Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2020 29.11.2007 yildagi 247-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARIDA O‘QIYOTGAN HAMDA TO‘LIQ DAVLAT TA’MINOTIDA BO‘LGAN YETIM VA OTA-ONASINING QAROVISIZ QOLGAN BOLALARNI MODDIY TA’MINLASh NORMALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli “Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy ta’minlash normalarini takomillashtirish va tartibga solish maqsadida, shuningdek “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2007-yil 23-yanvardagi PQ-573-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni ovqat bilan ta’minlash normalari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash normalari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni shaxsiy gigiyena buyumlari bilan ta’minlash normalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablag‘lari to‘lovi belgilansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1, 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan ta’minot normalari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qarorni bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish davlat ta’lim muassasalari faoliyatini ta’minlash uchun tegishli yilga nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni oromgohlarga, shu jumladan sanatoriy tipidagi oromgohlarga, pansionatlar va profilaktoriylarga, dam olish uylariga, sport-sog‘lomlashtirish oromgohlariga, tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda esa — tegishli yo‘nalishdagi sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlashni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quvchilar va talabalarning, zarurat bo‘lganda esa ularni kuzatib boruvchi shaxslarning ham ko‘rsatib o‘tilgan muassasalardagi dam olish joylarigacha borishi va u yerdan qaytishi bilan bog‘liq yo‘lkira xarajatlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 29-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
247-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 29-noyabrdagi 247-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni ovqat bilan ta’minlash normalari (bir kishi hisobiga kuniga gramm (brutto)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r Ovqat mahsulotlarining nomi 15—18 yosh
1.‎ 1-sort bug‘doy non 600‎
2.‎ Bug‘doy uni* 35‎
3.‎ Kartoshka kraxmali* 3‎
4.‎ Dukkaklilar yormasi, makaron mahsulotlari* 75‎
5.‎ Qand-shakar 90‎
6.‎ Qandolatchilik mahsulotlari 25‎
7.‎ Sariyog‘* 30‎
8.‎ O‘simlik yog‘i* 20‎
9.‎ Sut, qatiq-sut mahsulotlari 400‎
10.‎ Qaymoq 10‎
11.‎ Suzma* 70‎
12.‎ Pishloq* 12‎
13.‎ Go‘sht, parranda go‘shti 200‎
14.‎ Pishirilgan kolbasa, sosiskalar* 25‎
15.‎ Baliq 35‎
16.‎ Tuxum (dona) 1‎
17.‎ Kartoshka* 400‎
18.‎ Sabzavotlar, oshko‘klar, tuzlamalar, shu jumladan tomat (3 g.) 455‎
19.‎ Ho‘l mevalar 250‎
20.‎ Meva, sabzavot sharbatlari 200‎
21.‎ Quruq mevalar, shu jumladan na’matak (5 g.) 15‎
22.‎ Choy 0,5‎
23.‎ Yodlangan tuz 8‎
24.‎ Achitqilar* 1‎
25.‎ Ziravorlar* 2‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Bir hafta uchun o‘rtacha sutkalik normalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ayrim ovqat mahsulotlarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni asosiy oziq-ovqat moddalari bo‘yicha almashtirish jadvaliga muvofiq almashtirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘quvchilarning dam olish, bayram va ta’til kunlarida qarindoshlari yoki boshqa fuqarolarning oilalarida bo‘lish vaqti uchun ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi berilishiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘quv yurtlari va yotoqxonalarda issiq ovqat mavjud bo‘lmaganda, shuningdek faqat bir martalik issiq ovqat mavjud bo‘lganda o‘quvchilarga bir martalik ovqat bilan kompensatsiya qilinmagan miqdorda (savdo ustamasini hisobga olgan holda) to‘liq yoki qisman naqd pul beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Mehribonlik” uylarida, umumta’lim tipidagi maktab-internatlarda o‘qiyotgan va tarbiyalanayotgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun yuborilganda ularga yo‘lkira va yo‘lda borayotgan vaqtida ovqatlanish xarajatlari ularni yuborayotgan muassasa mablag‘lari hisobiga to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida boshqa shaharlardan kelgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga ular o‘quv yurtiga yetib kelgan vaqtdan boshlab o‘qishga qabul qilingungacha bepul ovqat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 29-noyabrdagi 247-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash normalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‏T/r Kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq buyumlar nomi O‘lchov birligi Bir o‘quvchi hisobiga
