|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.08.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni
qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni
qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining
Qarori
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 15-avgustda 1842-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 26-apreldagi 2-son, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 22-apreldagi 02/11-05/02-son va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-apreldagi 2024-07-sonli ““Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1842-7, 10.05.2024-y.) asosan 2024-yil 14-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyul,
77-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyul,
2008-33-son
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2008-yil 26-iyun,
13-son
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil 11-iyuldagi 77, 2008-33-son, 2008-yil 26-iyundagi 13-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
(nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) muvofiq, sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini, oʻrnatilgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, toʻlov qobiliyati normativlarini buzganligi (bundan buyon matnda sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish deb yuritiladi) uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomga muvofiq sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar sugʻurta faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, sugʻurtalovchilar tomonidan buzilganligi uchun ularga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdorigacha jarima solinadi.
Jarima sanksiyalarining summalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzganlik uchun umumiy yigʻindisi boʻyicha sugʻurtalovchiga solinadigan jarimalarning jami summasi sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 1,0 foizidan ortiq boʻlmasligi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
4. Jarima sanksiyasining summasi toʻlanishi sugʻurtalovchini sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
II. Toʻlov qobiliyati normativlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qaroriga (roʻyxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
6. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan sugʻurtalovchilarning alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori yoki majburiyatlari jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdoriga oid talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
III. Sugʻurtalovchilar aktivlarini joylashtirishga oid talablarga rioya qilinmaganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
7. Sugʻurtalovchi tomonidan bogʻliq shaxslarga imtiyozli shartlar taqdim etilgan, sugʻurtalovchi aktivlarini sugʻurtalovchining dastlabki ikki yillik faoliyati davomida bogʻliq shaxslarda joylashtirgan, shuningdek sugʻurtalovchi aktivlarini:
intellektual mulkka qoʻyilmalar (dasturiy taʼminot, maʼlumotlar bazasi, adabiyot, firma nomlari va tovar belgilarini xarid qilish bundan mustasno);
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan qarz shartnomasini tuzish (moliyaviy yordam berish), yoʻli bilan joylashtirgan taqdirda, —
sugʻurtalovchiga har bir kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(7-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
8. Quyidagi hollarda, agarda:
sugʻurtalovchi tomonidan berilgan qarzlarning umumiy summasi sugʻurtalovchining ustav kapitalining 10 foizidan oshgan;
sugʻurtalovchi oʻz mablagʻlari manbalari summasining 30 foizidan oshgan hajmdagi qarzlarni (moliyaviy yordamni) bu haqda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligini xabardor etmay olgan;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
sugʻurtalovchi tomonidan bitta bogʻliq shaxsda joylashtirilgan aktivlarning summasi sugʻurtalovchi ustav kapitalining 15 foizidan oshgan (sugʻurta faoliyati, sugʻurta faoliyatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan xizmat binolaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan shuʼba korxonalar (shoʻba xoʻjalik jamiyatlari) va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
sugʻurtalovchi tomonidan barcha bogʻliq shaxslarda joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi sugʻurtalovchi ustav kapitalining 100 foizidan oshgan (sugʻurta faoliyati, sugʻurta faoliyatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan xizmat binolaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan shuʼba korxonalar (shuʼba xoʻjalik jamiyatlari) va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
xususiy mulk yoki unga boʻlgan huquq garovga berilganda, kafolat berilganda yoxud balansda aks etmagan boshqa majburiyat qabul qilinganda, sugʻurtalovchi besh kunlik muddatda Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligini yozma ravishda xabardor qilmagan taqdirda,—
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
sugʻurtalovchiga har bir kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kamchiliklar bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga har bir takroriy kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
9. Quyidagi hollarda, agarda:
sugʻurtalovchi boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitallariga joylashtirgan aktivlarining umumiy summasi, sugʻurtalovchi oʻz mablagʻlari manbalari summasining 50 foizidan oshgan, oldingi moliyaviy yil yakuni boʻyicha xalqaro auditning ijobiy xulosasini olgan tijorat banklarining ustav kapitallarida ishtirok etish va qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 14-martdagi 21, 2011-9, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1842-1, 22.03.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 123-modda)
