Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2020 06.07.2012 yildagi 200-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-sonli “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 6-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qitish muddati uch yil bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tizimi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, o‘quv-metodik, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlaydigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z ustavlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari yuridik shaxslar hisoblanadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, Moliya vazirligining G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisob raqamlariga (davlat ta’lim muassasalari uchun), hisob-kitob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, burchakli shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining ustavi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining muassislari bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘quvchilarni soha bo‘yicha puxta, tabaqalashtirilgan holda o‘qitish, ularning intellektual kamol topishini va ularning qobiliyatlari va kasblarga moyilligiga muvofiq ravishda tanlagan mutaxassisliklarni egallashini ta’minlash o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi hisoblanadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim maktablari 9-sinflarini bitiruvchilarning sifatli majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan foydalanishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning izchil intellektual, madaniy va ma’naviy-axloqiy kamol topishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni milliy g‘oyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega bo‘lgan ma’naviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarning ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirishi yoki tanlagan kasb va ixtisoslikka muvofiq mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun ularning yuqori darajada sifatli bilimlar olishini va kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydigan davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlarini, ma’muriy-ijtimoiy sohani zarur yo‘nalishdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga ega bo‘lgan kadrlar bilan eng yuqori darajada ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini shakllantirish va faoliyat ko‘rsatishining umumiy shart-sharoitlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va geografik sharoitlarini, mehnat bozorining tegishli soha mutaxassislariga bo‘lgan talabini, ularni o‘quvchilarning asosiy yashash joylariga mumkin qadar yaqin joylashtirilishini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Boshqa joylardan kelgan o‘quvchilar uchun, imkoniyatga qarab, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari huzurida ularni oilasidan alohida yashashi uchun yetarli uy-joy-maishiy sharoitlar bilan ta’minlaydigan yotoqxonalar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish uch yil muddat bilan, kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Akademik litsey davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘rta maxsus ma’lumot beradi, gumanitar va tabiiy-ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha intensiv intellektual rivojlanishni, soha bo‘yicha puxta tabaqalashtirilgan o‘qitishni ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylarda o‘qitish oliy ta’lim muassasalari bakalavriati talabalarining salohiyatli kontingentini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylarga o‘qishga kirishda o‘quvchilar o‘z imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda gumanitar yoki tabiiy-ilmiy ta’lim fanlari va kurslarini puxta o‘zlashtirish yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’limning uzviyligini yaxshilash maqsadida davlat akademik litseylari o‘zaro munosabatlari ularning ustavlariga va qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadigan sohaga oid oliy ta’lim muassasalariga birkitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soha bo‘yicha puxta, tabaqalashtirilgan holda o‘qitish uchun tegishli oliy ta’lim muassasalari akademik litsey ustidan patronatni amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kasb-hunar kolleji Davlat ta’lim standarti doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi, o‘quvchilarning kasbiy moyilliklari, mahorati va ko‘nikmalarining puxta rivojlanishini, tanlangan kasblar bo‘yicha mutaxassisliklarning keng ko‘lamiga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlari mutaxassislar tayyorlashning turi va sohasidan kelib chiqqan holda klassifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlarida kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlari respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlash, kasblar va mutaxassisliklar yo‘nalishlari klassifikatoriga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlash soni va kasb-hunar kollejlari sohasini qayta o‘zgartirish imkoniyati mehnat bozorining u yoki bu soha kadrlariga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Iqtisodiyot tarmoqlari va ma’muriy-ijtimoiy sohaning kadrlarga bo‘lgan talabini eng yuqori darajada ta’minlashni hisobga olgan holda, zarur soha va ta’lim darajasi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejida ta’lim va kasb-hunar dasturlarini bajarish korxonalar va kasb-hunar kollejlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlari uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralari, iqtisodiy barqaror korxonalar orasidan vasiylar aniqlanadi, ular ish beruvchilar bilan sheriklik munosabatlari rivojlantirilishini ta’minlaydilar, o‘quvchilarning korxonalarda, muassasalarda ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishga, keyinchalik bitiruvchilarni ishga joylashtirishga, shuningdek kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnik va resurs bazasini mustahkamlashga, o‘quvchilar