24.05.2017 yildagi PF-5052-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-sonli qaroriga muvofiq joylarda mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleksga kiruvchi hududiy organlar rahbarlarining, ularni moddiy rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy chora qo‘llash bo‘yicha tegishli tizimni joriy etgan holda, aholi bandligining o‘sishi va uni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi va samaradorligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati oshirildi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bandlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda yangicha yondashuvlarni joriy etish, shu jumladan, davlat va xususiy biznes o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan holda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish, ishsiz aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirishda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va diversifikatsiyalash, faol investitsiya siyosati yuritish hisobiga iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish asosida har yili minglab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bu o‘z navbatida o‘ta dolzarb muammo hisoblangan aholi, avvalambor yoshlar bandligini ta’minlash imkonini bermoqda.

Shu bilan birga, bandlik sohasidagi mavjud muammolarni hal etishda haligacha eskirgan ish shakllari va uslublaridan foydalanilmoqda, mehnat bozoridagi haqiqiy vaziyatni buzib ko‘rsatish hollari saqlanib qolmoqda, muhim ijtimoiy masala hisoblangan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga yuzaki yondashuv holatlari uchramoqda.

Qabul qilingan Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta tashkil qilindi.

Farmonda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, jumladan, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga davlat buyurtmalarini ishlab chiqish, hududiy va tarmoqlar bandlik dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam o‘z vaqtida to‘lanishi monitoringini amalga oshirish va bo�qalar belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri hamda uning o‘rinbosarlari zimmasiga yangidan tashkil etilgan vazirlikning vazifalarini bajarish, shu jumladan, mehnat organlari tomonidan aholiga va ish beruvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish va ulardan foydalanish qulayligini ta’minlash, birinchi marta mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish va ularni oilaviy tadbirkorlikka va hunarmandchilikka jalb etish hamda o‘zini o‘zi band qilishning turli shakllarini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklatildi.

Alohida qayd etish lozimki, Farmonda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarining birinchi marotaba ishga joylashgan bitiruvchilari, agar ular ta’lim muassasasini tamomlagan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ishga joylashganidan keyin birinchi yil davomida ish haqidan olinadigan daromadlari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovning o‘rnatilgan stavkasini 50 foizga, ularning ikkinchi va uchinchi yil davridagi ish faoliyati bo‘yicha 25 foizga kamaytirish belgilandi. Bu imtiyoz budjet tashkilotlari, monopolist tashkilotlar, ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga ishga joylashtirilganlarga tatbiq qilinmaydi.

Mazkur kiritilayotgan me’yor ish beruvchilarning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishdan manfaatdorligini oshirish hamda imtiyozni qo‘llash natijasida bo‘shaydigan mablag‘larning bir qismini bitiruvchilarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarga yo‘naltirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, bitiruvchilar bandligining doimiy monitoringini ta’minlash maqsadida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchilariga soliq to‘lovchining individual raqamini majburiy tarzda berish ko‘zda tutilgan. Bu o‘z navbatida i�timoiy sug‘urta bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar asosida band bo‘lmagan bitiruvchilarni aniqlash va ularni ish bilan ta’minlash borasidagi muammolarni tezkor hal etish imkonini beradi.

Shuningdek, aholini ishga joylashtirish sohasiga ilg‘or jahon tajribasiga mos zamonaviy texnologiyalarni jalb etishni kengaytirish maqsadida, Farmonda 2019-yildan boshlab xodimlarning mehnat faoliyati davri, maxsus staji va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lagan to‘lovlar miqdori bo‘yicha ishonchli ma’lumotni hamda xodimning kasbiy o‘sishiga doir boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “elektron mehnat daftari” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilgan.

Qabul qilingan Farmonda mehnat bozorini yanada rivojlantirish, mehnat qonunchiligini takomillashtirish va bandlikni rag‘batlantirish bo‘yicha bir qator choralar ko‘zda tutilgan. Xususan:

2018-yilning 1-yanvaridan boshlab nodavlat tashkilotlarga fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishga joylashtirish sohasida belgilangan tartibda pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqini berish, agar bunday xizmatlar fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ushbu faoliyat turi bo‘yicha belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida xizmat ko‘rsatishga ruxsat berish;

mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklariga xodimlarning roziligi asosida muayyan muddatli mehnat shartnomalari (muddatli mehnat shartnomalari), jumladan, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish bo‘yicha shartnomalarni tuzishga ruxsat berish, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan davrdan boshlab uch yil ichida birinchi marta ishga kirayotgan bitiruvchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomalari bundan mustasno;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida ish tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etish, bunda barcha davlat xizmatlarini to‘liq hajmda funksional tahlil qilish va qayta ko‘rib chiqish (reinjiniring qilish), ishga tanlov asosida qabul qilish, “yagona darcha” tamoyilida davlat xizmatlari ko‘rsatish, mehnat organlari tomonidan ko‘rsatiladiga� xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, mehnatga haq to‘lashning zamonaviy rag‘batlantiruvchi uslublarini qo‘llagan holda, samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) asosida xodimlar mehnatining sifati va samaradorligini baholashni nazarda tutish.

Qabul qilingan Farmonning muhim yangiliklaridan biri shundan iboratki, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Mazkur jamg‘armaning asosiy vazifalari etib, vaqtincha band bo‘lmagan aholini yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, yo‘l va uy-joy kommunal infratuzilmasini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda, shahar va tumanlarni obodonlashtirishda, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishtiroklarini moliyalashtirish belgilangan.

