O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan norma ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish borasida adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifa va funksiyalar yuklatilsin:
jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan izchil huquqiy siyosatni takomillashtirish;
barcha sohalarda qonunchilikni tizimlashtirish va kodifikatsiyalash ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish, qabul qilinganiga ko‘p vaqt bo‘lgan qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularni bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarga uyg‘unlashtirish;
fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilishini ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni joriy qilish va rivojlantirish;
qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmuni va ahamiyatini aholi, tadbirkorlik subyektlari hamda xorijiy investorlarga yetkazish ko‘lamini kengaytirish, bu borada tarmoq vazirlik va idoralar faoliyati samaradorligini oshirish;
ma’muriy tartib-taomillar sohasini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida muntazam ravishda takomillashtirib borish;
davlat boshqaruvi tizimining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi o‘rnining yaxshilanishiga to‘sqinlik qilayotgan huquqiy omillar yuzasidan fundamental huquqiy tadqiqotlar o‘tkazilishini ta’minlash;
adliya organlari va muassasalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali “virtual adliya” tizimini ishga tushirish.
Vazirlik mazkur bandda keltirilgan qo‘shimcha vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
2. Quyidagilar:
2020 — 2024-yillarda adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
2020 — 2024-yillarda adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish konsepsiyasini 2020 — 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
3. Vazirlik 2020-yil yakuniga qadar shu jumladan quyidagi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga (indikatorlarga) erishilishini ta’minlasin:
Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonun loyihalari sifatida qabul qilish orqali ularning ulushini 20 foizga yetkazish;
davlat boshqaruvi tizimini funksional tahlil qilgan holda vazirlik va idoralarning kamida 10 ta funksiyalarini nodavlat sektorga o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritish;
2018-2019-yillarda yangi (qayta) tashkil qilingan 8 ta vazirlik va idoralar faoliyatini o‘rganish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini;
elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 12 foizga yetkazish;
aholiga Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan yangi xizmatlar sonini 15 taga oshirish;
nodavlat notariat shakliga aylantirilgan davlat notarial idoralarining ulushini 95 foizga yetkazish;
29 ta qonunosti hujjatlari bilan belgilangan javobgarlik va sanksiya normalarini chuqur tahlil qilish va tegishli qonunlarga kiritilishini ta’minlash.
4. Vazirlik amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarning samaradorligi va natijadorligini monitoring qilish, ushbu sohada vazirlik va idoralar vakolati va funksiyalarining to‘liq va sifatli amalga oshirilayotganligi hamda belgilangan maqsadlarga erishilayotganligini funksional tahlil qilish bo‘yicha vakolatli organ deb hisoblansin.
Shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq Vazirlik:
yangi (qayta) tashkil qilingan vazirlik va idoralar, shu jumladan ular tarkibidagi alohida tashkilotlarga (agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boshqalar) yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali amalga oshirilayotganligini ular yangi (qayta) tashkil qilingan kundan boshlab kamida 6 oy o‘tgandan so‘ng o‘rganadi;
mazkur o‘rganishlarga tegishli masalaga taalluqliligidan kelib chiqib, boshqa vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislarini jalb qilishga haqli;
o‘rganish natijalari bo‘yicha asoslantirilgan tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
ma’muriy islohotlar doirasida vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqiladigan yangi tashabbuslarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan inobatga olinishi majburiy bo‘lgan xulosalar beradi;
vazirlik va idoralar, shu jumladan ular tarkibidagi alohida tashkilotlarning (agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boshqalar) vazifa va funksiyalari amalga oshirilishining samaradorligi ko‘rsatkichlarini (indikatorlarini) baholaydi va natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida muhokama qilish uchun umumlashtirilgan hisobot, shuningdek, samaradorlik ko‘rsatkichlariga (indikatorlariga) erishmagan davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qo‘llash bo‘yicha taklif kiritadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tashkil qilingan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Vazirlikning 2020-yil 1-iyuldan boshlab:
xo‘jalik boshqaruvi organlari vakolatiga kiruvchi masalalar va korporativ munosabatlar qonunosti hujjatlarini qabul qilish yoki ma’muriy usullar orqali tartibga solinishini taqiqlash;
jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik belgilovchi huquqiy normalarning faqatgina qonunlar bilan o‘rnatilishini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga jismoniy va yuridik shaxslarga yangi imtiyoz hamda javobgarlik choralarini belgilaydigan, amaldagi tartib-taomillarni asossiz murakkablashtiradigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklaydigan, asoslanmagan qo‘shimcha xarajat va to‘lovlarni, yangi turdagi soliq va yig‘imlarni, litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etadigan huquqiy normalarni kiritishga yo‘l qo‘ymaslik;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shaharsozlik normalari va qoidalari, energetika sohasidagi texnik normalar va qoidalar, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga huquqiy normalar kiritishga yo‘l qo‘ymaslik;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
shaharsozlik normalari va qoidalari, energetika sohasidagi texnik normalar va qoidalar, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini Vazirlikda majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda ijobiy xulosa olingandan so‘ng hisobga olinishi va kuchga kirishi tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda)
6. Quyidagilar:
Qonunosti hujjatlarining huquqiy javobgarlik va sanksiya belgilovchi normalarini qayta ko‘rib chiqish dasturi 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. 2020-yil 1-iyuldan boshlab normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda konseptual jihatdan yangi mexanizmlarni yaratishning quyidagilarni nazarda tutuvchi “paket” prinsipi joriy qilinsin:
yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda uni amalga oshirishga qaratilgan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va kuchga kiradi;
yangi qonun loyihasi bilan belgilanayotgan qoidalar ilgari qabul qilingan qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etganda, ilgari qabul qilingan qonunlarga o‘zgartirish kiritish yangi qonunni qabul qilish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi;
vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga bir xil masaladagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni bitta hujjat bilan kiritadi;
Vazirlikka Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrida mavjud bo‘lgan hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi, bunda ular aynan bir xil masalada va texnik ko‘rinishda bo‘lishi lozim.
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha huquqiy tartibga solishni kamaytirish maqsadida 2020-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish to‘xtatilsin (o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi, shuningdek, unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bundan mustasno);
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 2020-yil 1-iyuldan boshlab sinov tariqasida, 2020-yil 1-oktabrdan boshlab esa to‘liq Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
9. Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
b) Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimini saqlagan holda adliya vaziri o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimi tugatilsin;
v) O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosarlari lavozimlari kiritilsin;
g) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida:
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi;
Ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish va monitoringini yuritish boshqarmasi tashkil etilsin.
10. Vazirlikning davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Namangan shahri va Qarshi tumanida eksperiment tariqasida tuman (shahar) adliya bo‘limlari huzurida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlarini (keyingi o‘rinlarda — Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari:
budjetdan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga tashkil etiladi;
tegishli tashkilotda qonun hujjatlari bilan yuridik xizmatlarga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.
Vazirlik eksperiment natijalari asosida 2021-yil 1-yanvarga qadar ushbu tizimni respublikaning barcha hududlariga tatbiq etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
11. Vazirlik huzuridagi “Adolat” huquqiy axborot markazi davlat muassasasi, “Inson va qonun” gazetasi tahririyati davlat unitar korxonasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyatini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida Vazirlik qoshida davlat muassasasi shaklidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Belgilansinki, Markaz:
aholi va ijrochilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda targ‘ibot materiallarini tayyorlash va tezkor tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini rasmiy e’lon qilish sohasida respublikaning yetakchi davlat muassasasi hisoblanadi;
tarkibidagi “Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati amaldagi xizmat ko‘rsatish sohalarini saqlab qolgan holda faoliyat yuritadi va o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, ushbu mablag‘larning yetishmagan qismi esa Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat buyurtmachilariga Markaz hamda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti bilan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, nashrlar, media va Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son)
12. Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni qabul qiluvchi barcha vazirlik va idoralar uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtirish uchun Vazirlikka texnik reglamentlar, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari va qoidalari, ekologik normalar va qoidalar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlarning taqdim etilishini ta’minlasin.
Vazirlik 2021-yil 1-yanvarga qadar texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtirish ishlarini to‘liq yakunlasin va natijasi haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
13. Vazirlik:
a) 2020-yil 1-iyuldan boshlab idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘ini qabul qilish amaliyotini bekor qilsin hamda idoraviy normativ-huquqiy hujjatga davlat reyestri orqali unikal raqam bergan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi joriy etilishini;
b) vazirlik va idoralarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatida qonun hujjatlari va mazkur Farmonda ko‘rsatilgan talablarni muntazam ravishda buzayotgan aybdor mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borilishini;
v) bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo‘llash amaliyotiga ta’sir etmaydigan qonun hujjatlarini bekor qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari va “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Hukumat qarori loyihalari kiritilishini;
g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda:
tartibga solish ta’sirini baholashning kompleks tizimini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan, shu jumladan adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-may,
PF-5997-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga
1-ILOVA
2020 — 2024-yillarda adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish
konsepsiyasi
1-bob. Umumiy qoidalar
2020 — 2024-yillarda adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-son qaroriga asosan adliya organlari va muassasalari tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi.
2-bob. Adliya organlari va muassasalari tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) faoliyatining asosiy maqsadi zamonaviy huquqiy tizimni yaratish, huquqiy davlatning ilg‘or standartlari va tamoyillarini joriy etish, davlat boshqaruvining samarali modeliga o‘tishni huquqiy ta’minlashdan iborat.
Konsepsiya quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutadi:
yagona davlat huquqiy siyosati sifatini takomillashtirish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish;
huquqni qo‘llash amaliyoti va davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini kompleks tahlil qilish;
ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
intellektual mulk sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
huquqiy ma’rifat va huquqiy axborotni tarqatish bo‘yicha izchil manzilli ishlarni tashkil etish orqali aholining, birinchi navbatda, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi notariat, advokatura va boshqa tuzilmalar tizimining samarali ishlashini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari huquqiy himoya qilinishini ta’minlash;
xalqaro-huquqiy hamkorlikni rivojlantirish va yanada mustahkamlash, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash sohasidagi faoliyatni faollashtirish;
zamonaviy ta’lim standartlariga muvofiq yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish tizimini takomillashtirish;
sud ekspertizasi sifatini izchil yaxshilash;
inson kapitalini rivojlantirish, adliya organlari va muassasalari faoliyatining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy va moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini yaratish;
hududiy adliya organlarining roli va faoliyati samaradorligini sezilarli darajada oshirish.
§1. Yagona davlat huquqiy siyosati sifatini takomillashtirish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga har qanday tartibga solishning aralashuvi asosli, oqilona va yetarli sabablarga ega bo‘lishini ta’minlash.
Yangi tartibga solish vositalarini ishlab chiqish biznes hamjamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, aholi va jamoatchilikning fikrini o‘rganish va tahlil qilingandan so‘ng amalga oshirish.
Normativ xatti-harakatlarning huquqiy aniqligi va prognozi davlat huquqiy siyosatining eng muhim tamoyillariga aylanib, bu asosda davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatini baholash.
Huquq ijodkorligida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning kompleks yondashuvini joriy etish.
Qonunchilik majmuasini tizimlashtirish, “tartibga soluvchi gilotina” usulini qo‘llagan holda huquqiy tartibga solishni soddalashtirish hamda qonunosti hujjatlarini qisqartirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilishni sinchkov, keng qamrovli va tanqidiy tahlil asosida amalga oshirish.
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ex-post (keyingi) tahlilini o‘z ichiga olgan qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashning kompleks tizimini o‘rnatish.
Ilmiy lingvistik ekspertiza mexanizmlarini shakllantirish va izchil takomillashtirish.
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi, gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazishning institutsional, ilmiy va uslubiy asoslarini yaratish va takomillashtirish.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda faoliyatning innovatsion usullarini norma ijodkorligi jarayoniga joriy etish orqali normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini yanada takomillashtirish.
Qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish va huquqiy tartibga solishning ortiqcha yukini bartaraf etish orqali “aqlli tartibga solish” modelini va standartlashtirilgan tahlil metodologiyasini joriy etish.
Fuqarolik qonunchiligi normalarini eng ilg‘or xorijiy amaliyotlar bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi xalqaro standartlarni joriy etish.
Fuqarolik qonunchiligi institutlarini rivojlantirish va teng huquqli subyektlar o‘rtasidagi xususiy-huquqiy munosabatlarga tartibga solishning aralashuvini minimallashtirish maqsadida tartibga soluvchi va dispozitiv normalarning o‘zaro huquqiy ekspertizasini yo‘lga qo‘yish.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish, bu borada Vazirlik tizimida huquqiy, institutsional va metodik asoslarni mustahkamlash, jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni joriy qilish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarini faol jalb etish hisobiga ularning faoliyatini takomillashtirish.
§2. Huquqni qo‘llash amaliyoti va davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini kompleks tahlil qilish
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muntazam ravishda har tomonlama funksional o‘rganish asosida davlat boshqaruvining huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda ilg‘or uslublarni joriy etish.
Davlat boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi yagona axborot makonini yaratish asosida adliya organlari faoliyatida davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini har tomonlama tanqidiy tahlil qilishning eng yaxshi tajribalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Davlat organlari tomonidan qonun hujjatlari qo‘llanilishining huquqiy monitoringi tizimini tatbiq etish, huquqni qo‘llash amaliyotining qonun hujjatlari maqsadlariga muvofiqligini tekshirish va qonun hujjatlarida ularning to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishiga to‘sqinlik qiladigan kamchiliklarni aniqlash.
Huquqni qo‘llash amaliyotida takliflarni aniqlash va ishlab chiqish uchun jamoatchilik fikrini o‘rganish uslubiyotini yaratish.
Tadbirkorlar o‘rtasida mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar to‘g‘risida so‘rovlar o‘tkazish, xorijiy investorlarni jalb etgan holda tadbirkorlik faoliyatining dolzarb masalalari bo‘yicha matbuot anjumanlari o‘tkazish orqali tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish — korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib uni tugatishgacha bo‘lgan barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etuvchi maxsus interfaol “Advice for business” yuridik portalini yaratish.
Iqtisodiyotga ma’muriy ta’sirni yanada kamaytirish, tartibga solish, shuningdek, ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
§3. Ma’muriy tartib-taomillar hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy prinsiplari va normalarining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash.
Adliya organlari va muassasalari ma’lumotlar bazalarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, davlat xizmatlarini esa elektron shaklga o‘tkazish hamda “virtual adliya” tizimini joriy etish.
Axborot turidagi davlat xizmatlarini, jumladan, ma’lumotnomalarni avtomatik tarzda, navbatsiz hamda ariza rasmiylashtirmasdan (masalan, mobil aloqa orqali USSD so‘rovi bilan) olish tartibini joriy etish.
Ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, hududlar va umuman mamlakat miqyosida yuzaga kelayotgan tahdid va muammolarga o‘z vaqtida va munosib javob berish uchun samarali axborot almashish tizimini shakllantirish, xizmatlarni oluvchilar bilan munosabatlarni boshqarishni avtomatlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yanada kengaytirish.
Biznes jarayonlarini qayta boshqarish usullaridan (Business Process Reengineering, BPR) foydalangan holda barcha davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonlarini optimallashtirish, tartib, muddatlar va zarur hujjatlarni maksimal qisqartirish bilan talablarning dolzarbligini tahlil qilish.
Davlat organlari va tashkilotlariga o‘zining davlat xizmatlarini ko‘rsatishida BPR o‘tkazishida uslubiy yordam berish.
Aholining Internet, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, mobil ilovalar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini takomillashtirish.
Ko‘rsatilgan faoliyat turlari uchun maxsus ruxsatnoma olish talabini bekor qilish to‘g‘risidagi qoidalarni o‘rnatgan holda tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini bosqichma-bosqich qisqartirish.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari infratuzilmasini doimiy ravishda takomillashtirish, xizmatlarni raqamlashtirish, Davlat xizmatlari markazlari hududida dam olish xonalarini yaratish orqali navbatlarni qisqartirish.
Davlat xizmatlari uchun yagona platformani ishlab chiqish, barcha mas’ul davlat idoralarini ushbu platformaga ulash.
Fuqarolarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasini har yili o‘rganib borish orqali davlat xizmatlarini takomillashtiruvchi yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqish.
Eksterritorial tamoyili asosida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini bosqichma-bosqich kengaytirish, shuningdek, ulardan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida, masofadan foydalanish imkoniyatini berish.
Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha aholining savodxonligini oshirish.
Davlat xizmatlari sohasidagi faoliyat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish (axborot tizimlarini integratsiyalash standarti hamda texnik standartlar).
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish.
Ijtimoiy ahamiyatga ega davlat xizmatlarini avtomatlashtirish.
§4. Intellektual mulk sohasida davlat siyosatini amalga oshirish
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan intellektual mulk sohasidagi xalqaro shartnomalar majburiyatlarini bajarish bo‘yicha vazifalarning ijrosini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi masalalarini o‘rganish va keyinchalik ularga qo‘shilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.
Intellektual mulk sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish va intellektual mulk egalarining huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan intellektual mulk tizimini modernizatsiya qilish (Patent Trolling).
Zamonaviy IT-yechimlar va autsorsing usullaridan foydalanish orqali intellektual mulk obyektlari ekspertizasini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish.
Intellektual mulk egalarining qonuniy manfaatlari buzilishining har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurash choralarini kuchaytirish.
Mualliflik haqini to‘lashni davlat boshqaruvidan erkin tartibga bosqichma-bosqich o‘tkazish.
Fuqarolarning intellektual mulk sohasiga hurmatini va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot siyosatini olib borish.
Intellektual mulk sohasida davlatlararo va idoralararo aloqalarni mustahkamlash.
Intellektual mulk fanlarini kadrlar tayyorlash tizimiga, jumladan, respublika o‘quv muassasalari, malaka oshirish markazlarida joriy etish.
