1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 25-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev, maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin, xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
392-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini (keyingi oʻrinlarda pedagog kadrlar deb ataladi) attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari pedagog kadrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Pedagog kadrlarning malaka tavsiflariga muvofiqligi tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Maktabgacha taʼlim vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda Xalq taʼlimi vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi oʻrinlarda Madaniyat vazirligi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi deb ataladi) hamda tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan xodimlarning asosiy lavozimlari malaka tavsiflaridagi (keyingi oʻrinlarda malaka tavsiflari deb ataladi) talablar asosida oʻrganiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv fani boʻyicha malakasi, dars oʻtish mahorati, mehnati samaradorligi va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan pedagog kadrlarni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarni oʻrganishni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishning majburiyligini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Attestatsiyaning asosiy prinsiplari majburiylik, davriylik, oshkoralik, kengashib ish koʻrish hamda xolislik hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Attestatsiya pedagog kadrlar uchun har besh yilda bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlar ularning yozma arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlarning attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifasini berish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus portali orqali amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Attestatsiyadan belgilangan muddatda malaka oshirish kursini tugatganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining oliy va oʻrta maxsus, professional maʼlumotli;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining oliy maʼlumotli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional taʼlim muassasalarining oliy, oʻrta maxsus va professional maʼlumotli pedagog kadrlari (ishlab chiqarish taʼlimi ustalari) oʻtkazilishi shart.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy darajaga (fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga ega boʻlgan pedagog kadrlari attestatsiyaga jalb etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pensiya yoshida boʻlgan pedagog kadrlar attestatsiyaga oʻz xohishiga koʻra jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyaga jalb etilmagan pedagog kadrlarning mavjud malaka toifalari va lavozimlari taʼlim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarorida roʻyxati belgilangan xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblik (oltin, kumush, bronza medali)ni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchilariga — oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining oʻqituvchilariga — bosh oʻqituvchi malaka toifasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika fan olimpiadalarida va koʻrik-tanlovlarning respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan oʻqituvchilarning malaka toifasi bir pogʻonaga oshiriladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar bir yildan soʻng, oliy yoki oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng attestatsiyaga jalb etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuzilmasida umumtaʼlim boʻgʻinlari mavjud boʻlgan oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining umumiy oʻrta taʼlim bosqichida umumtaʼlim, chuqurlashtirilgan va kasbiy taʼlim fanlaridan dars berayotgan pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari uchun belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Uzrli sabablarga koʻra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtili va boshqalar) attestatsiyadan oʻtmagan pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil toʻlgandan soʻng attestatsiyaga jalb etiladi va mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi (oʻz tashabbusiga koʻra attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan pedagog kadrlar bundan mustasno).
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Malaka toifasini berish va saqlab qolish boʻyicha maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish yil davomida amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20-yanvarga qadar attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi) rahbarlari attestatsiya muddatini bir oy oldin eʼlon qiladi va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtiradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Attestatsiyaga doir tashkiliy masalalar taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari va taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi attestatsiyaning mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, pedagog kadrlarning huquqlari taʼminlangan holda oʻtishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Attestatsiya oʻtkazishda taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va attestatsiyani nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtirish ishlari attestatsiya jadvallarini ishlab chiqish, tasdiqlash, shuningdek, attestatsiyaga oid faoliyatni tashkil etish boʻyicha qoʻshma qarorlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishdan, birinchi, oliy malaka toifali va yetakchi, bosh oʻqituvchi lavozimidagi hamda ushbu malaka toifalari va lavozimlariga talabgor pedagog kadrlar uchun test (yozma, ijodiy ish, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy sinovlar) sinovlarini oʻtkazishdan hamda ularning natijalarini eʼlon qilishdan, pedagog kadrlarning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikatlar topshirilishini taʼminlashdan iborat.