18.02.1995 yildagi 59-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TA’LIM MUASSASALARI HAQIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 43-son, 431-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasa to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandining to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-oktabrdagi 230-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 435-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tasarrufida maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari muassasalar, mehribonlik uylari bo‘lgan vazirliklar va idoralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan nizomlarni amalga oshirish bo‘yicha zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Ta’lim va fan bo‘limiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 18-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 43-son, 431-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 18-fevraldagi 59-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasa to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabdan tashqari muassasalar xalq ta’limi tizimining tarkibiy qismi hisoblanadilar va ular ta’lim-tarbiya berishga mo‘ljallangandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabdan tashqari muassasalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kelajak” markazlari faoliyatining xususiyatlari Vazirlar Mahkamasining alohida qarorida belgilanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizom asosida mahalliy xususiyatlarni, o‘zining yo‘nalishini, rivojlanish istiqbollarini, jamoa normalari, qoidalari va an’analarini, moddiy-texnika ahvolini, moliyaviy ta’minotini, faoliyat dasturini hisobga olgan holda har bir maktabdan tashqari muassasada o‘z ustavi ishlab chiqiladi. Ustav xalq ta’limining yuqori organi tomonidan tasdiqlanadi. Ustavda maktabdan tashqari muassasalarning maqsadi va asosiy vazifalari o‘zgartirilishi, o‘quvchilar va pedagog xodimlarning huquqlari chegaralanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Maktabdan tashqari muassasaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar maktabdan tashqari muassasaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har tomonlama rivojlangan ijodiy shaxsni shakllantirish maqsadida maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilar va aholining turli yoshdagi guruhlarining ehtiyojlariga javob beruvchi maktabdan tashqari ta’lim-tarbiyaning mazmunini muntazam ravishda yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shimcha ta’lim va tarbiya berish hamda hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdagi faoliyatga tayyorlash uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarni umuminsoniy va xalq qadriyatlarini aks ettiruvchi madaniyat bilan tanishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shimcha bilimlar, malakalar egallashga bo‘lgan ehtiyojlarni shakllantirish va ularni yanada boyitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir o‘smirning tabiiy bilimdonlik darajasi va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayotning oliy qadriyati bo‘lgan mehnatga munosabatni tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning har qanday shakliga ijodiy yondoshish ehtiyojini tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq ta’limining boshqa muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari mexanizmni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘garak a’zolarini o‘qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o‘quv-tarbiya va uslubiy ishlarni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabdan tashqari muassasalar o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan barcha o‘quvchilarga ularning har tomonlama kamol topishlari va bo‘sh vaqtlarini o‘zlari belgilashlari uchun imkoniyat yaratadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilar shaxsining rivojlanishiga, ularning qiziqishlariga, iqtidoriga, mustaqil bilim olishlariga va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoitlar yaratadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda maktabdan tashqari muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyojlarni o‘rganish va shunga muvofiq bolalarning qiziqishlariga ko‘ra shaxsning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan to‘garaklar ochadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan asoslari bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarga san’at va hunarmandchilikning an’anaviy milliy turlarini o‘rgatadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilar o‘rtasida qobiliyatli, iqtidorli yoshlarni aniqlash, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan