O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3520]
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasiga asosan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur o‘zgartishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid bo‘lsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan to‘laligicha qamrab olingan yoki amalda o‘z huquqiy ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, lekin rasman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozimligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llashga ta’sir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur buyruqqa ilovaning 6 — 10 bandlari 2024-yilning 3-avgustidan amalga oshiriladi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 19-iyun,
11-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 11-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2007-yil 20-fevraldagi 40-son “Bog‘ va uzumzorlardan maqsadsiz foydalanilgan holatlarda yer ijara shartnomasini bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1663, 2007-yil 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 11-son, 104-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining 2007-yil 31-avgustdagi 81, 32, 163, EG-01/22-4209, 01/1829-son “Paxta xom ashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1711, 2007-yil 3-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 369-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/3-son “O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki depozit sertifikatlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1858, 2008-yil 23-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 39-son, 397-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-dekabrdagi 35/8-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki depozit sertifikatlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1858-1, 2016-yil 12-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 2-son, 15-modda).
5. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 11-dekabrdagi 534-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2060, 2010-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 9-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2010-yil 6-oktabrdagi 14-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2147, 2010-yil 11-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 40-41-son, 357-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2013-yil 6-avgustdagi 01/17-26/08-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2147-1, 2013-yil 21-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 34-son, 461-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020-yil 29-sentabrdagi 04/19-05/01-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2147-2, 2020-yil 13-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2020-y., 10/20/2147-2/1394-son).
9. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2023-yil 23-maydagi 04/05-05/01-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2147-3, 2023-yil 31-may) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2147-3/0311-son).
10. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2023-yil 20-sentabrdagi 11/05-05/01-son “Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2147-4, 2023-yil 9-oktabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 10/23/2147-4/0759-son).
11. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 1-iyuldagi 38-B-son “O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2243, 2011-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 28-son, 294-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 3-martdagi 4-B-son “O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish haqidagi nizomning 7-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2243-1, 2015-yil 16-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 11-son, 129-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2024-y., 10/24/3520/0434-son)