20.12.1996 yildagi 39-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IJTIMOIY XAVFLI TAJOVUZLARDAN ZARURIY MUDOFAA HUQUQINI TA’MINLOVCHI QONUNLARNI SUDLAR TOMONIDAN QO‘LLANISHI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 37-moddasida ifoda qilingan zaruriy mudofaa huquqi fuqarolarning shaxsi, uy-joy va mulk haqidagi konstitutsiyaviy qoidalarni kafolatlaydi, fuqarolarning davlat mulkini, davlat va jamoat manfaatlarini qo‘riqlash borasidagi Konstitutsiyada belgilangan burchlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Bu esa sudlardan odil sudlovni amalga oshirishda zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonun talablariga og‘ishmay, qat’iy rioya etishni talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud amaliyotining tahlili shuni ko‘rsatdiki, sudlar zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonunni asosan to‘g‘ri amalga oshirmoqdalar. Shu bilan birga bu masalada muayyan jinoyat ishlarni ko‘rishda xato va kamchiliklar hali yo‘q emas. Ba’zi sudlar zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonunni fuqarolar o‘zlariga qilingan tajovuzga nisbatangina amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladilar deb noto‘g‘ri talqin qiladilar, vaholanki, zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash davlat mulki, jamoat tartibi, boshqa fuqarolarning hayoti, sha’ni qadr-qimmati, manfaatlarini tajovuzdan qo‘riqlashga ham oiddir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim sudlar tajovuzga uchragan shaxs, undan qochib qutilish, boshqa fuqarolarga va hokimiyat vakillariga yordam so‘rab murojaat qilish yoki boshqa usullar bilan tajovuzdan saqlanish imkoniyatiga ega bo‘lsa, bunday holda tajovuzga qarshi aktiv ravishda mudofaalanish huquqiga ega bo‘lmaydilar degan noto‘g‘ri fikrga asoslanadilar. Bu xil fikr fuqarolarning tajovuzga nisbatan aktiv mudofaalanish huquqini cheklashga va jinoyatchilikka qarshi kurashni susaytirishga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy xavfli tajovuzni qaytargan shaxslarning harakatlarini baholashda, ayrim sudlar tajovuzning xarakteri va xavfliligini, uning kutilmaganda va tezlik bilan sodir etilganligini, tezligini, himoyalanuvchining tajovuzni qaytarish yuzasidan imkoniyatini inobatga olishmay, faqatgina yetkazilgan zararning og‘irligidan kelib chiqishadi, bu esa zaruriy mudofaa holatida harakat qilgan shaxslarni noto‘g‘ri hukm qilinishiga olib keladi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar hamma vaqt ham jazoni individual tartibda belgilash to‘g‘risidagi qonun talabiga rioya qilmaydilar, zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib jinoyat sodir etganlikda ayblangan shaxslarga ularning shaxsi haqidagi ma’lumotlar va ishning boshqa holatlarini hisobga olmay og‘ir jazo chorasi belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida va sud amaliyotida vujudga kelgan masalalar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarga tushuntirilsinki, Jinoyat kodeksining maxsus qismida nazarda tutilgan harakatlar uni sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilganligi yoki aqli norasolik tufayli, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmaganligi sababli va boshqa asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod qilinganligidan qat’i nazar Jinoyat kodeksining 37-moddasi doirasida himoyalanishiga asos beruvchi ijtimoiy xavfli tajovuz deb hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sudlarga tushuntirilsinki, zaruriy mudofaa holati faqatgina ijtimoiy xavfli tajovuz yuz bergan paytning o‘zidagina emas, balki tajovuzning boshlanish xavfi mavjud bo‘lgan hollarda ham vujudga keladi. Zaruriy mudofaa holati tajovuz tugagandan so‘ng ham bo‘lishi mumkin, agar himoyalanuvchi ish holatlariga ko‘ra tajovuz tugagan vaqtni aniq anglay olmagan bo‘lsa. Hujum vaqtida ishlatilgan qurol va boshqa ashyolarning tajovuzchidan himoyalanuvchining qo‘liga o‘tib qolishining o‘zi tajovuz tugaganligidan dalolat bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tajovuzning