
a) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Moliya” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
uchinchi xatboshidagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) yettinchi banddagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 39-modda):
a) 2-banddagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Dasturning budjet hisobidan mablagʻ taʼminlanadigan masʼul ijrochilari tomonidan bajariladigan mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining respublikaga tegishli qismi mablagʻlaridan moliyalashtirishga ruxsat berilsin”;
v) 5-banddagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
g) 2-ilova 22-bandining toʻqqizinchi xatboshidagi va 23-banddagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 410-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2021-y., 09/21/410/0626-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2002-yil 29-martdagi 106-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 18-modda):
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari orqali ushbu markazlarda roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish yoʻli bilan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy yordam koʻrsatishga jalb etish topshirilsin”;
b) 2-banddagi “bandlikka koʻmaklashish markazlarining” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 09/18/725/1874-son)
16. Vazirlar Mahkamasining “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 15-maydagi 97-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 19-20-son, 197-modda):
a) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
toʻrtinchi xatboshidagi “Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslar sonini hisoblab chiqarish boʻyicha integratsiyalashgan axborotlarni tayyorlash va taqdim etish moduli sxemasida:
“Axborot taqdim etuvchi vazirlik, idora” ustunida 1, 2 va 5-qatorlardagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qayerga taqdim etiladi” ustunida 2 — 4 qatorlardagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1011/0456-son)
18. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 13-avgustdagi 170-son qarorining 4-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 85-son, 32-modda) “Mehnat” soʻzi “Bandlik” soʻzi bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimi bilan qamrab olinishini, shuningdek keyinchalik ularning ishga joylashishini hisobga olish va hisobotini yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 30-iyundagi 145-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 26-27 -son, 253-modda):
a) 1-ilovaning “Tasdiqlovchi organ” ustunidagi 3, 5 va 7-qatorlardagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
“Axborot taqdim etish tartibi” ustunining 2 — 4-qatorlaridagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ishlarni tashkil etish uchun masʼul vazirlik, idora” va “Axborot taqdim etish tartibi” ustunlarining 5 va 7-qatorlaridagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Kasanachilikni tashkil etishni takomillashtirish hamda mahalliy davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining uni rivojlantirish parametrlari bajarilishi yuzasidan javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 1-iyuldagi 146-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 33-modda):
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
birinchi xatboshidagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tumanlar (shaharlar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari korxonalar boʻyicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari asosida korxonalar va uyida mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni amalga oshiruvchi fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan ishchi komissiyalar (keyingi oʻrinlarda ishchi komissiyalar deb ataladi) bilan kelishgan holda kasanachilikni rivojlantirishning tuman (shahar) parametrlarini ishlab chiqadilar. Tumanlar (shaharlar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan kasanachilikni rivojlantirish tuman (shahar) parametrlari tegishli ravishda joriy yilning 8-yanvariga qadar muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga taqdim etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tuman (shahar) kasanachilikni rivojlantirish parametrlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda kasanachilikni rivojlantirishning hududiy parametrlarini ishlab chiqadilar hamda ularni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun joriy yilning 15-yanvarigacha boʻlgan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritadilar”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning uchinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, mehnat bosh boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, bandlik bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning uchinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandida “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, mehnat bosh boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, bandlik bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovadagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovadagi:
2 — 4 pozitsiyalardagi “bandlikka koʻmaklashish markazlarining” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3, 4, 7 — 10-pozitsiyalardagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
3, 4 va 9-pozitsiyalardagi “mehnat boshqarmalari” soʻzlari “bandlik boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
22. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarini zaxira qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomdagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin:
a) 3-bandning yettinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi, 5-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 6-bandning oltinchi xatboshidagi, 8, 9 va 12-bandlardagi, 14-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi, 18-bandning birinchi xatboshidagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 21-bandda:
birinchi xatboshidagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-bandning yettinchi xatboshidagi va Nizomga 1-ilovaning 7-bandidagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) Nizomga 2-ilovadagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 11-son, 60-modda):
a) nomidan “va ularni himoya qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning birinchi xatboshidagi “jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish” soʻzlari “jabrdiydalariga yordam berish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish” soʻzlari “jabrdiydalariga yordam berish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga, zaruriyat boʻlganda, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
g) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Belgilansinki, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining direktori Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;
d) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish” soʻzlari “jabrdiydalariga yordam berish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 6-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish” soʻzlari “jabrdiydalariga yordam berish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 1-ilovaning nomidagi “jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish” soʻzlari “jabrdiydalariga yordam berish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 2-ilovada:
nomidagi va 1-banddagi “jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish” soʻzlari “jabrdiydalariga yordam berish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2, 15, 21-bandlardagi, 22-bandning birinchi xatboshidagi, 24 va 26-bandlardagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 3-modda):
a) 5-banddagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
22-bandning beshinchi xatboshidagi, 24-banddagi, 25-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“fuqarolarning koʻrsatib oʻtilgan toifasining bandligini taʼminlash masalalarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari, tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining faoliyati nazorat qilinishini”.