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 106-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/106/199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyani nazorat qilish uning natijalarini tahlil qilish, baholash hamda ushbu Nizom talablari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarga oid maʼlumotnomalarni Vazirlar Mahkamasi Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga yuborish orqali amalga oshiriladi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Pedagog kadrlar asosiy ish joyi boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladi. Taʼlim muassasalarida oʻrindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanmaydigan pedagog kadrlar oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan taʼlim muassasasida attestatsiyadan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining malaka toifalari yoki lavozimlari ushbu taʼlim muassasalarining bir turidan boshqasiga ishga oʻtganda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tizimlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimlarining katta oʻqituvchi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi oʻqituvchi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh oʻqituvchi lavozimiga tenglashtiriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Pedagog xodimlarning oliy maʼlumot yoki qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplomida (keyingi oʻrinlarda — diplom) koʻrsatilgan tayyorlov, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklarga mos keladigan fanlar boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Taʼlim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan oʻtuvchilarning har biri uchun alohida hujjatlar yigʻmajildi tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar yigʻmajildida attestatsiyadan oʻtuvchining pasporti, diplomi, attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida olgan va amalda foydalanayotgan sertifikati (agar mavjud boʻlsa), malaka oshirganligi haqidagi sertifikati nusxalari, maʼlumotnoma-tarjimai hol, soʻnggi bir yil davomida oʻtgan darslarining tahlillari, ochiq darslar oʻtganligi haqidagi maʼlumotlar, taʼlim oluvchilari reytingi va erishgan yutuqlari (agar mavjud boʻlsa) toʻplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning malaka tavsiflarida belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyat koʻrsatishini tasdiqlovchi maktabgacha taʼlim boshqarmalari, xalq taʼlimi boshqarmalari, madaniyat boshqarmalari, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari hamda oliy taʼlim muassasalari attestatsiya komissiyalari, tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalari, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda attestatsiya komissiyalari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Maktabgacha davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligida, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalarida, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda maktabgacha taʼlim boshqarmalari deb ataladi) maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha taʼlim boshqarmalari boshligʻi (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda kasaba uyushmasi deb ataladi) vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Quyidagilar maktabgacha taʼlim boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun maktabgacha taʼlim boshqarmalari komissiyalariga buyurtmanoma berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Taʼlim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasalari rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimi (komissiya raisining oʻrinbosari), kasaba uyushmasi va Kuzatuv kengashi vakillari, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarida, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda xalq taʼlimi boshqarmalari deb ataladi) umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi (barcha tip va nomdagi maktablar va maktab-internatlardagi) umumtaʼlim fanlari boʻyicha oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun xalq taʼlimi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Xalq taʼlimi vazirligi, tizimida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq taʼlimi boshqarmalari boshligʻi (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Quyidagilar xalq taʼlimi boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi xalq taʼlimi boʻlimi mudiri (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi xodimi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun xalq taʼlimi boshqarmalari komissiyalariga buyurtmanoma berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Taʼlim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasalari rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi xodimi (komissiya raisining oʻrinbosari), kasaba uyushmasi va Kuzatuv kengashi vakillari, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligida, viloyatlar madaniyat boshqarmalarida, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasida (keyingi oʻrinlarda madaniyat boshqarmalari deb ataladi) bolalar musiqa va sanʼat maktablarining, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning chuqurlashtirilgan va kasbiy taʼlim fanlari boʻyicha oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun madaniyat boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Madaniyat vazirligi va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi madaniyat boshqarmasi boshligʻi (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Quyidagilar madaniyat boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tegishli madaniyat boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) madaniyat boʻlimi mudiri (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun madaniyat boshqarmalari attestatsiya komissiyalariga buyurtmanoma berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Taʼlim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tegishli tuman (shahar) madaniyat boʻlimi mudirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasasi rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) madaniyat boʻlimi xodimi (komissiya raisining oʻrinbosari), kasaba uyushmasi va taʼlim muassasasi Kuzatuv kengashi vakillari, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39 Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya zaxiralari kollejlari hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
