10.02.2006 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, oliy taʼlim muassasalariga tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslarni tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 10-fevraldagi 20-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasiga muvofiq, oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni (professor-oʻqituvchilar tarkibini) tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shugʻullanishga munosib boʻlgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va taʼminlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Lavozimlari tanlov boʻyicha egallanadigan pedagog xodimlar va tanlov qatnashchilariga qoʻyiladigan malaka talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Pedagog xodimlar toifasiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi (assistent) oʻqituvchi-stajyor lavozimini egallab turgan shaxslar kiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy taʼlim muassasasining kafedra mudiri, professori, dotsenti, katta oʻqituvchisi, oʻqituvchisi (assistenti) oʻqituvchisi-stajyori lavozimi tanlov boʻyicha egallanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga bir vaqtda tanlov oʻtkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov asosida ishga qabul qilingan pedagog xodimlarning faoliyati rektorning buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan oliy taʼlim tashkilotining komissiyasi tomonidan har bir oʻquv yili yakunlari boʻyicha ushbu Nizomga ilovaga muvofiq mezonlarga binoan har tomonlama oʻrganib chiqiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog xodimlar faoliyatini oʻrganish tartibi oliy taʼlim muassasasining ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Pedagog xodimlar faoliyatini oʻrganish natijalari oliy taʼlim muassasasining ilmiy kengashida koʻrib chiqiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik boʻyicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) kafedra mudiri lavozimini egallashga bir besh yillik muddatga qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir muddat tamom boʻlgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) faqat tegishli mutaxassislik boʻyicha ilmiy darajali kadrlar yetishmasligi, nomzodning ilmiy daraja olish bosqichida ekanligi, kafedra faoliyatida yuqori natijalarga erishilganligi, xorijiy ilmiy darajalarni tan olish jarayoni davom etayotganligi, shuningdek kafedrani tashkil etish yoki isloh qilish bilan bogʻliq hollarda oliy taʼlim tashkiloti rektorining taqdimnomasiga binoan oliy taʼlim tashkiloti kengashining ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda yana ishtirok etishi mumkin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan aynan bir shaxsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda ketma-ket uchinchi muddatga ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tillar, jismoniy tarbiya va sport, grafika va chizmachilik, madaniyat va sanʼat yoʻnalishlari kafedrasi mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etishga dotsent ilmiy unvoniga (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ega boʻlmagan, biroq kamida 5 yil metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan shaxs qoʻyilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga koʻra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaxs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʻlish, ushbu kafedraning taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari muallifi boʻlish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga koʻra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik boʻyicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir muddatga dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, shuningdek tegishli ilmiy unvonga va ilmiy darajaga ega boʻlmagan, biroq ushbu mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, mazkur kafedraning taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari muallifi boʻlgan yuqori malakali mutaxassis ham qatnashishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Katta oʻqituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega boʻlgan hamda bunday daraja va unvonga ega boʻlmagan, biroq oʻqituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega boʻlgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻqituvchi (assistent) oʻqituvchi-stajyor lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81.Professor, dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi (assistent), oʻqituvchi-stajyor lavozimini egallash uchun tanlovda tasviriy va amaliy sanʼat sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlmagan, biroq oʻzining noyob isteʼdodi va mahorati bilan tanilib, xalq eʼtirofiga sazovor boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvonlariga ega boʻlgan shaxslar hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari istisno tariqasida qatnashishlari mumkin.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-iyundagi 473-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 09/19/473/3258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari boʻlgan ayollar egallab turgan lavozimlarga tanlov eʼlon qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqituvchi lavozimiga soatbay haq toʻlash shartlarida ishga kirayotgan shaxslar tanlovsiz, rektor buyrugʻi bilan, belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetiga pedagog xodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilanadigan tartibda qabul qilinadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻqishni tugallash yilida oliy taʼlim muassasasi magistraturasining bitiruvchisi boʻsh lavozimlar mavjud boʻlgan taqdirda taqsimot boʻyicha 3 yil muddatga tanlovdan tashqari oʻqituvchilik lavozimiga tayinlanadi. Ushbu muddat faqat davlat granti asosida oʻqishni tamomlagan magistratura bitiruvchilari uchun qoʻllanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqituvchi va katta oʻqituvchi lavozimlariga oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxs (qoida tariqasida, magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega boʻlgan hamda bunday daraja va unvonga ega boʻlmagan, biroq oʻqituvchilik, ilmiy-tadqiqot va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinishi mumkin.