Respublika bank tizimining aholi bandligi sohasidagi rolini keskin oshirishni ta’minlaydigan 2017 — 2020-yillarda faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar uchun ko‘rsatilayotgan mikromoliyalash xizmatlari hajmi va ko‘lamini kengaytirish hamda ulardan foydalanishda qulayliklar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Xususan, aholiga mikrokreditlar ajratish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida “Mikrokreditbank” ATBning kapital qo‘yilmalari hajmini oshirish ko‘zda tutilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ko‘ra “Mikrokreditbank” ATB kuzatuv kengashining raisi hisoblanishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Qabul qilingan hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha tuzilmaviy bo‘linmalarning vakolati, funksiyalari va javobgarligini aniq taqsiml�b beradigan boshqaruvning zamonaviy vertikal-yaxlit tizimini shakllantirishni ko‘zda tutuvchi vazirlikning yangi takomillashgan tashkiliy tuzilmasi, vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining tuzilmalari tasdiqlandi.

Fuqarolarni ishga joylashtirishda sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarori bilan quyidagilar ko‘zda tutilgan:

mehnat organlari tomonidan “yagona darcha” tamoyilida davlat xizmatlari ko‘rsatishning prinsipial yangi tizimini joriy etish, bunda ishga joylashtirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha kompleks xizmatlarni aholi uchun qulay bo‘lgan joylarda, shu jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ko‘rsatish va bunda internet imkoniyatlaridan keng foydalanish;

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining fuqarolarni tashkillashgan holda xorijda ishga joylashtirishni ta’minlovchi filiallari tarmog‘ini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqish.

Qarorga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlari portalida, vazirlikning rasmiy saytida va markaziy ommaviy axborot vositalarida mehnat bozoridagi vaziyat va bandlik holati to‘g‘risida ma’lumotlarni, shu jumladan, ish qidirib mehnat organlariga murojaat qilgan hamda ishsizlik bo‘yicha nafaqa olayotgan fuqarolar soni, yaratilgan ish joylari, ro‘yxatga olingan bo‘sh ish o‘rinlari va aholi, ish beruvchilar va investorlar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni chop etib boradi.

Qaror bilan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasini moliyalashtirish manbalari va ularni sarflashning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Ular jumlasiga ishsizlarni, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonunchilik bilan o‘rnatilgan kafolatlarni amalga oshirish, band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va ijtimoiy himoyalashga doir sifatli xizmatlar ko‘rs�tish, mehnat organlarining moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish kiradi.

Alohida qayd etish lozimki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, respublikamizning mehnat resurslari ko‘p bo‘lgan tuman va shaharlarini aniqlagan holda, ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmalarini ishlab chiqish yuklatildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari investitsiya loyihalari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish va tasdiqlashda ushbu mehnat resurslari ko‘p bo‘lgan tuman va shaharlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratishlari lozim.

Shu munosabat bilan, qaror bilan mehnat resurslari ko‘p bo‘lgan tumanlarda band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradigan tayanch kollejlarining ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu kollejlar band bo‘lmagan aholini o‘zlarining asosiy ta’lim berishdan bo‘sh vaqtlarida, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablaridan kelib chiqqan holda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislik va yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitadi.

Ommaviy axborot vositalarida keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida qarorda “Mahalla” teleradiokanali faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni xususiy tadbirkorlikka va oilaviy biznesga jalb etish, shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklaridan oqilona foydalanish, mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi himoyasi masalalarini keng va xolisona yoritish belgilangan.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga aholi bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini televideniye va radio orqali faol olib borish yuzasidan aniq va ta’sirli choralarni amalga oshirish, shu jumladan, efir vaqtining “praym taym” davridan keng foydalanish bo‘yicha topshiriq berildi.

Qayd etish lozimki, qaror bilan mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Mazkur chora-tadbirlarda bandlik va mehnat munosabatlari sohasida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, bandlik dasturlarini ishlab chiqishga zamonaviy yondashuvlarni hamda kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish mexanizmlarini, yangi interaktiv xizmatlarni joriy etish va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va boshqa choralar ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorning amalga oshirilishi natijasida:

birinchidan, mehnat organlarining zamonaviy talablarga javob beradigan, qo‘yilgan ustuvor vazifalarni izchil va samarali bajarilishini ta’minlaydigan tashkiliy tuzilmasi yaratiladi, ayniqsa, mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish, ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantirish, birinchi marta mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini ishga joylashtirish kabi muhim yo‘nalishlarda ish faoliyatini kuchaytiradi;

ikkinchidan, mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan barcha davlat xizmatlarini to‘liq hajmda funksional tahlil qilish va qayta ko‘rib chiqish, mehnatga haq to‘lashning zamonaviy rag‘batlantiruvchi uslublari va samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI)ni joriy etgan holda, ish tashkil etishning progressiv shakllarini tatbiq etish orqali bandlik sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan oshirish;

uchinchidan, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan mehnat bozorini izchil va barqaror rivojlantirish, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlanishini kuchaytirish;

to‘rtinchi�an, kam ta’minlangan oila a’zolari va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga, mikrokreditlar berish va qayta o‘qitish xizmatlarini taqdim etish orqali yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikka jalb etish, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish yo‘li bilan oilalarni kam ta’minlanganlikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratish imkonini beradi.