musobaqalarni, sayyohlik slyotlarini, texnika va badiiy ijodkorlik hamda boshqa tadbirlarni uyushtiradilar va o‘tkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ish faoliyatini tashkil etish va uning asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bolalar va o‘smirlarning shaxsiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, ularning bo‘sh vaqtlari dam olishlarini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida davlat organlari, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar, jamoatchilik birlashmalari va fuqarolar madaniy-estetik, tabiiy-ilmiy, texnik, tajriba-naturalistik, sayyohlik-o‘lkashunoslik va boshqa yo‘nalishlardagi maktabdan tashqari muassasalar ochishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq barcha hudud (shaharchalar, tuman, shahar, viloyatlar va respublika)larda maktabdan tashqari muassasalar tegishli hokimlikning qaroriga muvofiq ochiladi. Maktabdan tashqari muassasalar mustaqil ravishda yoki ilmiy-ishlab chiqarish, o‘quv-tarbiya kompleksi (markazi) tarkibida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktabdan tashqari muassasa jamoasi o‘z faoliyati dasturini mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘ziga xosligini, mavjud maktabdan tashqari muassasalar tarmog‘ini hisobga olgan holda ishlab chiqadi. Mehnatga haq to‘lashning yagona fondi doirasida tuzilmani va shtat jadvalini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktabdan tashqari muassasalarda o‘quvchilarning asosiy faoliyati bir xil yoshdagi va turli yoshdagi bolalar guruhlarida ularning qiziqishlariga ko‘ra (to‘garak, seksiya, studiya, klub, ansambl, teatr) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashg‘ulotlar bir yoki ikki yo‘nalishli dasturlar bo‘yicha, shuningdek, kompleks, to‘g‘ridan-to‘g‘ri estetika, teatr, san’at, musiqa, sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin. Nogironligi bo‘lgan bolalar bilan yakka tartibda ishlar turar joylarda olib boriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Birlashmaning maqsadi, vazifalari va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan, pedagogik jihatdan asoslangan holda rahbarlarni, o‘quv rejalari va dasturlari, ish uslublari, shakllari, vositalarini tanlashga tayangan holda tuziladi. Pedagogik xodimlar Respublika o‘quv-metodika markazining o‘quv-metodika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan mualliflik dasturlarini ishlab chiqishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ma’muriyatning ruxsati bilan birlashmalar ishda o‘quvchilar bilan birga (asosiy tarkibdan tashqari) bo‘sh joy bo‘lgan taqdirda va to‘garak rahbarining roziligi bilan ota-onalar ham qatnashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. To‘garaklar, dasturlar talablariga ko‘ra, butun o‘quv yili uchun ham, qisqaroq muddatlarga ham tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘garaklarni to‘ldirish may oyida boshlanadi va asosan mazkur yilning 10-sentabrida tamomlanadi. To‘garaklarning mashg‘ulotlari mazkur yilning 15-sentabridan kechikmay boshlanadi va odatda keyingi yilning 25-mayida tugallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashmalar mashg‘ulotlarining jadvali o‘quvchilarning mehnat qilishlari va dam olishlari uchun qulayroq kun tartibida, ular yoshining o‘ziga xosligini, sanitariya-gigiyena normalarini hisobga olgan holda pedagogik xodimlarning taqdimnomasiga ko‘ra ma’muriyat tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘garak mashg‘ulotlari uchun hamma ixtisosliklarni o‘qitishning birinchi yilida haftada 4 akademik soat, ikkinchi va keyingi yillarida haftada 6 akademik soat ajratiladi. 6 yoshdagi bolalar uchun to‘garak mashg‘ulotlari 35 minut davomida o‘tkaziladi va u haftada 2 akademik soatdan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sayyohlik-o‘lkashunoslik to‘garaklari dasturining o‘ziga xosligi sababli, o‘quvning birinchi, ikkinchi yilida va keyingi yillarida haftada 6 akademik soat ko‘zda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quvning birinchi yilida har bir to‘garakdagi tarkib 10 nafar o‘quvchidan kam bo‘lmasligi lozim, o‘quvning ikkinchi va keyingi yillarida esa o‘quvchilar 8 nafardan kam bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guruhdagi o‘quvchilarning ushbu ko‘rsatilgan soni minimal hisoblanadi. Maktabdan tashqari muassasalar to‘garak ixtisosining o‘ziga xosligiga ko‘ra (vokal-cholg‘u ansambli, xor, raqs va boshqalar) to‘garak a’zolari sonini ko‘paytirish, shuningdek, chuqurlashtirilgan mualliflik dasturlari mavjud bo‘lganda, alohida iste’dodga ega bo‘lgan bolalar yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ta’til