(5-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida, viloyatlar hamda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari deb ataladi) sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya zaxiralari kollejlari hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktablarining chuqurlashtirilgan va kasbiy taʼlim fanlari boʻyicha oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshligʻi (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalarining birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarida birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tegishli jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibi tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimi mudiri (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Quyidagilar tuman (shahar) attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasalar attestatsiya komissiyalarining ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasi yakunlari boʻyicha hisobotlarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalariga buyurtmanoma berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Taʼlim muassasalarida ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish uchun muassasalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi tegishli tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimi mudirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasasi rahbari (komissiya raisi), tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport boʻlimi xodimi (komissiya raisining oʻrinbosari), kasaba uyushmasi va taʼlim muassasasi Kuzatuv kengashi vakillari, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, birinchi yoki oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Quyidagilar muassasalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi malaka toifali pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun tuman (shahar) attestatsiya komissiyasiga buyurtmanoma berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Professional taʼlim hamda oʻrta maxsus taʼlim pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
(6-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarida professional taʼlim pedagog kadrlarini (ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini) attestatsiyadan oʻtkazish uchun kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibi hududiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbar xodimlari (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), Kasb-hunar taʼlim tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining masʼul xodimi yoki oliy taʼlim muassasalarining sohaga masʼul prorektorlari, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog yoki bosh oʻqituvchidan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Quyidagilar kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
(47-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimlariga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Oliy taʼlim muassasalarida ular tarkibidagi oʻrta maxsus taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun oliy taʼlim muassasalarining oʻrta maxsus taʼlim attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarining oʻrta maxsus taʼlim attestatsiya komissiyalari tarkibi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida oʻrta maxsus taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarining oʻrta maxsus taʼlim attestatsiya komissiyalari tarkibi oliy taʼlim muassasasining sohaga masʼul prorektori (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy vakili (komissiya raisining oʻrinbosari), oliy taʼlim muassasasining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog yoki bosh oʻqituvchidan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Quyidagilar oliy taʼlim muassasalarining oʻrta maxsus taʼlim attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimlariga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Vazirlik va idoralarning toʻgʻridan toʻgʻri tizimidagi taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Vazirlik va idoralarning toʻgʻridan toʻgʻri tizimidagi taʼlim muassasalari ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun vazirlik yoki idora attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik yoki idora attestatsiya komissiyalari tarkibi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari boʻysunadigan vazirlik yoki idora va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik yoki idora attestatsiya komissiyalari tarkibi tegishli vazirlik yoki idoraning sohaga masʼul tarkibiy boʻlinmasi rahbari (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasining vakili (komissiya raisining oʻrinbosari), ushbu taʼlim muassasasi rahbari, kasaba uyushmasi vakili, uch nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog yoki bosh oʻqituvchidan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Quyidagilar vazirlik yoki idora attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalariga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalaridagi pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Vazirlik va idoralarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boʻlinmalar deb ataladi) hamda tuman (shahar) hududiy boʻlinmalari tizimidagi taʼlim muassasalari ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun hududiy boʻlinmalar attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boʻlinmalar attestatsiya komissiyalari tarkibi taʼlim muassasalari boʻysunadigan vazirlik yoki idora va Davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boʻlinmalar attestatsiya komissiyalari tarkibi hududiy boʻlinma rahbari (komissiya raisi), Davlat inspeksiyasi yoki uning hududiy boʻlimi vakili (komissiya raisi oʻrinbosari), kasaba uyushmasi vakili, ikki nafar attestatsiyadan oʻtgan, oliy toifali pedagog kadrlardan (bir nafari — komissiya kotibi) iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududida joylashgan vazirliklar va idoralarning toʻgʻridan toʻgʻri tizimidagi taʼlim muassasalari ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish hududiy boʻlinmalar attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Quyidagilar hududiy boʻlinmalar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalariga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalaridagi pedagog kadrlarga sertifikatlar olish uchun Davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma berish hamda attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddatda pedagog kadrlarni sertifikatlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Attestatsiyadan oʻtuvchi pedagog kadrlar attestatsiya komissiyalari tarkibiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Attestatsiya komissiyalari raislari va aʼzolari attestatsiya ushbu Nizom talablariga hamda attestatsiya jadvaliga muvofiq oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Attestatsiyadan oʻtuvchi pedagog kadrlarning malaka tavsiflarida va baholash mezonlarida belgilangan talablarni bajarganliklari haqidagi tavsiyalarni tayyorlash uchun taʼlim muassasalari rahbarlari buyrugʻi bilan ekspert guruhi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ekspert guruhi tarkibi besh nafar aʼzodan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert guruhi aʼzolari tarkibiga taʼlim muassasalari rahbarining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari (maktabgacha taʼlim tashkiloti metodistlari) va tajribali pedagog kadrlar kiritiladi.
