Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2022 22.08.1997 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SUDLAR TOMONIDAN JINOYAT IShLARINI BIRINChI BOSQICh SUDIDA MUHOKAMA ETISh JARAYoNIDA PROTSESSUAL QONUNChILIKKA RIOYA QILINIShI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 7-sonli, 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli, 2004-yil 24-sentabrdagi 15-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etilayotgan bir sharoitda qonuniylikka va fuqarolar huquqlariga qatʼiy rioya qilish, barcha protsessual qonunchilik normalariga amal qilgan holda adolatli va asoslantirilgan hukmlar chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika sudlarida koʻplab ishlar protsessual qonunga qatʼiy asoslangan holda koʻrilmoqda. Shu bilan birga ishlarni hal etish sifatiga salbiy taʼsir qiluvchi jiddiy kamchiliklar hali bartaraf etilgan emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim hollarda ish jarayoni qatnashchilarining qonun tomonidan kafolatlangan huquqlari, tortishuv prinsipi buzilish hollari uchrab turibdi. Sud jarayonining tayyorlash bosqichida sudlanuvchining shaxsiga oid maʼlumotlar, ish yuzasidan ish yuritishni mustasno qiluvchi holatlar hamma vaqt ham lozim darajada tekshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish jarayoni qatnashchilarining iltimoslarini qanoatlantirishni asoslantirilmagan holda rad qilish hollari uchramoqda. Iltimoslarni koʻrib chiqish tartibining oʻzi ham buzilmoqda. Ayrim hollarda sud majlisi bayonnomalari qoʻyilgan talablarga mos kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jinoyat ishlarini sud muhokamasi jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori jinoyat ishlarini sud muhokamasi jarayonida protsessual qonunchilikka qatʼiy amal qilishning zarurligiga qaratilsin, faqat unga aniq va ogʻishmay amal qilish ishning holatini har tomonlama toʻliq va xolisona tekshirishni, jinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sharoit va sabablarni aniqlashni va sud jarayonining tarbiyaviy taʼsirini taʼminlashini eʼtiborga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat ishlarini sud muhokamasiga tayinlash chogʻida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi sudlarga uqtirilsin va ular zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 396-moddasi talabidan kelib chiqib, har bir jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasining toʻgʻri tanlanganligini aniqlash majburiyatlari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tergov organlari va sudlarga tushuntirilsinki, garov tariqasidagi ehtiyot chorasi (JPK 249-moddasi), ayblanuvchi (sudlanuvchi)ni jamiyatdan ajratmagan holda unga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini taʼminlovchi samarali vosita boʻlib, u pul mablagʻi yoki qimmatbaho buyumlarni dastlabki tergov organi yoki sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari depozit hisob raqamiga topshirishdan iborat. Shunga koʻra, tergov organlari, sudlar ishning muayyan holatlari va ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsini inobatga olgan holda unga nisbatan garov tariqasidagi ehtiyot chorasini qoʻllash mumkinligi toʻgʻrisidagi masalani muhokama etishlari hamda ayblanuvchi (sudlanuvchi)ga shaxsan oʻzi yoki qarindoshlari, shuningdek boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan garovga narsa qoʻyish huquqini tushuntirishlari lozim.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tushuntirilsinki, JPK 434-moddasiga muvofiq, sudlanuvchining shaxsini aniqlashda, sud majlisi bayonnomasida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugilgan sanasi va joyidan tashqari, shaxsiga daxldor boshqa, jumladan, sudlanganligi, davlat mukofoti yoki faxriy unvonlari borligi, salomatligi toʻgʻrisidagi va h.k. maʼlumotlar ham aks ettirilishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sud majlisida raislik etuvchi sudlanuvchiga sud majlisidagi uning huquqlarini, taraflarga, ekspertlar va mutaxassislarga ularning huquqlari va majburiyatlarini toʻligʻicha tushuntirishi shart va bu sud majlisi bayonnomasida oʻz aksini topishi lozim (JPKning 435—437-moddalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JPK 439-moddasiga muvofiq, sud tergovi davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasi oʻqib eshittirilishi bilan boshlanadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritilishi lozim
