Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.03.2012 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TOMONIDAN RATIFIKATSIYA QILINGAN ZO‘RLAB IShLATISh YOKI MAJBURIY MEHNAT TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYANI HAMDA BOLALAR MEHNATINING OG‘IR ShAKLLARINI TAQIQLASh VA YO‘Q QILIShGA DOIR ShOShILINCh ChORALAR TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYANI 2012-2013 YILLARDA AMALGA OShIRISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishni davom ettirish, zo‘rlab ishlatishga yoki majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek bolalar mehnatining og‘ir shakllarini yo‘qotish bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish va qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnat to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani 2012-2013-yillarda amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shimcha tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning ko‘rsatib o‘tilgan konvensiyalardan va Tadbirlar rejasidan kelib chiqadigan vazifalarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish yuklansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan bolalarni zo‘rlab ishlatishga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning voyaga yetmaganlar mehnatining qonunchilikda belgilangan norma va shart-sharoitlariga rioya etishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsinlar va amaliy nazoratni ta’minlasinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan konvensiyalardan va Tadbirlar rejasidan kelib chiqadigan vazifalarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi muntazam ravishda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda zo‘rlab ishlatishga yoki majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, bolalar mehnatining og‘ir shakllarini yo‘q qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotni manfaatdor xalqaro tashkilotlarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-martdagi 82-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnat to‘g‘risidagi konvensiyani va Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyani 2012-2013-yillarda amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shimcha tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Amalga oshirish shakli‎

Bajarish muddatlari‎

Mas’ul bajaruvchilar‎

‎‎I. Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.‎

Mehnat kodeksiga quyidagi normalarni kiritishni nazarda tutadigan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish:
‎o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olayotgan bitiruvchilarini ishga joylashtirishning qo‘shimcha kafolatlari to‘g‘risidagi normalar (davlat boshqaruvi organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha o‘qitish ixtisosligiga va egallab olingan malakaga muvofiq ishga joylashtirish);
‎oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan shaxslarning o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashi tartibi va shartlari to‘g‘risidagi normalar.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ‎

2012-yil III chorak‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar ‎
2.‎ Quyidagilar:
‎odam savdosi qurbonlari;
‎yosh mutaxassislar;
‎mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan boshqa shaxslar uchun ishga joylashish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar joriy etilishini (ish o‘rinlarini zaxiralashtirish) nazarda tutuvchi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. ‎

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi‎

2013-yil I chorak ‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar ‎

3.‎ Quyidagilarni:
‎ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotganda o‘quvchilar uchun mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitlariga rioya qilmaganlik uchun ish beruvchilar va xodimlarning javobgarligini kuchaytirishni;
‎voyaga yetmaganlar uchun mehnatning xavfsiz shart-sharoitlarini ta’minlashni nazarda tutuvchi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. ‎

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi‎

2013-yil IV chorak ‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎

4.‎ Oilaviy tadbirkorlikni tartibga solish yuzasidan tegishli o‘zgartirishlar kiritishni, ularda 15 yoshdan 18 yoshgacha bolalarning ishtirok etishi normalarini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini tayyorlash.‎

Hukumat qarori loyihasi‎

Tegishli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingandan keyin bir oy muddatda‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎

5.‎ Ta’lim muassasalarining o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.‎

Idoraviy normativ hujjat‎

2012-yilning II yarim yilligi ‎

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi‎

6.‎ O‘zbekiston tomonidan Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilinmagan konvensiyalari bo‘yicha Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini ratifikatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash va Xalqaro mehnat tashkilotiga taqdim etish.‎

Tahliliy ma’lumotnoma‎

Har yili — Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlarining so‘roviga muvofiq‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi‎

‎II. Zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnat to‘g‘risidagi konvensiyani va Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari

7. Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini va tavsiyalarini davlat tiliga tarjima qilish, ularni keyinchalik aholi va ish beruvchilar orasida tarqatish uchun to‘plam shaklida nashr etish.‎

Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalari va tavsiyalari to‘plami ‎

2012-yil IV chorak ‎

Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi‎

8. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bolalarni mehnat qilishga majbur etishga yo‘l qo‘ymaslik hamda ular tomonidan voyaga yetmaganlar mehnatining qonun hujjatlarida belgilangan normalari va shart-sharoitlariga, shuningdek Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiya va Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiya talablariga rioya etilishi ustidan amaliy nazoratni ta’minlash.

