29.07.2009 yildagi 216-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YURIDIK SHAXS TASHKIL ETMASDAN OILAVIY TADBIRKORLIKNI HAMDA HUNARMANDCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oila budjetlari daromadlarini koʻpaytirishning, ish bilan band boʻlmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etishning va xalq hunarmandchiligining koʻp asrlik anʼanalarini saqlab qolishning eng samarali vositalaridan biri sifatida oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasining fuqarolarning hunarmandchilik faoliyatini kasanachilik mehnati shakllariga kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishni tizimli asosda muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlashni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikda qatnashayotgan, shuningdek hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni, shu jumladan shogird hunarmandlarni kasanachilik bilan shugʻullanayotgan shaxs sifatida hisobga olishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish parametrlarining yangi ish oʻrinlarini tashkil etish hududiy dasturlari prognoz parametrlariga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirish, shu jumladan “Usto-shogird” usuli bilan oʻqitish dasturi boʻyicha ularni tayyorlash uchun 1 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga, “Mikrokreditbank”ga va boshqa tijorat banklariga oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirishga, uy mehnatini tashkil etishga belgilangan tartibda imtiyozli mikrokreditlar ajratilishini kengaytirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonalarni ijaraga berish, maxsus joylarni ajratish va obod qilish, hunarmandlar ishlab chiqargan buyumlar va tovarlarni sotish uchun ixtisoslashtirilgan doʻkonlar va shoxobchalarni tashkil etish yoʻli bilan hunarmandchilikni rivojlantirishga koʻmaklashsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmandchilik subyektlarini mahalliy xom ashyo, materiallar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalari bilan taʼminlashda, hunarmandchilik buyumlari koʻrgazmalarini oʻtkazishda, yoshlarni hunarmandchilik koʻnikmalariga oʻqitish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam koʻrsatsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat organlari bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning maqsadi uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlik — er-xotin tomonidan ularga birgalikdagi umumiy mulk huquqi bilan tegishli boʻlgan ularning umumiy mulki negizida amalga oshiriladigan hamda er-xotinning va ularga yordam beruvchi oila aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslangan, yuridik shaxs boʻlmagan jismoniy shaxslarning birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila aʼzolari — er-xotin, ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar hamda 15 yoshdan oshgan, shu jumladan farzandlikka olingan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmandchilik faoliyati (hunarmandchilik) — yuridik shaxs boʻlmagan jismoniy shaxslarning hunarmandchilik buyumlari yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni ishlab chiqarish boʻyicha faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmand (usto-hunarmand, usto) — mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida maxsus koʻnikmalar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanishga asoslangan anʼanaviy texnologiyalar asosida buyumlarning funksional xususiyatlarining tarixan qaror topgan talablariga hamda milliy estetik normalarga javob beradigan hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlovchi jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmandning shogirdi — 15 yoshdan oshgan, hunarmanddan hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni oʻrganayotgan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning qonunchilikda belgilangan tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oilaviy tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda yakka tartibdagi faoliyatning oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshirilishi, shuningdek birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi oila aʼzolari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oilaviy tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan er-xotindan biri ulardan bittasining notarial tasdiqlangan roziligiga koʻra ish koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hunarmandchilik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoniga 1-ilovaga muvofiq hunarmandchilik faoliyati yoʻnalishlari koʻrsatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish jarayonida oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro mehnat munosabatlari, shu jumladan mehnatga haq toʻlash va daromadni taqsimlash masalalari ular tomonidan mustaqil ravishda tartibga solib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan doimiy xodimlar yollashga yoʻl qoʻyilmaydi. Istisno hollarda oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishda vaqtincha bir martalik ishlarni amalga oshirish uchun oila aʼzolari hisoblanmaydigan fuqarolarning jalb etilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda ular bilan ishlarni bajarish vaqti uchun fuqaro-huquqiy shartnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Oilaviy tadbirkorlik subyekti yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qonunchilikda belgilangan roʻyxat boʻyicha faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
(81-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlik subyekti tomonidan bir nechta alohida obyektlarda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda qatʼiy belgilangan soliq har bir alohida obyekt uchun toʻlanadi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hunarmandchilik faoliyati hunarmand tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi. Hunarmand hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirishda buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlash uchun koʻpi bilan 5 nafar shogirdni jalb etishga haqlidir. Shogird ushbu Nizomning 14-bandi talablariga rioya etgan taqdirda bir necha hunarmandlarda buyumlar yoki tovarlarni tayyorlash (ishlar, xizmatlarni bajarish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga haqlidir.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda. 2017-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Usta-shogird” maktabi oʻquvchisi sifatidagi ish davri 25 yoshga yetgunga qadar eng kam oylik ish haqining kamida 2,5 barobari miqdorida sugʻurta toʻlovi toʻlangan taqdirda mehnat stajiga qoʻshiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. 18 yoshgacha boʻlgan shaxslarning oilaviy tadbirkorlikda hamda hunarmandchilik faoliyatida qatnashishi xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oila aʼzosi 15 yoshga toʻlgan taqdirda oilaviy tadbirkorlikda qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shaxs 16 yoshga toʻlganda buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlash uchun hunarmandning shogirdi sifatida jalb etilishi mumkin. 