Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR BILAN ChAKANA SAVDO QILIShNI YaNADA TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish,shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika aholisi salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash, isteʼmol bozoriga sifatsiz, sertifikatlanmagan alkogolli mahsulotlar kirib kelishi va sotilishiga yoʻl qoʻymaslik, savdo tashkilotlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni chakana sotishning belgilangan talablariga soʻzsiz rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida:
1. 2007-yil 1-maydan boshlab alkogolli mahsulotlar yuridik shaxslar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan berilgan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalari asosida faqat nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan doʻkonlar, alohida savdo zallari (seksiyalar) orqali sotilishi tartibi belgilansin.
2. Quyidagilar:
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, mazkur qarorda tasdiqlangan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqidan marhum etilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima solinadi hamda aybdor xodimlar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi sohasida huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish boʻyicha maxsus komissiyalar:
2007-yil 1-maygacha mazkur qarorda belgilangan talablarga va alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga toʻliq javob beradigan yuridik shaxslarga faoliyatning ushbu turini amalga oshirishga ruxsat guvohnomalari berilishini taʼminlasinlar;
savdo qiluvchi korxonalar ushbu qaror bilan belgilangan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalariga soʻzsiz rioya qilishi ustidan qatʼiy tizimli nazorat oʻrnatsinlar.
5. “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi 2007-yilning 15-apreligacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining talabnomalariga koʻra alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishga belgilangan shakldagi ruxsat guvohnomalari tegishli darajada himoyalangan maxsus blankalarda zarur miqdorda tayyorlanishini taʼminlasin.
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalari qatʼiy hisobot beriladigan blankalar deb belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-mart,
PQ-605-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qaroriga
1-ILOVA
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
2. Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi bilan faqat alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olgan yuridik shaxslar shugʻullanishlari mumkin.
3. Ruxsat guvohnomasi berish (amal qilish muddatini 10 kun muddatgacha toʻxtatib qoʻyish, shuningdek amal qilishini toʻxtatish, bekor qilish tartib-qoidasi tashabbusi bilan chiqish) toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etiladigan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish boʻyicha maxsus komissiyalar (keyingi oʻrinlarda “Komissiya” deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish, ular boʻyicha Komissiyaning xulosalari va qarorlari loyihalarini tayyorlash uchun tumanlar (shaharlar) darajasida tuman (shahar) hokimliklari huzurida 2-ilovaga* muvofiq tarkibda alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyalar (keyingi oʻrinlarda “ishchi organ” deb yuritiladi) tashkil etiladi.
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
4. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda “ruxsat guvohnomasi” deb yuritiladi) har bir turgʻun chakana savdo shoxobchasiga 3 va 4-ilovalarga muvofiq sxema va shakl boʻyicha arizada koʻrsatilgan muddatga, biroq ikki yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
41. Mehmonxonalarga unga tegishli boʻlgan va uning ichida joylashgan, turuvchilarga alkogol mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanadigan bir necha turgʻun chakana savdo shoxobchasi (bar, mini-bar, kafe, restoran) uchun bitta ruxsat guvohnomasi beriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PF-5731-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son)
II. Ruxsat guvohnomasini olish uchun yuridik shaxslarga qoʻyiladigan talablar
5. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yuridik shaxslarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
ruxsat guvohnomasini olish uchun ariza berilgan paytda shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 100 baravari miqdorida va qishloq joylarda hamda chekka togʻli tumanlarda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida shakllangan ustav fondi mavjud boʻlishi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
shaharlarda — alohida kiriladigan va kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda kamida 15 kvadrat metrli savdo zali maydoni boʻlgan (faqat alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishga moʻljallangan), chekka togʻli tumanlarda — alohida savdo seksiyasi boʻlgan, alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga (shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini va bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini qoʻllash shartlariga, moddiy boyliklar toʻliq darajada saqlanishi taʼminlanishiga) muvofiq boʻlgan ombor binolari va asbob-uskunalari boʻlgan oʻzining yoki ijaraga olingan turgʻun savdo shoxobchasi mavjudligi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