Monitoringni amalga oshirish

‎Qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishlar o‘tkazish

Har chorakda ‎


‎Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tekshirishlar reja-jadvalida belgilangan muddatlarda

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

9.‎ Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh va o‘n sakkiz yoshdan kichik yoshdagi shaxslarning mehnat qilish shart-sharoitlari yuzasidan joylarda mehnat haqidagi qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishni ta’minlash.‎‎

Monitoringni amalga oshirish

‎Qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishlar o‘tkazish ‎

Har chorakda ‎


‎Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tekshirishlar reja-jadvalida belgilangan muddatlarda ‎

Mehnat va aholini ijtimo�y muhofaza qilish vazirligi, ‎Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

10. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, shu jumladan yoshlar uchun maqsadli ish o‘rinlari tashkil etish, bo‘sh ish o‘rinlarining ixtisoslashtirilgan yarmarkalarini o‘tkazish, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini aniq ish o‘rinlariga oldindan biriktirishni tashkil etish yo‘li bilan ishga joylashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

har yili qabul qilinadigan Ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturiga muvofiq

Ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturida belgilangan muddatlarda‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Iqtisodiyot vazirligi

11.‎ Maktablarda (yuqori sinflar o‘quvchilari uchun) litseylar va kollejlarda voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini va Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari qoidalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan kichik ixtisosli o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.‎

O‘quv dasturlari‎

2012/2013 o‘quv yilidan boshlab‎

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi‎

12.‎ O‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashmasligining har bir holatini aniq muhokama qilgan holda ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini nazorat qilishni kuchaytirish.
‎O‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga to‘liq qatnashishini va o‘quvchilar kontingenti saqlanishini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish uchun ta’lim muassasalari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini o‘rnatish. ‎

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori‎‎

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak ‎

‎Amalga oshirish — doimo ‎ ‎

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Bosh prokuratura, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar ‎

13.‎ Quyidagilarga:
‎ o‘quv mashg‘ulotlarida asossiz ravishda qatnashmagan o‘quvchilar ustidan nazoratni ta’minlashga;
‎ o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga jamoatchilik ta’sirini kuchaytirishga;
‎asossiz ravishda o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmayotgan o‘quvchilarni qaytarishga doir uzil-kesil choralar ko‘rishga yo‘naltirilgan ta’lim muassasalari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi hamkorlik sifatini oshirish. ‎

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori‎‎

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak ‎



‎‎Amalga oshirish — doimo ‎ ‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” jamg‘armasi‎‎

14.‎ Umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun joylarda monitoring olib borish va nazorat qilish.‎
‎Odam savdosiga qarshi kurash, majburiy mehnatdan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish yo‘li bilan umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tushuntirish ishlari olib borish. ‎

Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori ‎‎

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak ‎


‎‎Amalga oshirish — doimo ‎ ‎

Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

15. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududida (yakka tartibdagi qurilish, hunarmandchilik sohasida va hokazolarda) majburiy bolalar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.‎‎

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori ‎

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak ‎

‎‎Amalga oshirish — doimo ‎ ‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi‎‎

16.‎ Majburiy bolalar mehnatidan foydalanish bo‘yicha huquqbuzarliklarni dastlabki hisobga olishni va ular statistikasini tashkil etish, shu jumladan huquqbuzarliklarni xususiyati, bolalarning jinsi va yoshi bo‘yicha taqsimlashga doir takliflarni ishlab chiqish.‎

Xalqaro mehn�t konferensiyasining 100-sessiyasida Xalqaro mehnat konvensiyasi Qo‘mitasining xulosasiga muvofiq ‎

2013-yil I chorak ‎

Davlat statistika qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ‎

17.‎ Nobop oilalardan bo‘lgan bolalar ustidan muntazam monitoring olib borilishini tashkil etish va amalga oshirish, oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ko‘rish.‎

Tadbirlar rejasi‎

Qabul qilish — 2012-yil II chorak ‎ ‎

‎Amalga oshirish — doimo ‎ ‎

Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi‎

18.‎ Paxta yig‘im-terimi ishlarida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun joylarda monitoring olib borish. Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar bilan birgalikda monitoring natijalari to‘g‘risida batafsil tahliliy ma’lumotnoma kiritish.‎ ‎

Sa’y-harakatlar rejasi‎

Har yili — avgust-oktyabr ‎‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

III. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiyani va Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish masalalari bo‘yicha keng axborot berish-tushuntirish ishlari olib borish‎

19.‎ O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiya va Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyaning mazmuni to‘g‘risidagi axborot materiallarini ommaviy axborot vositalarida yoritish dasturi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.‎‎

Ommaviy axborot vositalarida yoritish loyihasi‎

Ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish — 2012-yil II chorak‎

‎Amalga oshirish — 2012-2013-yillar‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ‎

20.‎ Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ishlar va zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing o‘tkazish.‎

Brifing tashkil etish va o‘tkazish, ushbu tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish‎

2012-yil aprel ‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎

21.‎ “Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining asosiy qoidalarini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirish” mavzusida Xalqaro mehnat tashkiloti kotibiyati vakillari va Yevropa Ittifoqi Komissiyasi ekspertlari ishtirokida manfaatdor vazirliklar va idoralar uchun seminar o‘tkazish.‎