15 yoshga toʻlgan shaxs ota-onasidan bittasining yoki uning oʻrnini bosadigan shaxsning yozma roziligi bilan hunarmandning shogirdi sifatida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 18 yoshgacha boʻlgan shaxs oilaviy tadbirkorlikda, shuningdek hunarmandning shogirdi sifatida ishlashga u umumtaʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda albatta oʻqishi sharti bilan qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 18 yoshdan kichik shaxslarning mehnatidan oilaviy tadbirkorlikda yoki hunarmandchilik faoliyatida ularning salomatligi, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda foydalanish taqiqlanadi. Koʻrsatib oʻtilgan ishlarda 18 yoshdan kichik shaxslarning belgilangan normalardan ortiqcha ogʻirlikdagi yuklarni koʻtarishiga va tashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oilaviy tadbirkorlikda yoki hunarmandchilik faoliyatida qatnashayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun bir haftada 36 soatlik, 15 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun esa – bir haftada 24 soatlik ish vaqtidan oshmasligi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishni muvofiqlashtirish va qoʻllab-quvvatlash mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Savdo-sanoat palatasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda quyidagi yoʻnalishlarda tizimli chora-tadbirlarni bajarish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustaxonalar uchun xonalarni ijaraga berish, maxsus joylarni ajratish va obod qilish, hunarmandlar ishlab chiqargan buyumlar va tovarlarni sotish uchun ixtisoslashtirilgan doʻkonlar va shoxobchalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmandchilik subyektlarini mahalliy xom ashyo, materiallar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalari bilan taʼminlashda, hunarmandchilik buyumlari koʻrgazmalarini oʻtkazishda, yoshlarni hunarmandchilik koʻnikmalariga oʻqitish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustachilikni oʻrganayotgan shogirdlarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan qonunchilikda belgilangan shakl va tartib boʻyicha “Usto-shogird” stipendiyasi toʻlash;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik subyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli mikrokreditlar ajratish.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik subyektlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari, shuningdek hunarmandlar quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sugʻurta qilinish va ish davrlarini qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat stajiga hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan faoliyat turiga muvofiq boʻlgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, shuningdek ularni mustaqil ravishda yoki qonunchilikda belgilangan tartibda boshqacha tarzda sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan faoliyatdan olingan daromadni barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin, qonunchilikda belgilangan tartibda tasarruf etish;
(16-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan buyumlar yoki tovarlar (xizmatlar, ishlar)ga mustaqil ravishda narx belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qonunchilikda belgilangan tartibda identifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
(16-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hunarmandchilik subyektlari — “Hunarmand” uyushmasining aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qatʼiy belgilangan soliqdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badali toʻlovidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar oʻz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan sugʻurta badalining 50 foizini toʻlaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari, shuningdek hunarmandlar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning lozim darajada sifatli boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda bevosita qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan xavfsizlik texnikasini hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini, shuningdek 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar ishini tartibga soluvchi mehnat qonunchiligi normalarini taʼminlash;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarga tegishli mukofotlar toʻlash;
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi deb ataladi) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shu jumladan sugʻurta badallarini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
(17-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shogird quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda oʻqitish “Usto-shogird” usuli boʻyicha amalga oshirilgan taqdirda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan stipendiya olish;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda pensiya bilan taʼminlanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shogird quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar u qonunchilikda belgilangan tartibda davlat taʼlimining toʻliq kursini tugallamagan boʻlsa, umumtaʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda oʻqish;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan hunarmandchilik faoliyatiga oʻqish doirasida hunarmandning koʻrsatmalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik texnikasi hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga rioya etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari va yordam beruvchi oila aʼzolari oʻrtasidagi munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari va yordam beruvchi oila aʼzolari oʻrtasidagi munosabatlar oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqlik prinsiplari, oʻzaro ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam va oila oldida uning barcha aʼzolarining masʼuliyat hissi, bolaning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, bola mehnatining eng yomon va majburiy shakllariga yoʻl qoʻymaslik, oila aʼzolari tomonidan oʻz huquqlarini toʻsqinliksiz amalga oshirilishini hamda bu huquqlarning himoyasini taʼminlash asosida quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Hunarmand va shogirdlar oʻrtasidagi munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hunarmand va shogirdlar oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro ahdlashuv, ixtiyoriylik, mehnatga majbur qilishga yoʻl qoʻymaslik va ijtimoiy adolat, ish muomalasi odatlariga, shuningdek mahalliy odatlarga va anʼanalarga rioya qilish asosida quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hunarmandning shogirdlariga ish haqi toʻlash miqdori hunarmand tomonidan oʻzaro kelishuv boʻyicha, ularning buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishdagi mehnat ulushidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hunarmandning shogirdi tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini nazorat qilish hunarmand tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hunarmand oʻz majburiyatlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda mulkiy javobgar boʻladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 347-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2012-y., 29-son, 339-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son; 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)