va o‘qituvchilarni ijtimoiy himoya qilishga ko‘maklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imkoniyatlari cheklangan o‘quvchilarni o‘qishda va kasb-hunarni egallashda teng imkoniyatlardan foydalanishini ta’minlash uchun imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda sportning olimpiada va milliy turlari bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport va sport rezervi sohasida yuqori malakali o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash maqsadida olimpiada rezervi kollejlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rivojlangan o‘quv-metodik va moddiy-texnik bazaga, yuqori malakali o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi mastyerlariga ega bo‘lgan yetakchi kasb-hunar kollejlari negizida uzoq joylardagi sohaga oid kasb-hunar kollejlari orasidan filiallarga ega bo‘lgan birlashgan (bazaviy) kasb-hunar kollejlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan kollejlarning filiallari, qoidaga ko‘ra, ma’muriy markazlar va yirik shaharlardan uzoqda joylashgan, mutaxassislar tayyorlashning soha yo‘nalishi bo‘yicha o‘xshash birlashgan kollejga ega bo‘lgan kasb-hunar kollejlari orasidan tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quvchilarni soha bo‘yicha puxta, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, ularning intellektual kamol topishini, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishini ta’minlash maqsadida harbiy akademik litseylar va oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maxsus guruhlari tashkil etiladi.
(9-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 498-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 667-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarini, olimpiada rezervi kollejlarini, birlashgan (bazaviy) kasb-hunar kollejlarini va ularning filiallarini, harbiy akademik litseylarni va oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maxsus guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyatini amalga oshirish shart-sharoitlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan belgilanadi.
(9-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 498-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 667-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari va xodimlariga ijtimoiy kafolatlar, qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar qonun hujjatlari, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi ustavi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. O‘quvchilarni akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shaharlar va tumanlar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilishning umumiy parametrlari har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, umumta’lim maktablari 9-sinflari bitiruvchilarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan to‘liq qamrab olinishini hisobga olgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘quvchilarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish 9 yillik umumiy o‘rta ta’lim negizida, umumta’lim maktabini tamomlaganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi shahodatnomalar asosida, ularning akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qish yo‘nalishini ixtiyoriy tanlashini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-iyundagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul qilish va rasmiylashtirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘quvchilar, o‘qituvchilar va muhandis-pedagoglari tarkibi, ish beruvchilar, o‘quvchilarning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchilar) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim va kasb-hunar dasturlarini bajarish uch yil o‘qitish mobaynida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilar o‘qitish kurslari bo‘yicha guruhlarga, o‘qitish yo‘nalishi bo‘yicha esa — bo‘limlarga birlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruhlarni to‘ldirish, qoidaga ko‘ra, akademik litseylarda 26 nafargacha, kasb-hunar kollejlarida 30 nafargacha o‘quvchilar doirasida belgilanadi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamasi va boshqa o‘quv-tarbiya jarayonini ratsionalizatsiyalash masalalari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartiga muvofiq aniqlanadi;
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 251-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 324-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv yili 2 semestrga bo‘linadi, o‘quvchilar uchun har bir o‘quv yilida jami kamida 10 hafta va ko‘pi bilan 12 hafta davom etadigan ta’tillar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari Davlat ta’lim standarti bilan belgilanadigan quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim dasturlari — akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qitish fanlari va yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan, sohaga oid ta’lim dasturlari va ixtisoslashtirilgan dasturlar — akademik litseylar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qitish yo‘nalishlari bo‘yicha umumtexnika kasb-hunar dasturlari va maxsus dasturlar — kasb-hunar kollejlari uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi maxsus dasturlari ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan amalga oshiriladi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan reyting nazorat tizimi haqidagi nizom asosida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-jamoat nazorati — ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishilgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy davlat attestatsiyasi — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 230-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘qitish kursini tamomlash yakunlari bo‘yicha, reyting nazorati va attestatsiyasi natijalari asosida o‘quvchini navbatdagi kursga o‘tkazish yoki o‘qitishning takroriy yiliga qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. O‘quvchini kursdan-kursga