Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2020 29.08.1997 yildagi 464-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2020
Hujjat 24.09.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-sonli “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun fuqarolarga taʼlim, tarbiya berish, kasb-hunar oʻrgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini taʼminlashga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida taʼlim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning uzluksizligi va izchilligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining majburiyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida oʻqishni tanlashning ixtiyoriyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlari doirasida taʼlim olishning hamma uchun ochiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bilimli boʻlishni va isteʼdodni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygʻunlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Bilim olish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qatʼi nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bilim olish huquqi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda taʼlim olishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul oʻqitish, shuningdek taʼlim muassasalarida shartnoma asosida toʻlov evaziga kasb-hunar oʻrgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi taʼlim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi oʻquv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilada yoki oʻzi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtish huquqini berish orqali taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli maʼlumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog xodimlarni oliy oʻquv yurtlariga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning taʼlim muassasalarida bu faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Taʼlim muassasasining huquqiy maqomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasasi yuridik shaxs boʻlib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat taʼlim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari oʻquv-tarbiya majmuilariga hamda oʻquv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli taʼlim xizmatlari koʻrsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shugʻullanishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Davlat taʼlim standartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat taʼlim standartlari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim mazmuniga hamda sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat taʼlim standartlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasining barcha taʼlim muassasalari uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Taʼlim berish tili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarida taʼlim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. TAʼLIM TIZIMI VA TURLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Taʼlim tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat standartlariga muvofiq taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimining faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimi yagona va uzluksizdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Taʼlim turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari taʼlim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Maktabgacha taʼlim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim bola shaxsini sogʻlom va yetuk, maktabda oʻqishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini koʻzlaydi. Bu taʼlim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va mulk shaklidan qatʼi nazar, boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Umumiy oʻrta taʼlim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim bosqichlari quyidagicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich taʼlim (I—IV sinflar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim (I—IX sinflar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshlangʻich taʼlim umumiy oʻrta taʼlim olish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba koʻnikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yoʻnaltirishga va taʼlimning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarning qobiliyati, isteʼdodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim olish maqsadida har kim umumiy oʻrta taʼlim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida oʻqishning yoʻnalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar boʻyicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki taʼlimni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos boʻladigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litsey oʻquvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal oʻstirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yoʻnaltirilgan bilim olishlarini taʼminlaydigan uch yillik oʻrta maxsus oʻquv yurtidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kolleji oʻquvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar boʻyicha bir yoki bir necha ixtisos olishni taʼminlaydigan uch yillik oʻrta kasb-hunar oʻquv yurtidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Oliy taʼlim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash oliy oʻquv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa taʼlim muassasalarida) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bakalavriat oliy taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha puxta bilim beradigan, oʻqish muddati kamida toʻrt yil boʻlgan tayanch oliy taʼlimdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistratura aniq mutaxassislik boʻyicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy taʼlimdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlashga qaratilgandir. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik) olinishi mumkin.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va koʻnikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Maktabdan tashqari taʼlim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar va oʻsmirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yoʻnalishlarda maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari taʼlim muassasalariga bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sanʼat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona muassasalari, sogʻlomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Oiladagi taʼlim va mustaqil ravishda taʼlim olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat oilada taʼlim olishga va mustaqil ravishda taʼlim olishga koʻmaklashadi. Bolalarni oilada oʻqitish va mustaqil ravishda taʼlim olish tegishli taʼlim muassasalarining dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi. Taʼlim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yoʻsinda yordam koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat oilada taʼlim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat taʼlim muassasalarida oʻqitilishi shart boʻlgan va roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga oʻzlashtirilgan fanlar roʻyxati, ularning hajmlari va fanlarga qoʻyilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat taʼlim standartlariga mos kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida har ikki tomonning maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlari belgilangan tartibda oʻzaro tan olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli bosqichdagi taʼlimni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi maʼlumotnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tasdiqlagan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat navbatdagi bosqich taʼlim muassasalarida taʼlim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik boʻyicha ishlash huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. TAʼLIM JARAYoNI QATNAShChILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Taʼlim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasasida taʼlim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stipendiya va yotoqxonada joy bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Taʼlim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haqi toʻlanadigan yillik uzaytirilgan taʼtillar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari ish haqiga moʻljallangan mavjud mablagʻlar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq toʻlash va uni ragʻbatlantirishning turli shakllarini qoʻllashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni oʻqitish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni oʻqitish va ularni boqish davlatning toʻla taʼminoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni oʻqitish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni oʻqitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tashkil etiladi. Bolalar va oʻsmirlarni ushbu taʼlim muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining oʻquvchilari qisman yoki toʻla davlat taʼminotida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj boʻlgan shaxslar uchun oʻquv-tarbiya muassasalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida sharoitlarda tarbiyalanish va oʻqishga muhtoj bolalar va oʻspirinlar uchun ularning bilim olishi, kasb tayyorgarligi va ijtimoiy tiklanishini taʼminlaydigan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning taʼlim olishi va mustaqil bilim olishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. TAʼLIM TIZIMINI BOShQARISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa davlatlarning taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasining hududida taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarini tan olish va hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat grantlari miqdori va taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasasining rektorlarini tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

26-modda. Taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining huquq doirasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga boʻlgan talablar bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitishning ilgʻor shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, taʼlimning texnik va axborot vositalarini oʻquv jarayoniga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida huquqiy taʼlim va tarbiyaga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini hisobga olgan holda taʼlim dasturlarini muntazam takomillashtirish;
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv va oʻquv-uslubiyat adabiyotlarini nashr etishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat taʼlim muassasalarida eksternat toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasasining rektorini tayinlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining taʼlim sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini taʼminlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida boʻlgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini roʻyxatga oladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hududlaridagi taʼlim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga boʻlgan davlat talablariga rioya etilishini taʼminlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Taʼlim muassasasini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasasini uning rahbari boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat taʼlim muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat taʼlim muassasalarida taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat taʼlim muassasalari taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatib qoʻyishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat taʼlim muassasalariga qabul davlat oʻquv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. YAKUNLOVChI XULOSALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishlari uchun javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Taʼlimni moliyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat taʼlim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy budjetlar mablagʻlari, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Taʼlimni rivojlantirish fondlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlimni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Xalqaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari taʼlim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli oʻquv yurtlari bilan bevosita aloqalar oʻrnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qoʻshma oʻquv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
464-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)