o‘g‘il bolalar uchun qizlar uchun
soni foydalanish muddati (yil) soni foydalanish muddati (yil)
Kiyim-boshlar:
1.‎ qishki palto ta 1‎ 3‎ 1‎ 3‎
2.‎ mavsumiy palto, kurtka “‎ 1‎ 2‎ 1‎ 2‎
3.‎ o‘qish uchun kostyum:
— qishki to‘plam 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
— yozgi “‎‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
4.‎ o‘qish uchun ip-gazlamadan tikilgan oq ko‘ylaklar ta 2‎ 2‎ 2‎ 2‎
5.‎ sport formasi va kedlar to‘plam 2‎ 2‎ 2‎ 2‎
6.‎ o‘g‘il bolalar uchun kostyumlar “‎ 3‎ 2‎
7.‎ qizlar uchun ko‘ylaklar (yubkalar, bluzkalar) ta 3‎ 2‎
8.‎ qizlar uchun uy xalatlari “‎ 2‎ 2‎
9.‎ o‘g‘il bolalar uchun ip-gazlamadan tikilgan ustki ko‘ylaklar ta 3‎ 1‎
10.‎ bayramlar uchun qishki kostyum yoki ko‘ylak “‎ 1‎ 2‎ 1‎ 2‎
11.‎ bayramlar uchun yozgi kostyum yoki ko‘ylak “‎ 1‎ 2‎ 1‎ 2‎
12.‎ jun sviter (jemper) “‎ 1‎ 2‎ 1‎ 2‎
13.‎ qizlar uchun reytuzalar “‎ 2‎ 1‎
14.‎ yozgi bosh kiyim “‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
15.‎ qishki bosh kiyim “‎ 1‎ 2‎ 1‎ 2‎
16.‎ dastro‘mol “‎ 4‎ 1‎ 4‎ 1‎
17.‎ uy shimlari (jinsilar) “‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
18.‎ o‘g‘il bolalar uchun shim kamarlari “‎ 1‎ 1‎
19.‎ yarim jun sharflar “‎ 1‎ 3‎ 1‎ 3‎
20.‎ qo‘lqoplar (panjasiz qo‘lqoplar) juft 1‎ 3‎ 1‎ 3‎
21.‎ byustgalter ta 3‎ 1‎
22.‎ qizlar uchun triko “‎ 5‎ 1‎
23.‎ kalta sport ishtonlari “‎ 2‎ 1‎
24.‎ shortilar “‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
25.‎ mayka “‎ 3‎ 1‎
26.‎ futbolka 2‎ 1‎ 2‎ 1‎
27.‎ ip-gazlama paypoqlar, golflar juft 5‎ 1‎ 5‎ 1‎
28.‎ tungi ko‘ylaklar, pijamalar ta 2‎ 1‎ 2‎ 1‎
29.‎ kolgotkalar juft 5‎ 1‎
30.‎ cho‘milish ko‘ylagi, plavkilar ta 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
31.‎ botinkalar, tuflilar, krossovkalar juft 3‎ 1‎ 3‎ 1‎
32.‎ shippaklar juft 2‎ 1‎ 2‎ 1‎
33.‎ etiklar, qishki botinkalar juft 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
34.‎ portfellar, sumkalar ta 2‎ 3‎ 2‎ 3‎
35.‎ jomadon 1‎ 5‎ 1‎ 5‎
Yumshoq buyumlar:
36.‎ choyshablar ta 3‎ 2‎ 3‎ 2‎
37.‎ ko‘rpa choyshablari “‎ 2‎ 3‎ 2‎ 3‎
38.‎ kichik yostiq jildi “‎ 1‎ 4‎ 1‎ 4‎
39.‎ katta yostiq jildi “‎ 3‎ 3‎ 3‎ 3‎
40.‎ sochiq “‎ 3‎ 2‎ 3‎ 2‎
41.‎ paxmoq sochiq “‎ 3‎ 3‎ 3‎ 3‎
42.‎ jun yoki momiqli adyol “‎ 1‎ 6‎ 1‎ 6‎
43.‎ paxmoq adyol “‎ 1‎ 4‎ 1‎ 4‎
44.‎ to‘shak “‎ 1‎ 4‎ 1‎ 4‎
45.‎ yostiq + - “‎ 1‎ 6‎ 1‎ 6‎
46.‎ to‘shak qoplamasi “‎ 1‎ 6‎ 1‎ 6‎
47.‎ karavot oldiga to‘shaladigan gilamcha “‎ 1‎ 6‎ 1‎ 6‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlariga ko‘rsatib o‘tilgan ta’minot normalariga, yangi fasonlarni va tarbiyalanuvchilar xohishlarini hisobga olgan holda, ushbu maqsadlar uchun o‘quv muassasasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida ayrim o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 29-noyabrdagi 247-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qiyotgan hamda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni shaxsiy gigiyena buyumlari bilan ta’minlash normalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎‏ Shaxsiy gigiyena buyumlarining nomi O‘lchov birligi Bir o‘quvchi hisobiga
o‘g‘il bolalar uchun qizlar uchun
soni foydalanish muddati (yil) soni foydalanish muddati (yil)
1.‎ Tish pastasi ta 12‎ 1‎ 12‎ 1‎
2.‎ Tish cho‘tkasi ta 3‎ 1‎ 3‎ 1‎
3.‎ Kir sovun ta 12‎ 1‎ 12‎ 1‎
4.‎ Atir sovun ta 24‎ 1‎ 24‎ 1‎
5.‎ Kir yuvish poroshoklari paket (400 g.)‎ 12‎ 1‎ 12‎ 1‎
6.‎ Soqol olish buyumlari ta 12‎ 1‎ 5‎ 1‎
7.‎ Taroq ta 2‎ 1‎ 2‎ 1‎
8.‎ Hojatxona qog‘ozi o‘ram 24‎ 1‎ 24‎ 1‎
9.‎ Shampun ta (200 g.)‎ 12‎ 1‎ 12‎ 1‎
10.‎ Dezodorant (aerozol) ta 6‎ 1‎ 6‎ 1‎
11.‎ Gigiyena qistirmalari upakovka (10 tadan) 12‎ 1‎
12.‎ Momiq upakovka (200 g.) ‎ 4‎ 1‎
13.‎ Poyabzal moyi tyubik‎ 6‎ 1‎ 6‎ 1‎
14.‎ Soqol olingandan keyin ishlatiladigan loson flakon (100—150 g.) ‎ 6‎ 1‎
15.‎ Badanni yuvish uchun gubka ta 2‎ 1‎ 2‎ 1‎
16.‎ Tog‘ora ta 1‎ 3‎ 1‎ 3‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 485-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)