o‘tkazish yoki o‘qitishning takroriy yiliga qoldirish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Kursdan-kursga shartli ravishda o‘tkazishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘quvchilarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining bir tipidan boshqasiga o‘tkazish, o‘qishga tiklash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘quvchilarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitish kasb-hunar ta’limining fan va ishlab chiqarish bilan o‘zaro hamkorligi asosida quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining korxonalarda tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyotidan o‘tishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ish beruvchilarni o‘quv jarayoniga, akademik litseylar ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablarini va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishga jalb etish;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 230-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqotlar natijalarini yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish uchun eksperimental maydonchalar tashkil etish orqali o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qitishni tashkilotlarda ishlab chiqarish mehnati bilan qo‘shib olib borish, kasb-hunar kollejlarida qo‘shma ishlab chiqarishlar tashkil etish, o‘quvchilarni ishlab chiqarish amaliyotidan o‘tish uchun bazalar bilan ta’minlash asosida malakali kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashning dual tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida mutaxassislarni, o‘quv guruhlarini maqsadli tayyorlashni moliyalashtirishda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining moddiy-texnika va resurs bazasini mustahkamlashda, shuningdek ta’lim muassasalarini zamonaviy anjomlar, apparaturalar va uskunalar bilan jihozlashda, akademik litseylar o‘quvchilariga amaliy bilimlar olishi uchun oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini berishda korxonalar, tashkilotlar va boshqa ish beruvchilarning ixtiyoriy (yoki tuzilgan shartnomalar asosida) qatnashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarni tovar mahsulotlar ishlab chiqargan holda mehnat faoliyatiga va ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarga kelgusida ulardan ishlab chiqarishda va bitiruvchilar-ishlab chiquvchilarning joylarda taqdim etilgan loyihalarni amalga oshirishda foydalanishi ehtimoli uchun diplom ishlanmalari mavzulari ro‘yxatini berishda korxonalar, tashkilotlar va boshqa ish beruvchilarning qatnashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita ishlab chiqarishda muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda yuqori malakali mutaxassislar – ishlab chiqaruvchilarning o‘quvchilarni o‘quv-kasbiy tayyorlashda qatnashishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat va nodavlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari davlat ta’lim standartiga muvofiq qo‘shimcha ta’lim xizmatlari olish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini boshqarishda uning ustavida belgilangan shaklda qatnashish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar uchun – ta’lim yo‘nalishi ixtisosligi bo‘yicha fanlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlari uchun – o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kasblari va mutaxassisliklar tayyorlash yo‘nalishlari klassifikatorlariga muvofiq malaka darajasi, egallangan kasb va unga qo‘shimcha mutaxassisliklar ko‘rsatilgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomlarga o‘zlashtirilgan umumta’lim va maxsus (kasbiy) fanlar (kurslar), soatlar hajmi va ular bo‘yicha baholar (reyting), shuningdek bitiruvchining umumiy reytingi va yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari ko‘rsatilgan holda kiritma varaqcha ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat attestatsiyasidan o‘tmagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga ta’lim darajasiga va takroriy davlat attestatsiyasiga 3 yil mobaynida talab qo‘yilmaydigan ishga joylashish huquqini beradigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Akademik litsey va kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom oliy ta’lim muassasasiga kirish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litsey bitiruvchilariga diplom bilan birgalikda maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litsey va kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom (sertifikat) egallagan bilimlarini mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 251-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 324-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kasb-hunar kolleji manfaatdor vazirliklar va idoralar, ish beruvchilar, mehnat va aholi bandligi organlari bilan hamkorlikda pulli-kontrakt asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lmagan shaxslarni umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikkinchi mutaxassislikni olishni xohlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli shaxslarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari bo‘yicha o‘qitishi mumkin (bo‘sh o‘quv maydonlari, zarur resurs ta’minoti va o‘qituvchi kadrlar mavjud bo‘lgan taqdirda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishning tashkiliy tamoyillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining ish bilan bandligiga ko‘maklashish kasb-hunar kollejlari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mehnat va aholi bandligi organlari, vasiylar, tarmoq vazirliklari, idoralari, korxonalarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining ish bilan bandligiga ko‘maklashish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, o‘quvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida belgilangan tartibda uch tomonlama shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ish o‘rinlari yaratish ishlarini tashkil etishda shahar ahamiyatiga ega bo‘lgan va boshqa yirik korxonalar