25. Vazirlar Mahkamasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda):
a) 2-banddagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 76-bandidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 58-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 15-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
28. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 33-bandining sakkizinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 1-modda):
a) 2-banddagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovasida:
3 va 4-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi va “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari boʻyicha ekspertlari (keyingi oʻrinlarda inspektorlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining davlat mehnat huquq inspektorlari (keyingi oʻrinlarda inspektor deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
v) Nizomga 2-ilovadagi “9-bandi” soʻzlari “28-bandi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) Nizomga 2b-ilovadagi “9-bandi” soʻzlari “28-bandi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 12-bandning “p” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“p) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining shaxsni ishsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi”;
b) 68-bandning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-ilovadagi “bandlikka koʻmaklashish” soʻzlari “aholi bandligiga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/638/0962-son)
32. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-oktabrdagi 289-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 10-son, 83-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari xodimlarini kompyuter savodxonligi boʻyicha talablarga muvofiqligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 9 va 41-bandlari ikkinchi xatboshilardagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisidagi konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi konvensiyani 2012-2013-yillarda amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2012-yil 26-martdagi 82-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 3-son, 141-modda):
a) 2-banddagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
34. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy korxona tomonidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan moddalar, materiallar va asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 13-sentabrdagi 269-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 67-modda) 4-bandidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyatini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 37-son, 431-modda) 6, 7 va 8-bandlaridagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 75-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning uchinchi xatboshidagi, 9-bandning birinchi xatboshidagi va ilova 21-bandining ikkinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining “Kasb faoliyatining ayrim turlarini va xavfning yuqori manbai bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy psixiatriya moneliklari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 21-yanvardagi 15-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 7-modda):
a) 2-banddagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaga izohda:
2-banddagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Mehnat” soʻzi “mehnat boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
39. Vazirlar Mahkamasining “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 100-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
v) 1-ilovada:
53 va 59-bandlardagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
54-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“54. Davlat ekspertizasi va xulosa berish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar attestatsiya xodimlarning umumiy soni 100 kishidan kam boʻlgan korxonalarda oʻtkazilgan boʻlsa, davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda xulosa berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Xulosa ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tegishli himoya darajasiga ega boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan markazlashtirilgan tartibda tayyorlanadigan maxsus blankada rasmiylashtiriladi”;
68-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 7-ilovada:
“Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boshqarmasi boshligʻi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari boshligʻi)” soʻzlari “Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshligʻi”) soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
4-banddagi, 25-bandning ikkinchi xatboshidagi, 29-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 32, 36 va 37-bandlardagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Imtihon komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom, uning tarkibi va ish reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Imtihon komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi hamda Davlat mehnat huquq inspeksiyasi, Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbarlari va xodimlari, shuningdek amaliy tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi olimlar pul toʻlash asosida kiritiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi imtihon komissiyasining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari — imtihon komissiyasining raisi, ishchi organ direktori — imtihon komissiyasi raisining oʻrinbosari, ishchi organ direktorining birinchi oʻrinbosari — imtihon komissiyasining kotibi hisoblanadi”;
48, 50 va 52-bandlardagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovadagi “Mehnat vazirligi”, “Mehnat vazirining oʻrinbosari” soʻzlari tegishlicha “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi”, “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovadagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining “Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 10-martdagi 52-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 115-modda):
