10.04.2017 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga qayta tayyorlashni samarali tashkil etish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yangi kasb-hunar va mutaxassisliklarga ega bo‘lish uchun ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini bajarish doirasida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent va Samarqand shaharlarida ishsiz fuqarolarni, shu jumladan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etilganligi va samarali faoliyat yuritayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shahrisabz shahrida kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish va O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish salohiyatini oshirish bo‘yicha konsalting” loyihasi amalga oshirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2017 — 2020-yillar davrida respublika hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlaridagi boshqaruv ofislari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda ma’qullangan Chora-tadbirlar dasturi doirasida 2017 — 2020-yillar davrida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etishni (keyingi o‘rinlarda tashkil etilayotgan markazlar deb ataladi) moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va imtiyozli kreditlarini jalb etish masalalarini tizimli asosda ishlab chiqishni belgilangan tartibda tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlanmalar natijalari bo‘yicha, navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan markazlar tashkil etishni moliyalashtirishning tasdiqlangan aniq manbalari bo‘yicha har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan markazlarni qurish va jihozlash bo‘yicha — donor mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va imtiyozli kreditlari (keyingi o‘rinlarda grantlar va imtiyozli kreditlar deb ataladi) hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 6-bandiga asosan berilayotgan obyektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash, shu jumladan ularni saqlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi deb ataladi) mablag‘lari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinadigan o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalarini va moddiy resurslarni O‘zbekiston Respublikasi hududida saqlash, rasmiylashtirish va tashish bo‘yicha — Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar dasturi doirasida obyektlarni qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tegishli budjetlarining qo‘shimcha manbalari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga tashkil etiladigan markazlar obyektlari bo‘yicha buyurtmachilar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grantlar va imtiyozli kreditlar hisobiga tashkil etiladigan markazlar bo‘yicha buyurtmachilar — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va xorijiy davlatlar yoki xalqaro moliya tashkilotlari o‘rtasida imzolanadigan bitimlarga muvofiq, har bir obyekt bo‘yicha alohida aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihachi va pudratchi tashkilotlar — belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etiladigan markazlar ishlarini tashkil qilishga doir talablarga javob beradigan binolar, inshootlarning tezkor boshqaruv huquqi bilan berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat bo‘lganda, grantlar va imtiyozli kreditlarni jalb etgan holda tashkil etiladigan markazlar uchun yangi binolar qurishga yer maydonlari ajratilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda markazlarga ularning faoliyatini tashkil etish uchun beriladigan obyektlar bo‘yicha qurish va rekonstruksiya qilishga oid texnik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda optimal loyihaviy va texnik yechimlar qo‘llanishini ta’minlasinlar.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashkil etilayotgan markazlar obyektlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsiz va band bo‘lmagan aholini fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarida kasb-hunarga qayta tayyorlanganligi va malakasini oshirganligi to‘g‘risidagi diplomning hamda qisqa muddatli kurslarni o‘taganligi to‘g‘risidagi sertifikatning davlat namunalaridagi shakllari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, tashkil etilayotgan markazlar davlat ta’lim muassasalari hisoblanadi va bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalariga bo‘ysunadi, ularning faoliyatiga umumiy o‘quv-metodik rahbarlik qilish esa — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklanadi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar tashkil etilayotgan markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan ishsiz va vaqtincha band bo‘lmagan, shu jumladan doimiy ishga ega bo‘lmagan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislik va kasblar bo‘yicha — 1 yilgacha bo‘lgan muddatda kasb-hunarga bepul qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat organlarida ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan, ish izlayotgan shaxslarni, shuningdek ish beruvchilarning buyurtmanomalari bo‘yicha — xodimlarni, har yili o‘qishga olinadiganlar sonining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan hajmda, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va kasb-hunarlar bo‘yicha — to‘lov asosida qisqa muddatli o‘qitishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan markazlarning o‘qituvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlariga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadigan 40 foizgacha miqdorda doimiy ustama belgilash to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan markazlarning pulli, qisqa muddatli kurslar tashkil etish faoliyatidan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladigan, ushbu markazlarning moddiy-texnik rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda rivojlantirish jamg‘armasi deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda, Chora-tadbirlar dasturi doirasida markazlar tashkil etilishiga ko‘ra belgilangan tartibda:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda — markazlar ustavini va ular ishida qo‘llanadigan zarur o‘quv-metodik dasturlar va materiallarni, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining belgilangan pedagogik va o‘quv-ishlab chiqarish yuklamalaridan kelib chiqqan holda markazlarning shtat jadvallarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan foyda normativini belgilashni hisobga olgan holda, rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomning, unda qisqa muddatli o‘qitish bo‘yicha pulli xizmatlar qiymatini belgilash tartibini nazarda tutib ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan markazlarning rahbarlari, o‘qituvchilari, ustalari va boshqa xodimlari mehnatiga kasb-hunar kollejlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari tatbiq etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar jumlasidan bo‘lgan o‘quvchilarga tashkil etilayotgan markazlarda bevosita bepul o‘qiyotgan davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan, qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdorida, 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat mobaynida stipendiya to‘lanadi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davrida ularga ishlab chiqarish amaliyoti dasturlariga muvofiq ularning ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlaydigan haq to‘lanadigan ish joylari berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Chora-tadbirlar dasturi doirasida tashkil etilayotgan markazlarni qurish va jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kelinadigan tovarlarni temir yo‘l stansiyalarida saqlash va yuklash-tushirish ishlarining to‘lov undirilmasdan bajarilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mehnat vazirligining buyurtmanomalariga binoan, Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Mehnat vazirligining buyurtmanomalariga binoan, Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joylarida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va muddati uzaytirilishini davlat bojlari undirmasdan belgilangan tartibda ta’minlasin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qishga qabul qilish, kasb-hunarga o‘qishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini tasdiqlash uchun uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan markazlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud bo‘lmaganda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2020-yillarda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mintaqa nomi

