Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-maydagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2023-y., 09/23/217/0301-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-maydagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2023-y., 09/23/217/0301-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

I. Foydalanilmayotgan obyektlarni aniqlash va ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash

1-bosqich

1-ishchi guruh

Foydalanilmayotgan obyektlarni o‘rganish uchun ularning ro‘yxatini shakllantirish.

Har chorakda

2-bosqich

1-ishchi guruh

Obyektdan haqiqatdan foydalanilmayotganligiga aniqlik kiritish maqsadida ularni joyiga borgan holda xatlovdan o‘tkazish va davlat soliq xizmati organlariga xulosa taqdim etish.

Taqdimnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunida

II. Foydalanilmayotgan obyektlarni ishga tushirishga ko‘maklashish va ularni monitoring qilish

3-bosqich

1-ishchi guruh

Xulosa qilingan obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 2-ishchi guruhga taqdim etish.

Xulosa qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kunida

4-bosqich

2-ishchi guruh

Foydalanilmayotgan obyektlarni ishga tushirishdagi mavjud muammolarni o‘rganish, bartaraf qilish hamda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning mulkdorlariga ko‘maklashish.

Xulosa kelib tushgandan keyin, doimiy

5-bosqich

2-ishchi guruh

Foydalanilmayotgan obyektlarning ishga tushirilishi va u bilan bog‘liq loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilib borish.

Loyiha ishga tushgunga qadar, doimiy

6-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Foydalanilmayotgan obyektlar ishga tushirilganligi hisobini yuritish.

Doimiy

III. Ta’sirchan soliq mexanizmi qo‘llanilgan obyektlar bo‘yicha oshirilgan stavkalarda hisoblangan soliq summalarini qaytarish

7-bosqich

2-ishchi guruh

Xo‘jalik faoliyatiga jalb etilganligi sababli ta’sirchan soliq mexanizmini to‘xtatish yuzasidan obyekt mulkdorlarining yozma arizasi kelib tushganda, joyiga borgan holda o‘rganish.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab uch ish kunida

8-bosqich

2-ishchi guruh

Foydalanilmayotgan obyekt haqiqatda ishga tushirilib, xo‘jalik faoliyatiga jalb etilganligi aniqlangan taqdirda, ta’sirchan soliq mexanizmini to‘xtatish yuzasidan obyekt mulkdori hamda davlat soliq xizmati organiga xulosa taqdim etish.

Ikki ish kunida

9-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Foydalanilmayotgan obyekt xo‘jalik faoliyatiga jalb etilganligi to‘g‘risidagi xulosa asosida qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmini to‘xtatish va soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasiga tegishli yozuvlarni kiritish, majburiy undiruv choralarini to‘xtatish.

Xulosa kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunida

10-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Oshirilgan stavkalarni qo‘llash natijasida oxirgi 12 oylik davr uchun undirilgan yer va mol-mulk solig‘i summalarini xulosa asosida ta’sirchan soliq mexanizmi bekor qilingan obyekt mulkdoriga qaytarish.

Xulosa kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kunda

IV. Foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (mol-mulk va yer soliqlari to‘lovchisi bo‘lmagan) aniqlash hamda xo‘jalik faoliyatiga jalb etish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

11-bosqich

Tuman (shahar)

Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri filiallari, qurilish bo‘limlari, foydalanilmayotgan obyektni balansda saqlovchilar, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo‘linmalari, hududiy tuman (shahar) hokimliklari

Foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini xatlovdan o‘tkazish.

2019-yil 1 oktyab�ga qadar, keyinchalik doimiy

12-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo‘linmalari

Xatlov jarayonida aniqlangan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish.

Xatlov yakuni bo‘yicha uch kun ichida

13-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo‘linmalari

Foydalanilmayotgan obyektni xo‘jalik faoliyatiga jalb qilish yuzasidan balansda saqlovchi va uning yuqori tashkilotiga taqdimnoma yuborish.

Xatlov natijasi bo‘yicha 3 kun ichida

14-bosqich

Obyektni balansda saqlovchilar

Foydalanilmayotgan obyektni davlat mulki sifatida saqlash zaruratini asoslantirish, mazkur obyektning xo‘jalik faoliyatiga jalb etilishini ta’minlash.

Taqdimnoma kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida

15-bosqich

Hududiy tuman (shahar) hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo‘linmalari, obyektni balansda saqlovchi

Obyekt bir oy ichida xo‘jalik faoliyatiga jalb qilinmagan taqdirda, obyektni hududiy tuman (shahar) hokimliklari tasarrufiga o‘tkazish choralarini ko‘rish.

Belgilangan tartibda

16-bosqich

Vakolatiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Foydalanilmayotgan obyektning belgilangan tartibda xo‘jalik faoliyatiga jalb qilinishini ta’minlash yoki obyektni xususiy mulk sifatida sotish, ijaraga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida berish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Zaruratga ko‘ra

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)