sugʻurtalovchining har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi ushbu yuridik shaxsning ustav kapitalining 30 foizidan oshgan (sugʻurta faoliyati, sugʻurta faoliyatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan xizmat binolaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan shuʼba korxonalar (shuʼba xoʻjalik jamiyatlari) va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
sugʻurtalovchining aktivlari koʻchmas mulk obyektlariga joylashtirilganda, sugʻurtalovchi aktivlarining 50 foizidan ortigʻini bitta yer uchastkasi yoki koʻchmas mulkning boshqa obyektiga yoxud bitta obyekt sifatida koʻrilishi mumkin boʻlgan yer uchastkalari va koʻchmas mulk obyektlari majmuiga joylashtirilgan;
sugʻurtalovchining aktivlarini bank omonatlariga (depozitlariga) joylashtirishda, bitta tijorat bankiga joylashtirilgan omonat sugʻurtalovchi aktivlarining 40 foizidan oshgan;
sugʻurtalovchining aktivlarini kredit tashkilotlarida (tijorat banklaridan tashqari) omonatlarga (depozitlarga) joylashtirishda, omonatlarning (depozitlarning) umumiy summasi sugʻurtalovchi aktivlarining 10 foizidan oshgan;
sugʻurtalovchi aktivlarini bitta yuridik shaxsning ustav kapitaliga joylashtirish yoki bitta yuridik shaxsda ishtirok etish boʻyicha boshqa huquqlari sugʻurtalovchi aktivlarining 30 foizidan oshgan (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), taqdirda, —
sugʻurtalovchiga har bir kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kamchiliklar bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga har bir takroriy kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(9-bandning yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
IV. Qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilmaganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
10. Quyidagi hollarda, agarda:
sugʻurtalovchi tavakkalchiliklarni tasdiqlangan deb hisoblanmaydigan qayta sugʻurtalovchilarga qayta sugʻurtaga bergan;
majburiyatlar chet el sugʻurta tashkilotlarida qayta sugʻurtalanganda, Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga qayta sugʻurtaga berilgan majburiyatlar hajmi sugʻurtalovchining har bir alohida sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi boʻyicha majburiyatlar hajmining 95 foizdan oshgan;
majburiyatlar chet el sugʻurta tashkilotlarida qayta sugʻurtalanganda, oʻzida qoldirilgan ulushning eng kam miqdori sugʻurtalovchining toʻlov qobiliyati marjasining haqiqiy miqdorining 5 foizidan kam boʻlgan (eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish va chet elga chiquvchi shaxslarni sugʻurta qilish shartnomalari bundan mustasno), taqdirda, —
sugʻurtalovchiga har bir kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
V. Sugʻurta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
11. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi shakllantirishi shart boʻlgan sugʻurta zaxiralari shakllantirilmagan yoki toʻliq boʻlmagan miqdorda shakllantirilgan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
12. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi ajratishi shart boʻlgan aktivlar sugʻurtalovchi tomonidan ajratilmagan yoki sugʻurta zaxiralari qiymatidan kam boʻlgan miqdorda ajratilgan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
13. Sugʻurtalovchining ajratilgan aktivlarining 70 foizidan kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatbaho qogʻozlaridan; bank omonatlaridan (depozitlaridan); bankdagi hisob (valyuta) schyotlari va boshqa schyotlardagi va/yoki kassadagi pul mablagʻlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan mablagʻlardan; chet el davlatlarining davlat qimmatbaho qogʻozlaridan (Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda); Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarish va aylanishiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan, qimmatli qogʻozlar bozorida savdoni tashkil qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega chet el emitentlari tomonidan chiqarilgan va qimmatli qogʻozlar bozorida aylanishiga yoʻl qoʻyilgan qimmatli qogʻozlardan yoki ularning baʼzilaridan tashkil topgan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
14. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi tomonidan taqdim etiladigan sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi hisobotlarda koʻrsatilgan sugʻurta zaxiralari miqdori sugʻurtalovchining buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlariga mos kelmagan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VI. Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizom talablarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
15. Sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta agentiga toʻlangan komissiya pulining miqdori sugʻurta agenti tuzgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan sugʻurta mukofotlarining (toʻlovlarining) 25 foizidan oshgan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VII. Hisobotlarni taqdim etish shakli, tartibi va muddatlariga rioya qilmaganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
16. Sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
toʻlov qobiliyati normativlari hisob-kitoblarini;
sugʻurtalovchilarning aktivlarini joylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi hisobotlarni, taqdim etish shakli, tartibi va muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda, —
