Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.06.2024
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrug‘i
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish haqidagi nizomning 7-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 16-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2243-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3520, 19.06.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-son Qonuni)”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 1-iyuldagi 38-B-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2243, 2011-yil 11-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 28-son, 294-modda) bilan tasdiqlangan O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish haqidagi nizomning 7-bandidagi “Ikkinchi jahon urushi” degan so‘zlar “1941 — 1945-yillardagi urush” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-mart,
4-B-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 3-mart
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 3-mart
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 11-son, 129-modda)