paytlarida maktabdan tashqari muassasalar o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan ularning bo‘sh paytlarini mazmunli o‘tkazish, dam olishlarini to‘laqonli amalga oshirish imkoniyatini tug‘dirgan holda bolalar va o‘smirlarning turar joylarida, konsert safarlari, poxodlar, ekskursiyalar, sayohatlar, musobaqalar (shu jumladan, o‘quvchilarning Yangi o‘zgaruvchan guruhlari bilan to‘garaklar, seksiyalar va studiyalarda, shahardan tashqaridagi oromgohlarga kunlik borgan holda), turli-tuman ommaviy ishlarni tashkil qiladilar. Yozgi ta’til paytida maktabdan tashqari muassasalar o‘quvchilar uchun yo‘nalishli (profilli) bolalar oromgohlari hamda turistik bazalar ochishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maktabdan tashqari muassasalar boshqa o‘quv-tarbiya muassasalari negizida, korxonalar, tashkilotlarda, bolalar turar joylarida o‘z shoxobchalarini ochishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘quvchilarning qat’iy qiziqishlarini, iqtidorini, bo‘lajak kasblarini o‘zlari belgilashlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun maktabdan tashqari muassasalar ilmiy, tadqiqot, ijodiy tashkilotlar bilan birgalikda ish olib boradi. Buning uchun tajriba, sinov, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish maqsadida o‘zlarida va ularning negizlarida laboratoriyalar ochadilar, o‘quvchilarning ilmiy birlashmalarini tuzadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Moddiy-texnika va kadrlar bilan ta’minlangan maktabdan tashqari muassasalar xalq ta’limi organlari bilan kelishgan holda shu muassasada o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xalq ta’limi muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq maktabdan tashqari muassasa sertifikat olgandan keyin o‘quvchilarga qo‘shimcha ta’lim yoki kasb darajasi berilganligi haqida hujjat berish huquqiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maktabdan tashqari muassasa mintaqa, shahar, tuman va qishloqlarda bevosita yoki sirtqi ommaviy tadbirlar: bayramlar, musobaqalar va olimpiadalarni tashkil qiladi. Ishlashning zamonaviy shakllarini izlaydi; ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbus va harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Respublika, viloyat, shahar (tumanlarga bo‘lingan) maktabdan tashqari muassasalari maktabdan tashqari muassasalarning barcha toifadagi xodimlariga metodik yordam beradilar, o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti bilan birgalikda ular xodimlarining malakasini oshirish instituti bilan birgalikda ular xodimlarining malakasini oshirishni ta’minlaydilar, ilg‘or tajriba asosida maktablar va maktabdan tashqari muassasalarning to‘garaklari va klublarining dasturlarini tuzish va takomillashtirishga oid ishlarni olib boradilar, uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Maktabdan tashqari muassasalarning tarbiyalanuvchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabdan tashqari muassasalarning tarbiyalanuvchilari shu jamoaning a’zolari hisoblanadilar va o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni hal etishda, o‘z bo‘sh vaqtlarini va dam olishlarini to‘g‘ri tashkil etishda ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasalarning tarbiyalanuvchilari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir necha to‘garaklarda (birlashmalarda) qatnashish, yil davomida boshqa to‘garaklarga o‘tish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasaning o‘quv-ishlab chiqarish va madaniy-sport bazalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasaning jamoatchilik-boshqaruv organlariga saylash va saylanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat birlashmalarining, shu jumladan, xo‘jalik hisobi asosida ishlovchi, xo‘jalik yuritishning kooperativ shakllaridagi guruhlar ishida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasaning ish faoliyatini yaxshilashga oid takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabdan tashqari muassasa o‘quvchilarining burchlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasada o‘rnatilgan intizom va tartibga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmasini hosil qilish va uni amalda qo‘llash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquq va burchlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar quyidagi huquqlarga egadirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zlarining voyaga yetmagan bolalari uchun maktabdan tashqari muassasalarning turini va qaysi tilda o‘qitilishini tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasa ma’muriyatidan maktabdan tashqari muassasa Ustaviga muvofiq