15.03.1996 yildagi 9-son
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qanday bo‘lmasin mulkiy manfaatdor bo‘lish maqsadida tovarlarni bozorga erkin kirib kelishiga har qanday yo‘sinda to‘sqinlik qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqarish, o‘ta yuqori narxlarni sun’iy ravishda saqlab turish to‘g‘risida talab qo‘yish va tovar egasiga, bozor ma’muriyati yoki o‘zga shaxslarga nisbatan zo‘rlik ishlatish, ularni zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, mulkiga shikast yetkazish yoki mulkini nobud qilish bilan bog‘liq boshqa harakatlar tovlamachilik (reket) tariqasida Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmog‘i lozim. Tovlamachilik mulkiy manfaatdor bo‘lish maqsadida talab qo‘yishda yoxud tovlamachi foydasiga mulkiy xarakterdagi harakatlarni sodir etishda (tovarni past narxda yoxud tekinga berishda, tovarni zo‘rlik ishlatib olib qo‘yishda va sh.o‘.) ifodalanishi mumkin. Tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga, aybdorning zo‘rlik ishlatish to‘g‘risidagi tahdidini amalga oshirgan bo‘lishi shart bo‘lmay, bunday talab qo‘yilishining o‘zi yetarlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda amalga oshirib, ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasining ikkinchi qismi, xuddi shunday huquqbuzarlikni qo‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi uchinchi qismi bilan ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi. O‘sha harakatlar, juda ko‘p miqdorda sodir etilcha, Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan jinoiy javobgarlikni yuzaga keltiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tushuntirilsinki, amaldagi qonunchilikka muvofiq faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadi. Bunday ruxsatnomaning yo‘qligi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 165, 1763-moddalari bilan ma’muriy javobgarlik kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Agar bunday faoliyat bilan shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksi 190-moddasi beshinchi qismi yoki Jinoyat kodeksi 190-moddasi oltinchi qismining “a”, “b” bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
6. Jinoyat kodeksining 189-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164 va 168-moddalarida javobgarlik nazarda tutilgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish deganda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining buzilishi tushunilmog‘i lozim.
7. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan soliqlar yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash deganda foyda (daromad)ni yoki soliq to‘lanadigan boshqa obyektlarni yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek, davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yig‘imlarni, boj yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan o‘zgacha bo‘yin tovlash tushunilmog‘i lozim. Xuddi shunday harakatlar ancha miqdorda sodir etilganda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 174-moddasining 2-qismi bo‘yicha javobgarlik yuzaga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayd etilgan harakatlar haq olish bilan bog‘liq bo‘lmay, fuqarolarning huquqlari va manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazgan bo‘lsa, ularni ish holatlariga qarab Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan mansab vakolatini suiiste’mol qilish yoxud Jinoyat kodeksining 206-moddasi bilan hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish yoinki, tashkilotning ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan taqdirda, Jinoyat kodeksining 19211-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim tariqasida kvalifikatsiya qilish lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektdan bir martalik yoki boshqa yig‘imlar uchun belgilangan miqdordan ortiq pul mablag‘lari olgan bozor, savdo komplekslari ma’muriyatining xizmatchilari qonunga xilof ekanligini bila turib, mulkiy manfaatdor bo‘lganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 611-moddasi ikkinchi qismi yoki 1932-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi kerak. O‘sha harakatlar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, shaxs Jinoyat kodeksi 19210-moddasining ikkinchi qismi yoki 214-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 4-moddasiga muvofiq, har bir fuqaro soliq organlari yoki har qanday boshqa mansabdor shaxsning qarorlari yoki harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13-1. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar Jinoyat kodeksining 13-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ahvolini yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi haqidagi talablarni og‘ishmay bajarishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.