24.05.2017 yildagi PQ-3001-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5052-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda aholi, avvalo yoshlar bandligini va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash borasida mehnat organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining ikkinchi — yettinchi xatboshilariO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, vazirlikning markaziy apparati, hududiy organlar va tasarruf etiladigan tashkilotlar tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish o‘rinlari tashkil etgan hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga kiruvchi shaxslarni, avvalo professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, imkoniyati cheklangan shaxslar, sobiq harbiy xizmatchilarni ishga joylashtirgan ish beruvchilarga nisbatan belgilangan tartibda ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy tuzilmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va imoratlarni belgilangan tartibda, sotish yoki buzish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga qaror qabul qilishlari uchun takliflar kiritish, shuningdek, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlarini joylashtirish uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yangi binolar, inshoot va imoratlar sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan, normativ-huquqiy xarakterga ega qarorlari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimi bo‘yicha “Mikrokreditbank” ATBning Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, hisobot oydan keyingi har oyning 10-sanasiga qadar o‘zining rasmiy saytida va markaziy ommaviy axborot vositalarida mehnat bozoridagi vaziyat va bandlik holati to‘g‘risida ma’lumotlarni, shu jumladan ish qidirib mehnat organlariga murojaat qilgan hamda ishsizlik bo‘yicha nafaqa olayotgan fuqarolar soni, yaratilgan ish o‘rinlari, ro‘yxatga olingan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari va ish beruvchilar, investorlar va aholi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni chop etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talablariga binoan bandlikka ruxsat berish va ko‘nikmalarni baholash tizimi bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashish uchun to‘lanadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqqa tortilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlikning nomi o‘zgarishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tasarrufidagi tuzilmalari mulki va avtotransport vositalari bo‘yicha huquqni belgilashga doir hujjatlarni qayta rasmiylashtirish belgilangan to‘lovlarni undirmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vazirlikning hay’at organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rsin, unga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlik va mehnat munosabatlari sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqqan holda qonun hujjatlarida belgilangan Vazirlikning asosiy faoliyat yo‘nalishini tanqidiy ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligi ta’minlanishining hududiy va tarmoqli dasturlarining amalga oshirilishi natijadorligini, shuningdek, mehnat bozorini boshqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish qismida 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini beshta ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish to‘g‘risidagi qabul qilingan harakatlar strategiyasi doirasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni har chorakda va tizimli ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida dolzarb muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalaridan kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarini bajarish yuzasidan samarali nazoratni ta’minlaydigan ijro intizomi darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlik, mehnat bozori, mehnat munosabatlari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning dolzarb masalalarini joylarda muhokama qilinishini, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor yig‘ilishlari o‘tkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida belgilangan, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan Vazirlik va uning tarkibiy tuzilmalari rahbar xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirishni ta’minlagan holda mehnat va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha quyi boshqarma organlari rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda tinglanilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini sarflashning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorini barqaror va balanslashgan holda rivojlantirish, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlar, professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni amalga oshirish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlar va band bo‘lmagan aholiga, birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, mehnat bo‘yicha organlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan yagona ijtimoiy to‘lovlardan ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat huquq mehnat inspektorlari va davlat texnik inspektorlari, shuningdek, mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni buzganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan ma’muriy undiruvlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy tuzilmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va imoratlarni sotishdan tushgan mablag‘lar, mulkni baholash va sotish bo‘yicha aniq xarajatlardan tashqari, to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat tashkilotlari xorijga ishga yuborilgan har bir fuqaro uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavka bo‘yicha Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga mablag‘lar o‘tkazadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’sischi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda barcha soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar to‘langanidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi davlat unitar korxonalarida qoladigan sof foydaning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mehnat daftarchalari blanklarini sotishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik jamg‘armasining bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida va boshqa moliya tuzilmalarida joylashtirishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya yordamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesga jalb etish, tomorqa va dehqon xo‘jaliklaridan oqilona foydalanish, aholi bandligini ta’minlash yuzasidan davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy ijro hokimiyati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari mas’uliyatini oshirish masalalarini keng va xolisona yoritish “Mahalla” teleradiokanalining muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi televideniye va radio orqali, jumladan, “praym taym” efir vaqtidan keng foydalanish asosida aholi bandligi masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini faol olib borish bo‘yicha aniq va ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi aholi bandligi masalalari bo‘yicha joylarda turkum sayyor teletasvirlarni olib borish va radioeshittirishlar tayyorlashni tashkillashtirishda “Mahalla” teleradiokanaliga yordam ko‘rsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi respublika tumanlari va shaharlari kesimida ish joylarini tashkil etishga davlat buyurtmalarini shakllantirishda respublikaning mehnat kuchi haddan ziyod bo‘lgan tumanlarida yangi ish joylariga bo‘lgan talabni belgilashga alohida e’tibor qaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari kompleks rivojlantirish hududiy va tarmoq dasturlarini shakllantirish va tasdiqlashda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan har yili kiritiladigan, respublikaning tumanlari va shaharlari kesimida ish joylarini yaratishga bo‘lgan davlat buyurtmasidan kelib chiqqan holda ustuvor tartibda respublikaning mehnat kuchi haddan ziyod bo‘lgan tumanlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni ta’minlasin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Asosiy ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda O‘zbekiston Respublikasining mehnat kuchi haddan ziyod bo‘lgan tumanlarida band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradigan tayanch kasb-hunar kollejlarining ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tayanch kasb-hunar kollejlarida amalga oshirilayotgan, mehnat bozori, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi darajasi va istiqbollariga muvofiqliligi talablariga javob beraolishini ta’minlaydigan, band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘rgatish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv dasturlari mazmuni va muddatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bandlik va mehnat muhofazasi respublika ilmiy markaziga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini moliyalashtirishni takomillashtirish tartibi to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida ko‘zda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda hududiy Bandlik bosh boshqarmalari va tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari to‘g‘risidagi yangilangan namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 15-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 24-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3001-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 6-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3913-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qaroriga

