Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Respublikada oʻtkazilayotgan sud-huquq islohotlariga binoan qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, xususan, jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan odil sudlovni amalga oshirish amaliyotida kelib chiqayotgan masalalarni toʻgʻri hal etish boʻyicha tushuntirishlar berish zaruriyati tufayli “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan 1991 — 2001-yillarda jinoyat ishlari boʻyicha qabul qilingan quyidagi qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oliy sud Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 21-sonli qarori:
a) 3-bandining ikkinchi xatboshisi “ikki yoki undan ortiq shaxsning” soʻzlaridan keyin “birgalikda” soʻzi bilan toʻldirilsin;
b) 4-bandining birinchi xatboshisidagi “hokimiyat yoki” soʻzlari hamda “(Jinoyat kodeksining 271-moddasi)” soʻzlaridan keyingi “Jinoyat kodeksining 271-moddasi” soʻzlari chiqarilsin;
v) 5-bandining birinchi xatboshisidagi “(Jinoyat kodeksi 272 m. I q.)” soʻzlari “(Jinoyat kodeksi 273-moddasining 1-qismi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-bandining birinchi xatboshisidagi ikkinchi qavs ichidagi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“(oʻzgaga berish, hadya etish, boshqa shaxsga ukol qilish, almashtirish, qarz va qarzi evaziga berish hamda sotish va hokazolar)”. Ushbu xatboshi “Chunki giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni sotish-oʻtkazishning bir usuli deb hisoblanishi kerak” degan jumla bilan toʻldirilsin;
d) 5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qayd etilgan jinoyatni kvalifikatsiya qilishda birinchi navbatda oʻtkazilgan (sotilgan) giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar miqdoridan kelib chiqish kerak”;
e) 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “(Jinoyat kodeksi 272 m. 2-q.)” soʻzlari “(Jinoyat kodeksi273-moddasi 5-qismi)” soʻzlari bilan hamda “...ular uchun moddiy qiymatliklar olinishini nazarda tutadi” soʻzlari “giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar faqat koʻp miqdorda sotilsagina mazkur moddaning 5-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 6-bandi birinchi xatboshisining oxirgi jumlasidagi “273-moddasi yoki sotish maqsadi boʻlganida Jinoyat kodeksi 25-moddasi va 272-moddasining 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak” degan soʻzlar “25, 273-moddasining 5-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “1995-yil 1-apreldagi narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qaroriga 1-sonli ilovada mavjud” soʻzlari “1998-yil 22-maydagi narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining qaroriga ilovada mavjud” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 8-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun mazmuniga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash deganda aybdor tomonidan gʻaraz maqsadni koʻzda tutgan-tutmaganligidan qatʼi nazar, giyohvandlik vositasini isteʼmol qilish uchun maxsus sharoit yaratilgan (isteʼmol qilish moslamalari, giyohvandlik vositalari bilan taʼminlangan-taʼminlanmaganligining ahamiyati yoʻq) xonalarni bir yoki bir necha marotaba berib turishi tushunilishi lozim. Tushuntirilsinki, boshqalar tomonidan xonadondan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxsga bildirmasdan giyohvandlik vositalarini oʻzlari bilan olib kelib isteʼmol qilganliklari aniqlansa, xonadondan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs harakatini bangixona tashkil qilgan deb baholamaslik lozim”;
k) 8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “273-moddasining 4-qismi va 272-moddasining 1 yoki 2-qismlarida” soʻzlari “273-moddasining tegishli qismlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 9-bandining birinchi xatboshisidagi “273-moddasining 5-qismi” soʻzlari “273-moddasining 6-qismi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) 12-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ozginadan koʻproq yoki koʻp miqdorga mansubligi masalasini hal etish tergov organi va sudning vakolati doirasiga kiradi, bunda ular narkotik moddalarni nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining 1998-yil 22-may 3-raqamli qarori bilan tasdiqlangan “Qonunga xilof saqlashdagi yoki muomaladagi topilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning oʻlchamini oz, ozginadan koʻproq va koʻp miqdorga mansubligi Roʻyxati”dagi tavsiyaga amal qilishlari zarur”;
n) 17-bandining uchinchi xatboshisidagi “ayollarga,” soʻzidan keyin “60 yoshdan oshgan erkaklarga,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
o) 19-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, Qurolli kuchlar harbiy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oliy sud Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi “Kontrabanda va bojxona qonunlarini buzish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida” gi 2-sonli qarori:
a) 2-bandidagi “juda koʻp miqdorda oʻtkazilganda” hamda “(bojxona qonunlarini buzish)” soʻzlari tegishligicha “oʻtkazish maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin koʻp miqdorda sodir etilsa” va “(bojxonaga doir qonun hujjatlarini buzish)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandining “e” kichik bandidagi “1-qismining “b” bandida” soʻzlari “2-qismining “g” bandida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandining birinchi xatboshisi chiqarilsin.