ishtirokida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun ish o‘rinlarining kasbiy tarkibini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilarni va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini jalb etgan holda ish o‘rinlarining muntazam yarmarkalarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashish maqsadida ular uchun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy organlari ishtirokida biznes-loyihalarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va o‘zini o‘zi ish bilan band etish darajasini oshirish maqsadida imtiyozli kreditlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilardan u yoki bu yo‘nalishda foydalanish bo‘yicha imtihon oluvchi professional komissiyalar, vasiylar, boshqa ish beruvchilarning tavsiyalarini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilarni ishga joylashtirishga yo‘naltirilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir tadbirlarni bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Kasb-hunar kollejlari, o‘quvchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi uch tomonlama shartnomalarni tuzish, qayta tuzish o‘quvchilar ta’lim olishining butun davri jarayonida, shuningdek oraliq va davlat attestatsiyasi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish oliy ta’lim muassasalariga kirgan, mamlakat tashqarisiga chiqib ketgan, mehnatga layoqatsizlik to‘g‘risida tibbiy xulosaga ega bo‘lgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa uzrli sabablar bo‘yicha kontingent istisno etilgan holda har bir kasb-hunar kolleji, har bir tuman va shahar, aniq egallangan kasb bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish to‘g‘risidagi axborot qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tomonidan statistika organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Pedagog kadrlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Belgilangan talablarga muvofiq tegishli oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar. Sudning qarori bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ishlashi taqiqlangan shaxslarning ularda ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Professor-o‘qituvchi va muhandis-pedagoglar tarkibini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilar va muhandis-pedagoglar tarkibining o‘quv-pedagogik yuklamasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. O‘qituvchilarning (o‘quv fanlari va soatlar bo‘yicha) boshqa o‘qituvchilar o‘rnida ishlashi tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilar va muhandis-pedagoglar tarkibini davriy attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ma’muriyati o‘qituvchilar va muhandislar-pedagoglarning pedagogik, kasbiy va psixologik mahoratini doimiy takomillashtirish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. O‘qituvchilar va muhandis-pedagoglar tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga tashkiliy va o‘quv-metodik rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq vazirliklari, idoralari va boshqa tashkilotlarning kasb-hunar kollejlari ikki tomonlama bo‘ysunishda bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarini moddiy va moliyaviy ta’minlaydilar, o‘quvchilarda kasbiy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradilar, bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotidan o‘tishi uchun bazalar bilan ta’minlash, ularni ishga joylashtirish va tayyorlashning egallangan ixtisosligi bo‘yicha ular mehnatidan foydalanish masalalarini hal etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori huzurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengashlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik kengashning funksiyalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi ustavida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarmoq vazirliklari, idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, qonun hujjatlari va ustav asosida ish ko‘ruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini o‘z ichiga oladigan vasiylik kengashlari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining mol-mulki va moliya-xo‘jalik faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Davlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida amalga oshiradi. Davlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish faoliyatidan va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ustavda qayd etilgan vazifalariga muvofiq bo‘lgan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xayriya ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Nodavlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislarning mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun to‘lanadigan to‘lov;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ehsonlari va maqsadli badallari, vasiylarning mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘lanadigan to‘lov miqdori shartnomada belgilanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi xodimlarining ish haqi, sifatli faoliyat uchun ularni rag‘batlantirish miqdori va ish haqiga boshqa qo‘shimcha haqlar qonun hujjatlariga va ustavlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Davlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining mol-mulki uning tezkor boshqaruvida bo‘ladi va ulardan faqat ustavda qayd etilgan vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining ustaxonalari, laboratoriyalari va boshqa obyektlarining jihozlanganligi jihozlashning namunaviy normativlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining obyektlari va mol-mulkidan o‘quv jarayoni davrida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining mol-mulkidan samarali va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda foydalanilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbari to‘liq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Nodavlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini moddiy-texnik ta’minlash muassislar tomonidan, davlat ta’lim