7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul bajaruvchilar

I. Aholi bandligini ta’minlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish

1.

“O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish va kiritish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

“Elektron mehnat daftarchasi” joriy etilishini hisobga olgan holda xodimlarning mehnat daftarchasini yuritish tartibini o‘zgartirish;

muayyan muddatga mehnat shartnomasi (muddatli mehnat shartnomasi) tuzishda ish beruvchilar va xodimlarning huquqlarini kengaytirish;

mustaqil bandlik va kasanachilik mehnatining huquqiy maqomini belgilash;

ayrim toifadagi xodimlar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga yollanib ishlayotgan xodimlar, sportchilar, trenerlar, repititorlar va boshqa toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari.

Qonun loyihasi

2017-yil noyabr

Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

2.

“Aholi bandligiga ko‘maklashuvchi nodavlat tashkilotlari” (rekruting agentliklari) to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish, unda aholini ishga joylashtirish va bandligiga ko‘maklashish sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxslar va nodavlat tashkilotlarning huquq va mas’uliyati belgilanishi nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2017-yil noyabr

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

3.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni tasdiqlash:

Jamg‘arma, uni shakllantirish manbalari va tashkiliy tuzilmasi to‘g‘risidagi nizom;

Vaqtincha band bo‘lmagan aholini jamoat ishlariga jalb etish (safarbar qilish) to‘g‘risidagi nizom, unda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan jamoat ishlariga jalb etilgan shaxslar ish haqidan majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinishi nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil 1-sentabr

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

4.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan ishsiz fuqarolarga ishsizlik bo‘yicha nafaqa o‘rniga yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatga olish bo‘yicha birinchi navbatdagi sarf-xarajatlarni bir yo‘la maqsadli subsidiya qilib berish tartibini joriy etish va shartlarini belgilashni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va tatbiq etish.

Ma’lumot xati

2017-yil noyabr

Mehnat vazirligi, DSQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

5.

Yangi ish joylarini yaratayotgan, shuningdek, ijtimoiy madadga muhtoj aholi toifasi, avvalo kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari, imkoniyatlari cheklangan shaxslar, sobiq harbiy xizmatchilarni ishga joylashtirayotgan ish beruvchilarga ularning yutuqlarini tasdiqlovchi sertifikat topshirish yo‘li bilan ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil noyabr

Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, MTRK

6.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, unda:

chet ellarda fuqarolarni ishga joylashtirish sohasida xizmat ko‘rsatayotgan nodavlat tashkilotlarini litsenziyalash, ularning ko‘magida ishga joylashgan fuqarolarga nisbatan mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlar ta’minlanishi uchun ana shu tashkilotlar javobgarligining qat’iy shartlari nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil avgust

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura Iqtisodiyot vazirligi, DSQ

7.

Ish beruvchilar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibini takomillashtirish, barcha ish beruvchilar — yuridik shaxslar tomonidan shunday ma’lumotlarni berish majburiyligi hamda ularni elektron holida yetkazib berish mexanizmlarini nazarda tutish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil oktabr

Mehnat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP

8.