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan hamkorlikda texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari (TIQM) tarmog‘ini kengaytirish.
§5. Huquqiy ma’rifat va huquqiy axborotni tarqatish bo‘yicha izchil manzilli ishlarni tashkil
Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni faollashtirish.
Jamiyatda va davlat xizmatchilari orasida muammolarni faqat huquqiy vositalar asosida hal qilish zarurligi haqidagi g‘oyani targ‘ib qilish.
Aholining turli qatlamlari (fermerlar va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlar, turli sohalardagi tadbirkorlar, ota-onalar, maktab o‘quvchilari, abituriyentlar, talabalar, ishchilar, ish beruvchilar va h.k.) kundalik hayotidagi keng tarqalgan muammolarni, shu jumladan, sud tahlillari orqali maqsadli targ‘ibot qilish amaliyotini joriy etish.
Davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonlik darajasiga nisbatan alohida minimal talablarni ishlab chiqish, shuningdek, aholi bilan bevosita ishlaydigan davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish.
Huquqiy madaniyat va huquqiy ongni oshirish, shuningdek, asosan fuqarolar bilan ishlaydigan davlat xizmatchilari uchun psixologik treninglar o‘tkazish mexanizmini joriy etish.
“Inson va qonun” huquqiy gazetasi va “Huquq va burch” jurnalining elektron shaklini yaratish va nashrlarning bosma ko‘rinishini saqlab qolgan holda ularni yetakchi huquqiy axborot va tahliliy veb-saytlarga aylantirish.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash strategiyasini ishlab chiqish, unda, jurnalistlar va blogerlar bilan doimiy qayta aloqalar, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, soxta ma’lumot tarqalishining oldini olish va boshqa mavzularda seminarlar tashkil etishni nazarda tutish.
Huquqiy targ‘ibotning eng zamonaviy va samarali usullaridan foydalangan holda, shu jumladan, “Street law” dasturini ommalashtirish orqali huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha turli ijtimoiy qatlamlar bilan maqsadli ish olib borish.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini monitoring qilish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini har tomonlama tahlil qilish va baholash orqali doimiy qayta aloqani ta’minlash.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarini aholiga yetkazish tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish, “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir” degan hayotiy g‘oyani fuqarolar ongida mustahkamlash.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi va qo‘shimcha huquqiy axborotga kirish tizimini (yuridik lug‘at, yuridik adabiyotlar elektron platformasi, qonun hujjatlarini muhokama qilish uchun onlayn forum va boshqalar) o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy huquqiy internet portalini takomillashtirish.
Ommaviy axborot vositalari va Internet tizimida multimedia materiallari va dasturlarini tayyorlash hamda tarqatish uchun axborot markazini tashkil etish.
Huquqiy mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni yoritishga ixtisoslashgan jurnalistlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish.
Vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida va samarali ijro etishini baholash mezonlarini yaratgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish mexanizmlarini takomillashtirish.
Lex.uz tizimidan foydalanuvchilar auditoriyasini kengaytirish va aholiga huquqiy axborotni taqdim etish samaradorligini oshirish uchun zarur zamonaviy moddiy-texnik baza va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasining dasturiy ta’minotini yaratish.
Normativ-huquqiy hujjatlarni mutaxassislar va keng jamoatchilikka etkazish, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarga sharh va tushuntirishlar tayyorlash va tarqatish orqali yetkazish mexanizmini takomillashtirish.
§6. Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
Jamoatchilik nazorati mexanizmlari orqali nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat organlari bilan hamkorlikda yordam berish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish.
Aholining turli qatlamlari va guruhlari manfaatlarini aks ettiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini isloh qilishda ularning roli va ahamiyatini kuchaytirish.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yanada takomillashtirish.
Nodavlat notijorat tashkilotlari sohasidagi qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va keyinchalik ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonun hujjatiga unifikatsiya qilish.
Quyi, o‘rta va undan yuqori darajadagi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmini, shuningdek, ularning ushbu sohadagi davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish.
Nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatli vazifalarni bajarishi uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini berish soni va hajmini oshirish choralarini ko‘rish.
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatiga noqonuniy aralashish va ularning huquqlari buzilishi elementlariga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida doimiy monitoring olib borish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlikni joriy etish.
Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Yuristlar malakasini oshirish markazida ularning davriy kasbiy rivojlanish amaliyotini yo‘lga qo‘yish uchun ixtiyoriy seminarlar va o‘quv kurslarini tashkil etish.
Adliya organlari xodimlarining nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan bevosita aloqasini cheklovchi elektron aloqani bosqichma-bosqich joriy etish.
§7. Huquqiy xizmat ko‘rsatish tizimining samarali ishlashini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari huquqiy himoya qilinishini ta’minlash
Iqtisodiy, oilaviy, meros, uy-joy va boshqa nizolarning oldini olishda notariuslarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish amaliyotini kengaytirish.
Notariuslarning nodavlat shakllari institutini izchil rivojlantirish.
Aholiga notarial xizmatlarning sifati va samaradorligini oshirish.
Mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash paytida kommunal to‘lovlar hamda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish talabini bekor qilish.
Fuqarolik huquqiy munosabatlardagi sudgacha bo‘lgan jarayonda dalillarni taqdim etishga va mediator vazifalarini bajarishga qaratilgan yangi notarial harakatlarni joriy etish. Nizolarni hal qilishda mediatsiya institutini kengaytirish, shuningdek, mediatorlar sonini ko‘paytirish.
Fuqarolik-huquqiy nizosiz talablarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatlarni notariuslarga berish orqali sudyalarning ish yuklamasini kamaytirish.
Yagona elektron notarial arxiv fondini shakllantirish va idoraviy notarial arxivlarda saqlanadigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning vujudga kelishini ta’minlovchi bitimlarni raqamlashtirish.
Sohaga zamonaviy innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, masofadan turib elektron ko‘rinishda taqdim etiladigan notarial xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish. Aeroportlarda va temir yo‘l stansiyalarida, boshqa jamoat joylarida onlayn tarzda notarial harakatlarni amalga oshirishga imkon beradigan infokioskalarni joylashtirish.
Davlat xizmatlari markazlari, FHDY va notarial idoralar faoliyatini baholash va monitoringini tashkil etishni autsorsing orqali konsalting firmalarining vakillari ishtirokida amalga oshirish.
Notarial harakatlarni amalga oshirishda idoralararo elektron hamkorlik yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, bunda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilib borish.
Notariat sohasida qonun hujjatlarini optimallashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonun qabul qilish.
Xalqaro institutlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, xususan, Xalqaro notariuslar ittifoqiga qo‘shilish orqali lotin notarial modelining xalqaro standartlari va ilg‘or tajribalarini implementatsiya qilish.
Advokatura institutini rivojlantirish, jumladan sud protsessida taraflar tortishuvi va tengligining ta’minlanishi, odil sudlov tizimini takomillashtirish, mamlakatda xalqaro standartlar va zamonaviy tendensiyalarga javob beradigan advokatura tizimini yaratish, advokaturaning institutsional asoslari va faoliyat prinsiplarini mustahkamlash, advokatning protsessual maqomini kuchaytirish va uning jismoniy va yuridik shaxslar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi rolini oshirishga qaratilgan kompleks choralar ko‘rish.
Davlat tomonidan kafolatlangan yuridik yordam tizimini takomillashtirish, shu jumladan, kam ta’minlangan (kam daromadli) va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan toifadagi fuqarolar uchun jinoiy, ma’muriy, fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish.
Advokatura instituti faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy bazaning barqarorligini ta’minlash uchun advokatlik sohasidagi mavjud qonun hujjatlarini, shu jumladan, qonunosti hujjatlarini optimallashtirish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi jamlangan qonunni qabul qilish.
Yuridik xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratish va milliy yuridik firmalarning, shu jumladan, nufuzli xalqaro (xorijiy) yuridik firmalarning O‘zbekiston Respublikasida filiallarini ochish orqali raqobatdoshligini oshirish choralarini ko‘rish.
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatishning nodavlat tizimini rivojlantirish choralarini ko‘rish.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari tahlili asosida inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish.
Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratning zamonaviy usullarini joriy etish.
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish choralarini ko‘rish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bilan hamkorlikda inson huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Davlat organlari va tashkilotlarida qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risida ma’lumot va materiallarni to‘plash, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tahlil qilish hamda umumlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash.
§8. Xalqaro-huquqiy hamkorlikni rivojlantirish va yanada mustahkamlash, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston manfaatlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash
Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari bilan hamkorlikni, shuningdek, xorijiy donorlar bilan aloqalarni faollashtirish.
Xalqaro ekspertlar ishtirokida adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun xorijiy amaliyot, seminar va o‘quv kurslarini tashkil etish ishlarini kuchaytirish.
Vazirlikning xorijiy mamlakatlarning tegishli organlari bilan shartnomaviy huquqiy bazasini kengaytirish masalasini o‘rganish, shuningdek, xalqaro huquqiy tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish.
Vakolatli organlarning kompetensiyalarini aniqlagan holda xalqaro-huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaatlar va so‘rovlarni o‘z vaqtida, samarali va sifatli ko‘rib chiqish choralarini ko‘rish.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xalqaro hamjamiyatning huquqiy xabardorlik darajasini oshirish bo‘yicha ishlarni faollashtirish.