turgʻun savdo shoxobchasi taʼlim, sport va diniy muassasalardan radiusi kamida besh yuz metr masofada joylashganligi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
savdo shoxobchalari jamoat transporti toʻxtash joylarida, shu jumladan metropoliten bekatlarida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining oshxonalarida, shuningdek aeroportlar, temir yoʻl vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan joylarda joylashmaganligi;
yuridik shaxs tomonidan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan maxsus foydalaniladigan, himoyalangan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi va bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallari mavjudligi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
III. Ruxsat guvohnomasini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
6. Ruxsat guvohnomasini olish uchun yuridik shaxslar turgʻun chakana savdo shoxobchasi joylashgan joy boʻyicha Komissiyaning ishchi organiga quyidagilarni taqdim etadilar:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, u joylashgan joy (pochta manzili), bank muassasasi nomi va bankdagi hisob raqamining tartib raqami koʻrsatilgan holda ruxsat guvohnomasi berilishi toʻgʻrisida ariza;
yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 100 baravari miqdorida va qishloq joylarda hamda chekka togʻli tumanlarda — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi. Ustav fondi pul mablagʻlarida shakllantirilgan taqdirda tasdiqlovchi hujjat xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan beriladi. Ustav fondi boshqa mol-mulk bilan shakllantirilgan taqdirda yuridik shaxs ushbu mol-mulkka egalik huquqi, uning qiymati va u ustav fondiga qoʻshilganligi haqidagi tasdiqnomani taqdim etadi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yigʻim toʻlanganligini tasdiqlaydigan bank hujjatining nusxasi.
Ishchi organ ruxsat guvohnomasini berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotni belgilangan tartibda axborot sohasidagi hamkorlik vositasida, shu jumladan elektron koʻrinishida mustaqil ravishda oladi, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborot bundan mustasno.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
7. Yuridik shaxsdan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etish talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Hujjatlar yuridik shaxs tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi maʼlum qilingan holda pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, ularning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi).
Qonun hujjatlarida belgilangan taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun yuridik shaxs — ariza beruvchi javob beradi.
IV. Ishchi organ tomonidan arizalar koʻrib chiqilishi tartibi
9. Ishchi organ 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va ularning ishonchliligini hamda alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishning mazkur Nizom bilan belgilangan talablariga muvofiqligini aniqlaydi.
10. Ishchi organning barcha aʼzolari bir ovozdan qaror qabul qilgan taqdirda Komissiyaga ruxsat guvohnomasi berish toʻgʻrisidagi taklif kiritiladi.
Agar ishchi organ Komissiyaga ijobiy xulosa kiritgan taqdirda, xulosa bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar sotish va naqd pul tushumini tijorat banklari kassalariga topshirishning prognoz hajmlari kiritiladi. Komissiya tomonidan ruxsat guvohnomasi berilgan taqdirda prognoz hajmlarga yilning har choragida ishchi organ tomonidan tuzatishlar kiritiladi.
Komissiya raisi va aʼzolari mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan talablarga mos kelmaydigan yuridik shaxslarga ruxsat guvohnomasi berilganligi uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
V. Ishchi organning xulosasi Komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi va ruxsat guvohnomasini berish yoki ruxsat guvohnomasi berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
11. Komissiya 10 ish kuni mobaynida ishchi organ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganadi va komissiyaning barcha aʼzolari bir ovozdan qaror qabul qilgan taqdirda ruxsat guvohnomasini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Komissiya yuridik shaxsni tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 ish kuni mobaynida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
12. Ruxsat guvohnomasi Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ruxsat guvohnomasi blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga, himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Komissiya raisi ruxsat guvohnomasi blankalaridan maqsadli foydalanilishi, ularning saqlanishi va hisobga olinishi uchun shaxsan javob beradi.