3. Oliy sud Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 3-sonli qarori:
14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrishda qayd etilgan turkumdagi ishlarni koʻrish sifati ustidan tegishli nazoratni taʼminlasinlar va sud xatolarini oʻz vaqtida tuzatish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrsinlar”.
4. Oliy sud Plenumining 1996-yil 15-martdagi “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 9-sonli qarori:
a) 4-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Savdo yoki vositachilik faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlagan, nazorat qilinmaydigan foyda olish maqsadida tovarlarni olgan va qayta sotgan holda amalga oshirish Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 176-moddasining 2-qismi, xuddi shunday huquqbuzarlikni ancha miqdorda sodir etish esa 176-moddaning 3-qismi boʻyicha maʼmuriy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin oʻshanday harakatlarni ancha miqdorda sodir etish Jinoyat kodeksi 188-moddasining 1-qismi boʻyicha jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi”;
b) 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “ancha yoki koʻp miqdorda” soʻzlari “koʻp yoki juda koʻp miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandining birinchi xatboshisi quyidagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Xuddi shunday harakatlar ancha miqdorda sodir etilganda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 174-moddasining 2-qismi boʻyicha javobgarlik yuzaga keladi”;
g) 7-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xuddi shunday harakatlar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin ancha miqdorda sodir etilganda Jinoyat kodeksi 184-moddasining 1-qismi boʻyicha jinoiy javobgarlik yuzaga keladi”;
d) 9-bandidagi “215” raqami “177” raqamga oʻzgartirilsin;
e) 14-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 36-sonli qarori:
17-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, Qurolli Kuchlar harbiy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oliy sud Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 37-sonli qarori:
7-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar, viloyat, Qurolli Kuchlar harbiy sudlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oliy sud Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash amaliyoti bilan bogʻliq ayrim masalalar toʻgʻrisida” gi 38-sonli qarori:
a) 1-bandining “e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Biror bir jinoiy harakatni sodir etmagan, ammo ommaviy tartibsizlik jarayonida olomon orasida boʻlgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar, balki yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzganligi uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 201-moddasi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin”;
b) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tushuntirilsinki, sudlar jinoiy va maʼmuriy ishlarni koʻrish vaqtida, amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq daʼvat qilish, shuningdek bunday mazmundagi materiallarni tarqatish faktlari aniqlansa, Jinoyat kodeksining 159-moddasi belgilari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatishga majburdirlar”.
