Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.12.2023 29.03.2002 yildagi 106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.12.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZGALAR PARVARIShIGA MUHTOJ YoLG‘IZ KEKSALAR, PENSIONERLAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN ShAXSLARGA IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATIShNI KUChAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-yanvardagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan “Qariyalarni qadrlash yili” davlat dasturining 3.9-bandini bajarish hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali ushbu markazlarda ro‘yxatga olingan ishsiz fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish yo‘li bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning uyiga borib ijtimoiy yordam ko‘rsatishga jalb etish topshirilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali jalb etiladigan ishsiz fuqarolarga ish haqi to‘lash (shu jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar) bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi ishsiz fuqarolarni yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga jalb etish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, unda bir nafar xodim hisobiga xizmat ko‘rsatish normativlarini belgilash, jalb etiladigan ishsiz fuqarolarni ularning muayyan kontingentga xizmat ko‘rsatishga yaroqliligi va xohishini hisobga olgan holda komission yo‘l bilan tanlash, ushbu ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash tartibi, shuningdek ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning to‘liqligi va sifatini samarali nazorat qilish mexanizmi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 40-modda) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyuldagi 288-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 29-martdagi 106-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qaroriga kiritiladigan qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V qism quyidagi 26-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi to‘lash xarajatlari to‘liq Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-band 27-band deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining namunaviy ro‘yxati”dagi (Nizomga 2-ilova) “Ish mazmuni”ning 4-bandi “va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ishlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 5-6-son, 46-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)