Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.06.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki depozit sertifikatlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-yanvarda 1858-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3520, 19.06.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/3-son qarori (roʻyxat raqami 1858, 2008-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 397-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki depozit sertifikatlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-dekabr,
35/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 28-dekabrdagi 35/8-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki depozit sertifikatlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki depozit sertifikatlarini chiqarish, joylashtirish, ularning muomalada boʻlish va haqini toʻlash tartibini belgilaydi.”.
2. 8-banddagi “depozitariylarda” degan soʻz “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida yoki investitsiya vositachilarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 14-banddagi “depozitariydagi hisobvaraqlardan” degan soʻzlar “depo hisobvaragʻidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bilan kelishilgan.
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori B. ATAXANOV
2015-yil 28-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 2-son, 15-modda)