Seminarni o‘tkazish loyihasi dasturi‎

2012-yil may ‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎

22.‎ 18 yoshgacha shaxslarning mehnatidan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston fermyerlari o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlari olib borish.‎
‎Fermer xo‘jaliklari uchun “Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va tavsiyalari, ularni O‘zbekistonning huquq tizimiga implementatsiya qilish masalalari” mavzusida ko‘chma seminarlar tashkil etish.‎

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori‎

Qaror qabul qilish — 2012-yil II chorak

‎‎Amalga oshirish — 2012-2013-yillar‎ ‎

O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ‎

23.‎ Ish beruvchilar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiya va Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiya mazmunini ochib beruvchi axborot materiallarini (broshyuralar, bukletlarni) tarqatish.‎‎

Axborot materiallarini ishlab chiqish va nashr etishning qo‘shma rejasi‎

Tasdiqlash — 2012-yil II chorak

‎Amalga oshirish — 2012-2013-yillar‎‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ‎

24.‎ Bolalar mehnatining og‘ir shakllari oqibatlari to‘g‘risida ota-onalarni maqsadli xabardor qilishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.‎‎

Kompleks chora-tadbirlar ‎

Tasdiqlash — 2012-yil II chorak
‎Amalga oshirish — doimo‎ ‎

Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi‎

25.‎ Bolalarning huquqlarini, shu jumladan mehnat sohasidagi huquqlarini ta’minlash va bolalar mehnatining og‘ir shakllariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha axborot materiallarini (plakatlar, postyerlarni) ishlab chiqish va ta’lim muassasalarida tarqatish.‎‎

Nashr prospekti va ishlab chiqish jadvali‎

Har yili‎

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, xalqaro tashkilotlar‎

26.‎ Jamoatchilik va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “davra suhbati”ni tashkil etish va o‘tkazish.‎‎

Bolalar mehnati muammolarini keng muhokama qilish‎

Har yilning 12-iyuliga ‎‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎‎

27.‎ Bolalar mehnatining og‘ir shakllariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida manfaatdor jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar uchun yillik ma’ruzalar tayyorlash.‎ Ratifitsiya qilingan konvensiyalar bo‘yicha Xalqaro mehnat tashkilotiga yangilangan axborotni taqdim etish. ‎

Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini yo‘q qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risida mahalliy va xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish ‎ ‎

2012-yil maygacha, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkilotining talabi bo‘yicha ‎‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz ‎

28.‎ O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining bolalar mehnati masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyalardagi ishtirokini ta’minlash va masalalarning ushbu doirasi bo‘yicha O‘zbekistonning nuqtai nazarini xalqaro jamoatchilikka yetkazish.‎

Bolalar mehnatini og‘ir shakllarini yo‘q qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilish‎‎

Kelishuv bo‘yicha‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bosh prokuratura‎

29.‎ Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalari O‘zbekiston Respub�ikasi tomonidan bajarilishi masalalari bo‘yicha Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda tushuntirish ishlari olib borish.‎

Tegishli tushuntirish ishlari olib borish‎

2012-2013-yillar‎

Tashqi ishlar vazirligi‎

‎IV. Bolalar mehnatining og‘ir shakllariga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish

30.‎ Munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturini amalga oshirish masalasini Moskvada Xalqaro mehnat tashkilotining Submintaqaviy byurosi bilan muhokama qilish uchun takliflarni ishlab chiqish.‎

Yo‘nalishlarni aniqlashtirish va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikni chuqurlashtirish ‎

2013-yil I chorak‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi‎

31.‎ O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining xorijiy kasaba uyushmalari markazlari va kasaba uyushmalarining xalqaro birlashmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi ustuvorliklarini nazarda tutadigan xalqaro faoliyati strategiyasini ishlab chiqish.‎

Xalqaro faoliyat strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash‎

2012-yil II chorak‎

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi‎

32.‎ Mamlakat mintaqalarida tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari uchun bolalarning huquqlarini ta’minlash va ularni mehnatning og‘ir shakllaridan himoya qilish masalalari bo‘yicha seminarlar o‘tkazish. Bolalarning huquqlarini ta’minlash va ularni mehnatning og‘ir shakllaridan himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘quv modelini e’lon qilish.‎

Seminarlar dasturi‎

Har yili‎

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

33.‎ Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan konvensiyalari bajarilishini yoritish masalalari bo‘yicha Toshkent shahridagi diplomatik korpus, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi konsullik muassasalari, shuningdek nodavlat notijorat xalqaro tashkilotlar bilan muntazam o‘zaro hamkorlik qilish.‎

Xalqaro mehnat tashki-lotining konvensiyalari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi to‘g‘risidagi xolisona axborotni xalqaro jamoatchilik e’tiboriga yetkazish‎

Har yili‎

Tashqi ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi‎

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 13-son, 141-modda, 22-son, 254-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 25-son, 539-modda, 37-son, 990-modda)