Ish beruvchilar uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun minimal miqdordagi ish o‘rinlarini belgilash tartibini takomillashtirish, mazkur toifadagi shaxslarning ishga joylashtirilishini ta’minlash nazorati va javobgarligini kuchaytirish choralarini nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil oktabr

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, SSP, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

II. Bandlik va ish joylarini yaratish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish

9.

Yangi ish joylarini yaratish va mehnat bozorining joriy hamda istiqboldagi talab-ehtiyojlarini inobatga olgan holda kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi tasdiqlanishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil sentabr

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

10.

Ishga joylashishga muhtoj aholi sonini belgilash metodikasini takomillashtirish, shu jumladan bandlik masalalari bo‘yicha uy xo‘jaliklarini tekshirish metodikasini takomillashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil sentabr

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qo‘mitasi

11.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha faol badal to‘lovchilar soni va jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘layotgan jismoniy shaxslar soni o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida yaratilgan ish joylari, shu jumladan doimiy ish o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil iyul

Mehnat vazirligi, DSQ, Moliya vazirligi

12.

Mikrofirma yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati shaklidagi o‘z biznesini ro‘yxatdan o‘tkazgan kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga lizing tashkilotlari tomonidan texnologik uskunalarni taqdim etish xizmatlari hajmini kengaytirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va qabul qilish.

Chora-tadbirlar dasturi

doimiy

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, lizing tashkilotlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, SSP

13.

Jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini va davlat ijtimoiy sug‘urta badallarini faol to‘lab keluvchi fuqarolar soni o‘sishining belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish yuzasidan mahalliy ijro hokimiyati organlari harakatlar samaradorligini har chorakda tahlil qilishni ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga axborot

har chorakda

Mehnat vazirligi, DSQ, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

III. Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining ishga joylashtirilishini ta’minlash

14.

Akademik litseylar bitiruvchilarining tayyorgarlik yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ular tomonidan egallangan kasb va lavozimlar ro‘yxatini belgilangan tartibda tasdiqlash.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2017-yil iyul

Mehnat vazirligi, O‘MKHTM

15.

Yagona ijtimoiy to‘lov stavkasini pasaytirish huquqini beruvchi, tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2018-yil mart

DSQ, Moliya vazirligi, O‘MKHTM

16.

Kollej bitiruvchilarining iqtisodiyot va moliya organlari hududiy bo‘linmalarining hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘MKHT Markazining ular ishga joylashtirilishi uchun javobgar bo‘lgan aniq bir xodimiga shaxsan biriktirib qo‘yilishini, bu ishning barcha darajalardagi hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan muvofiqlashtirilishini ta’minlash.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

har yili fevralgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Mehnat vazirligi, O‘MKHTM, vazirlik va idoralar

17.

Kasb-hunar kollejlari negizida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazishning namunaviy reglamentini tasdiqlash va o‘z tadbirkorligini boshlashga ko‘maklashish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil oktabr

Mehnat vazirligi, DSQ, Markaziy bank, Tijorat banklari, O‘MKHTM,SSP

18.

Quyidagi jadvallarni tasdiqlash:

Kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, boshlovchi tadbirkorlar va yosh mutaxassislarning istiqbolli, amaliyotda sinovdan o‘tgan biznes loyihalaridan, zamonaviy texnologik uskunalar, moliyaviy, lizing va axborot xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash nazarda tutilgan 28 ta yirik shaharlarda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashuvchi doimiy faoliyat yuritadigan mintaqaviy markazlarni tashkil etish;

har bir tuman (shahar)da kasb-hunar kollejlari negizida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mikrokreditlar hamda murakkab bo‘lmagan texnologik uskunalar va asboblarni lizingga taqdim etgan holda har yili biznes-loyihalar yarmarkalarini o‘tkazish.

Jadvalni tasdiqlash

jadvalga muvofiq

Mehnat vazirligi, DSQ, Markaziy bank, tijorat banklari O‘MKHTM, SSP, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

19.

Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga ishchi kasblari bo‘yicha malaka razryadlari (darajalar) berish tartibini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil fevral

Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirlik va idoralar

20.

Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga intervyu berish, qisqa xulosalarni to‘ldirish va taqdim etish ko‘nikmalariga, mehnat huquqi asoslariga hamda ish beruvchilar va xodimlarning majburiyatlariga o‘qitish darslarini kiritish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2017-yil sentabr

Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘MKHTM,

21.

Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning barcha o‘quvchilarini soliq to‘lovchilar sifatida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yib, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) berish va haq undirmasdan Elektron raqamli imzo (ERI) taqdim etish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2018-yil 1-yanvardan, doimiy

DSQ, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

22.

Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinganlik uchun to‘lovdan ozod qilish shaklida maqsadli subsidiyalar berish, shuningdek, mikrokredit olinganda sug‘urta haqini to‘lash xarajatlarining bir qismini bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash tartibi va shartlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga ma’lumotnoma xati

2017-yil noyabr

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, �ikrokreditbank

IV. Mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar

23.

Mehnat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish maqsadida har oy asosida (har ikkinchi seshanbada) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytida, ayrim OAVlarda mehnat va bandlik bozorining holati, shu jumladan mehnat organlariga ish izlab murojaat qilgan fuqarolar, ishga joylashganlar soni, ochilgan vakansiyalar, yaratilgan ish o‘rinlari hamda ish beruvchilar, investorlar va aholi uchun ahamiyatli bo‘lgan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida e’lon qilishni ta’minlash.

Mehnat va bandlik bozori holatining e’lon qilinishi lozim bo‘lgan aniq ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ularni taqdim etish formatini belgilash.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2017-yil iyun 2017-yil iyul

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

24.

Ekspertlar, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining keng miqyosli funksional tahlilini o‘tkazish.

Bajaruvchilar qarori

jadvalga muvofiq, 2017-yil oxirigacha

Mehnat vazirligi

25.

O‘tkazilgan funksional tahlil asosida mehnat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari reinjiniringini amalga oshirish

Davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi reglamentlarini joriy etish

2018-yil mart

Mehnat vazirligi

26.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xizmatlaridan jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta’lim muassasalari, jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish hisobiga foydalanish nuqtalarini kengaytirish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2018-yil mart

Mehnat vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi

27.

Samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ish samaradorligi va sifatini baholash asosida mehnat organlari xodimlarining ayrim toifalar mehnatiga haq to‘lashning rag‘batlantiruvchi (ishbay, mukofot) tizimini joriy etish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2018-yil mart

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

28.

Mehnat organlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish.

Mehnat organlari tizimi xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni belgilangan tartibda tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

jadvalga muvofiq, 2017-yil oxirigacha

Mehnat vazirligi

29.

Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan ishga joylashishga muhtoj shaxslar, jumladan imkoniyatlari cheklangan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalar bilan ishlashga nisbatan qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni inobatga oluvchi malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil iyul

Mehnat vazirligi

30.

Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashishi markazlari joylashgan binolar va xonalarni xatlovdan o‘tkazish va uning natijalariga ko‘ra bino va xonalarning namunaviy loyihalarini tasdiqlash, bandlik sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha “yagona darcha” rejimida ularning faoliyat yuritishini ta’minlaydigan binolarni qurish hamda kapital ta’mirlash dasturlari va jadvallarini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil dekabr

Mehnat vazirligi, “Davarxitektqurilish”, Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

V. Zamonaviy axborot-kompyuter texnologiyalarini mehnat organlari faoliyatiga keng joriy etish

31.

Quyidagilarni ta’minlovchi apparat-dasturiy kompleksini yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

interaktiv davlat xizmatlarining Yagona portalida butunjahon Internet tarmog‘i orqali, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy saytida “Ishga joylashtirish bo‘yicha shaxsiy yordamchi” va “Onlayn mehnat huquqiy inspektori” interaktiv xizmatlarini elektron shaklda joylashtirib, vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari hisobini yuritish;

tomonlarning raqamli imzolariga asoslangan, xodimlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida elektron shakldagi mehnat shartnomalari (kontraktlarini) tuzish va ro‘yxatga olish;

xodimlarning mehnat stajini, shu jumladan xodimlar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasiga davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘langan badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beruvchi ish davrlarini hisobga olish, xodimlarning “elektron mehnat daftarchasi”ni shakllantirish va yuritish.

Chora-tadbirlar dasturi

2018-yil yanvar

Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Pensiya jamg‘armasi

32.

Yaratilayotgan va hisobdan chiqarilgan ish o‘rinlarini hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha “NewJob-2” apparat-dasturiy kompleksini tatbiq etish.

Apparat-dasturiy kompleks

2017-yil oktabr

Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

33.

Moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilab, kompyuter hamda boshqa zarur orgtexnika va uskunalarni bosqichma-bosqich yangilab borish jadvalini tasdiqlagan holda aholining bandligi ko‘maklashish tuman (shahar) markazlarining zamonaviy kompyuterlar hamda boshqa orgtexnika va uskunalar bilan jihozlanganlik holatini xatlovdan o‘tkazish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2017-yil iyul

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi

34.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jamoat joylarida o‘rnatiladigan axborot kiosklari va terminallari uchun mavjud vakant joylar to‘g‘risida axborot berilishini ta’minlaydigan zarur dasturlarni ishlab chiqish va tatbiq qilish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2018 — 2021-yillar

Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

35.

