Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining
Qarori
Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 13-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2147-2]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3520, 19.06.2024-y.) asosan 2024-yil 3 avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 6-oktabrdagi 14-son (roʻyxat raqami 2147, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 357-modda) qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya subyektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N.Sh. ShARIPOV

Toshkent sh.,
2020-yil 29-sentabr,
04/19-05/01-son

Kelishildi:

Moliya vaziri T. Ishmetov
Toshkent sh.,
2020-yil 28-sentabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2020-y., 10/20/2147-2/1394-son)