keluvchi shart-sharoitlar yaratishni, bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasani boshqarishda qatnashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning burchlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lishlari haqida g‘amxo‘rlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat kabi fazilatlarni, Vatanga, o‘zidan kattalarga va ona tiliga, oilaga, milliy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarga, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasalarda bolalarning mashg‘ulot o‘tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi va barkamol rivojlanishlarida maktabdan tashqari muassasa ma’muriyati bilan teng darajada javobgarlik yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Maktabdan tashqari muassasalarning pedagogik xodimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining faoliyatlari o‘quvchilar shaxsini, ularning umumiy madaniy saviyasini, faolligini, mustaqilligini, mas’uliyatliligini, ongli, intizomli, uyushqoq va tartibli bo‘lishini rivojlantirishga yo‘naltirilgandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabdan tashqari muassasalarda lavozimlarni egallash Mehnat vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining 1994-yil 6-yanvardagi 1/1 (30-22)-son qaroriga muvofiq yozma holda mehnat shartnomasi tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq to‘garak rahbarlarini davriy attestatsiyadan o‘tkazib turadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasalarning pedagogik xodimlari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasalar faoliyatining muhim masalalari muhokamasida va qarorlar qabul qilishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashg‘ulotlarni o‘tkazish shakllarini, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashning vositalari va usullarini mustaqil belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘garak mashg‘ulotlarining o‘ziga xos, ijodiy dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasani boshqarish organlariga saylash va saylanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasalar pedagogik xodimlarining burchlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-tarbiyaviy ishlarni yuqori malakada olib borish, ta’lim mazmunini takomillashtirish, o‘qitish vositalarini yaratishda faol qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabat o‘rnatish, ularni davlatga sadoqat ruhida tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining nazariy bilim darajasini, pedagogik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilarning ota-onalari va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan muntazam ravishda ish olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Maktabdan tashqari muassasalarni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabdan tashqari muassasaga xalq ta’limining yuqori organi tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat maktabdan tashqari muassasalarini boshqarish o‘quvchilar, pedagogik jamoalar, xodimlar, ota-onalar va jamoatchilikning boshqa vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktabdan tashqari muassasada o‘zini o‘zi boshqarishning yuqori organi jamoa yig‘ilishi (konferensiyasi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan delegatlar pedagogik xodimlarning, o‘rta va yuqori yoshdagi o‘quvchilarning, shuningdek, ota-onalarning yig‘ilishlarida saylanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamoaning umumiy yig‘ilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashirin ovoz berish yo‘li bilan maktabdan tashqari muassasa Kengashini, uning raisini saylaydi, ularning vakolatlari muddatini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasaning Ustavini qabul qiladi va unga zarur o‘zgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasani takomillashtirish va rivojlantirishning, uning faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lozim bo‘lgan taqdirda maktabdan tashqari muassasa ishining turli yo‘nalishlari bo‘yicha vaqtinchalik yoki doimiy komissiyalarni, kengashlarni tuzadi va ularning vakolatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa umumiy yig‘ilishi yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish, pedagogik xodimlarning kasb mahoratlarini va ijodiy o‘sishlarini kuchaytirish maqsadida maktabdan tashqari muassasada pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi kollegial organ — uslubiy Kengash tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uslubiy Kengash faoliyat mazmunining turli namunalari (o‘quv rejalari, dasturlari, o‘quv qo‘llanmalari) ni, uning shakl va usullarini, amalga oshirish yo‘llarini muhokama