Ruxsat guvohnomasi blankalari, shu jumladan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish uchun yuridik shaxslarga berilgan ruxsat guvohnomasi blankalari hisobi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan berilgan ruxsatnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarida yuritiladi.
VI. Ruxsat guvohnomasi berishni rad etish uchun asoslar
13. Quyidagilar ruxsat guvohnomasi berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
ruxsat guvohnomasini berish uchun zarur hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmasligi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
buyurtmachining alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish uchun mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan talablarga muvofiq emasligi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi PQ-2280-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 641-modda)
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjudligi.
Boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan ruxsat guvohnomasi berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yuridik shaxs ruxsat guvohnomasi berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
14. Rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan ruxsat guvohnomasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi asosli qaror yuridik shaxsga komissiya raisining imzosi bilan yozma shaklda topshiriladi (yuboriladi). Ushbu qarorda shuningdek yuridik shaxs koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Ruxsat guvohnomasini berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda, mazkur guvohnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda avval koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruxsat guvohnomasini berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
VII. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
15. Yuridik shaxs qayta oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda yuridik shaxs yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilingan holda ishchi organga ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ruxsat guvohnomasiga ega yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruxsat guvohnomasini ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ruxsat guvohnomasidagi mavjud maʼlumotlar ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgargan taqdirda, ruxsat guvohnomasi yuridik shaxsning tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Ushbu holatda ruxsat guvohnomasi qayta rasmiylashtirilgunga qadar yuridik shaxs ruxsat guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyatni oldin berilgan ruxsat guvohnomasi asosida amalga oshiradi.
16. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda berilgan ruxsatnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan yuridik shaxsning tegishli hujjatlar ilova qilingan ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi olingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
17. Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yuridik shaxsning arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ishchi organga ruxsat guvohnomasining amal qilish muddati tamom boʻlishidan kamida 15 kun oldin berilishi kerak.
Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ruxsat guvohnomasini berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
18. Amal qilish muddati tamom boʻlmagan yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan ruxsat guvohnomasi oʻrniga yuridik shaxsning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
VIII. Ruxsat guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
19. Davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasi boʻyicha Komissiya alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari, shu jumladan naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilganligi aniqlangan taqdirda ruxsat guvohnomasining amal qilishini 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtab turish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
20. Taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi, shuningdek shunga oʻxshash boshqa holatlar munosabati bilan faoliyat vaqtincha toʻxtatilgan taqdirda yuridik shaxs bu haqda Komissiyaga va davlat soliq xizmatining tegishli organiga yozma ravishda maʼlum qilishi shart.
21. Yuridik shaxs tomonidan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari muntazam ravishda yoxud bir marta qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda ruxsat guvohnomasining amal qilishi sud tartibida toʻxtatilishi mumkin.
22. Qalbaki hujjatlardan foydalanilgan holda ruxsat guvohnomasi olinishi holati tasdiqlangan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda ruxsat guvohnomasining amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
IX. Mazkur Nizom buzilganligi uchun javobgarlik
23. Mazkur Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish
SXEMASI
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
‎‎


‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎______________________________________________________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari)

‎‎
Blanka seriyasi va tartib raqami


‎Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan
‎RUXSAT GUVOHNOMASI


‎200___ y. “____” __________ № ______


‎__________________________________________________________________________ga

(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

Pochta manzili ________________________________________________________________
STIR _______________________________________________________________________
IFTUK kodi __________________________________________________________________
NKM __________________ DSIda ____________ tartib raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishning belgilangan talablariga javob beradigan ________________________________ manzilida joylashgan turgʻun savdo shoxobchasi orqali alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi berildi.


‎200__ yil “___” ___________ gacha berilgan.
Ish vaqti soat “____” dan “____” gacha
Obyektning egasi ______________________________________________________________

(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

Obyektdan foydalanuvchi _______________________________________________________

(chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy

____________________________________________________________________________

yigʻim toʻlaydigan yuridik shaxsning nomi)

Alohida shartlar ______________________________________________________________

‎Imzo

‎Imzo _____________
MOʻ
* Izoh. Ruxsat guvohnomasi har bir savdo shoxobchasiga alohida beriladi. Notarius tomonidan tasdiqlanmagan ruxsat guvohnomasi nusxasi haqiqiy hisoblanmaydi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2601-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 445-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qaroriga
2-ILOVA
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qiladigan yuridik shaxslar mazkur Qoidalar bilan tartibga solinmaydigan masalalar yuzasidan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qilish qoidalariga amal qiladi.
2. Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi bilan faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalarini berish boʻyicha Maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda matnda “Komissiya” deb yuritiladi) tomonidan berilgan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini (keyingi oʻrinlarda matnda “ruxsat guvohnomasi” deb yuritiladi) olgan yuridik shaxslar shugʻullanishi mumkin.
3. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qiladigan yuridik shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq undiriladi.
II. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish shartlari
4. Alkogolli mahsulotlar bilan faqat shaharlarda — alohida kiriladigan va kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda kamida 15 kvadrat metrli savdo zali maydoni boʻlgan (faqat alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishga moʻljallangan), chekka togʻli tumanlarda — alohida savdo seksiyasi boʻlgan, alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga (shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini va bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarini qoʻllash shartlariga, moddiy boyliklar toʻliq darajada saqlanishi taʼminlanishiga) muvofiq boʻlgan ombor binolari va asbob-uskunalari boʻlgan turgʻun savdo shoxobchasida chakana savdo qilish mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
Turgʻun savdo shoxobchasi:
taʼlim, sport va diniy muassasalardan radiusi kamida besh yuz metr masofada boʻlishi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
jamoat transporti toʻxtash joylarida, shu jumladan metropoliten bekatlari yonida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududlarida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarning oshxonalarida, shuningdek aeroportlar, temir yoʻl vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan hududlarda joylashmasligi kerak.
Alkogolli mahsulotlar sotiladigan joylarda uni yigirma yoshga toʻlmagan shaxslarga sotilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sogʻligʻiga zararli taʼsiri toʻgʻrisida ogohlantiruvchi yozuvlar joylashtirilgan boʻlishi shart.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
5. Yuridik shaxslar alkogolli mahsulotlar bilan faqat ruxsat guvohnomasini berishda Komissiya tomonidan belgilangan vaqt mobaynida chakana savdo qiladilar.
6. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish faqat yuridik shaxs tomonidan ushbu maqsadlar uchun himoyalangan fiskal xotirali maxsus nazorat-kassa mashinalaridan va bank plastik kartochkalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
7. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qiladigan yuridik shaxslar tumanlar har chorakda (shaharlar) hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalari olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tomonidan belgilangan alkogolli mahsulotlar sotish hamda naqd tushumni tijorat banklari kassalariga topshirishning prognoz hajmlarini bajarishi kerak.
8. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qiladigan yuridik shaxslar alkogolli mahsulotlar va tovarlarning boshqa turlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar boʻyicha alohida hisob olib borishlari shart.
III. Alkogolli mahsulotlarni chakana tarmoqlarda sotish va saqlash tartibi
9. Sifatiga koʻra standartlarning majburiy talablariga va texnik shartlarga muvofiq boʻlgan, belgilangan namunadagi aksiz markasi bilan markalangan alkogolli mahsulotlar sotilishi kerak.