Xalqaro reyting agentliklari, ayniqsa, huquqiy sohaga oid agentliklar bilan yaqin va konstruktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Vazirlikka biriktirilgan Xalqaro reyting va indekslar tuzuvchi tashkilotlar, Jahon bankining tadqiqot guruhi (World bank Development Research Group), Jahon odil sudlov loyihasi (The World Justice Project), “The Economist Intelligence Unit” kompaniyasi (Buyuk Britaniya) bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
Normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro reytinglar va indekslardagi O‘zbekiston mavqeyiga ta’siri nuqtai nazaridan baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Xalqaro nufuz va ishonchni mustahkamlash maqsadida Vazirlik faoliyati sohasida xalqaro standartlarni (xususan, ISO 37001 (poraxo‘rlikka qarshi kurash boshqaruv tizimi) va boshqalar) joriy etish.
Tegishli tashkilotlarda malaka oshirishni tashkil etish orqali xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilishi to‘g‘risidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etadigan Vazirlik xodimlarining davriy malakasini oshirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan bitimlarni (shartnomalarni) ishlab chiqish jarayonida nizolarni sudgacha hal qilishning alternativ mexanizmlaridan foydalanish, shu jumladan, Xalqaro savdo palatasining Talabiga asosan kafolatlarning yagona qoidalariga (URDG) muvofiq majburiyatlarning bajarilish choralarini ta’minlash, shuningdek, nizolarni tortishuvga qadar mediatsiya instituti orqali hal etilishiga erishish.
Mamlakatda o‘tkazilayotgan xalqaro huquqiy forumlarning, xususan, “Tashkent Law Spring” xalqaro huquqiy forumi ko‘lamini kengaytirish, nufuzi va jozibadorligini oshirish.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni va natijalarini obyektiv baholay oladigan yangi avlod ekspertlar hamjamiyatini shakllantirishga ko‘maklashish.
Xalqaro arbitrajlarda va xorijiy davlatlar sudlarida O‘zbekiston manfaatlarini himoya qilish faoliyatini tashkil etishning yagona tartibini belgilash.
§9. Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish tizimini takomillashtirish
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining yuqori sinflari uchun belgilangan muddatlarda “Har kunlik huquq” yo‘nalishi bo‘yicha darsliklar yaratish va nashr etishni tashkil etish.
Yuridik o‘quv yurtlarida dars berishga davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek xalqaro (xorijiy) yuristlarni jalb qilish.
Viloyatlarda joylashgan yuridik kollejlarning “Elektron ta’lim” milliy tizimiga qo‘shilishini tashkil etish choralarini ko‘rish.
Respublikadagi barcha yuridik kollejlarda kouchinglar, turli xil maxsus faoliyat turlarini o‘zlashtirish ishlarini malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda haqiqiy huquq amaliyotiga kiritish.
“Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mutaxassisliklari va kasblari ro‘yxati tahlili asosida yuridik kollejlarning bitiruvchilari ishlashi mumkin bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini kengaytirishni ta’minlash.
O‘qitishning innovatsion usullarini joriy etish, mehnat bozorida talab qilinadigan kadrlar tayyorlash uchun yuridik kollejlarda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari ko‘lamini kengaytirish.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik kollejlar o‘qituvchilarining malakasini muntazam ravishda oshirib borish, tajribali o‘qituvchilarni tanlash samaradorligini ta’minlash.
Huquqning turli sohalarida, shu jumladan, yuridik ta’limning yangi, kam o‘rganilgan, ammo amalda talab yuqori bo‘lgan sohalardagi jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga javob berishini ta’minlash.
Yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash hamda xorijiy yuridik adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilinishini ta’minlash.
Toshkent davlat yuridik universitetini (keyingi o‘rinlarda — universitet) xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi o‘rnini yuksaltirishni ta’minlash.
Yuridik ta’lim sohasiga “Elektron universitet” platformasini joriy qilish.
Universitetning qamrovi va ko‘lamini kengaytirish orqali oliy yuridik ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish.
O‘zbekiston Respublikasida yurisprudensiya sohasida xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochish.
Huquqiy ta’lim sohasida xorijiy davlatlar bilan aloqalar o‘rnatish, shu jumladan xalqaro universitetlar va huquq assotsiatsiyalariga qo‘shilishni tashkil etish.
Universitetdagi o‘quv jarayoniga sudlar, ichki ishlar organlari, prokuratura, bojxona va soliq idoralari, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalarida ishlaydigan yuristlarni jalb qilish.
Tajriba almashish va universitet bitiruvchilari ikki tomonlama diplom olish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida yuridik ta’lim sohasida ilg‘or xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik o‘rnatish.
O‘zbek huquqi va xalqaro savdo huquqi yo‘nalishidagi “Huquq”, “Biznes menejmenti” bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha Buyuk Britaniyaning huquq universiteti (Ulaw) bilan birgalikda Toshkentda Xalqaro huquq universitetini ochish va rivojlantirish.
Xo‘jalik boshqaruvi va boshqa tashkilotlar o‘zga soha mutaxassislari uchun Yuristlar malakasini oshirish markazida yuridik o‘quv dasturlari joriy etilishini ta’minlash.
Yuridik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, chet ellik mutaxassislarni jalb qilgan holda yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish hamda tajriba almashish maqsadida xorijiy davlatlar bilan kelgusidagi hamkorlikni o‘rnatish.
Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda (IT-huquq, yuristlarga buxgalteriya hisobi va h.k.) huquqiy muammoli savollarni aniqlashga qaratilgan har yili o‘tkaziladigan tizimli tahlil asosida huquqshunoslarni amaliyotga yo‘naltirish hamda malakasini oshirishning yangi dasturlarni, shu jumladan, masofaviy o‘qitishning joriy etilishini ta’minlash.
Vazirlik tizimidagi xodimlar, advokatlar va yuridik xizmat xodimlari uchun o‘quv dasturlarini qonunchilikdagi yangiliklar hamda mavzularni dolzarbligini hisobga olgan holda muntazam ravishda yangilab borish.
§10. Sud ekspertizasi sifatini izchil yaxshilash
Zamonaviy talablar va ilg‘or xalqaro tajribani, shuningdek, xalqaro standartlarni (ISO 17025) hisobga olgan holda Vazirlikning sud-ekspertiza muassasalarida sud ekspertizalarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish.
Sud ekspertizasi amaliyotiga yangi innovatsion ishlanmalarni joriy etish, ekspert tadqiqotlarining turlari, xususan, sud-psixologik va sud-elektrotexnik ekspertizalari, oziq-ovqat mahsulotlari sud ekspertizalarining sifati va ishonchliligini oshirish.
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining moddiy-texnik bazasini odam DNK sining sud-biologik ekspertizasi, hujjatlarning kriminalistik sud-ekspertizasi, sud-ballistik va trasologiya ekspertizasi, sud-fonografik ekspertiza va boshqa laboratoriyalarni yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlash orqali mustahkamlash.
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida sud ekspertizasining dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish.
Sud ekspertizasi sohasida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini rivojlantirish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilish.
Sud-ekspertlik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xususan, Butunjahon sud ekspertlari assotsiatsiyasiga (IAFS) a’zo bo‘lish.
§11. Inson kapitalini rivojlantirish, adliya organlari va muassasalari faoliyatining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy va moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini yaratish
Adliya organlari va muassasalari tizimiga malakali kadrlarni jalb etishga yo‘naltirilgan rekrutmentning yangi usullarini (onlayn rekrutment, aktiv xedxanting) joriy etish.
Adliya organlari va muassasalari tizimida HR-menejment tizimini joriy etish, bu bilan Vazirlikning ijobiy imidjini yaratgan holda, kadrlarni saqlash, boshqarish va nazorat qilishning samarali tizimini ishlab chiqish.
Vazirlikda kadrlar malakasini oshirish tizimidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, mehnat bozorida ishchi kuchining rivojlanish tendensiyalarini va unga qo‘yiladigan sifat va miqdoriy talablarni o‘z vaqtida aniqlash, shuningdek, xodimlar nuqtai nazaridan — ularning manfaatlari va ehtiyojlarini aniqlash hamda moddiy va nomoddiy rag‘batlantirishning to‘g‘ri tizimini yaratishga qaratilgan kadrlar marketingi tizimini joriy etish.
Personalni boshqarish tizimida kadr kontrollingi tizimini rivojlantirish (o‘zini o‘zi nazorat qilish tizimi).
Xodimlarning professionalligini, sezgirligini va yangiliklarga moslashishiga qaratilgan jamoani ijtimoiy rivojlantirish (stress-menejment, taym-menejment, timbilding va boshqalar).
Xodimlarni baholash tizimini takomillashtirish, jumladan Vazirlik tizimida assesment-markazini yaratish hamda KPI tizimini joriy etish.
Xodimlarga ish haqini to‘lashning yangi usullarini (xodimlar faoliyati samaradorligining reyting tizimi, idoraviy rag‘batlantirish dasturlari va boshqalar) joriy etish.
Korrupsiyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni, shu jumladan, Vazirlikning korrupsiyaga qarshi siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun “halollik ofitseri” lavozimini joriy etish.
Ijro intizomida ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalangan holda adliya organlari va muassasalarida hisobot tizimini yanada isloh qilish.
Elektron hujjat aylanishi tizimida inson omillari ishtirokisiz statistik hisobotlarni shakllantirishni avtomatlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ichki xavfsizlikni ta’minlashga javobgar bo‘lgan tarkibiy bo‘linmani tashkil qilish.
Axborot tizimidan maxfiy ma’lumotlar (DLP tizimi) tarqatilishining oldini olish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, litsenziyalangan dasturiy ta’minotni o‘rnatish orqali axborot xavfsizligini ta’minlash.
Adliya va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkillashtiriladigan xalqaro va milliy ilmiy forumlar, simpoziumlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar uchun jahon standartlariga javob beradigan Konvensiya markazini, shuningdek, zamonaviy sog‘liqni saqlash markazini qurish.
Adliya xodimlarini sport va ko‘ngilochar tadbirlarga, sport kunlarini tashkil etishga keng jalb qilish.
Ombor logistika jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi, shuningdek, qurilish jarayonini masofadan boshqarish va ombordagi barcha asosiy ish jarayonlarini avtomatlashtirishni ta’minlaydigan mehnat resurslarini samarali boshqarish tizimini joriy etish.
§12. Hududiy adliya organlarining roli va samaradorligini sezilarli darajada oshirish
Tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyatini ta’minlashda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligini hisobga olgan holda o‘zaro aloqalarni muvofiqlashtirish.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlarining oldini olishga qaratilgan “proaktiv usullar”ning samarali mexanizmlarini joriy etish.
Adliya idoralarini huquqni qo‘llash amaliyoti, davlat organlari va tashkilotlari bo‘linmalari faoliyatida qonun talablariga rioya etilishini nazorat qilish va baholash maskanlariga aylantirish.
“Davlat hokimiyati organlari qarorlarini elektron ro‘yxatga olish tizimi”ni yaratish orqali tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlari qarorlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayoni to‘liq ishlashini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga
2-ILOVA
2020 — 2024-yillarda adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha
“Yo‘l xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