qiladi, pedagogik xodimlarning malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi, pedagogik xodimlar kasb faoliyatlarining barcha boshqa masalalarini hal etish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uslubiy Kengash huzurida ish yo‘nalishlari bo‘yicha shu’balar, guruhlar tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uslubiy Kengash raisi pedagogik xodimlar jamoasi tomonidan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Moliya va xo‘jalik faoliyati, moddiy-texnika bazasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabdan tashqari muassasalarni mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar va qo‘shimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasalar aholiga, korxonalarga va tashkilotlarga pulli xizmatlar ko‘rsatishga, shuningdek, amaldagi qonunlar bilan taqiqlanmagan tijoratchilik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar maktabdan tashqari muassasalar mablag‘larining qo‘shimcha manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilar va pedagogik xodimlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar, buyumlarni sotishdan tushgan tushum;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy mashg‘ulotlardan tashqari paytda bo‘sh binolar, inshootlar, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan tushum;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ortiqcha, eskirgan va yaroqsiz holga kelgan uskunalarni sotishdan tushgan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari muassasalar va boshqa idoralar pedagogik xodimlarining malakasini oshirishga oid xizmatlar uchun vazirliklar, korxonalar, muassasalardan, jamoat tashkilotlaridan tushgan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat, kooperativ va boshqa jamoatchilik korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, shuningdek, alohida fuqarolar tomonidan berilgan ixtiyoriy badallar, qimmatbaho ashyolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tushumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli manbalardan tushgan barcha mablag‘lar, mehnat shartnomasiga binoan ma’lum ijrochilarga mo‘ljallangan pul mablag‘lari bundan mustasno, maktabdan tashqari muassasa daromadlarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qo‘shimcha ishlar sirasi (pulli xizmatlar)ga maktabdan tashqari muassasa faoliyatining asosiy dasturlaridan tashqari ko‘rsatilgan xizmatlar va ishlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma ishlari (puli xizmatlar) asosan muayyan maktabdan tashqari muassasaning yo‘nalishi (profili) bo‘yicha bajariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pulli xizmatlar bolalar, o‘smirlar va yoshlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan asosiy bepul faoliyati o‘rniga amalga oshirilishi mumkin emas (bu bepul xizmat ko‘rsatish darajasini pasaytirish hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin emas). Bunda, agar asosiy faoliyatning ko‘rsatkichlari pasayib ketsa, pulli xizmatlarni amalga oshirish mumkin emas.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bepul xizmat ko‘rsatish darajasini nazorat qilish tegishli xalq ta’limi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasa, imkoniyatiga, bo‘sh turgan binolar, ish o‘rinlari, uskunalar va boshqalar mavjudligiga qarab, yo‘nalishi (profili) bo‘yicha pulli xizmatlarni amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quvchilar bilan asosiy faoliyatdan bo‘sh vaqtlarda shartnomaviy ishlar (pulli xizmatlar ko‘rsatish, mahsulotlarni sotish, binolar, inshootlar, uskunalarni ijaraga berish) ni bajarish belgilangan tartibda preyskurant bilan tasdiqlangan tariflar va narxlar bo‘yicha, ular bo‘lmagan taqdirda shartnoma tariflari va narxlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori tashkilotlar tomonidan ishlar (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) ga va pulli xizmatlarga rejalangan topshiriqlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasaga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar muassasa tomonidan qo‘shimcha ishlar (pulli xizmatlar) amalga oshirilgan taqdirda ham kamaytirilmaydi, turli manbalardan tushayotgan mablag‘lar esa muassasaning umumiy daromadiga qo‘shiladi va uning mablag‘lari fondini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktabdan tashqari muassasa bank kreditidan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qisqa muddatli kredit maktabdan tashqari muassasaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va mustahkamlashga beriladi. Uzoq muddatli kredit esa keyinchalik ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish fondi mablag‘lari hisobidan qoplangan holda ishlab