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qaroriga asosan 31-band bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sudlarning eʼtibori har bir ishni koʻrishda dalillarni bevosita sud majlisida tekshirishga, yaʼni sudlanuvchilarni, jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish, ekspert xulosasini tinglash, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish, bayonnomalarni va boshqa hujjatlarni eʼlon qilishga qaratilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlanuvchining ilgarigi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari faqat Jinoyat-protsessual kodeksining 104-moddasida koʻrsatilgan va roʻyxati cheklangan holatlar mavjud boʻlgan taqdirdagina eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jabrlanuvchining yoki guvohning dastlabki tergovda bergan koʻrgazmalari faqat ularning ushbu koʻrsatuvlari bilan suddagi koʻrsatuvlari oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda, shuningdek, jabrlanuvchi yoki guvohning sudga kelish imkoniyatini cheklovchi sabablar tufayli sud majlisida qatnashmagan taqdirda eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudga kelishni istisno qiluvchi holatlarga, shaxsning vafotidan tashqari ogʻir xastalik, yiroqda va koʻp choʻziladigan xizmat safarida boʻlishi, yashash joyidan roʻyxatdan chiqib ketganda uning turar joyini aniqlashning imkoniyati boʻlmagan holatlar kiritilishi mumkin. Har bir holatda shaxsning sudga kelishini istisno qiluvchi holat deb topish toʻgʻrisida qaror sud tomonidan ushbu masalalarni muhokama qilingandan keyin qabul qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlanuvchining (jabrlanuvchining, guvohning) eʼlon qilingan koʻrsatuvlari sud tomonidan sud tergovi jarayonida tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jinoyat-protsessual kodeksining 438-moddasi mazmunidan kelib chiqib, sud majlisi qatnashchilarining yangi guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirish, ashyoviy dalillarni va hujjatlarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi iltimoslari ular arz qilingan va muhokama etilgandan keyin bevosita hal qilinishi lozim boʻladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasi qatnashchilari doirasini aniqlash va ishning harakati (jamoat ayblovchisini, jamoat himoyachisini ishga kiritish jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar deb tan olish, ishni toʻxtatib qoʻyish yoki uni keyinga qoldirish, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish, boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish, ishni tugatish va boshqalar) bilan bogʻliq, xoh sud muhokamasining tayyorlov qismida va xoh sud muhokamasi jarayonida arz qilingan boshqa barcha iltimoslar ham ushbu qoidalar boʻyicha hal qilinadi. Agar muhokama qilinib, hal etilgan iltimos yuzasidan taraf yana shu asoslar boʻyicha arz qilgan taqdirda raislik etuvchi bu iltimosni muhokamaga kiritishni rad etadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlarning eʼtibori ashyoviy dalillarni, hujjatlarni tekshirish, joyni va binoni koʻzdan kechirish ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli ekanligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ashyoviy dalillarni va hujjatlar sud majlisida ish boʻyicha boshqa dalillar qatorida chuqur tekshirilishi (shuningdek, koʻzdan kechirilishi, eʼlon qilinishi) lozim. Shu oʻrinda ularni tanib olish uchun koʻrsatilgan shaxslar sudlarning eʼtiborini ularni tekshirish bilan bogʻliq boʻlgan u yoki boshqa holatlarga qaratishlari mumkin. Ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish va hujjatlarni eʼlon qilish bilan bogʻliq sudning barcha harakatlari sud majlisi bayonnomasida aks ettirilgan boʻlishi kerak.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sud majlisiga kelgan guvohlar, ekspert yoki mutaxassis, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari soʻroq qilingandan soʻng ishning muhokamasi keyinga qoldirilib soʻngra ish oʻsha tarkibda koʻrilayotgan boʻlsa va ularni chaqirishning hojati boʻlmasa, ushbu shaxslar ikkinchi marotaba sud majlisiga chaqirilmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli bu shaxslarning ish muhokamasini keyinga qoldirgandan keyin sud majlislarida qatnashmasligi ixtiyoriy ravishda boʻlib, ularning xohish-istaklariga bogʻliq boʻladi. Ushbu sharoitlarni taʼminlash maqsadida raislik etuvchi ish muhokamasi keyinga