a) 8-bandning birinchi xatboshidagi, 9-banddagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovadagi “A.A. Abduxakimov — mehnat vaziri” soʻzlari “A.A. Xaitov — bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovadagi “Mehnat vazirligining” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
“Bajarish uchun masʼullar” ustunining 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Xalq banki, Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi”;
4-ilovadagi “Bajarish uchun masʼullar” ustunining 6, 8, 9, 10, 12, 13, 16, 17, 18-pozitsiyalaridagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 09/21/143/0213-son)
42. Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 8-son, 71-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 9 va 12-bandlaridagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi boʻyicha agentlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(43-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 889-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son)
44. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-yanvardagi 14-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaning 6-bandidagi “bandlikka” soʻzlari “aholi bandligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi 135-sonli qarorida:
a) 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga” soʻzlari “Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Qashqadaryo viloyati Mehnat bosh boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “aniq miqdori Markaz rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining Qashqadaryo viloyati Mehnat bosh boshqarmasi tasarrufidagi” soʻzlari “aniq miqdori Markaz rahbariyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 8-bandning birinchi xatboshidagi, 12 — 14-bandlardagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
46. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 199-son qarorida:
a) 3, 11 va 16-bandlarning birinchi xatboshilaridagi, 14, 15-bandlardagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, tashkil etilayotgan markazlar davlat taʼlim muassasalari hisoblanadi va bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga boʻysunadi, ularning faoliyatiga umumiy oʻquv-metodik rahbarlik qilish esa — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuklanadi”;
v) 1-ilovaga izohning birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovaga izohning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 3 va 4-ilovalardagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 295-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/295/0624-son)
48. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavi 62-bandining uchinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 55-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(49-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
v) 2-ilovada:
8-bandning beshinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi va 36-bandning ikkinchi xatboshidagi ““Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
38-banddagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovadagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovada:
10-banddagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi va 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-bandning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 4-ilovada:
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mehnat sharoitlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyalari”;
4-banddagi, 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 14-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshlaridagi, 20-banddagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning birinchi xatboshidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-bandning ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
37-bandning birinchi va uchinchi xatboshlaridagi, 40-bandida, 41-bandning birinchi xatboshidagi, 42-bandidagi “Mehnat” soʻzi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovadagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 2-ilovada:
“Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boshqarmasi boshligʻi (Mehnat vazirligi hududiy organlarining mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi)” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi inspeksiyasi boshligʻi”) soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Mehnat vazirligining mehnatni muhofaza qilish” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnatni muhofaza qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 3-ilovada:
“Mehnat vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boshqarmasi boshligʻi (Mehnat vazirligi hududiy organlarining mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi inspeksiyasi boshligʻi)” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hududiy organlarining mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi”) soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1011/0456-son; 13.09.2018-y., 09/18/725/1874-son; 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son; 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son, 22.10.2019-y., 09/19/889/3945-son; 03.01.2020-y., 09/20/1/4262-son, 20.05.2020-y., 09/20/295/0624-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 17.03.2021-y., 09/21/143/0213-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2021-y., 09/21/410/0626-son, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son, 13.10.2021-y., 09/21/638/0962-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son; 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son; 16.08.2024 g., № 06/24/111/0623; 13.10.2025-y., 09/25/637/0926-son; 04.06.2026-y., 09/26/282/0560-son)