Call-center faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan telefon orqali murojaatni baholash, uning natijalarini rasmiy veb-saytda aks ettirish tizimini joriy qilish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2017-yil iyun

Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

36.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini shaxsiy yordamchi uchastkalar va dehqon xo‘jaliklarida yetishtirish orqali aholi bandligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish shart-sharoitlari va metodlari to‘g‘risida axborot beruvchi tomorqa.mehnat.uz, maxsus saytini tashkil etish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2017-yil iyun

Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP

37.

interaktiv davlat xizmatlarining Yagona portali orqali ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari hamda vakansiyalar bazasini kengaytirishga, shuningdek, “Kadrlar” TISni yanda rivojlantirishga qaratilgan ish.mehnat.uz, saytini takomillashtirish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2017-yil avgust

Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

VI. Kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lash va moddiy yordam ko‘rsatish monitoringini tashkil etish hamda oilalarni kam ta’minlanganlikdan chiqarish bo‘yicha yakka tartibdagi dasturlarni ishlab chiqish

38.

Mehnat organlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarning ijro etuvchi apparatlari bilan kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha o‘zaro mustahkam hamkorlikni tashkil etish.

Birgalikdagi tadbirlar rejasi

2017-yil iyul

Mehnat vazirligi, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

39.

Kam ta’minlangan oilalarning ehtiyojlari va iqtisodiy imkoniyatlarini tahlil qilish asosida ularni kam ta’minlanganlikdan chiqarish maqsadida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy madadni tashkil etishning namunaviy variantlari va dasturlarini ishlab chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil iyul

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

40.

Ishga joylashtirish hamda kam ta’minlanganlikdan chiqarish yuzasidan yakka tartibdagi dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha, shu jumladan kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tayyorlash va to‘lash hamda moddiy yordam ko‘rsatish masalalarida inspektorning yangi funksiyalari va vakolatlarini belgilash.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2017-yil iyun

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

41.

Kam ta’minlangan oilalar registri va ma’lumotlar axborot bazasini shakllantirish va yuritish bo‘yicha takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil dekabr

Mehnat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

42.

Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga nafaqalar tayinlash va to‘lash hamda moddiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini chuqur va tanqidiy tahlil qilish, zamonaviy talablarni inobatga olgan holda kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy madad ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga ma’lumotnoma xati

2017-yil dekabr

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

VII. Bandlikda teng sharoitlarni ta’minlash va erishish oson bo‘lgan muhitni yaratish

43.

Imkoniyatlari cheklangan shaxslarning bandligi va ijtimoiy integratsiyasi muammolarini chuqur tahlil qilish va ularni ishga joylashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2017-yil noyabr

Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati (BMT agentliklarining madadida)

44.

Barcha darajalardagi davlat boshqaruvi tuzilmalarida xotin-qizlarning keng ko‘lamda bir xil va teng darajada ishtirok etishlarini ta’minlaydigan, insonning fundamental huquqlariga rioya etish asosini tashkil etuvchi iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi gender tengligi rivojlantirilishini ta’minlash nazarda tutilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va qabul qilish.

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2017-yil noyabr

Mehnat vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

45.

Quyidagilarga qaratilgan kompleks qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

nogironlar va aholining kam harakatlanuvchi boshqa guruhlari hayot faoliyatining asosiy sohalarida ustuvor obyektlar va xizmatlardan foydalanishlarini ta’minlash;

reabilitatsiya va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza davlat tizimi sohasida xizmatlar ko‘rsatish mexanizmini takomillashtirish;

ixtisoslashtirilgan ijtimoiy korxonalar, shu jumladan nogironlar uchun mo‘ljallangan korxonalar barpo etish, bunday korxonalarga imtiyoz va preferensiyalar berilishini nazarda tutish.

Qo‘shimcha chora- tadbirlar kompleksini tasdiqlash bo‘yicha bajaruvchilarning qo‘shma qarori

2018-yil mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, DSQ, SSP

46.

3 yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga shu davrda kasb-hunarga o‘qish, qayta tayyorlanish, malakasini oshirish imkoniyatini berish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish.

Bajaruvchilar qarori

2017-yil oktabr

Mehnat vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘MKHTM

VIII. Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlik va bahamjihat harakat qilish

47.

2017 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti (HMT) konvensiyalarini amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rilishini va tegishli Respublika idoralararo komissiyasi tuzilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil mart

Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, manfaatdor vazirlik va idoralar

48.