Joylashish joyi

Nazarda tutilayotgan quvvati
(o‘quvchilar o‘rni)

O‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklari*

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbai

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus sh.

240

1. Elektr va elektronika.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Baliq yetishtirish va baliq mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.

4. Qurilish ishi.

2018 — 2020-yillar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

2.

Andijon viloyati

Andijon sh.

240

1. Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnika xizmati ko‘rsatish.

2. Sovutish uskunalariga xizmat ko‘rsatish texnologiyasi.

3. Elektrotexnika va elektronika.

4. Axborot texnologiyalari.

5. Tikuvchilik va to‘qimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi.

2019 — 2020-yillar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

3.

Buxoro viloyati

Buxoro sh.

240

1. Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnika xizmati ko‘rsatish.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Qurilish ishi.

4. Payvandlash mutaxassisliklari.

5. Xizmat ko‘rsatish va turizm sohasi mutaxassislari (ofitsiantlar, sartaroshlar, gidlar).

2018 — 2020-yillar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

4.

Jizzax viloyati

Jizzax sh.

240

1. Payvandlash va chilangarlik ishi.

2. Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnika xizmati ko‘rsatish.

3. Elektr va elektronika.

4. Tikuvchilik va to‘qimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi.

5. Dehqonchilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.

6. Chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik texnologiyasi.

2019 — 2020-yillar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

5.

Navoiy viloyati

Navoiy sh.

240

1. Axborot texnologiyalari.

2. Elektr va elektronika.

3. Teri oshlash, charm-galantereya buyumlarini ishlab chiqarish va ta’mirlash.

4. Go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.

5. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar).

2019 — 2020-yillar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

6.

Namangan viloyati

Namangan sh.

240

1. Sovutish uskunalariga xizmat ko‘rsatish texnologiyasi.

2. Elektrotexnika va elektronika.

3. Axborot texnologiyalari.

4. Tikuvchilik va to‘qimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi.

5. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar).

2019 — 2020-yillar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

7.

Sirdaryo viloyati

Guliston sh.

240

1. Elektrotexnika va elektronika.

2. Gidrotexnika uskunalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish mutaxassislari.

3. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar).

4. Qishloq xo‘jaligi texnikasini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish mutaxassislari.

5. Tikuvchilik va to‘qimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi.

2019 — 2020-yillar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

8.

Surxondaryo viloyati

Termiz sh.

240

1. Meva, sabzavot, poliz mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar).

4. Qishloq xo‘jaligi texnikasini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish mutaxassislari.

5. Asalarichilik bo‘yicha mutaxassislar.

2018 — 2019-yillar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

9.

Toshkent viloyati

To‘ytepa sh.

240

1. Elektr va elektronika.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Tikuvchilik va to‘qimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi, tikuvchilik va to‘qimachilik asbob-uskunalarini ta’mirlash.

4. Gidrotexnika uskunalari va drenaj tizimini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish mutaxassislari.

5. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar).

2019 — 2020-yillar

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi,

donor mamlakatlar grantlari, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari

10.

Farg‘ona viloyati

Qo‘qon sh. (yoki Farg‘ona sh.)

240

1. Elektr va elektronika.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Tikuvchilik ishi.

4. Mashinasozlik ishlab chiqarishi.

5. Kosmetika buyumlari ishlab chiqarish.

2017 — 2019-yillar

Koreya Respublikasi Hukumatining granti**

11.

Xorazm viloyati

Urganch sh.

240

1. Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnika xizmati ko‘rsatish.

