|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.06.2024
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
“O‘ZPAXTASANOAT” UYuShMASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
“O‘ZPAXTASANOAT” UYuShMASINING
QARORI
PAXTA XOM AShYoSINING XARID NARXINI VA PAXTA TOLASINING ULGURJI NARXINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 3-sentabrda 1711-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3520, 19.06.2024 y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-yil, 15-16-son, 117-modda)gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 36-son, 359-modda)gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining 2003-yil 4-yanvardagi 1, 1, 10, EG-01/01-30, 01/4739-son “Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” (2003-yil 22-yanvar, ro‘yxat raqami 1208 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 1-2-son)gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining 2003-yil 22-dekabrdagi 123, 17, 01/172, NN-01/10-4713, 01/4127-son “Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida” (2004-yil 2-fevral, ro‘yxat raqami 1208-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2004-yil, 5-son)gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-avgust,
81-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-avgust,
32-son
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-avgust,
163-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-avgust,
EG-01/22-4209-son
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi F. OMONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-avgust,
01/1829-son
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasining
2007-yil 31-avgustdagi 81, 32, 163, EG-01/22-4209, 01/1829-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 31-avgustdagi 81, 32, 163, EG-01/22-4209, 01/1829-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxlarini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-yil, 15-16-son, 117-modda) va “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 36-son, 359-modda) muvofiq paxta xomashyosining xarid narxlarini va paxta tolasining ulgurji narxlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Etishtirilgan paxta xomashyosining butun hajmiga bo‘lgan xarid narxlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yig‘im-terim boshlanishidan 15 kundan kechikmasdan, Franko-tashuvchi jo‘natish stansiyasi (G‘SA) shartlari va Markaziy bankning prognoz qilinayotgan valyuta kursi qiymatida paxta xomashyosi yig‘im-terimi mavsumida jahon bozorida kutilayotgan paxta tolasiga bo‘lgan o‘rtacha darajadagi narxlardan kelib chiqib belgilanadi.
2. Liverpul paxta uyushmasida kutilayotgan kotirovka bo‘yicha bir ingliz funti og‘irligidagi amerika tsentlarida ifodalangan SIG‘ shartlarida o‘rtacha jahon bozoridagi narxi ushbu Nizom maqsadlari uchun paxta tolasining beshinchi tip, birinchi nav, o‘rta klass narxi sifatida qabul qilinadi.
3. Bir ingliz funti og‘irligining tsenti bir tonnaning AQSh dollaridagi narxiga aylantirish uchun 22.046 hisob-kitob koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
II. Paxta xomashyosining xarid narxlarini aniqlash
4. Paxta xomashyosining bazis (o‘rtacha) xarid narxi (beshinchi tip, ikkinchi nav, birinchi klass) tola chiqishi o‘rtacha ko‘rsatkichini hisobga olib paxta tolasining jahon bozoridagi o‘rtacha narxidan kelib chiqib, milliy valyuta (so‘m)da quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Bx = (Jn - Tsx)x Vk + Imq - Kx) x Tch, bunda:
Bx — bir tonna paxta xomashyoning so‘mdagi bazis (o‘rtacha) xarid narxi;
Jn — bir tonna paxta tolasining yig‘im-terim mavsumida jahon bozorida kutilayotgan AQSh dollaridagi o‘rtacha narxi;
Tsx — bir tonna paxta tolasini sotish xarajatlari AQSh dollarida (paxta tozalash zavodidan terminalgacha tashish, terminalda saqlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tashqi savdo kompaniyalarining paxta tolasini eksportga sotish bo‘yicha chegaralangan xarajatlari, hududiy birlashmalarning komission xarajatlari (“Paxtasanoat” HAB va boshqalar);
Vk — Markaziy bankning paxta yig‘im-terimi mavsumida kutilayotgan o‘rtacha valyuta kursi, so‘m/dollar;
Imq — bir tonna paxta tolasiga to‘g‘ri keladigan ikkilamchi mahsulotning qiymati, so‘mda;
Kx — paxta tozalash korxonalarining bir tonna paxta tolasiga to‘g‘ri keladigan paxta xomashyosini tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha so‘mdagi xarajatlari;
Tch — oxirgi uch yilda o‘rtacha tola chiqish koeffitsiyenti.
Paxta xomashyosining xarid narxini aniqlashda xo‘jaliklar tomonidan texnologik karta normalari bo‘yicha qilinayotgan xarajatlari ham hisobga olinadi.
Yuqorida keltirilgan formula bo‘yicha aniqlangan bazis (o‘rtacha) narxidan kelib chiqib paxta xomashyosining navlari va klasslari bo‘yicha narxini aniqlash paxta xomashyosining har bir sanoat navi, klassi va tipi bo‘yicha koeffitsiyentlarini (mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan har yili 1-sentabrdan kechiktirmasdan tolaning jahon bozoridagi konyunkturasidan kelib chiqib tasdiqlanadigan koeffitsiyentlarini qo‘llab aniqlanadi.
Paxta xomashyosi amalda vujudga kelgan o‘rtacha xarid narxi o‘tgan yilgi bazis narxga nisbatan ikki va undan ortiq foizga farq qilganda ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan koeffitsiyentlar joriy yil hosilida qayta ko‘rib chiqiladi.