HMTning quyidagi Konvensiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish imkoniyatini o‘rganish:

17-son ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarda mehnatkashlarga tavon to‘lash to‘g‘risidagi;

81-son sanoat va savdoda mehnatni inspeksiya qilish to‘g‘risidagi;

97-son mehnatkash-migrantlar to‘g‘risidagi (qayta ko‘rib chiqilgan);

129-son qishloq xo‘jaligida mehnatni inspeksiya qilish to‘g‘risidagi;

132-son haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risidagi (1970-yilda qayta ko‘rib chiqilgan);

144-son xalqaro mehnat normalarini qo‘llashga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi;

156-son erkak va ayol xodimlar uchun teng imkoniyatlar va ularga teng munosabatda bo‘lish (oilaviy majburiyatlari bo‘lgan xodimlar) to‘g‘risidagi;

177-son kasanachilik mehnati to‘g‘risidagi;

183-son onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 1952-yilgi Konvensiyani qayta ko‘rib chiqish haqidagi;

187-son mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashuvchi asoslar to‘g‘risidagi;

29-son majburiy mehnat to‘g‘risidagi Konvensiyaga 2014-yilgi qo‘shimcha protokoli.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga ma’lumotnoma xati

2017 — 2020-yillar

Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, TIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

49.

O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan HMT Konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha respublikada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida xorijiy sheriklar bilan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari orqali keng ko‘lamdagi axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

Axborot materiallarini tayyorlash

doimiy

Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, TIV

50.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasida Mehnatni normalash va ishchilarning asosiy kasblari bo‘yicha malakasini baholash byurosini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqish va kiritish, uning vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

texnika, texnologiyalar rivoji va ishlab chiqarishni tashkil etishning hozirgi holatini inobatga oluvchi ilmiy asoslangan mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy etish;

korxonalar va tashkilotlar organlarining buyurtmanomalariga ko‘ra kasbiy-malaka tavsiflari va talablarini, shuningdek, lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish;

ishchilarga malaka razryadlarini bergan holda asosiy ishchi kasblari bo‘yicha malakani mustaqil ravishda baholash.

Tahliliy ma’lumotnoma xati

2018-yil mart

Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, Moliya vazirligi, Davlat test markazi

51.

HMT Byurosining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun javobgarlik zonasiga kiruvchi davlatlarda ishlab chiqarishdagi shikastlanish, baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldin olish holati to‘g‘risidagi axborot ayirboshlashni amaliyotga joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga ma’lumotnoma xati

2017 — 2020-yillar

Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP, TIV

52.

Xalqaro mehnat normalari va standartlarini, shuningdek, HMTga a’zo mamlakatlarning ilg‘or amaliyotlarini milliy qonunchilikka tatbiq etish maqsadida HMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning tavsiyanomalari bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganishni tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga ma’lumotnoma xati

doimiy

Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, SSP

IX. Aholi bandligi masalalari yuzasidan televideniye va radio orqali keng tushuntirish ishlarini olib borish

53.

Aholi bandligi masalalari bo‘yicha “Mahalla” teleradiokanalida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish yuzasidan har yili mediarejalar, shu jumladan mavzuga oid studiyaviy va sayyor tele hamda radio eshittirishlar, realiti-shou, tok-shou, ijtimoiy tele va radio roliklar hamda boshqa turkumlar rejalarini tuzish va tasdiqlash.

Mediarejani tasdiqlash

har yili, yanvarda

MTRK, Mehnat vazirligi

54.

Respublikaning shahar va tumanlarida aholi bandligini ta’minlash masalalarni yoritish bo‘yicha realiti-shoularni tashkil etish, jumladan:

“Tadbirkor bo‘lmoqchiman” realiti-shousi, jumladan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilari tomonidan o‘z tadbirkorlik ishini tashkillashtirish, shu jumladan biznes-g‘oyani shakllantirish va amalga oshirish, ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, biznesni tashkil etish uchun joy va xonalarni tanlash, biznes-rejalarni tayyorlash, tijorat banklarida kredit olish, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun uskunalar, asboblar va materiallar sotib olish, muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish, marketing va reklama masalalari hamda boshqa masalalarni aniq misollar asosida yoritish;

shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan “Tomorqam — xazinam” realiti-shousi, jumladan urug‘lik va o‘g‘itlar, sabzavot va mevali daraxtlar (limon, unabi, yong‘oq, intensiv mevali daraxtlar) ko‘chatlarini sotib olish, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik, quyonchilikni rivojlantirish, issiqxonalar tashkil etish, bog‘da ishlatiladigan anjom va asboblarni xarid qilish, tijorat banklarida mikrokreditlar olish, shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi, shu jumladan yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlash, saqlash va sotish bo‘yicha agrofirmalar va boshqa tegishli tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish.

