Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2013 02.11.2001 yildagi 25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“JINOIY JAZOLARNING LIBERALLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYaT, JINOYaT-PROTSESSUAL KODEKSLARI HAMDA MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNINI SUD AMALIYoTIDA QOʻLLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Qonunning qabul qilinishi sud-huquq tizimini erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida qoʻyilgan muhim qadam boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun huquqni himoya qiluvchi organlar va sudlar tomonidan toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash va yagona sud amaliyotini yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishi bilan qonunchilikdagi adolat va insonparvarlik tamoyillari kuchaytirilganligiga, jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish institutini qoʻllash imkoniyatlari kengaytirilganligiga huquqni himoya qiluvchi organlar va sudlarning alohida eʼtiborlari qaratilsin. Ular qonun talabidan kelib chiqib, jazodan koʻzlangan maqsad haqidagi dunyoqarash va tafakkurlarini oʻzgartirishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Chiqarilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining 43-moddasiga kiritilgan oʻzgartish bilan jinoyat qonunchiligidan mol-mulkni musodara qilish jazo turi (JK 53-moddasi) jazo tizimidan chiqarilgan. Ayni paytda, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli boʻlgan jinoyat qurollarining musodara qilinishi, jinoyat narsa (predmet)larining davlat egaligiga oʻtkazilishi va jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mol-mulkning kimga tegishi boʻlishining belgilanishi jinoiy jazo chorasi sifatida qaralmasligi va bu masalalar JPKning 211, 284, 285-moddalari tartibida hal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga kiritilgan bu oʻzgartish dastlabki tergov organi va sudni shu moddalarda tutilgan holatlarda hamda yetkazilgan mulkiy zararni qoplash uchun aybdorga tegishli mol-mulkni xatlash majburiyatidan ozod etmasligi eʼtiborda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chiqarilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Chiqarilgan.

10. Yangi Qonun boʻyicha Jinoyat kodeksining 182, 184, 188, 189, 190-moddalari boʻyicha jinoiy javobgarlik shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin yoki muayyan moddiy dizpozitsiyasida koʻrsatilgan maʼlum bir miqdorni bergandagina vujudga kelishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur moddalarning muayyan qismlaridagi ogʻirlashtiruvchi holatlarni nazarda tutuvchi kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlganda, shaxsning muqaddam maʼmuriy jazoga tortilgan-tortilmaganligidan qatʼi nazar, jinoiy javobgarlik vujudga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tushuntirilsinki, Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, jazoni oʻtab boʻlmagan shaxslarga nisbatan tayinlangan jazo turlari Qonunga muvofiqlashtirilganda, ularga nisbatan amnistiya aktlari umumiy tartibda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi sababli ayrim normalar amaldagi baʼzi Qonun meʼyorlariga muvofiq kelmaganda, ushbu Qonun bilan liberallashtirilgan normalar tatbiq etilishi eʼtiborda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoʻshimcha jazo tariqasida mol-mulkning musodara etilishini nazarda tutuvchi, lekin Qonun amalga kiritilgan kunga qadar ijro etilmagan sud hukmlari ijro etilishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma hukmning faqat mol-mulkni musodara qilish qismiga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, jazoni oʻtab boʻlmagan shaxslarga tayinlangan jazo turlari va choralari, basharti Qonunning tegishli moddasida nazarda tutilganiga nisbatan ogʻirroq boʻlsa, Qonunga muvofiq holga keltirish masalasi hukmlarni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga binoan jazoni oʻtash joylaridagi sudlar zimmasiga yuklatilgan. Bunda sudlar, jazo chorasini Qonunning tegishli moddasida belgilangan eng koʻp jazo chorasiga qadar kamaytirishi lozimligi koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 29-avgustdagi mazkur Qonunni amalga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi qarorining 7-8-bandlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyatlar jami yoki hukmlar majmui bilan sudlangan shaxslarga oid chiqarilgan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda mahkumga tayinlangan jazolar hajmining kamayishi, mutanosib ravishda unga oʻtash uchun qoldirilayotgan jazo miqdoriga ham taʼsir etishi zarurligiga sudlar masʼuliyat bilan qarasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va unga tenglashtirilgan sudlar mazkur Qonunning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan tegishli sud nazorati olib borilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qarorning bajarilishi yuzasidan 2002-yil birinchi yarmi yakunlari boʻyicha sud amaliyotini oʻrganib, tahlil qilish va taklif kiritish Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 2-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-son