5. Paxta xomashyosining xarid narxlari preyskuranti hamda paxta xomashyosi uchun hisob-kitob qilish tartibi uning sifat ko‘rsatkichlari hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular tomonidan hududiy bo‘linmalarga hamda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga rahbarlik va xizmatda foydalanish uchun yetkaziladi.
III. Paxta tolasining ulgurji narxlari
6. Paxta tolasining har bir tipi, navi va klasslari bo‘yicha ulgurji narxlari (bundan keyin ulgurji narxlari deb yuritiladi) paxta tolasining beshinchi tip, birinchi nav, o‘rta klass bazis narxiga navlar va klasslar bo‘yicha narxini aniqlash koeffitsiyentlari (ushbu Nizomga 2-ilova)ni hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan har yili 1-sentabrdan kechiktirmasdan tolaning jahon bozoridagi konyunkturasidan kelib chiqib, tasdiqlanadigan tiplar va kodlarga o‘tkazish koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda aniqlanadi.
Paxta tolasining beshinchi tip, birinchi nav, o‘rta klassdagi ulgurji bazis narxi paxta xomashyosining beshinchi tip, ikkinchi nav, birinchi klassiga belgilangan xarid narxi, undan o‘rtacha tola chiqishi, paxta tozalash korxonalarining xarajatlari va eng kam zaruriy foyda miqdoridan kelib chiqib, quyidagi formulaga binoan aniqlanadi:
Bun = Xn : Tch - Imq + Kx + Dx + F, bunda:
Bun — paxta tolasining bazis ulgurji narxi;
Xn — bir tonna beshinchi tip, ikkinchi nav, birinchi klassdagi paxta xomashyosining xarid narxi, so‘mda;
Tch — oxirgi uch yilda beshinchi tip, ikkinchi nav, birinchi klassdagi paxta xomashyosidan tola chiqishi koeffitsiyenti;
Imq — bir tonna paxta tolasiga to‘g‘ri keladigan ikkilamchi mahsulotlar qiymati, so‘mda;
Kx — paxta tozalash korxonalarining bir tonna paxta tolasiga to‘g‘ri keladigan paxta xomashyosini tayyorlash, transportirovka qilish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha xarajatlari, so‘mda;
Dx — bir tonna paxta tolasiga to‘g‘ri keladigan davr xarajatlari;
F — bir tonna paxta tolasiga to‘g‘ri keladigan zaruriy foyda miqdori.
7. Ulgurji narxlar “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan hisoblanadi va bu narxlarning preyskuranti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan paxta tolasiga ulgurji narxlar “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va paxta tozalash korxonalari o‘rtasidagi hisob-kitoblarda qo‘llanadi.
Ulgurji narxlarni shakllantirishda paxta tozalash korxonalarining xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-yil, 2-son, 9-modda)ga muvofiq aniqlanadi.
Bunda bevosita ishlab chiqarish xarajatlari paxta tolasi tannarxiga amaldagi normativ-texnik hujjatlarda belgilangan miqdorda qo‘shib hisoblanadi va paxta tozalash korxonalarining quvvatlaridan foydalanish darajasi pasayishi natijasida mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan shartli-doimiy xarajatlarning oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Zaruriy foyda miqdori dividend to‘lovlari va ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan sof foyda miqdorini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Paxta xomashyosining navlari va klasslari bo‘yicha narxlarini aniqlash
KOEFFITSIYENTLARI
(bazis-2 nav, 1 klass)
KOEFFITSIYENTLARI
(bazis-2 nav, 1 klass)
| 1-nav | 1 klass | 1,094 |
| | 2 klass | 1,066 |
| | 3 klass | 0,853 |
| | | |
| 2-nav | 1 klass | 1,000 |
| | 2 klass | 0,917 |
| | 3 klass | 0,843 |
| | | |
| 3-nav | 1 klass | 0,876 |
| | 2 klass | 0,779 |
| | 3 klass | 0,551 |
| | | |
| 4-nav | 1 klass | 0,652 |
| | 2 klass | 0,506 |
| | 3 klass | 0,387 |
| | | |
| 5-nav | 3 klass | 0,271 |
Ushbu koeffitsiyentlar 2003—2005-yillardagi paxta xomashyosini tayyorlash natijalarining tahlili asosida o‘rta va bazis xarid narxlarining tengligini ta’minlash uchun ishlab chiqildi.
Paxta xomashyosining xarid narxini va paxta tolasining ulgurji narxini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Paxta tolasining navlar va klasslar bo‘yicha narxini aniqlash
KOEFFITSIYENTLARI
(bazis- 1 nav, o‘rta klass)
KOEFFITSIYENTLARI
(bazis- 1 nav, o‘rta klass)
| | oliy | 1,050 |
| | yaxshi | 1,040 |
| 1-nav | o‘rta | 1,000 |
| | oddiy | 0,965 |
| | iflos | 0,925 |
| | | |
| | oliy | 1,020 |
| | yaxshi | 0,990 |
| 2-nav | o‘rta | 0,955 |
| | oddiy | 0,920 |
| | iflos | 0,880 |
| | | |
| | yaxshi | 0,965 |
| 3-nav | o‘rta | 0,930 |
| | oddiy | 0,885 |
| | iflos | 0,840 |
| | | |
| | yaxshi | 0,850 |
| 4-nav | o‘rta | 0,800 |
| | oddiy | 0,750 |
| | iflos | 0,700 |
| | | |
| | o‘rta | 0,550 |
| 5-nav | oddiy | 0,500 |
| | iflos | 0,450 |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 369-modda)