Mavzuga oid jadvalni tasdiqlash

2017 — 2020-yillar

MTRK, Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, SSP, O‘MKHTM, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, DSQ, Markaziy bank, tijorat banklari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘isto� Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

55.

“Yoshlarga ish bering” studiyaviy va sayyor tok-shouni tashkil etib, yoshlarni ishga joylashtirish, band bo‘lmagan yoshlar, shu jumladan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilari, Qurolli Kuchlar safidan bo‘shagan yoshlar, ularning ota-onalari, ish beruvchilar, mehnat organlari, boshqa manfaatdor idoralar va tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur sohada yuzaga keladigan to‘siqlar va muammolarni hal etish yo‘llarini xolisona tahlil qilish va muhokama etish.

Mavzuga oid jadvalni tasdiqlash

2017 — 2020-yillar

MTRK, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘MKHTM, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

56.

Mavzuga oid tele va radio eshittirishlar turkumini hamda fuqarolarning ishga joylashish va mehnat huquqlarini himoya qilish, “Tadbirkorlik — qonun himoyasida”, “Harakatda barakat”, “Tahlil va talqin”, “Biznes va taraqqiyot”, “Mehnat huquqi”, “Reporter”, “Qonunchilikdagi yangiliklar” kabi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ruknlar tashkil etish, jumladan tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo‘yicha imtiyozlarni, mehnat nizolarini hal etish mexanizmlarini yoritish, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, mehnat haqini hisoblab chiqarish va to‘lash, soliq majburiyatlari, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish imtiyozlari va boshqa masalalarni yoritish.

Mavzuga oid rejani tasdiqlash

2017 — 2020-yillar

MTRK, Mehnat vazirligi, Bosh prokuratura, DSQ, DBQ, SSP, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi

57.

Muvaffaqiyatlarga erishayotgan tadbirkorlar, turli tarmoqlarning professionallari tomonidan biznesni yaratish va rivojlantirishdagi tajribasini yoritish, yoshlarni tadbirkorlikka va kasb mahoratiga erishishga undan va rag‘batlantirish maqsadida ular bilan “Muvaffaqiyatim sirlari” maxsus tele va radio intervyu turkumini tashkil etish.

Intervyu jadvalini tasdiqlash

2017 — 2020-yillar

MTRK, Mehnat vazirligi, SSP, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi

58.

Quyidagi ijtimoiy teleradioroliklarni yaratish:

Tadbirkorlik faoliyatining turli sohalarini ommalashtirish, o‘z tadbirkorligini ochish masalalarini yoritish, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida axborot berish bo‘sh ish o‘rinlariga joylashish tartibini tushuntirish, kadrlarni tanlash va o‘qitishda biznes va ta’lim muassasalarining hamkorligi; kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi biznes-loyihalarni tijorat banklari tomonidan moliyalashtirish tajribasi (tikuv sexi, go‘zallik saloni, avtoservis punkti, sartaroshxona, nonvoyxona, issiqxona, mebel, qurilish materiallari, qandolat mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqalar);

Respublikaning turli shaharlari va tumanlarida shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirishning ijobiy tajribasini yoritish.

Mavzuga oid rejani va ijodiy kreativ guruhlar tarkiblarini tasdiqlash

2017 — 2020-yillar

MTRK, Mehnat vazirligi, SSP, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

59.

Mehnat bozori, bandlik rivojlanishi, ishbilarmonlik faolligining o‘sishi, kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport va hokazolarni kengaytirish dinamikasini aks ettiruvchi infografika va boshqa ko‘rgazmali materiallarni yaratish hamda efir vaqtida keng namoyish etish.

Mavzuga oid rejani va ijodiy kreativ guruhlar tarkiblarini tasdiqlash

2017 — 2020-yillar

MTRK, Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, SSP, Davlat statistika qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, DBQ, DSQ

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qaroriga

8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasining mehnat kuchi haddan ziyod bo‘lgan tumanlarida band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradigan tayanch kasb-hunar kollejlarining

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mehnat kuchi haddan ziyod bo‘lgan tumanlar nomi

Tayanch kasb-hunar kollejlari nomi

Band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘nalishlarining nomi*

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Mo‘ynoq tumani

Mo‘ynoq sanoat-transport kolleji

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik ishi, chilangarlik ishi

2.

To‘rtko‘l tumani

To‘rtko‘l qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Tikuvchilik ishi, payvandlash ishi, qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, chilangarlik ishi

3.

Shumanay tumani

Shumanay qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Tikuvchilik ishi, payvandlash ishi, qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, chilangarlik ishi

Andijon viloyati

4.

Ulug‘nor tumani

Ulug‘nor qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik ishi

5.