chiqarish (ilmiy-texnika) va ijtimoiy rivojlantirish maqsadlari uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktabdan tashqari muassasaga mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashda quyidagi masalalarni hal qilish huquqi beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga birlashmalarda o‘quvchilarning asosiy tarkibini saqlab qolganligi, ijodiy yutuqlarga erishganligi, o‘tkaziladigan tadbirlarning yuqori saviyada bo‘lganligi, alohida muhim ishlarni bajarganligi uchun qo‘shimcha haqlar belgilash. Qo‘shimcha ish haqlarining miqdori har bir xodimning o‘tkaziladigan tadbirlarning, bajariladigan ishlar (xizmatlar) ning yuqori saviyada bo‘lishiga, daromadning ko‘payishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi hisobga olingan holda belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatib o‘tilgan ustamalar ish sifati pasayganda, birlashmalardagi o‘quvchilar soni kamayib ketganda, o‘quv rejalari va dasturlar bajarilmagan taqdirda kamaytiriladi yoki butunlay bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga o‘rindoshlik vazifasini bajarganliklari, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirganliklari yoki bajariladigan ish hajmini ko‘paytirganliklari, shuningdek, o‘zlarining asosiy vazifalari bilan birga vaqtincha ishlamayotgan xodimning ham vazifasini bajarganliklari uchun o‘rindoshlik kasblari (lavozimlari) ro‘yxatiga muvofiq qo‘shimcha haq to‘lashni chegaralamay ish haqi fondi (mehnatga haq to‘lashning yagona fondi) doirasida va shu fond hisobidan qo‘shimcha haq belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘linmalarning xo‘jalik faoliyatida mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lashning brigada, oila, ijara pudrati, jamoa, shartnoma va boshqa shakllarini, shuningdek, moslanuvchi ish tartiblarini qo‘llash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik va boshqa xodimlarni mukofotlash shartlari va tartibi uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda mehnat jamoasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasa rahbarining mehnatdagi yuqori ijodiy va ishlab chiqarish muvaffaqiyatlariga erishganligi uchun ustama haq to‘lash va mukofotlarning miqdorlari yuqori boshqaruv organining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassasa xodimlarini mukofotlashga, shuningdek, ularga turli qo‘shimcha (ustama) lar belgilashga o‘quvchilar mehnatiga to‘lash uchun hisobotlarini yuritish tartibi amaldagi qonunchilikka binoan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maktabdan tashqari muassasada buxgalterlik va statistika hisobotlarini yuritish tartibi amaldagi qonunchilikka binoan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalterlik hisobi maktabdan tashqari muassasa kengashining xohishiga ko‘ra mustaqil ravishda yoki boshqa maktabdan tashqari muassasalar, o‘quv yurtlari, tashkilotlar va korxonalar bilan birgalikda, shuningdek, markazlashtirilgan buxgalteriya orqali yuritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maktabdan tashqari muassasaning hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy yo‘riqnomaga muvofiq yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktabdan tashqari muassasaning moddiy-texnika bazasi yerlarni, binolarni, laboratoriyalarni, kutubxonalarni, sport inshootlarini, kommunikatsiya, mashina va uskunalarni, transport vositalarini hamda ta’lim va tarbiyada foydalaniladigan boshqa anjomlarni o‘z ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasalarning moddiy-texnika bazasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, shuningdek, mablag‘lar bilan ta’minlashning qo‘shimcha manbalari hisobiga rivojlanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Xalqaro hamkorlikda qatnashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasalar, qonunchilik bilan belgilangan tartibda, maktabdan tashqari tarbiya va ta’lim muammolari bo‘yicha xalqaro hamkorlik ishlarida ishtirok etadilar, xalq ta’limining yuqori organlari bilan kelishgan holda chet mamlakatlarning o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari muassasalar, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan doirada, xalqaro tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashishlari mumkin va valyuta mablag‘lariga ega bo‘lishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-oktabrdagi 230-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 43-son, 435-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 2-son, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 431-modda; 2008-y., 43-son, 435-modda; 2011-y., 19-son, 190-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)