Yagona davlat huquqiy siyosati sifatini takomillashtirish, huquq ijodkorligi faoliyatini muvofiqlashtirish

1.

Qonunchilikni tizimlashtirish, “tartibga soluvchi gilotina” usulini qo‘llagan holda huquqiy tartibga solishni soddalashtirish, shu jumladan qonunosti hujjatlarini qisqartirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Tartibga solish ta’sirini baholashning kompleks tizimini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2020-yil iyul

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy lingvistik ekspertizadan o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil mart

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda faoliyatning innovatsion usullarini norma ijodkorligi jarayoniga joriy etish orqali normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini yanada takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

6.

Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, shuningdek, chet el investorlari uchun muhim ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlarning chet tillariga norasmiy tarjimasini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

Adliya vazirligi (R. Davletov) manfaatdor vazirlik va idoralar

Huquqni qo‘llash amaliyoti va davlat boshqaruvi samaradorligining har tomonlama tahlilini amalga oshirish

7.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muntazam ravishda har tomonlama funksional o‘rganish asosida davlat boshqaruvining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi yagona axborot makonini yaratish hamda adliya organlari faoliyatida davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini har tomonlama tanqidiy tahlil qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Tadbirkorlar o‘rtasida mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar to‘g‘risida so‘rovlar o‘tkazish, xorijiy investorlarni jalb etgan holda tadbirkorlik faoliyatining dolzarb masalalari bo‘yicha matbuot anjumanlari o‘tkazish.

Ushbu anjumanlarni o‘tkazish natijasida tadbirkorlar, xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

Biznes-ombudsman (D. Qosimov)

10.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish — korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib uni tugatishgacha bo‘lgan barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etuvchi maxsus interfaol Advice for business yuridik portalini yaratish.

Tashkiliy-texnik tadbirlar

2020-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

Biznes ombudsman (D. Qosimov),Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

11.

Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini va texnik-iqtisodiy hisob-kitobini tasdiqlash, davlat komissiyalarini tashkil etish va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tugallangan qurilish obyektlarini qabul qilish bo‘yicha hujjatlarni tasdiqlash hamda davlat mulki obyektlarini bir tashkilotdan boshqa tashkilotga o‘tkazish masalalari bo‘yicha Hukumat qarorlari qabul qilish amaliyoti bekor qilinishi yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Qurilish vazirligi (B. Zokirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Ma’muriy tartib-taomillar hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish

12.

Adliya organlari va muassasalari ma’lumotlar bazalarini hamda davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish orqali “virtual adliya” tizimini joriy etish.

Idoraviy hujjat

2021-yil fevral

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

13.

Axborot turidagi davlat xizmatlarini, jumladan, ma’lumotnomalarni avtomatik tarzda, navbatsiz hamda arizasiz (mobil aloqa orqali USSD so‘rovi bilan) olish tartibini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

16.

Davlat xizmatlari markazlari infratuzilmasini doimiy ravishda takomillashtirish hamda Davlat xizmatlari markazlari hududida dam olish xonalarini yaratish orqali navbatlarni qisqartirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

2020-2021-yillar

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Davlat xizmatlari uchun yagona platformani ishlab chiqish, barcha mas’ul davlat idoralarini ushbu platformaga ulash.

Kompleks chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

2021-yil mart

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Eksterritorial tamoyili asosida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini bosqichma-bosqich kengaytirish, shuningdek, ulardan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida, masofadan foydalanish imkoniyatini berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Komilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Davlat xizmatlari sohasidagi faoliyat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish (axborot tizimlarini integratsiyalash standarti hamda texnik standartlar)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

2021-yil mart

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Ijtimoiy ahamiyatga ega davlat xizmatlarini avtomatlashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

2021-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Intellektual mulk sohasida davlat siyosatini amalga oshirish

22.

O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi masalalarini o‘rganish va keyinchalik ularga qo‘shilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Intellektual mulk sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish va intellektual mulk egalarining huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan intellektual mulk tizimini modernizatsiya qilish (Patent Trolling).

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Zamonaviy IT-yechimlar va autsorsing usullaridan foydalanish orqali intellektual mulk obyektlari ekspertizasini takomillashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Fuqarolarning intellektual mulk sohasiga hurmatini va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot siyosatini olib borish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-2021-yillar

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Intellektual mulk fanlarini kadrlar tayyorlash tizimiga, jumladan, respublika o‘quv muassasalari, malaka oshirish markazlarida joriy etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan hamkorlikda texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari (TIQM) tarmog‘ini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

Jamiyatda huquqiy madaniyat darajasini oshirish, huquqiy targ‘ibot va huquqiy axborotni tarqatish

29.

Aholining turli qatlamlari kundalik hayotidagi keng tarqalgan muammolarni, shu jumladan, sud tahlillari orqali maqsadli targ‘ibot qilish amaliyotini joriy etish.

Manzilli targ‘bot dasturi

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

30.

Davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonlik darajasiga nisbatan alohida minimal talablarni ishlab chiqish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash strategiyasini ishlab chiqish, unda, jurnalistlar va blogerlar bilan doimiy qayta aloqalar, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, soxta ma’lumot tarqalishining oldini olish va boshqa mavzularda seminarlar tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

32.

Ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida multimedia materiallari va dasturlarini tayyorlash hamda tarqatish uchun axborot markazini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov)

33.

Huquqiy mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni yoritishga ixtisoslashgan jurnalistlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

34.

Vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida va samarali ijro etishini baholash mezonlarini yaratgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish mexanizmlarini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil may

Adliya vazirligi (R. Davletov)

35.

Lex.uz tizimidan foydalanuvchilar auditoriyasini kengaytirish va aholiga huquqiy axborotni taqdim etish samaradorligini oshirish uchun zarur zamonaviy moddiy-texnik baza va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari bazasining dasturiy ta’minotini yaratish.

Texnik chora-tadbirlar

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

Nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash

36.

Nodavlat notijorat tashkilotlari sohasidagi qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va keyinchalik ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonun hujjatiga unifikatsiya qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

37.

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmini, shuningdek, ularning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov)

38.

Nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatli vazifalarni bajarishi uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini berish soni va hajmini oshirish choralarini ko‘rish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

39.

Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatiga noqonuniy aralashish va ularning huquqlari buzilishi elementlariga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida doimiy monitoring olib borish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov)

40.

Adliya vazirligining www.e-ngo.uz veb-saytini takomillashtirish, bunda elektron xizmat ko‘rsatishning quyidagi imkoniyatlarini yaratish:

nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning ramzlarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni elektron taqdim qilish;

nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan xorijiy manbalardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni onlayn kelishish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini elektron akkreditatsiyadan o‘tkazish;

fuqarolik jamiyati institutlari rivojining turli yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn rejimda seminarlar (vebinarlar)ni tizimlashtirish va yuritish, shuningdek, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi holati va tendensiyalari bo‘yicha yangiliklar bloki mavjud bo‘lgan “Fuqarolik jamiyati” bo‘limini yaratish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

Huquqiy xizmat ko‘rsatish tizimining samaradorligi va inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlash

41.

Iqtisodiy, oilaviy, meros, uy-joy va boshqa nizolarning oldini olishda n?tariuslarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish amaliyotini kengaytirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil iyul

Notarial palata (D. Ashurov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

42.

Aholiga ko‘rsatiladigan notarial xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Notarial palata (D. Ashurov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

43.

Mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash paytida kommunal to‘lovlar hamda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish talabini bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil sentabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Notarial palata (D. Ashurov),

Majburiy ijro byurosi

(B. Qudratxodjayev),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev)

44.

Fuqarolik huquqiy munosabatlardagi sudgacha bo‘lgan jarayonda dalillarni taqdim etishga va mediator vazifalarini bajarishga qaratilgan yangi notarial harakatlarni joriy etish.

Nizolarni hal qilishda mediatsiya institutini kengaytirish, shuningdek, mediatorlar sonini ko‘paytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil

oktabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

45.

Yagona elektron notarial arxiv fondini shakllantirish va idoraviy notarial arxivlarda saqlanadigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning vujudga kelishini ta’minlovchi bitimlarni raqamlashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Notarial palata (D. Ashurov)

46.

Sohaga zamonaviy innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali elektron ko‘rinishda taqdim etiladigan notarial xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish. Aeroportlarda va temir yo‘l vokzallarida, boshqa jamoat joylarida onlayn tarzda notarial harakatlarni amalga oshirishga imkon beradigan infokioskalarni joylashtirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

2021-yil dekabr

Notarial palata (D. Ashurov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

47.

Elektron raqamli imzo yordamida, shuningdek, videokonferensiya orqali amalga oshiriladigan notarial harakatlar ro‘yxatini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-2021-yillar

Notarial palata (D. Ashurov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

48.

Davlat xizmatlari markazlari, FHDY va notarial idoralar faoliyatini baholash va monitoringini tashkil etishni autsorsing orqali konsalting firmalarining vakillari ishtirokida amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

49.

Notariat sohasida qonun hujjatlarini optimallashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonun qabul qilish.

Qonun loyihasi

2022-yil noyabr

Notarial palata (D. Ashurov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

50.

Xalqaro institutlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, xususan, Xalqaro notariuslar ittifoqiga qo‘shilish orqali lotin notarial modelining xalqaro standartlari va ilg‘or tajribalarini implementatsiya qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

2021-yil avgust

Notarial palata (D. Ashurov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

51.

Fuqarolik-huquqiy nizosiz talablarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatlarni notariuslarga berish orqali sudyalarning ish yuklamasini kamaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Notarial palata (D. Ashurov),

Oliy sud (K. Kamilov)

52.

Advokatura institutini rivojlantirish, jumladan sud protsessida taraflar tortishuvi va tengligining ta’minlanishi, odil sudlov tizimini takomillashtirish, mamlakatda xalqaro standartlar va zamonaviy tendensiyalarga javob beradigan advokatura tizimini yaratish, advokaturaning institutsional asoslari va faoliyat prinsiplarini mustahkamlash, advokatning protsessual maqomini kuchaytirish va uning jismoniy va yuridik shaxslar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi rolini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil dekabr

Advokatlar palatasi (A. Ernazarov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Oliy sud (K. Kamilov),

Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev)

53.

Davlat tomonidan kafolatlangan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan, kam ta’minlangan (kam daromadli) va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun jinoiy, ma’muriy, fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Advokatlar palatasi (A. Ernazarov)

54.

Advokatura instituti faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlarini optimallashtirish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil mart

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Advokatlar palatasi (A. Ernazarov),

Oliy sud (K. Kamilov),

Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev)

55.

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

2021-yil yanvar

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

(A. Saidov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Inson huquqlari bo‘yicha vakil

(U. Muhammadiyev)

Xalqaro-huquqiy hamkorlikni rivojlantirish va yanada mustahkamlash, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlash

56.

Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari bilan hamkorlikni, shuningdek, xorijiy donorlar bilan aloqalarni faollashtirish.

Hamkorlik dasturlari

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

57.

Xalqaro ekspertlar ishtirokida adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun xorijiy amaliyot, seminar va o‘quv kurslarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

58.

Vakolatli organlarning kompetensiyalarini aniqlagan holda xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaatlar va so‘rovlarni o‘z vaqtida, samarali va sifatli ko‘rib chiqish choralarini ko‘rish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

59.

Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xalqaro hamjamiyatning huquqiy xabardorlik darajasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil mart

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

60.

Vazirlikka biriktirilgan Xalqaro reyting va indekslar tuzuvchi tashkilotlar, Jahon bankining tadqiqot guruhi (World bank Development Research Group), Jahon odil sudlov loyihasi (The World Justice Project), “The Economist Intelligence Unit” kompaniyasi (Buyuk Britaniya) bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

61.

Normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro reytinglar va indekslardagi O‘zbekiston Respublikasining mavqeyiga ta’siri nuqtai nazaridan baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

62.

Xalqaro nufuz va ishonchni mustahkamlash maqsadida Adliya vazirligi faoliyatida xalqaro standartlarni (ISO 37001, poraxo‘rlikka qarshi kurash boshqaruv tizimi va boshqalar) joriy etish.

Idoraviy hujjat

Reja-grafik asosida

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

63.

Investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan bitimlarni (shartnomalarni) ishlab chiqish jarayonida nizolarni sudgacha hal qilishning alternativ mexanizmlardan foydalanish, shu jumladan, Xalqaro savdo palatasining talabiga asosan kafolatlarning yagona qoidalar (URDG) asosida majburiyatlarning bajarilish choralarini ta’minlash, shuningdek, nizolarni tortishuvga qadar mediatsiya instituti orqali hal etilishiga erishish.

Tashkiliy choralar

Reja-grafik asosida

2021-yil mart

Adliya vazirligi (R. Davletov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

Savdo sanoat palatasi (A. Ikramov)

Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishni takomillashtirish

65.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining yuqori sinflari uchun belgilangan muddatlarda har kunlik huquqiy masalalarga oid amaliy qo‘llanmalar yaratish va nashr etishni tashkil etish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2021-yil mart

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov)

66.

Respublikadagi barcha yuridik texnikumlarida kouchinglar, turli xil maxsus faoliyat turlarini o‘zlashtirish ishlarini malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda haqiqiy huquq amaliyotiga kiritish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2021-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

Sud ekspertizasi sifatini izchil yaxshilash

67.

Zamonaviy talablar va ilg‘or xalqaro tajribani, shuningdek, xalqaro standartlarni (ISO 17025) hisobga olgan holda Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarida sud ekspertizalarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2021-yil noyabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

68.

Sud ekspertiza amaliyotiga yangi innovatsion ishlanmalarni joriy etish, ekspert tadqiqotlarining turlari, xususan, sud-psixologik va sud-elektrotexnikaviy ekspertizalari, oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasining sifati va ishonchliligini oshirish choralarini ko‘rish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy sud (K. Kamilov), Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

69.

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining moddiy-texnik bazasini odam DNKsining sud-biologik ekspertizasi, hujjatlarning kriminalistik, sud-ballistik va trasologiya ekspertizasi, sud-fonografik ekspertizasi va boshqa laboratoriyalarni yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlash orqali mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

70.

Sud-ekspertlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xususan, Butunjahon sud ekspertlari assotsiatsiyasig? (IAFS) a’zo bo‘lish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel

Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Inson kapitalini rivojlantirish, adliya organlari va muassasalari faoliyatining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash

71.

Adliya organlari va muassasalari tizimida HR-menejment tizimini joriy etish, bu bilan Adliya vazirligining ijobiy imidjini yaratgan holda, kadrlarni saqlash, boshqarish va nazorat qilishning samarali tizimini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2020-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov)

72.

Adliya organlari va muassasalari tizimiga malakali kadrlarni jalb etishga yo‘naltirilgan rekrutmentni yangi usullarini (onlayn rekrutment, aktiv xedxanting, tavsiyalarga muvofiq rekrutment) joriy etish.

Idoraviy hujjat

2020-yil sentabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

73.