(57-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Taʼlim muassasalari rahbarlari ekspert guruhi tomonidan tayyorlangan tavsiya va hujjatlar yigʻmajildlarini tegishli attestatsiya komissiyalariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Attestatsiyadan oʻtkazish, sertifikatlar berish hamda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga qoʻyilgan talablarni belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Attestatsiya ikki bosqichda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda — attestatsiyadan oʻtuvchilarning oʻquv fani boʻyicha malaka sinovi natijalari, dars oʻtish mahorati va mehnati samaradorligi ekspert guruhi tomonidan oʻrganiladi hamda tegishli tavsiyalar tayyorlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda — attestatsiya komissiyalari ekspert guruhi tomonidan oʻrganilgan birinchi bosqich natijalarini tahlil qiladi, attestatsiya jarayonida toʻplangan hujjatlar jamlanmasini (portfoliosini) oʻrganadi va pedagog kadrni malaka toifasida (lavozimida) qoldirish yoki boshqa toifa (lavozim) berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
591. Taʼlim muassasalarining quyidagi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi oʻrin sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim muassasalari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga – ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi oʻrin sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim muassasalari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim muassasalari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).
(591-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 106-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/106/199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Attestatsiya quyidagi baholash mezonlari boʻyicha oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) dars oʻtish mahorati — dars tahlillari, ochiq darslar oʻtganligi, taʼlim oluvchilarining reyting koʻrsatkichlari, taʼlim berish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlashi, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga hamda xorijiy tillar va ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega ekanligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mehnati samaradorligi — taʼlim oluvchilarning tayyorlaganligi, taʼlim oluvchilar va attestatsiyadan oʻtuvchilarning tuman, shahar, viloyat, respublika, xalqaro koʻrik-tanlovlar, fan olimpiadalari va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari — diplomida koʻrsatilgan tayyorlov, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisligi yoki ixtisosliklari boʻyicha davlat taʼlim standartlari yoki davlat taʼlim talablari mazmuni asosida oʻtkaziladigan test (qogʻozda, onlayn, oflayn) yozma yoki ijodiy ish (jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy sinovlar) natijalari.
(60-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Pedagog kadrlarning attestatsiya natijalarini baholash mezonlari Davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Pedagog xodimlarga malaka toifalarini berish boʻyicha navbatdagi attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun yigʻimning 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi, qolgan 50 foizi Davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari Rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi berilgan arizadan voz kechgan taqdirda hamda pedagog kadrga nisbatan “Attestatsiyadan oʻtmadi, tegishli malaka toifasi yoki lavozimi tushirilsin” qarori qabul qilinganda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki taʼlim muassasalari rahbarlari maʼlumotnomasi) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda yigʻim summasi takroran undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimidagi hamda ushbu malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlar uchun nazorat materiallari mazmunini shakllantirish, koʻpaytirish va ushbu jarayonni oʻtkazish Davlat inspeksiyasi tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy sinovlar normativlari tegishlicha Davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilanadi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 106-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/106/199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Oʻquv fani boʻyicha malaka sinoviga oid yozma va ijodiy ish (jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy sinovlar) hamda ikkinchi malaka toifasiga va katta oʻqituvchi lavozimiga talabgor pedagog kadrlarning test sinovlarini oʻtkazish tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda taʼlim turlari boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Attestatsiya komissiyalari pedagog kadrlarning dars oʻtish mahorati va mehnati samaradorligi hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovi natijalarini tahlil qiladi va tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Attestatsiya komissiyasi aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan yigʻilish vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Attestatsiya komissiyalari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75 foizdan past koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74 foizdan 65 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65 foizdan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi)ga tushirilsin” (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64 foizdan 60 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 foizdan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushirilsin” (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
(67-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
(67-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59 foizdan 55 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlansin”;
(67-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55 foizdan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas”.