qoldirgan taqdirda qayd etilgan shaxslarga ularning kelgusi sud majlislarida qatnashish huquqlarini tushuntirishi shart va bu haqda sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan boʻlishi lozim va keyinchalik ularni kelgusi sud majlislarining vaqti va joyi haqida xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sudlarning eʼtibori Jinoyat-protsessual kodeksining 122—124-moddalariga binoan yuzlashtirish ilgari soʻroq qilingan ikki shaxs koʻrsatuvlari oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun oʻtkazilishiga qaratilsin. Yuzlashtirish oʻtkazish chogʻida soʻroq qilishning umumiy qoidalariga rioya qilinadi, yuzlashtirish chogʻida soʻroq bayonnomasi yoki soʻroq qilinayotgan shaxslar avvalgi soʻroqlarda bergan koʻrsatmalarning fonogrammalari shu shaxslar yuzlashtirilib, ularning koʻrsatuvlari bayonnomaga kiritilganidan keyingina oʻqib berilishiga yoki eshittirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sudda ishlarni muhokama qilayotganda ish boʻyicha sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar yoki guvohlar qatorida voyaga yetmaganlar qatnashayotganda sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 84, 121-moddalari, 442-moddasining 3-qismi talablariga rioya etishga alohida eʼtibor qilishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishning ayrim holatlarini aniqlash bu shaxslarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligini eʼtiborga olib, sudlar bunday holatlarni tekshirish vaqtida voyaga yetmaganlarning sud zalida qatnashishi masalasini har bir holatda muhokama qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlar, ekspert va mutaxassisning huquqlari va protsessual oʻrnini belgilovchi qonun normalariga qatʼiy amal qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasida qatnashish uchun mutaxassis dalillarni tekshirish paytida maxsus bilim va tajribalar (masalan, texnologik yoki ishlab chiqarish jarayonining mohiyati, u yoki bu mutaxassislikning oʻziga xos xususiyatlari va b.) zarur boʻlgan hollarda chaqiriladi. Mutaxassis fikri sud majlisi bayonnomasida albatta qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertning xulosasi qonunga asosan dalil turlaridan biri hisoblanadi va oʻtkazilgan tekshirishlar asosida beriladi. Ekspert oldiga mutaxassisning huquq doirasiga kiruvchi savollarni qoʻyish mumkin, mutaxassis oldiga ekspertning huquq doirasiga taalluqli savollarni qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. Uning fikrini ekspertning xulosasiga tenglashtirib boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar, ekspertiza oʻtkazishni ekspertni soʻrash bilan almashtirishga yoʻl qoʻymasliklari kerak chunki Jinoyat-protsessual kodeksining 446-moddasiga binoan ekspert faqat sudda ekspertiza oʻtkazgandan soʻng va oʻz xulosasini eʼlon qilganidan keyin sud majlisida soʻroq qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sudlar, sud muhokamasi qatnashchilari tomonidan bildirilgan iltimoslarni bayonnomada toʻgʻri bayon qilishga va bularni muhokama qilish tartibiga; maslahat uyiga kirmasdan sud majlisida qabul qilinadigan sud ajrimlariga; sudlanuvchining unga eʼlon qilingan ayblov boʻyicha, guvohlar va jabrlanuvchilarning ish holatlari boʻyicha koʻrsatuvlariga; dalillarni tekshirish jarayoniga alohida eʼtiborlarini qaratishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jinoyat-protsessual kodeksi 423-moddasining 2-qismida qayd etilgan masalalar boʻyicha ajrimlar sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada), alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtirilgan va sud tomonidan imzolangan holatda chiqarilishini sudlar eʼtiborga olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan alohida xonaga kirmasdan oʻz joyida chiqarilgan ajrimlar Jinoyat-protsessual kodeksi 423-moddasining 4-bandiga asosan sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va keltirilgan iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganda qabul qilingan qarorining sabablari koʻrsatilishi zarur.