9. Oliy sud Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida”gi 39-sonli qarori:
15-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar sudi, viloyat va Qurolli Kuchlar harbiy sudlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oliy sud Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 40-sonli qarori:
a) 15-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarilsin;
b) 24-bandidagi “kassatsiya va nazorat” soʻzlari “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11. Oliy sud Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini taʼminlovchi qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 41-sonli qarori:
a) 20-bandining ikkinchi xatboshisidagi “kassatsiya” soʻzlari tegishlicha “apellatsiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 21-bandining birinchi xatboshisidagi “498-moddasiga” soʻzi “4972-moddasiga” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 21-bandining ikkinchi xatboshisidagi “kassatsiya” soʻzi “apellatsiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 22-bandining birinchi xatboshisidagi “498-moddasiga” hamda “kassatsiya” soʻzlari tegishligicha “4972-moddasiga” hamda “apellatsiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 22-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Kassatsiya” soʻzi “Apellatsiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
e) 22-bandining uchinchi xatboshisidagi “kassatsiya” soʻzi “apellatsiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
j) 23-bandidagi “kassatsiya” soʻzlari “apellatsiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) qaror matnlari (9-banddan tashqari)dagi “advokat” soʻzlari “himoyachi” deb oʻzgartirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
13. Oliy sud Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi toʻgʻrisida”gi 12-sonli qarori:
21-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudiga, Toshkent shahar va viloyat sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy sudiga ishlarni kassatsiya va nazorat tartibida” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oliy sudi Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi “Sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi “Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida” gi qarorining bajarilishi toʻgʻrisida”gi 13-sonli qarori:
a) 2-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar va viloyat sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar harbiy sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandidagi “kassatsiya va nazorat” soʻzlari “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oliy sud Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 11-sonli qarori:
a) 4-bandining birinchi xatboshisidagi “167-moddasi 3-qismining “v” bandi” soʻzlari “167-moddasi 2-qismining “g” bandi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandining birinchi xatboshisidagi “167-moddasining 4-qismi bilan tavsiflanganda Jinoyat kodeksi ushbu moddasi 1,2 va 3-qismlari” soʻzlari “167-moddasining 3-qismi bilan tavsiflanganda Jinoyat kodeksi ushbu moddasi 1 va 2-qismlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 29-bandidagi “mol-mulkni musodara qilish,” soʻzlari chiqarilsin;
g) 31-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar va viloyat sudlariga, Qurolli kuchlar harbiy sudiga jinoyat ishlarini kassatsiya va nazorat tartibida koʻrayotganda” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga jinoyat ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrayotganda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oliy sud Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasiga doir sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 21-sonli qarori:
a) 6-bandining oxirgi xatboshisidagi “kassatsiya yoki nazorat” soʻzlari “apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 16-bandining birinchi xatboshisidagi “kassatsiya yoki nazorat” soʻzlari “apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 23-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudi, Toshkent shahar sudi va viloyat sudlari, Qurolli Kuchlar Harbiy sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oliy sud Plenumining 1998-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 26-dekabrda tasdiqlangan Bojxona kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 30-sonli qarori:
a) 9-bandining oxirgi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy jazo tariqasidagi maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 33-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirdagina qoʻllanmasligi mumkin”;
b) 12-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar va viloyat sudlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oliy sud Plenumining 1998-yil 28-dekabrdagi “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish amaliyoti haqida”gi 31-sonli qarori:
a) 10-bandining birinchi xatboshisidagi “504” raqami chiqarilsin;
b) 10-bandining uchinchi, beshinchi xatboshilaridagi “kassatsiya” soʻzi “apellatsiya, kassatsiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 15-bandining ikkinchi xatboshisidagi “kassatsiya” soʻzi “apellatsiya va kassatsiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 17-bandining ikkinchi xatboshisidagi “kassatsiya sudida” soʻzi “apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 18-bandidagi “kassatsiya” soʻzi “apellatsiya va kassatsiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 19-bandining birinchi xatboshisidagi “kassatsiya” soʻzi “apellatsiya, kassatsiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 20-bandining ikkinchi xatboshisidagi “kassatsiya” soʻzi “apellatsiya va kassatsiya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 25-bandidagi “ijro qilinadigan joydagi sudga” soʻzlaridan keyin “yoki Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti hududiy boʻlimiga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
i) 29-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudlari, viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oliy sud Plenumining 1999-yil 30-apreldagi “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 6-sonli qarori:
a) 8-bandining birinchi xatboshisidagi “169-modda 4-qismi” hamda “ushbu modda 1, 2 va 3-qismlari” soʻzlari tegishligicha “169-moddasi 3-qismi” hamda “ushbu modda 1 va 2-qismlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandi chiqarilsin;
v) 12-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar va viloyat sudlari, Qurolli Kuchlar Harbiy sudi” va “kassatsiya va nazorat” soʻzlari tegishligicha “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” va “apellatsiya, kassatsiya va nazorat”soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
21. Oliy sud Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini taʼminlovchi qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining bajarilishi haqida”gi 17-sonli qarori:
a) 2-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, Respublika Harbiy sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandidagi “kassatsiya va nazorat” soʻzlari “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) qaror matnlari (qonun nomidan tashqari) dagi “advokat” soʻzlari “himoyachi” soʻzlariga oʻzgartirilsin.
