Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 10.12.1996 yildagi 437-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOLALI OILALARNI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASHNI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi Farmonini bajarish va aholini ijtimoiy muhofaza qilishning muayyan shaxsga qaratilganligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 8-son, 101-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash zimmasiga yuklanadigan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shaharcha, qishloq, ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari)ning joylashishini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ushbu organlari hududlarida yashaydigan oilalar sonidan kelib chiqqan holda, ikki hafta muddatda aniqlasinlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 8-son, 101-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarning fuqarolar yigʻinlari raislariga va kotiblariga mahalliy budjetdan mehnat haqi toʻlashni taʼminlasinlar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 327-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi bilan birgalikda 1997-yil 1-yanvargacha joylarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish va bunday qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlash masalalari boʻyicha oʻquvini amalga oshirsinlar.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 8-son, 101-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bolali oilalarga nafaqalar toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishni nazorat qilish shaxsan Moliya vaziri (B.A. Xoʻjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga ular tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlashda, ularga nafaqalar toʻlashda va oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarning izchil bajarilishini taʼminlashda har tomonlama amaliy va uslubiy yordam koʻrsatsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari xodimlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqilsin va tasdiqlansin, bunda ularga oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil qilish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha yangi funksiyalarni yuklash hisobga olinsin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar)lar aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish hududiy organlariga biriktirilgan xodimlari uchun mehnatga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasi razryadlarini amaldagi razryadga nisbatan ikki razryadga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga 3-ilovaning tuman (shaharlar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlarining xodimlari soni normativiga doir qismi, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyundagi 308-son qarorining 2-bandi 1997-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar boʻyicha 10 kun muddatda takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
437-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 8-son, 101-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 12-son, 35-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2002-y., 2-son, 22-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda; 2010-y., 6-7-son, 52-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2012-y., 23-24-son, 259-modda; 2013-y., 8-son, 101-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 09/18/306/1111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)