Xodimlarni baholash tizimini takomillashtirish, jumladan Adliya vazirligi tizimida assesment-markazini yaratish hamda KPI tizimini joriy etish.

Idoraviy hujjat

2021-yil iyul

Adliya vazirligi (R. Davletov)

74.

Korrupsiyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni, shu jumladan, Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun “halollik ofitseri” lavozimini joriy etish.

Idoraviy hujjat

2021-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov)

75.

Axborot tizimidan maxfiy ma’lumotlar (DLP tizimi) tarqatilishining oldini olish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, litsenziyalangan dasturiy ta’minotni o‘rnatish orqali axborot xavfsizligini ta’minlash.

Idoraviy hujjat

2020-yil oktabr

Adliya vazirligi (R. Davletov)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga
4-ILOVA
Qonunosti hujjatlarining huquqiy javobgarlik va sanksiya belgilovchi normalarini qayta ko‘rib chiqish dasturi

T/r

Normativ-huquqiy hujjatlar

Amalga oshirish shakli*

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

Vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasidan

I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmoni bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risida nizom.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

2020-yil avgust

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

DSQ (Sh. Kudbiyev),

DBQ (M. Azimov)

E. Rustamov,

Sh. Saliyev

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1504-son Farmoni.

Fuqarolik kodeksi

2020-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

E. Rustamov

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5343-son Farmoni.

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil avgust

Majburiy ijro byurosi

(B. Qudratxodjayev ),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Energetika vazirligi

(A. Sultonov),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

(M. Saliyev)

D. Qalandarov

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qarori bilan tasdiqlangan Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

2020-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

E. Rustamov

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-872-son qarori.

“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

DSQ (Sh. Kudbiyev),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

E. Rustamov

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-son qarori.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

2020-yil avgust

DSQ (Sh. Kudbiyev)

DBQ (M. Azimov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

E. Rustamov

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2777-son qarori.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

2020-yil avgust

DSQ (Sh. Kudbiyev)

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

E. Rustamov

8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3351-son qarori.

Soliq kodeksi

2020-yil avgust

DSQ (Sh. Kudbiyev)

DBQ (M. Azimov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Qudratov)

E. Rustamov

II. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

9.

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida nizom.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

2020-yil avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

D. Qalandarov

10.

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar tariflaridan farqlarni budjetdan qoplash tartibi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

2020-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev),

DSQ (Sh. Kudbiyev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

E. Rustamov

11.

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlariga va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi 285-son qarori.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

2020-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

DSQ (Sh. Kudbiyev),

DBQ (M. Azimov)

E. Rustamov

12.

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-yanvardagi “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2-son qarori.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

2020-yil avgust

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

DSQ (Sh. Kudbiyev)

E. Rustamov

13.

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 245-son qarori.

“Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil sentabr

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

DSQ (Sh. Kudbiyev),

DBQ (M. Azimov)

E. Rustamov,

Sh. Saliyev

14.

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil sentabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

E. Rustamov

15.

Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 264-son “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.

“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil sentabr

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

E. Rustamov,

Sh. Saliyev

16.

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

2020-yil avgust

Transport vazirligi

(E. G‘aniyev),

IIV (P. Bobojonov)

Sh. Abidov,

A. Abidov

17.

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi “O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 127-son qarori.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

2020-yil avgust

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

DBQ (M. Azimov)

Sh. Samatov,

Sh. Ibragimov

18.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari.

“Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil avgust

Majburiy ijro byurosi

(B. Qudratxodjayev),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Energetika vazirligi

(A. Sultonov),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

(M. Saliyev)

Sh. Samatov

19.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari.

“Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil avgust

Majburiy ijro byurosi

(B. Qudratxodjayev),

Markaziy bank (M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Energetika vazirligi

(A. Sultonov)

Sh. Samatov

20.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 185-son qarori.

Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar

2020-yil avgust

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sodiqov)

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

S. Abdullayev

21.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyuldagi “Avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yo‘l harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 584-son qarori.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

2020-yil avgust

Transport vazirligi

(E. G‘aniyev),

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov)

Sh. Abidov,

A. Abidov

22.

Vazirlar Ma?kamasining 2019-yil 13-avgustdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-son qarori.

Soliq kodeksi

2020-yil avgust

DSQ (Sh. Kudbiyev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

E. Rustamov

III. Vazirlik va idoralarning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari

23.

Markaziy bank tomonidan bank va boshqa kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 622, 1999-yil 5-fevral).

“O‘zbekiston Respublikasining

Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil avgust

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

E. Rustamov,

Sh. Saliyev

24.

Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni ko‘rib chiqish va jazo qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1131, 2002-yil 23-aprel).

Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va

aksiyadorlarning huquqlarini

himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar

2020-yil avgust

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

(A. Nazirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

E. Rustamov

25.

Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom (ro‘yxat raqami 1593, 2006-yil 5-iyul).

“Umumiy harbiy majburiyat

va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil avgust

Mudofaa vazirligi

(B. Qurbonov),

FVV (A. Qo‘ldoshev),

DXX (A. Azizov)

X. Berdibayev

26.

O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1829, 2008-yil 18-iyun).

“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil avgust

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi

(A. Nazirov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

E. Rustamov,

Sh. Saliyev

27.

Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‘urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1842, 2008-yil 15-avgust).

“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

DSQ (Sh. Kudbiyev),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharip?v)

E. Rustamov

28.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2063, 2010-yil 13-yanvar).

“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga

va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil avgust

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

E. Rustamov,

Sh. Saliyev

29.

Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul).

“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonun

2020-yil avgust

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

E. Rustamov,

Sh. Saliyev

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mazkur Dasturda keltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
* “Amalga oshirish shakli” ustunida ko‘rsatilgan qonunlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishiga mos ravishda boshqa tegishli qonunlarga o‘zgartirilishi mumkin.
Ushbu dasturda nazarda tutilgan qonun osti hujjatlarining huquqiy javobgarlik va sanksiya belgilovchi normalarini amalda qo‘llash zarurati o‘rganilgan holda, ular bekor qilinadi yoki tegishli qonunlarga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga
6-ILOVA
Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish

1.

Vazirlik va idoralarning funksiyalarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish va ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalari ro‘yxatini shakllantirish. Bunda, ma’muriy-huquqiy faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

sentabr

Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiya

(N. Ismoilov) (keyingi o‘rinlarda — Komissiya),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

vazirlik va idoralar

2.

Ilg‘or xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini o‘rgangan holdama’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

sentabr

Komissiya (N. Ismoilov), Adliya vazirligi

(R. Davletov),

vazirlik va idoralar

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Ma’muriy tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish:

tartibga solish predmeti va qonunni qo‘llash doirasi o‘rtasidagi aniq farqni belgilash;

ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish jarayonining bosqichlari, unda ishtirok etuvchi subyektlar, qabul qilinadigan hujjatlar turlarini aniqlash;

ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish qoidalarini unifikatsiyalash;

havolaki normalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilinishini ta’minlashning samarali mexanizmlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish




Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish

2020yil dekabr

2021yil

yanvar

Komissiya (N. Ismoilov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

Qonun hujjatlari bazasini to‘liq xatlovdan o‘tkazish va bunda quyidagilarga e’tibor berish:

amaldagi qonun hujjatlarining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqligi holati;

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tegishli ma’muriy reglamentlar ishlab chiqilganligi holati;

asossiz cheklovlar, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarning mavjudligi holati.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

mart

Komissiya (N. Ismoilov),

Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun mazmun va mohiyatini yetkazish va tushuntirish

5.

Yangi tahrirdagi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga sharhlarni jamoatchilikka tushunarli shaklda, oddiy tilda tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

(reja-grafikka asosan)

Komissiya (N. Ismoilov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

6.

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan informatsion materiallarni tarqatish, shuningdek, tematik videolar yaratish, bosma materiallar (plakatlar, risolalar, bukletlar) chop etishni tayyorlash va keng tarqatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil

mart

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(D. Saidjonov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

vazirlik va idoralar

7.

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati to‘g‘risida bir qator tele va radio eshittirishlar o‘tkazish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etish bo‘yicha qo‘shma media-rejani tasdiqlash.

Tasdiqlangan

media-rejaga

asosan

2021 yil

mart

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(D. Saidjonov), MTRK (A. Xadjayev), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(F. Abduxalikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun normalarini qo‘llash, shuningdek uning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha hududiy seminarlar, treninglar va davra suhbatlarini o‘tkazish.