sugʻurtalovchiga har bir kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,03 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Mazkur bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kamchiliklar bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga har bir takroriy kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(16-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
17. Hisobot maʼlumotlari buzib koʻrsatilgan (bila turib yolgʻon va notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etilgan) taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VII1. Ichki nazorat qoidalari talablarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
171. Sugʻurtalovchi tomonidan:
masʼul shaxslarning roʻyxatini;
oʻzining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyati toʻgʻrisida hisobotni Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga taqdim etish muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda, —
sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(171-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VII2. Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining koʻrsatmalarini bajarmaganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
(VII2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
172. Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining quyidagi kamchiliklarni:
(172-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
sugʻurtalovchi vakolat bergan sugʻurta agentlarining reyestri mavjud emasligi;
qabul qilingan pul mablagʻlari va majburiyatlarining miqdorlari haqidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi oʻz vakolati doirasida talab qilganda taqdim etmasligi;
(172-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
sugʻurtalovchi oʻzining firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan manzili oʻzgarganligi haqida sugʻurta qildiruvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali, oʻz ijrosidagi bir yildan ortiq muddatli sugʻurta shartnomalari boʻyicha esa yozma ravishda xabardor qilmasligi;
sugʻurtalovchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtmasligi;
(172-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
sugʻurtalovchi tomonidan yiliga bir marta — har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy davomida moliya yilidagi faoliyat yakunlari boʻyicha aktuar tashkilotni aktuar tekshiruvini amalga oshirish uchun jalb etmaganligini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalarini bajarmagan taqdirda, –
sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(172-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VII3. Sugʻurta tovonini (sugʻurta pulini) toʻlashni asossiz rad etganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
173. Sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini (sugʻurta pulini) toʻlashni asossiz rad etgan taqdirda, sugʻurtalovchiga har bir asossiz rad etish uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdoridagi jarima solinadi. Bunda sugʻurtalovchining rad etishi asossiz deb, sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining) arizasiga muvofiq sud tomonidan eʼtirof etiladi.
(173-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VII4. Eksport kontraktlarini sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni toʻlash muddatlarini buzilganlik uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
174. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan eksport kontraktlarini sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni toʻlash muddatlariga sugʻurtalovchi tomonidan rioya qilinmagan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
(174-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VIII. Yakunlovchi qoidalar
18. Mazkur Nizomda koʻrsatib oʻtilgan jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar hisobotlarni oʻrganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish davomida, shuningdek sugʻurtalovchilarning faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qabul qilinadi.
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi kamchiliklar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida kamchiliklar tavsifi va jarima sanksiyalari miqdorini koʻrsatgan holda tegishli xulosa tayyorlab mazkur Nizomda koʻrsatib oʻtilgan jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
Mazkur Nizomda koʻrsatib oʻtilgan jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisida qarorlar kamchiliklar aniqlangan kundan boshlab oʻttiz kun ichida qabul qilinadi va Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
19. Sugʻurtalovchiga jarima sanksiyasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi jarima sanksiyasining qoʻllanishiga olib kelgan yoʻl qoʻyilgan kamchilikni koʻrsatgan holda sugʻurtalovchiga yozma ravishda xabar beradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
20. Sugʻurtalovchi jarima summasini yozma ravishda berilgan xabar olingan kundan boshlab oʻn kun ichida toʻlashi va jarima summasi toʻlangan kundan boshlab uch kun ichida Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligiga toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 20-yanvardagi 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 18-yanvardagi 2021-04-son va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 11-yanvardagi 05/11-05/01-sonli qarori (roʻyxat raqami. 1842-6, 22.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son)
21. Jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan sugʻurtalovchilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 337-modda; 2011-y., 12-13-son, 123-modda; 2013-y., 30-son, 395-modda; 2015-y., 1-son, 18-modda, 52-son, 651-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1842-5/0581-son; 22.02.2021-y., 10/21/1842-6/0157-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)