Paxtaobod tumani

Paxtaobod qurilish va kommunal xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Suv-gaz ta’minoti, tikuvchilik ishi, payvandlash ishi

6.

Qo‘rg‘ontepa tumani

Qo‘rg‘ontepa qurilish kolleji

Qurilish, bo‘yoqchilik ishi, tikuvchilik ishi, yigiruvchilik ishi

Buxoro viloyati

7.

Olot tumani

Olot qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

To‘qish ishi, tikish ishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash

8.

Romitan tumani

Romitan sanoat kasb-hunar kolleji

Payvandlash ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik ishi, elektr ta’minoti

Jizzax viloyati

9.

Baxmal tumani

Baxmal qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik ishi

10.

Forish tumani

Forish qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik ishi

11.

Yangiobod tumani

Yangiobod qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasi kasb-hunar kolleji

Qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik ishi

Qashqadaryo viloyati

12.

Dehqonobod tumani

Dehqonobod agrosanoat kasb-hunar kolleji

Payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ishi

13.

Mirishkor tumani

Jeynov sanoat kasb-hunar kolleji

Payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ishi, elektr ta’minoti

14.

Chiroqchi tumani

Chiroqchi qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasi kasb-hunar kolleji

Qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish

Navoiy viloyati

15.

Xatirchi tumani

Xatirchi xizmat ko‘rsatish sohasi va servis kasb-hunar kolleji

Tikuvchilik ishi, buxgalteriya, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish

Namangan viloyati

16.

Mingbuloq tumani

O‘zgarish maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarini ta’mirlash, qurilish, tikuvchilik ishi, elektr montaj

17.

To‘raqo‘rg‘on tumani

To‘raqo‘rg‘on qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish

Samarqand viloyati

18.

Bulung‘ur tumani

Bulung‘ur milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji

Duradgorlik va pol joylash, payvandlash ishi, chilangarlik ishi, Kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarini ta’mirlash

19.

Qo‘shrabot tumani

Qo‘shrabot xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kolleji

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik ishi

20.

Narpay tumani

Oqtosh qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Qurilish, bo‘yoqchilik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish

21.

Paxtachi tumani

Paxtachi qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarini ta’mirlash, payvandlash ishi, chilangarlik ishi

Sirdaryo viloyati

22.

Xovos tumani

Gulbahor qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik ishi

Surxondaryo viloyati

23.

Boysun tumani

Boysun qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

Qurilish, bo‘yoqchilik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik ishi

24.

Qiziriq tumani

Qiziriq qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarini ta’mirlash, payvandlash ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ishi, tikuvchilik ishi

25.

Uzun tumani

Uzun maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Tikuvchilik ishi, kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarini ta’mirlash

Toshkent viloyati

26.

Bekobod tumani

Dalvarzin maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Tikuvchilik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, maishiy texnikani ta’mirlash

27.

Bo‘ka tumani

Bo‘ka maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Sartaroshlik ishi, tikuvchilik ishi, maishiy texnikani ta’mirlash, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish

28.

Chinoz tumani

Chinoz xizmat ko‘rsatish sohasi va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji

Chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash ishi elektr ta’minoti, maishiy texnikani ta’mirlash

Farg‘ona viloyati

29.

Uchko‘prik tumani

Uchko‘prik qurilish va xizmat ko‘rsatish sohasi kasb-hunar kolleji

Qurilish, bo‘yoqchilik ishi, sartaroshlik ishi, tikuvchilik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish

30.

So‘x tumani

So‘x ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kolleji

Tikuvchilik ishi, buxgalterlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish

31.

Yozyovon tumani

Yozyovon qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Tikuvchilik ishi, payvandlash ishi, qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish

Xorazm viloyati

32.

Qo‘shko‘pir tumani

Qo‘shko‘pir agrosanoat kasb-hunar kolleji

Chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash ishi, tikuvchilik ishi

G‘azavat maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Oshpaz, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik ishi, payvandlash ishi, servis xizmatlari va radioteleapparatlarni ta’mirlash

33.

Yangiariq tumani

Yangiariq qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji

Tikuvchilik ishi, payvandlash ishi, qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, chilangarlik ishi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish

34.

Yangibozor tumani

Yangibozor sanoat kasb-hunar kolleji

Non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik ishi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh. Tumanlar, kasb-hunar kollejlar va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ro‘yxatiga mehnat bozorining ehtiyojlari, mehnat kuchi haddan ziyod tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi sifatli va tarkibiy o‘zgarishlarga qarab Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘MKHT markazining birgalikdagi qarorlari bilan qo‘shimchalar kiritilishi va o‘zgartirilishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 22-son, 420-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)