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Taraflarning muzokara soʻzlari JPKning 449-moddasi tartibida eshitilib, sud bayonnomasida toʻliq aks ettirilgan boʻlishi lozim. Agarda taraflar oʻz nutqlarini yozma ravishda taqdim etsalar, nutqlar ilova qilinib, bu haqda bayonnomada qayd etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, sud tergovi tamomlanganidan soʻng taraflar muzokara soʻzlaridan keyin soʻnggi eʼtiroz bildirish huquqi hamisha himoyachi va sudlanuvchiga beriladi, ularning har biri boshqa tarafning nutqlarida aytilgan masalalar yuzasidan eʼtirozlari boʻlsa yana bir martadan soʻzga chiqishlari mumkin (JPKning 449-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga, muzokara tamom boʻlganidan keyin taraflar Jinoyat-protsessual kodeksi 457-moddasining birinchi qismidagi 1-6-bandlarda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning oʻzlari taklif etiladigan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkinligi, davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmunini sudga taqdim etish majburiyligi tushuntirilsin (JPKning 450-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudlarning eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 23, 24-bandlariga binoan, raislik qiluvchi hukm eʼlon qilingandan soʻng sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, uning ustidan apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish tartibi va muddatlarini, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish va unga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqini tushuntirishga qaratilsin. Tegishli hollarda hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarli darajada bilmaydigan tilda bayon qilingan boʻlsa, eʼlon qilinganidan soʻng, hukm tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki sudlanuvchi uchun tushunarli boʻlgan boshqa tilda oʻqib eshittiriladi. Agar sudlanuvchi umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan boʻlsa, unga afv soʻrab iltimos qilish huquqi va tartibi ham tushuntiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, sudlarning eʼtibori Jinoyat-protsessual kodeksi 449-moddasining advokat qatnashishidan qatʼiy nazar sudlanuvchiga muzokara uchun soʻz berilishi toʻgʻrisidagi talablariga rioya etilishi lozimligiga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agarda sudlanuvchi oxirgi soʻzida ish uchun muhim ahamiyatli yangi holatlar toʻgʻrisida yoki muqaddam tekshrilmagan, lekin ishga aloqador dalillarni keltirsa, sud Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 452-moddasi talablariga binoan sud tergovini yangidan boshlab sudlanuvchini ushbu holatlar toʻgʻrisida batafsil soʻroq qilishi va dalillarni sud tergoviga oid protsessual qonun talablariga rioya qilgan holda tekshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori sudlanuvchining oxirgi soʻzini muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin emasligiga, lekin raislik qiluvchi sudlanuvchining soʻzini, u ishga mutlaqo aloqasi yoʻq holatlarni bayon qila boshlagan hollarda toʻxtatishga haqli ekanligiga qaratilsin (JPKning 451-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat-protsessual kodeksining 453-moddasiga binoan sudlanuvchining oxirgi soʻzini eshitib boʻlganidan soʻng sud hukm chiqarish yoki ajrim chiqarish uchun darhol alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi, bu haqda raislik etuvchi sud majlisi zalida eʼlon qilishi shartligi, shuningdek, sud majlisi bayonnomasida maslahatxonadan qaysi kuni chiqib hukm yoki ajrim eʼlon qilinganligi koʻrsatilishi kerakligi tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jinoyat-protsessual kodeksining 415-1-moddasiga muvofiq sud muhokamasi paytida sud ayblovni ogʻirrogʻi bilan yoki haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan oʻzgartirishga haqli. Yangi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan JPK 417-moddasida belgilangan tartibda hal etiladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayblovni ogʻirrogʻi bilan oʻzgartirilishi deganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ogʻirroq jazoni taqozo qiluvchi jinoyat qonunining boshqa normasi (moddasi, moddasining qismi yoki bandi) qoʻllanilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ogʻirroq jazoni taqozo etuvchi qonunga jinoyat tavsifini oʻzgartirishga olib keladigan yoki sodir etilgan jinoyatning yuridik bahosini oʻzgartirmasada haqiqiy ayblov miqdorini koʻpaytiruvchi ayblanuvchiga qoʻyilmagan qoʻshimcha faktlar (epizodlar) ayblovga qoʻshilayotganligi tushuntirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sudlar, Jinoyat-protsessual kodeksi 82-moddasining 4-bandiga binoan jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart- sharoitlar sud muhokamasining muhim qismini tashkil etishini