muassasalari uchun O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi namunaviy normativlardan past bo‘lmagan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi moliya va statistika hisobotini yuritadi hamda uni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tegishli organlarga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Davlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. O‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi va o‘qituvchilarga yuklamani samarali taqsimlashni nazorat qilish uchun bir yilda kamida ikki marta (o‘quv semestrlari tugallangandan keyin) davriy monitoring o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Monitoring akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari joylashgan joy bo‘yicha tashkil etiladigan Idoralararo maxsus guruhlar tomonidan (keyingi o‘rinlarda maxsus guruh deb ataladi) amalga oshiriladi, ularning tarkibi va rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. O‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi monitoringi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan har oyda 5-kundan kechikmay umumlashtirish va tahlil qilish uchun tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga taqdim etiladigan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tomonidan har oyning 10-kunidan kechikmay hisobot davri uchun maxsus guruhlarga taqdim etiladigan umumlashtirilgan axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus guruhlar tomonidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yoki alohida olingan o‘quv guruhlarida o‘tkaziladigan rejali va tanlab tekshirishlar asosida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi uchun javobgarlik tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktoriga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Maxsus guruh tomonidan belgilangan jadval bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshirishlar yakunlariga ko‘ra o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi darajasi 90 foizdan past ekanligi aniqlangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi 3 — 5 kun mobaynida davomatning qo‘shimcha tekshirishlari o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi reyd tekshirishlari yo‘li bilan bir yilda kamida ikki marta qo‘shimcha ravishda o‘rganiladi, o‘rganish asosida o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qatnashmasligi sabablari o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi darajasi 70 foizdan pastni tashkil etadigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida maxsus guruh tomonidan doimiy asosda davomat monitoringi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. O‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi monitoringini amalga oshirish maqsadida har bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha O‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi monitoringi daftari (keyingi o‘rinlarda Monitoring daftari deb ataladi) yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring daftari qat’iy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi. Monitoring daftarida aks ettirilgan axborotning ishonchliligi uchun tegishli maxsus guruh rahbari mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring daftariga rejali va tanlab tekshirishlar davomida maxsus guruh tomonidan aniqlangan ma’lumotlar, shu jumladan o‘tkazilgan rejali yoki tanlab tekshirishlar sanasi va vaqti, o‘quv guruhi raqami, o‘quv fanining nomi, o‘qituvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, ro‘yxat bo‘yicha o‘quvchilar soni, mashg‘ulotda hozir bo‘lgan o‘quvchilarning amalda mavjudligi, sabablari ko‘rsatilgan holda mashg‘ulotda qatnashmaganlar ro‘yxati kiritiladi. Aniqlangan ma’lumotlar maxsus guruhning rahbarlari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktori imzolari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Monitoring yakunlari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus guruhlar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi darajasini oshirish, kam sonli o‘quv guruhlarini birlashtirish, o‘qituvchilarning yuklamasini o‘zgartirish hisobiga budjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tayyorlaydilar hamda ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga kiritadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, sabablarining oldini oluvchi shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasini (tarifikatsiyani) tegishli ravishda qisqartirgan holda kam sonli o‘quv guruhlarini birlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi (tarifikatsiyasi) qisqarishi munosabati bilan tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy fuqarolarni o‘qitishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga ko‘ra, o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin amalga oshiriladi, bunda tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan kelishilgan holda o‘quvchilar boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘tkazilganligi uchun javobgarlik yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadigan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 204-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 18-modda) va qarorga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2007-yil 7-iyuldagi 139-son qarori (Vazirlar Mahkamasining “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to‘g‘risida” 2007-yil 17-maydagi 100-son qarori).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 17-fevraldagi 21-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 7-modda) 7-bandi va qarorga 6-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 55-modda) ilovaning 5-bandi (Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq ta’limi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlari).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 28-son, 315-modda; 2017-y., 14-son, 230-modda, 18-son, 324-modda, 28-son, 667-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)