10. Muvofiqlik sertifikati xaridorning birinchi talabi boʻyicha sotuvchi tomonidan taqdim etilishi kerak.
11. Alkogolli mahsulotlarni, shu jumladan import alkogolli mahsulotlarni sotuvchi mahsulotlarning har bir nomi boʻyicha tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hamda sertifikatning hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish raqamlari, amal qilish muddati va uni bergan organ koʻrsatilgan holda mahsulotning har bir nomi boʻyicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tovar-transport hujjatlariga ega boʻlishi kerak.
12. Alkogolli mahsulotlar mahsulotning tegishli turiga qoʻyiladigan normativ hujjatlar talablariga muvofiq holda saqlanishi kerak.
Ogʻzi poʻstloq tiqin bilan mahkamlangan alkogolli mahsulot solingan shishalar tiqinning qurib qolmasligi va havo kirmasligi uchun omborxonalarda yotiq holatda, boshqacha tarzda tiqinlangan shishalar esa tik holatda saqlanadi.
13. Alkogolli ichimliklar savdo zaliga qoʻyilishidan oldin sotuvchi (xodim) tashqi belgilariga qarab ularning sifatini tekshirib koʻrishi shart.
14. Xaridor tomonidan kamchiliklari boʻlgan alkogolli mahsulotlar xarid qilingan taqdirda sotuvchi xaridor talabiga koʻra ularni zarur sifatga ega boʻlgan tovarga almashtirib berishga yoki, agar mazkur kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddati doirasida aniqlangan boʻlsa, xaridor toʻlagan summani unga qaytarib berishga majburdir.
IV. Alkogolli mahsulotlarni sotish taqiqlanadigan shartlar
15. Alkogolli mahsulotlarni sotish taqiqlanadi:
savdo avtomatlari orqali;
bolalar oʻyinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimentiga kiruvchi boshqa tovarlarni imitatsiya qiluvchi (shularga oʻxshatib ishlangan boʻlsa);
savdo qilinayotgan joylarda yigirma yoshga toʻlmagan shaxslarga uni sotishga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek alkogolli mahsulotlarning inson sogʻligʻiga zararli taʼsiri toʻgʻrisidagi ogohlantiruvchi yozuvlar boʻlmagan hollarda;
alkogolli mahsulotlarning tarasida alkogolli mahsulotlarni isteʼmol qilish inson sogʻligʻiga zararli taʼsir qilishi toʻgʻrisida matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud boʻlmagan hollarda.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PQ-2597-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 444-modda)
yigirma yoshga toʻlmagan shaxslarga;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
muvofiqlik sertifikatisiz;
yaroqlilik muddati oʻtib ketgan holda;
aksiz markalari bilan markalanmagan (pivodan tashqari) yoki qalbaki aksiz markalari bilan markalangan holda;
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
ishlab chiqargan korxonani aniqlash imkonini beradigan darajada aniq markalanmagan holda;
uni ishlab chiqarishga litsenziyasi boʻlmagan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilganda;
alkogolli mahsulotni yetkazib berish huquqiga ega boʻlmagan yoki bojxona orqali tartibga solish, qoidalarni, savdo belgilaridan va firma nomlaridan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan qoidalarni, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni buzgan holda uni amalga oshirgan yetkazib beruvchidan sotib olinganda;
sanitariya normalariga va alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotish qoidalariga muvofiq boʻlmagan xona va joylarda;
taʼlim, sport va diniy muassasalardan radiusi kamida besh yuz metr masofada joylashgan savdo korxonalarida;
(15-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
jamoat transporti toʻxtash joylarida, shu jumladan metropoliten bekatlari yonida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududlarida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarning oshxonalarida, shuningdek aeroportlar, temir yoʻl vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan hududlarda joylashgan savdo korxonalarida;
etiketkalarsiz, iflos (ichki yoki tashqi tomoni), singan (ogʻzi uchgan, yorilgan), tiqini shikastlangan, umumiy koʻrinishi tiniq boʻlmagan, chet narsalar aralashgan, choʻkindili shishalarda (vinolar toʻplamidan tashqari) sotish taqiqlanadi.
alkogolli mahsulotlarga (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan eng kam chakana narxdan past narxlar boʻyicha.
(15-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 20-son, 216-modda)
151. Alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilayotgan sotuvchi yigirma yoshdan kichikroq koʻringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishni talab qilishi, hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda esa alkogolli mahsulot sotishni rad etishi shart.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PQ-2597-sonli qaroriga asosan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 444-modda)
V. Ushbu Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
16. Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishning belgilangan qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima solinadi, ushbu yuridik shaxslarning tegishli xodimlari esa belgilangan tartibda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan savdo qilish qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Belgilangan yaroqlilik muddati doirasida kamchiliklari boʻlgan alkogolli ichimliklar sotish oqibatida isteʼmolchining hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 12-son, 107-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2012-y., 20-son, 216-modda, 40-son, 466-modda; 2014-y., 52(I)-son, 641-modda; 2016-y., 38-son, 444-modda, 38-son, 445-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son, 29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)