oldi olingan yoki tugagandan so‘ng va himoya vositalarini qo‘llash zaruriyati aniq yo‘qolganda himoyalanuvchining tajovuz qiluvchiga zarar yetkazganlikdagi harakati zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb hisoblanmaydi. Bunday holatlarda javobgarlik umumiy asoslarda yuz beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlanuvchining bunday harakatlariga to‘g‘ri huquqiy baho berish maqsadida sudlar yuz bergan voqeaning barcha holatlarini hisobga olib, bu harakatlar ular tomonidan ijtimoiy xavfli tajovuz sababli kuchli ruhiy hayajonlanish holatida sodir etilgan- etilmaganligini aniqlashlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, agar shaxs ziyon yetkazish (urishish, azob berish, o‘ch olish va boshqalar) niyatida hujumning kelib chiqishiga sababchi bo‘lsa, bunday harakatlarni zaruriy mudofaa yo‘sinda qilingan deb topish mumkin emas. Bu holatlarda sodir etilgan xatti-harakatlar umumiy asoslarda tavsiflanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonun mazmuniga ko‘ra, tajovuzning xarakteri va xavflilik darajasiga butunlay muvofiq bo‘lmagan mudofaani va buning oqibatida tajovuzchiga hech qanday zaruriyatsiz Jinoyat kodeksining 100, 107-moddalarida nazarda tutilgan qasddan zarar yetkazilsagina zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. Tajovuzchiga uning hujumini qaytarish vaqtida ehtiyotsizlik bilan yetkazilgan zarar jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlar zaruriy mudofaa alomatlari bor yoki yo‘qligi masalasini hal etishda himoyalanish va hujum vositalarini hisobga olishdan tashqari, tajovuzchi tomonidan himoyalanuvchiga tug‘dirilgan xavfning xarakteri, himoyaning kuchi va tajovuzni qaytarish imkoniyatlari, shuningdek, hujum va himoyalanuvchining kuchi nisbatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ishdagi barcha holatlarini (hujum qiluvchi va himoyalanuvchilarning soni, ularning yoshi, jismoniy quvvati, quroli, joy, vaqt va boshqalar) hisobga olishlari zarur. Agar tajovuz bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, mudofaalanuvchi hujum qiluvchilarning har biriga nisbatan guruhdagi barcha tajovuzchilar harakatining xarakteri va xavflilik darajasiga qarab tegishli himoya choralarini ko‘rishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tajovuz tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida himoyalanuvchi hamma vaqt ham yuz bergan xavfning xarakterini aniq anglab olmasligi va himoyaning tajovuzga nisbatan muvofiq usulini tanlay olmasligini sudlar e’tiborda tutishlari kerak. Agar tajovuz qiluvchiga himoyalanuvchi tomonidan yetkazilgan zarar, tajovuz qiluvchining yetkazgan zararidan ko‘p bo‘lsa va tajovuz oqibatida yetkazilgan zararni to‘la qoplasa hamda himoyalanish tajovuzning xarakteri va xavflilik darajasiga nisbatan butunlay nomuvofiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday holda himoyalanuvchining harakatlarini zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib sodir etilgan deb hisoblash mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazilganlik tajovuzchining o‘limiga olib kelsa, himoyalanuvchining aybi tajovuzchining o‘limiga nisbatan ehtiyotsizlik oqibatida yuz bergan bo‘lsa, Jinoyat kodeksining 107-moddasi bilan tavsiflanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sudlar zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib, sodir etilgan qasddan odam o‘ldirish, qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarini kuchli hayajonlanish holatida yuz bergan odam o‘ldirish, og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari yetkazish jinoyatlaridan farq qila bilishlari kerak. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida sodir etilgan jinoyatlarda jabrlanuvchiga zarar yetkazish himoyalanish maqsadida bo‘lmaydi, demak, zaruriy mudofaa holatida ham yuz bermaydi. Bundan tashqari jabrlanuvchining xatti-harakatlari tufayli to‘satdan yuz bergan ruhiy hayajonlanish jinoyatlari (Jinoyat kodeksining 98, 106-moddalari) xuddi shunday hayajonlanish ta’siri ostida vujudga keladi, zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib sodir etilgan jinoyatlar uchun esa bunday belgi bo‘lishi shart emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar himoyalanuvchi to‘satdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish oqibatida zaruriy mudofaa chegarasidan chiqsa, ayblanuvchining harakati Jinoyat kodeksining 100 yoki 107-moddalari bilan tavsiflanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib odam o‘ldirish Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a, b, d, j, r, s” bandlarida ko‘rsatilgan holatlarda sodir etilgan hollarda ham Jinoyat kodeksining 100-moddasi bilan tavsiflanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlar zaruriy mudofaa holatini aniq ijtimoiy xavfli tajovuz yuz bermasada, shaxsning yanglishib, shunday tajovuz qilishi mumkin degan taxminiy holatlaridan farqlashlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hodisa holatlariga ko‘ra, mudofaa choralarini qo‘llagan shaxs o‘zining yanglishganini bilmagan va bilishi ham mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uning harakatlari zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb hisoblanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shaxs tajovuzning aslida yo‘q va xayoliyligini bila turib, ish holatlariga ko‘ra ham uni albatta bilishi mumkin bo‘lgani holda zarar yetkazsa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan tavsiflanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sud sudlanuvchining harakatlarida zaruriy mudofaa chegarasidan chiqish alomatlari bor deb hisoblaganda, ish holatini umumiy ta’riflash bilan chegaralanmay, hukmda ish yuzasidan aniqlangan hamma holatlarga asoslanib, himoyaning hujum xarakteri va xavflilik darajasiga butunlay nomuvofiq ekanligini anglatuvchi o‘z xulosasini bayon qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sudlar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib odam o‘ldirishda, og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazishda aybli topilganlarga nisbatan jazo choralari belgilashda, Jinoyat-protsessual kodeksining 467-moddasi talabiga ko‘ra har bir muayyan ish yuzasidan jinoyatning sodir etilishi holatlarini va sudlanuvchilarning shaxsiga oid ma’lumotlarni e’tiborga olib, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash masalasini muhokama qilishlari kerak. Agar ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilash lozim bo‘lsa, bu holat hukmda asoslantirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlar zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha dastlabki tergov sifatiga nisbatan talabchanlikni kuchaytirishlari, jinoiy tajovuzga daxldor barcha shaxslar javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligini aniqlashlari va asoslar mavjud bo‘lganda, ularni javobgarlikka tortish masalasini hal etish uchun bu haqda prokurorga xabar berishlari (JPK 417-moddasi) lozim.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudlarning e’tibori shunga jalb etilsinki, zaruriy mudofaa holatida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqmay yetkazilgan zarar Fuqarolik kodeksining 987-moddasiga ko‘ra undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsga uning ijtimoiy xavfli tajovuzini qaytarish paytida yetkazilgan zararni qoplash miqdori, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ish holatlaridan hamda mudofaalanuvchi va tajovuz qiluvchining ayb darajasidan kelib chiqqan holda kamaytirilishi yoki zararni qoplash talabi rad etilishi lozim.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat kodeksining 100, 107-moddalari bilan sudlangan shaxslardan, ularni davolashga sarflangan mablag‘larni undirish qonunda ko‘rsatilmagan. Bunday shaxslarni davolash harakatdagi qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi zaruriy mudofaa haqidagi qonunlarni sud faoliyatida qo‘llanishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 20-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-son