eʼtiborga olgan holda, har bir jinoyat ishini koʻrayotganda qonunning bu talabini bajarishi uchun zarur choralarni koʻrishi lozim va yetarli asoslar boʻlganida asoslantirilgan xususiy ajrim chiqarishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish boʻyicha aniqlangan qonun buzilishi toʻgʻrisidagi dallillar, qonunbuzarlikning sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlar, ayrim fuqarolarning ishlab chiqarishda, turmushdagi notoʻgʻri axloqi yoki ular tomonidan jamoatchilik burchining buzilishi hollari xususiy ajrim chiqarishga sababchi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni muhokama etayotganda, shuningdek, dastlabki tergov organi tomonidan jinoyatni sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish boʻyicha chiqarilgan taqdimnomalar (qarorlar) yuzasidan qanday choralar koʻrilganligini aniqlash zarur, agarda ular uzrsiz sabablarga koʻra chiqarilmagan boʻlsa, bu haqda xususiy ajrimda koʻrsatilib oʻtish kerak hamda asoslar boʻlganda tegishli mansabdor shaxslarning javobgarlik masalasini qoʻyish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jinoyat-protsessual kodeksining 272-moddasiga binoan sud majlisi tartibini buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunmagan yoki sudni behurmat qilganligi uchun sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan shaxs (sudlanuvchi, ayblovchi va himoyachi bundan mustasno) raislik qiluvchi tomonidan uning joyning oʻzida chiqargan ajrimiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Zaldan chiqarib yuborilgan ayblovchi yoki himoyachining nomunosib xulq-atvori toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqarib, uni tegishligiga qarab yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi advokatlar Palatasi hududiy boshqarmasi qoshidagi malaka komissiyasiga yuboradi. Ajrimlar sud majlisi bayonnomasida qayd etilishi kerak.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sud majlisi bayonnomasi ish boʻyicha muhim protsessual hujjatlardan biri ekanligini eʼtiborga olib, sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 426-moddasi talablaridan kelib chiqib, uni yuritish sifatini yaxshilash choralarini koʻrishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnomaning oʻz vaqtida va sifatli yuritilishi uchun raislik etuvchi qatorida sud majlisi kotibi ham masʼuldir. Ish sudya tomonidan yakka tartibda koʻrilganda mulohazalar sudya tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 426-moddasining 5-qismiga binoan bayonnomaning mazmuni boʻyicha raislik qiluvchi bilan oʻrtalarida kelishmovchilik boʻlgan taqdirda kotib oʻz mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan koʻriladi. Mazkur masala yuzasidan ajrim chiqarilib bayonnomaga ilova qilinadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi Jinoyat-protsessual kodeksining 90—92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi (JPKning 426-moddasi). Agarda sud majlisi jarayonida bir nechta kotib qatnashgan boʻlsa, har qaysi kotib oʻzi yuritgan yozuv uchun bayonnomani imzolashi shart. Raislik etuvchi oʻzgarmagan boʻlsa, sud majlisi tamom boʻlgandan keyin imzo qilishi yetarlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisi bayonnomasi aniq, tushunarli tarzda yozilishi, oʻchirishlar yoki kiritilgan soʻzlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida bayonnoma oxirida imzolash oldidan izoh berilishi zarur (JPKning 92-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ishlar boʻyicha raislik etuvchi sudyalarning eʼtibori kasbiy mahoratlarini doimiy oshirishlari zarurligiga qaratilsin chunki ish holatlarini toʻliq va xolislik bilan tekshirish, haqiqatni aniqlash va sud jarayonining tarbiyaviy ahamiyati ular tomonidan protsessual qonunchilikning barcha talablarini ogʻishmay va aniq bajarilishi, mohirona, chuqur oʻylab, odob bilan rahbarlik qilishiga asosan bogʻliqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrayotganda birinchi bosqich sudlari tomonidan jinoyat-protsessual qonunchiligiga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratish, jinoyat ishlarining sud muhokamasida jinoyat-protsessual qonunchiligini qoʻllashda yoʻl qoʻyilgan xatolarni, birorta qonun buzilish holatini eʼtibordan chetda qoldirmasdan, muntazam tahlil qilib borish tavsiya etilsin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 22-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-son