22. Oliy sud Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 19-sonli qarori:
a) 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar jabrlanuvchi pora talab qilinganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan boʻlib, tezkor tadbir davomida jabrlanuvchining mulkidan pora predmeti tariqasida foydalanilgan boʻlsa, ushbu mulk Jinoyat-protsessual kodeksi 211-moddasining 4-bandiga asosan jabrlanuvchiga qaytarilishi lozim, boshqa holatlarda pora predmeti sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi”.
b) 18-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarilsin.
23. Oliy sud Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 8-sonli qarori:
a) 10-bandidagi “oʻzlashtirish yoki rastrata qilish,” soʻzlardan keyin “firibgarlik, oʻgʻrilik yoʻli bilan talon-toroj qilish,” soʻzlari kiritilsin;
b) 11-bandidagi “toʻlov vositasi sifatida foydalanish” soʻzlari chiqarilsin;
v) 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli boʻlgan jinoyat narsalari deb topilgan valyuta qimmatliklarining davlat egaligiga oʻtkazilishi masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211, 284, 285-moddalari tartibida hal qilinishi lozim”.
g) 14-bandining 3-xatboshisidagi “sudlanuvchilarga nisbatan mol-mulkni musodara etishni qoʻllash yoki qoʻllamaslikdan qatʼiy nazar” soʻzlari chiqarilsin;
d) 16-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sud, Toshkent shahar va viloyat sudlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oliy sud Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 21-sonli qarori:
14-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat va Toshkent shahar sudi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oliy sud Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi “Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 22-sonli qarori:
a) 23-bandidagi “tuman (shahar) sudi” soʻzlari “jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 27-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar va viloyat sudlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
27. Oliy sud Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Jinoyat ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi 5-sonli qarori:
a) 12-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shuningdek, mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan oʻzgarishlar nazarda tutilgan boʻlsa, sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil mobaynidagina yoʻl qoʻyilishiga eʼtibor qaratilsin (Jinoyat-protsessual kodeksining 513-moddasi);
b) 25-bandining ikkinchi xatboshisidagi “mol-mulkni musodara qilish,” soʻzlari chiqarilsin.
28. Oliy sud Plenumining 2001-yil 2-noyabrdagi “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida” gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini sud amaliyotida qoʻllash haqida”gi 25-sonli qarori:
6-bandi quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jinoyat kodeksining 661-moddasida roʻyxati keltirilgan jinoyatlardan boshqa ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarni sodir qilgan shaxslar bilan shu ishlar yuzasidan jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoxud uning qonuniy vakili deb topilganlar oʻrtasida yarashuvga erishilgan taqdirda jinoyat sodir etgan shaxsni Jinoyat kodeksining 65 va 66-moddalariga asosan javobgarlikdan ozod qilish yoki shu kodeksning 70 va 71-moddalariga asosan jazodan ozod qilish masalasi muhokama etilishi shart”.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi “Sobiq SSR Ittifoqi Oliy Sudi Plenumining qarorlari haqida”gi 5-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oliy sud raisi vazifasini bajaruvchi A. IShMETOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi X. HASANOV
Toshkent sh.,
2002-yil 14-iyun,
10-son