(67-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Attestatsiya komissiyalari mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadrlar boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ular navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga yuboriladi hamda keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya komissiyalari qayta attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat haqidagi qonunlarda belgilangan tartibda bekor qilinadi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Baholash mezonlari boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich chiqarilmaydi hamda baholash mezonlarining birortasi boʻyicha belgilangan koʻrsatkichdan past baholansa “attestatsiyadan oʻtmadi” degan qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi, taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organi yoki taʼlim muassasalari rahbarlari maʼlumotnomasi) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra attestatsiyaning biror bosqichida ishtirok etmagan boʻlsa, attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda unga nisbatan “Attestatsiyadan oʻtmadi, tegishli malaka toifasi yoki lavozimi tushirilsin”, mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi lavozimi boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarori qabul qilinadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Attestatsiya komissiyalari qarori ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi hamda komissiya raisi, rais oʻrinbosari va kotib tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Attestatsiya komissiyalari qarori asosida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi attestatsiya varaqasi rasmiylashtiriladi hamda attestatsiya komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari, yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolar va kotib tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiya varaqasi ikki nusxada toʻldiriladi va bir nusxasi pedagog kadrlarning ish joyidagi shaxsiy hujjatlari yigʻmajildida, ikkinchi nusxasi attestatsiya komissiyasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Pedagog kadrlarning attestatsiyasiga oid hujjatlarining toʻplangan yigʻmajildi navbatdagi attestatsiyagacha taʼlim muassasasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Attestatsiya komissiyalarining qaroriga koʻra oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifasiga yoki bosh, yetakchi, katta oʻqituvchi lavozimiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda sertifikat deb ataladi) attestatsiya oʻtkazilgandan soʻng bir oy muddat ichida topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlarning xatosiz toʻldirilishi uchun attestatsiya komissiyasi raislari masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Sertifikat qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, unda hisob seriyasi, raqami va himoya darajasi boʻladi. Sertifikat blankalari Davlat inspeksiyasi buyurtmasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi bosmaxonasida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Davlat inspeksiyasi boshligʻi, maktabgacha taʼlim boshqarmalari, xalq taʼlimi boshqarmalari, madaniyat boshqarmalari, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmalari boshliqlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari va taʼlim muassasalari rahbarlari, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning rahbarlari sertifikatlarning hisobi, saqlanishi hamda maqsadli ishlatilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Attestatsiya komissiyalari sertifikatlarning pedagog kadrlarga tarqatilishini roʻyxatga olish uchun maxsus daftar (sahifalangan, tikilgan va muhrlangan) yuritadi va unda quyidagilarni qayd etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatning tartib raqami, seriyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat berilishiga asos boʻlgan komissiya qarorining sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatni bergan komissiyaning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat nusxasi (dublikati)ning berilishi asosi va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Sertifikatning amal qilish muddati tugagan pedagog kadrlarga mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi lavozimi boʻyicha haq toʻlanadi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Sertifikatning amal qilish muddati tugab, mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi lavozimi boʻyicha haq toʻlanayotgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga oxirgi sertifikatda koʻrsatilgan malaka toifasi yoki lavozimi boʻyicha jalb qilinadi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Davlat inspeksiyasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda sertifikatlarni hisobga olish, saqlash va topshirish tartibini belgilaydi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoxud oliy yoki professional taʼlim muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
(83-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, professional maʼlumotli pedagog kadrlarga — oʻrta maxsus, professional maʼlumotli oʻqituvchi lavozimi;
(83-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi yoki katta oʻqituvchi lavozimi (ushbu malaka toifasi yoki lavozimiga ega boʻlgan pedagog kadrlar besh yildan keyin belgilangan tartibda navbatdagi attestatsiyaga jalb qilinadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy darajaga (fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi yoki bosh oʻqituvchi lavozimi (ushbu malaka toifasi yoki lavozimiga ega boʻlgan pedagog kadrlar keyingi attestatsiyalarga jalb qilinmaydi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Attestatsiya komissiyalari qaroridan norozi boʻlgan pedagog kadrlar attestatsiya natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Apellatsiya komissiyasi besh kishidan iborat tarkibda attestatsiya boshlangandan keyin uch kun ichida tegishliligiga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim vaziri, xalq taʼlimi vaziri, madaniyat vaziri, jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyruqlari bilan ushbu vazirliklarda — oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarning arizalarini koʻrib chiqish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim vaziri, xalq taʼlimi vaziri, madaniyat vaziri, jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyruqlari bilan maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarida — birinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarning arizalarini koʻrib chiqish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlarining tegishli buyruqlari bilan maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarida — ikkinchi malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlarning arizalarini koʻrib chiqish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar rahbarlarining tegishli buyruqlari bilan oliy taʼlim muassasalarida, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmalarida hamda hududiy boʻlinmalarda ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifalari, katta, yetakchi va bosh oʻqituvchi lavozimlariga talabgor pedagog kadrlarning arizalarini koʻrib chiqish uchun tashkil etiladi.
(85-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Apellatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi apellatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyalari tarkibidan aʼzo kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Apellatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish maqsadida jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Apellatsiya komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Ariza (shikoyat) roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellatsiya komissiyasi tomonidan arizasi (shikoyati) koʻrib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini oʻzgartirishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, qayta attestatsiya tashkil etish haqida qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Apellatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi pedagog kadrga va tegishli attestatsiya komissiyasiga apellatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran besh kun muddatda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Attestatsiya komissiyasi yoki apellatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlarning attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar.
