Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2003 24.09.1999 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2003
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisining “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi Plenum qarorining bajarilishi haqidagi ma’ruzasini muhokama qilib, Plenum, ushbu Qarorning qabul qilinishi jinoyat sudlov ishlarining yurituvini demokratlashtirishga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga xizmat qilganini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuning bilan birga tergov organlari va sudlar ko‘p hollarda har bir shaxsning himoya huquqiga egaligi haqidagi jinoyat-protsessual qonunchilik talablarining o‘ta muhimligiga, ish holatlarini har tomonlama, tekshirishni ta’minlovchi sudda ishlarni yuritishda taraflarning o‘zaro tortishuv tamoyiliga, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan holatlarni aniqlashga, oxir-oqibatda esa har bir ishning haqiqiy holatini xolisona aniqlashga yetarlicha baho bermayaptilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p ishlar bo‘yicha fuqaro ushlangan paytdan boshlab himoyachilar qatnashmagan, uning huquqlari hamma vaqt ham yetarli darajada aniq tushintirilmagan, agar ayblanuvchi yoki sudlanuvchi hibsda saqlanayotgan taqdirda himoyachi u bilan miqdori va muddati cheklanmagan holda holi uchrashuv o‘tkazishga haqliligi haqidagi qonun talabi ko‘p hollarda inkor qilib kelingan.
(muqaddimaning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishlar qator hollarda ruxsat etilmagan tergov usullarini qo‘llash, ruhiy va jismoniy tarzda ko‘rsatmalar berishga majbur qilish, asoslantirilmagan holda ushlab turish, hibsga olish va hatto sudlashda ifodalangan fuqarolar huquqlarining Konstitutsiyaviy kafolatlarining qo‘pol buzilishiga olib keldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud qonunga xilof ravishda yig‘ilgan dalillar yuridik kuchga ega emasligi va oqibatda ular sud tomonidan rad qilinishini ko‘rsatib o‘tgan bo‘lsada, sudlar qayd etilgan noqonuniy harakatlarga baho berishda zaruriy qat’iyatlik ko‘rsatmayapti, gumonlanuvchi tomonidan himoyachining ishtirokisiz aybini bo‘yniga olganligi holatiga har doim ham tanqidiy baho bermayapti.
(muqaddimaning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ishlarini yuritishda taraflarning teng huquqliligi, dalillar taqdim qilish, ularni tekshirishda ishtirok etish, iltimosnoma berishda teng imkoniyatlarga egaligi va boshqa tamoyillarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, himoyachi taraf sifatida, sud ishlarini yuritishniig hamma bosqichida protsessning barcha ishtirokchilari bilan teng huquqlarga ega.
(muqaddimaning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunlarni ijro qilishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish, jinoyat, sudlov ishlarida himoyaga bo‘lgan huquqqa qat’iy rioya qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dastlabki tergov organlari va sudlarning e’tibori himoyaga bo‘lgan huquqni kafolatlovchi jinoyat-protsessual qonunchilikning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining jiddiy buzilayotganligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari fuqarolarning himoyaga bo‘lgan huquqlariniig buzilishini bartaraf qilish, jinoyat sudlov ishlarining yurituvida himoyachining haqiqiy ishtirokini va sud protsessida taraflarning tengligini ta’minlash choralarini ko‘rsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qonunchilikka rioya qilinishi muntazam tahlil qilib borilsin, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat bosqichlarining roli kuchaytirilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi U. MINGBOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi A. A. Muhammadiyev
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 24-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-son