2. Axborot texnologiyalari.

3. Xizmat ko‘rsatish va turizm sohasi xizmatlari (ofitsiantlar, sartaroshlar, gidlar).

4. Tikuvchilik ishi.

5. Qurilish ishi.

2018 — 2019-yillar

Koreya Respublikasi Hukumatining granti**

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tashkil etilayotgan markazlarda kasb-hunarga o‘qitishning yo‘nalishlari va mutaxassisliklari mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarorlari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishib o‘zgartirilishi mumkin.
(izohning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Dastlabki kelishuvlar yakunlari bo‘yicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI*
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarining tuzilmalari Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tasdiqlangan.
(izohning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Tashkil etilayotgan markazlarning kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalish va mutaxassisliklari bo‘yicha bo‘linmalari ushbu markaz tashkil etilayotgan mintaqaning mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
(izohning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Texnik va xizmat kґrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ko‘rinishi‎

‎‎


‎‎O‘zbekiston Respublikasining
‎‎Davlat gerbi tasviri


‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI
VAZIRLIGI

‎ISHSIZ VA BAND BO‘LMAGAN AHOLINI ‎KASB-HUNARGA O‘QITISH MARKAZI


‎‎DIPLOM

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tomoni‎

‎‎O‘zbekiston Respublikasining
‎Davlat gerbi tasviri

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT
‎MUNOSABATLARI VAZIRLIGI‎

‎ISHSIZ VA BAND BO‘LMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA O‘QITISH
‎MARKAZI

‎DIPLOM
‎KNM № 000000

‎________________________________________________________________________________________________‎
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20__ yilda _______________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎kasbi bo‘yicha qayta tayyorlash kursini to‘liq tamomladi.
‎Malaka komissiyasining 20_____ yil “______” _____________________dagi ________________-son qarori bo‘yicha
‎______________________________________________________________________________________________ga
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________ixtisoslik(lar) berildi.


‎Malaka komissiyasining raisi



‎‎ ‎M.O‘.‎ ‎

Direktor
‎Kotib‎
‎‎‎Ro‘yxatga olish ‎raqami__________
‎___________‎_________________

__________‎‎shahri,
‎20_____ yil “_____” ___________
‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎ISHSIZ VA BAND BO‘LMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA O‘QITISH
‎ MARKAZI


‎KNM- _______ raqamli DIPLOMGA ILOVA
‎(diplomsiz haqiqiy emas)‎
‎________________________________________________________________________________________________
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20__ yil _________ dan 20__ yil ______ gacha davrda ___________________shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida _____________________ ______________________ kasbi bo‘yicha o‘qidi. O‘qish jarayonida quyidagi fanlarni o‘qidi va baholarni oldi:

T/r‎

Fanlar nomi‎‎

O‘quv rejasi bo‘yicha belgilangan
‎soatlar‎‎

Olgan reyting ballari‎‎

I. UMUM TA’LIM FANLARI‎‎

‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎II. UMUM KASBIY FANLAR

‎‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎

III. MAXSUS FANLAR‎‎

‎‎ ‎‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎
‎‎ ‎‎

IV. O‘QUV VA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI‎‎

‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎V. YAKUNIY MALAKA IMTIHONI

‎‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‎ ‎‎

‎‎Direktor

M.O‘.‎

Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari‎
‎Ro‘yxatga olish raqami ___________

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish
‎mintaqaviy markazlarida qisqa muddatli kurslarni
‎tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikat
‎ NAMUNASI

‎‎Tashqi ko‘rinishi

‎‎‎‎O‘zbekiston Respublikasining
‎‎Davlat gerbi tasviri

‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT
‎MUNOSABATLARI VAZIRLIGI

‎ISHSIZVA BAND BO‘LMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA O‘QITISH
‎ MARKAZI

‎SERTIFIKAT

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎‎‎Ichki tomoni

‎‎O‘zbekiston Respublikasining
‎Davlat gerbi tasviri

‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT
‎MUNOSABATLARI VAZIRLIGI

‎ISHSIZ VA BAND BO‘LMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA O‘QITISH
‎MARKAZI

‎SERTIFIKAT

‎KNM №_____________

________________________________________________________________________________________________‎
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20___yil “____”________dan 20___yil “____”________________________gacha _____________________________‎
‎________________________________________________________________________________________________
‎kasbi bo‘yicha malaka oshirish kursini to‘liq o‘tadi.


‎Direktor ‎

Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ‎


‎Ro‘yxat raqami _____________ ‎_________________________
__________shahri, ‎
‎‎20___ yil “___” ___________‎


‎M.O‘.‎

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 37-son, 431-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Samarqand shahrida Kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi 122-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 20-son, 253-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida Kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi 135-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 163-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 15-son, 255-modda, 34-son, 893-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)