Attestatsiyadan oʻtish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Har yili
20-yanvarga qadar
2-bosqich
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Davlat inspeksiyasi.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash.
Har yili mart oyida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari.
2. Tuman (shahar) maktabgacha, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boʻlimlarida tuman (shahar) attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash.
Tuman (shahar) maktabgacha, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari.
3. Taʼlim muassasalarida muassasa attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Davlat inspeksiyasi.
4. Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, oliy taʼlim muassasalari, tizimida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash.
3-bosqich
Taʼlim muassasalari rahbarlari.
1. Attestatsiya muddatini eʼlon qilish va pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirish.
2. Attestatsiyadan oʻtuvchi pedagog kadrlarning malaka tavsiflarida va baholash mezonlarida belgilangan talablarni bajarganliklari haqidagi tavsiyalarni tayyorlash uchun taʼlim muassasalarida ekspert guruhlari tuzish.
Har yili fevral — aprel oyida
Taʼlim muassasalarida tuzilgan ekspert guruhlari.
3. Attestatsiyadan oʻtuvchilarning oʻquv fani boʻyicha malaka sinovi natijalarini, dars oʻtish mahorati va mehnati samaradorligini eks�ertlar tomonidan oʻrganish hamda tegishli tavsiyalar tayyorlash
4-bosqich
Maktabgacha, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, oliy taʼlim muassasalari, tizimida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalari.
Ekspert guruhi tomonidan oʻrganilgan birinchi bosqich natijalarini tahlil qilish, attestatsiya jarayonida toʻplangan hujjatlar jamlanmasini (portfolioni) oʻrganish va pedagog kadrni malaka toifasida (lavozimida) qoldirish yoki boshqa toifa (lavozim) berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Har yili may-iyun oylarida
5-bosqich
Davlat inspeksiyasi, maktabgacha, xalq taʼlimi, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, oliy taʼlim muassasalari, tizimida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalari.
Attestatsiya komissiyalari�ing qaroriga koʻra ikkinchi, birinchi, oliy malaka toifasi yoki katta, yetakchi, bosh oʻqituvchi lavozimiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga sertifikat topshirish.
Har yili iyun-iyul oylarida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
___________________________ (komissiya nomi yoziladi)
komissiyasi yigʻilishining _____ yil “___” _____________ dagi ______-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
__________________________________________________________ (Respublika, viloyat, shahar, tuman nomi) __________________________________________________________ (taʼlim muassasasining nomi yoki raqami)
ATTESTATSIYA VARAQASI
___________________________________________________________ (pedagog kadrning familiyasi, ismi, otasining ismi)
Tugʻilgan yili, kuni va oyi ________________________________________________________________________________
Amaldagi malaka toifasi yoki lavozimi boʻyicha ish staji ____________ yil; shu jumladan mazkur taʼlim muassasasida ________________ yil
Malakasini oshirgan taʼlim muassasasi nomi, vaqti ___________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________
(malaka oshirgan sohasi: kasbiy, axborot yoki pedagogik texnologiyalar va boshqa mavzularda)
Komissiya qarori ________________________________________________________________________________________
(toʻliq yoziladi)
Komissiya raisi
_____________________________________________
___________________
(F.I.O.)
(imzo)
Komissiya raisining oʻrinbosari
_____________________________________________
___________________
(F.I.O.)
(imzo)
Komissiya kotibi
_____________________________________________
___________________
(F.I.O.)
(imzo)
Komissiya aʼzolari

________ yil “___” __________________ (yil, kun va oy koʻrsatiladi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida SERTIFIKAT Seriyasi ________ № _______________
Ushbu sertifikat______________________________________________________________________________________ ga
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
______________ yil “____” ________________ da oʻtkazilgan __________________________________________________ __________________________________________________________________________________________ yigʻilishining
(komissiya nomi yoziladi)
________________-son qarori asosida ______________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ boʻyicha
(tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassisligi yoki ixtisosligi soʻz bilan yoziladi)
_______________________________________________________________________________________________ berildi.
(malaka toifasi yoki lavozimi soʻz bilan yoziladi)
Komissiya raisi
_____________________________________________
______________
(F.I.O.)
(imzo)
M.Oʻ.
Qayd raqami _____________________________________________
(tarqatish daftariga qayd etilgan raqam yoziladi)
_____________ yil “____” _______________________
(yil, kun va oy koʻrsatiladi)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/392/3121-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 21.02.2020-y., 09/20/106/199-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)