Reja-grafik

2021yil

(reja-grafikka asosan)

Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PF-5415-son Farmonining 3-bandida:
beshinchi xatboshidagi “qarorlarini” so‘zi “normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilishini ta’minlash”;
yettinchi-sakkizinchi xatboshilar sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmonining 1-bandi “b” kichik bandida:
sakkizinchi xatboshidagi “va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “ro‘yxatdan o‘tkazilgan” so‘zlari “tasdiqlangan” so‘zi bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik jurnallar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 18-oktabrdagi PQ-203-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Vajneyshimi zadachami obshestvenno-pravovogo jurnala “Huquq va burch” yavlyayutsya:
osvesheniye problem uglubleniya reform pravovoy sistemi, sovershenstvovaniya zakonotvorcheskoy deyatelnosti, zakonodatelstva v razlichnix oblastyax gosudarstvennogo i obshestvennogo stroitelstva s uchetom prioritetnix napravleniy demokraticheskogo obnovleniya obshestva, modernizatsii i reformirovaniya strani;
regulyarnaya publikatsiya analiticheskix materialov po aktualnim temam, podgotovlennix issledovatelyami, provodyashimi nauchnie issledovaniya v sotsialno-pravovoy sfere;
organizatsiya obsujdeniya problem sovershenstvovaniya pravoprimenitelnoy praktiki, deyatelnosti sudov po osushestvleniyu pravosudiya, obespecheniyu nadejnoy zashiti interesov i prav grajdan;
publikatsiya materialov, posvyashennix aktualnim problemam povisheniya effektivnosti deyatelnosti pravooxranitelnix organov;
osvesheniye opita zarubejnix stran po sovershenstvovaniyu zakonotvorcheskoy deyatelnosti i pravoprimenitelnoy praktiki, aktualnix problem razvitiya mejdunarodnogo prava v usloviyax globalizatsii.
V jurnale vvodyatsya sleduyushiye postoyannie rubriki: “Sudebno-pravovaya reforma”, “Sudebnaya praktika”, “Novosti v zakonodatelstve”, “Tribuna spetsialista”, “Normotvorchestvo: kommentariy, analiz, mneniye” i dr. Jurnal prednaznachen dlya rabotnikov yustitsii, sudey i prokurorov, uchenix, spetsialistov, prepodavateley, studentov visshix i srednix spetsialnix yuridicheskix uchebnix zavedeniy, a takje dlya shirokogo kruga lits, interesuyushixsya voprosami yurisprudensii.
Uchreditelem jurnala yavlyayetsya “Natsionalniy sentr pravovoy informatsii “Adolat” pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan. Jurnal budet izdavatsya yejemesyachno na uzbekskom yazike. Tiraj opredelyayetsya isxodya iz potrebnosti”;
b) 2-ilovaning 2-bandida:
“Glavnie uchrediteli jurnalov” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Gosudarstvennoye uchrejdeniye “Natsionalniy sentr pravovoy informatsii “Adolat” pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan”;
“Primerniy tiraj” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Opredelyayetsya isxodya iz potrebnosti”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qarorida:
6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Adolat” huquqiy axborot markazi DUKga” so‘zlari “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilansinki, TDYU rektori mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosariga tenglashtiriladi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarorining 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarorida:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ma’muriy tartib-taomillar sohasini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida muntazam ravishda takomillashtirib borish”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni joriy qilish va rivojlantirish”;
b) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “163” raqami “178” raqami bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi”;
to‘qqizinchi xatboshidagi “DUK” qisqartmasi “davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
o‘n oltinchi xatboshi o‘n beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ma’muriy tartib-taomillar sohasini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida muntazam ravishda takomillashtirib borish”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni joriy qilish va rivojlantirish”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan izchil huquqiy siyosatni takomillashtiradi”;
uchinchi — yigirma yettinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini” so‘zlari “normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat boshqaruvi tizimining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi”;
2-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilish sohasida:
davlat boshqaruvining tegishli sohalarida ma’muriy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan tizimli muammo va kamchiliklarni tahlil qiladi;
davlat boshqaruvi tizimining samaradorligi va natijadorligini aniqlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini kompleks va tizimli monitoring qiladi;
davlat organlari va tashkilotlari vakolati va funksiyalarining to‘liq va sifatli amalga oshirilayotganligi hamda belgilangan maqsadlarga erishilayotganligini funksional tahlil qiladi;
tahlil va monitoring natijalariga ko‘ra davlat boshqaruvi tizimini, davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini va ishlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning bir birini takrorlovchi funksiyalarini, ortiqcha va xos bo‘lmagan vazifalar, funksiyalar hamda vakolatlarni chiqarib tashlash hisobiga optimallashtirish va nomarkazlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan ular tarkibidagi alohida tashkilotlarning (agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boshqalar) vazifa va funksiyalari amalga oshirilishining samaradorligi ko‘rsatkichlarini (indikatorlarini) baholaydi;
ma’muriy islohotlar doirasida vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqiladigan yangi tashabbuslarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha inobatga olinishi majburiy bo‘lgan xulosalar beradi;
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
davlat boshqaruvi samaradorligini takomillashtirish va oshirish, jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va tegishli davlat organlari va tashkilotlariga kiritadi;
xo‘jalik boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga davlat funksiyalarini va alohida davlat vakolatlarini berish amaliyotini o‘rganadi, shu asosda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
davlat boshqaruvida ortiqcha sarflar darajasini pasaytirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish faoliyatining samaradorligini va tizimining ochiqligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘lgan ma’muriy ta’sirni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha choralarni ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi, ma’muriy islohotni amalga oshirish jarayonida yuridik ko‘makni amalga oshiradi;
davlat boshqaruvini takomillashtirish, ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkillashtiradi;
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatini baholash mezonlari tizimini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat organlari va tashkilotlarining alohida funksiyalarini nodavlat sektorga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida o‘tkazish maqsadga muvofiqligi haqida takliflarni ishlab chiqadi va ularning takliflari bo‘yicha xulosalar beradi”;
6-kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6) ma’muriy tartib-taomillar sohasini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida muntazam ravishda takomillashtirib borish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlarining ma’muriy tartib-taomillar sohasidagi faoliyati tahlilini amalga oshiradi;
ma’muriy tartib-taomillar sohasida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
davlat organlari tomonidan ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi;
ma’muriy tartib-taomillarni unifikatsiyalashtiradi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ma’muriy tartib-taomillarga rioya etilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda ularning mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi takliflar kiritadi;
ma’muriy tartib-taomillar qonunchiligi normalarini tizimlashtiradi va xalqaro standartlar talablariga va eng yaxshi xorijiy amaliyotlarga uyg‘unlashtiradi;
ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar, qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlar va kolliziyalarni bartaraf etish haqida takliflar ishlab chiqadi”;
8-kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmuni va ahamiyatini aholi, tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investorlarga yetkazish ko‘lamini kengaytiradi, bu borada tarmoq vazirlik va idoralar faoliyati samaradorligini oshiradi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“adliya organlari va muassasalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali “virtual adliya” tizimi ishlashini ta’minlaydi”;
ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 18-kichik band bilan to‘ldirilsin:
“18) jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni joriy qilish va rivojlantirish sohasida:
fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarini huquqiy himoya qilishning zamonaviy va samarali mexanizmlarini joriy qiladi;
xalqaro tajribani inobatga olgan holda fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida tuziladigan kelishuvlar bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
jamiyatda yangi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqadi;
elektron tijoratni huquqiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘radi;
fuqarolik-huquqiy munosabatlarga oid milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga va eng yaxshi xorijiy amaliyotlarga muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi;
fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan kelishuvlarga rioya etishda vujudga keladigan tizimli muammo va kamchiliklarni tahlil qiladi va ularni qonuniy bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi”;
quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
“21) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan norma ijodkorligi sohasida, ma’muriy islohotlar konsepsiyasi doirasida, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq vazifalar ijro qilinmagan taqdirda ularning mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish”;
5-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan:
davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish to‘g‘risida;
qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida;
ishlab chiqish muddatini ko‘rsatgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish zarurligi to‘g‘risida;
huquqni qo‘llash amaliyoti, fuqarolarning huquqlariga rioya qilish bo‘yicha qonun hujjatlarini bajarish holatini tekshirish davomida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati faoliyati, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida;
davlat boshqaruvi organlari tomonidan huquqiy monitoring yakunlari bo‘yicha o‘z vaqtida taqdim etilmagan, noto‘g‘ri, ishonchsiz yoki to‘liq bo‘lmagan axborot taqdim etilgan taqdirda, ularga nisbatan huquqiy monitoringni o‘tkazishdagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida;
ma’muriy tartib-taomillar sohasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish”;
“Adolat” huquqiy axborot markazi” DUK” bloki “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi” bloki bilan almashtirilsin;
“Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK” blokidan “DUK” qisqartmasi chiqarib tashlansin;
“Inson va qonun” gazetasi tahririyati” DUK” bloki chiqarib tashlansin;
d) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining
tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 178 birlik”.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risida nizom 4-bandining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-darajali adliya maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi boshqarma boshliqlarining o‘rinbosarlariga, boshqarmalar bo‘limlari boshliqlariga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktoriga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktorining o‘rinbosariga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘rinbosarlariga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktori o‘rinbosariga; “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi direktoriga; “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” direktoriga”.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 741-son “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
9-bandning “a” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
10-bandning “b” kichik bandi “Adolat” so‘zidan keyin “milliy” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son; 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)