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga asosan 111-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 472-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tanlovlarni oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oliy taʼlim muassasasi saylash muddati ushbu oʻquv yilida tamom boʻladigan, shuningdek boʻsh lavozimlarga kafedra mudirlari, professorlar, dotsentlar, katta oʻqituvchilar, oʻqituvchilar (assistentlar) va oʻqituvchilar-stajyorlar lavozimlarini egallashga tanlov eʼlon qiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlov boʻyicha saylov oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlarida yoki fakultetlarning ilmiy kengashlarida oʻtkaziladi. Oliy taʼlim muassasasining ilmiy kengashida yoki fakultetning ilmiy kengashida saylanadigan lavozimlarni belgilash huquqi oliy taʼlim muassasasining rektoriga tegishli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafedra mudirlari va professorlar oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlarida tanlov boʻyicha oʻtadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari tomonidan jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi oʻqituvchisi (kafedra mudiri) lavozimini egallash uchun oʻtkaziladigan tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi vakilining ilmiy kengash yigʻilishida ishtirok etishi talab etiladi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlovlar vaqtli matbuotda yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan oliy taʼlim muassasasining koʻp nusxali gazetasida eʼlon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar eʼlon chiqqan kundan boshlab bir oydan kechikmay berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlovda qatnashishni xohlovchilar oliy taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza beradilar, arizaga kadrlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqa ilova qilinadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatnashuvchining oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomlar maʼlumotlari “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatnashuvchilarda ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik boʻyicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga), ilmiy unvon, shuningdek ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud boʻlgan taqdirda ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalarini va ilmiy ishlar roʻyxatini, malaka oshirish toʻgʻrisidagi guvohnomalarni taqdim etishlari kerak.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlovga tushgan barcha hujjatlar oldindan kafedra majlisida koʻrib chiqiladi. Ilgari kafedrada ishlamagan shaxslarning hujjatlarini koʻrib chiqishdan oldin ular tomonidan sinov leksiyalari (mazkur oliy taʼlim muassasasi oʻqituvchilari uchun — ochiq mashgʻulotlar) oʻtkaziladi. Sinov leksiyalari va ochiq mashgʻulotlar mavzulari kafedra predmetlari boʻyicha oʻquv dasturi talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Tanlov qatnashchilarini test sinovlaridan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi. Kafedra mudiri lavozimiga nomzodlarni muhokama qilish boʻyicha majlisni fakultet dekani (oliy taʼlim muassasalari umumiy kafedralarida – prorektor oʻtkazadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari oʻzi egallab kelgan lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi shaxslar kafedra majlisida tanlovdan oldingi davrdagi ilmiy-pedagogik, metodik, tarbiyaviy va boshqa ishlari toʻgʻrisida hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafedra ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovda qatnashuvchi har qaysi nomzod boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, ochiq yoki yashirin ovoz bergan holda, kafedraning shtatdagi oʻqituvchilarining (shu jumladan oʻrindoshlik tartibida ishlayotgan oʻqituvchilarining) va ilmiy xodimlarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan tavsiyanoma qabul qiladi va uni oʻqituvchining hisoboti bilan birga oliy taʼlim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashiga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fakultetning kafedra aʼzosi hisoblanmaydigan dekani (prorektor) kafedra mudiri lavozimiga nomzodlar boʻyicha tavsiyanomalar qabul qilishda ovoz berishda qatnashmaydi. Egallash uchun tanlov eʼlon qilingan lavozimni egallab turgan shaxs materiallarni koʻrib chiqish chogʻida ovoz berishda qatnashmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Har qaysi nomzod boʻyicha ilmiy kengash majlisida yashirin ovoz berishni oʻtkazishdan oldin kafedraning tavsiyanomasi oʻqib eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi barcha shaxslarning familiyasi yashirin ovoz berish uchun bitta byulletenga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish byulletenda ovoz berilayotgan nomzodning familiyasi roʻparasiga tegishli belgi qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Faqat bitta nomzod uchun ovoz berishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar byulletenda ovoz berish uchun birorta ham belgi qoʻyilmagan boʻlsa yoxud belgi ikki yoki undan koʻp familiyalar roʻparasiga qoʻyilgan boʻlsa, u holda bunday byulleten buzilgan hisoblanadi va ovozlarni hisoblashda hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ovozlarni hisoblash uchun ilmiy kengash ovoz berish boshlanishidan oldin tarkibida ilmiy kengashning kamida uch nafar aʼzosi boʻlgan sanoq komissiyasini saylaydi. Sanoq komissiyasi har qaysi nomzod boʻyicha ovoz berish natijalarini eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoq komissiyasi protokoli ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadi va tanlov materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlovni oʻtkazishda ilmiy kengash qarori, agar ovoz berishda ilmiy kengashning tasdiqlangan (roʻyxatdagi) tarkibidagi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan boʻlsa vakolatli hisoblanadi. Ilmiy kengashning ovoz berishda qatnashgan aʼzolarining koʻpchilik ovozini, biroq kamida 50 foiz ovozini olgan nomzod tanlovdan oʻtgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birortasi ham talab qilingan miqdorda ovoz ololmagan ikki nafardan koʻp nomzodlar qatnashgan taqdirda ilmiy kengashning aynan shu majlisida dastlabki ikki talabgor oʻrtasida takroriy ovoz berish oʻtkaziladi. Agar ikki nomzod qatnashgan tanlovni oʻtkazishda ovozlar soni teng boʻlib qolsa raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Ilmiy kengash qarori oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda qatnashish uchun arizalar mavjud boʻlmagan taqdirda, tanlov oʻtkazilmagan hisoblanadi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Lavozimlarni egallash uchun oʻqituvchilarni tanlash boʻyicha kafedra va ilmiy kengash majlislari ochiq tartibda oʻtadi. Tanlovda qatnashuvchilarga ularning nomzodlari muhokama qilinadigan kafedra va ilmiy kengash majlislarida qatnashish yoki ularning xohishiga koʻra kafedra yoki ilmiy kengash qarori bilan tanishish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ilmiy kengash kotibi tanlov natijalari toʻgʻrisida oʻn kun muddatda unda qatnashgan shaxslarni yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashining qarori, agar u ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda qabul qilingan boʻlsa, uzil-kesil hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, oʻzgartirish va toʻxtatish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu oliy taʼlim tashkilotida ishlamaydigan va pedagog xodimlar lavozimiga tanlovdan oʻtgan shaxslar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur oliy taʼlim muassasasida ishlaydigan va tanlov boʻyicha saylangan shaxslarning mehnat shartnomalariga quyidagilar yozib qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ular ilgari egallab kelgan lavozim uchun — mehnat munosabatlarini yangi muddatga uzaytirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoziladi va tegishli buyruq chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa lavozimlar uchun — tanlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida ilmiy kengash protokoli qayd etilgan holda tegishli oʻzgartirishlar yoziladi va boshqa lavozimga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organi qaroriga koʻra pedagog xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilgan taqdirda attestatsiya yakunlariga koʻra ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi mehnat munosabatlari masalalari, shaxsning tanlov boʻyicha egallanadigan lavozimda boʻlish muddatidan qatʼi nazar, qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(25-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovdan oʻtmagan, shuningdek tanlovda qatnashish uchun ariza bermagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi yangi muddatga tanlovdan oʻtmaganligi yoxud tanlovda qatnashishni rad etganligi sababli oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan belgilangan muddatlarda (qoidaga koʻra, oʻquv semestri, yil tamom boʻlgandan keyin) mehnat qonunchiligiga muvofiq toʻxtatiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Kafedralar birlashtirilganda yoki kafedra boʻlinganda pedagog xodimlar boʻyicha muddatidan oldin tanlovlar oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafedralar birlashtirilgan taqdirda yangidan tashkil etilgan kafedra mudiri lavozimini egallash toʻgʻrisidagi masalani oliy taʼlim muassasasining ilmiy kengashi oldindan tanlov eʼlon qilmasdan, yashirin ovoz berish yoʻli bilan hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafedra boʻlingan taqdirda uning mudiri saylangan muddati oʻtgungacha, rektor buyrugʻi bilan yangidan tashkil etilgan kafedralardan birining mudiri lavozimiga tayinlanadi. Boshqa kafedraning mudiri lavozimiga tanlov boʻyicha mudir tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oliy taʼlim muassasasi rektoriga tanlov oʻtkazilgungacha kafedraning yetakchi oʻqituvchilaridan bittasiga yoki dekanga boʻsh kafedra mudiri lavozimi boʻyicha vazifalarni bajarishni yuklashga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakillik organlarida saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanishi natijasida uning bilan mehnat shartnomasi toʻxtatilgan oʻqituvchi uning saylov boʻyicha vakolatlari tugagandan keyin tanlov natijalariga koʻra saylangan muddati tugagungacha mazkur oliy taʼlim muassasasining ilgari egallab kelgan yoki unga teng boʻlgan pedagog xodimlardagi lavozimga tayinlanadi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oliy taʼlim muassasasi rektoriga oliy taʼlim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashida koʻrib chiqish uchun pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani kiritish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashida pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishdan oldin uning faoliyati rektorning buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan komissiya tomonidan oʻrganib chiqilishi kerak. Ilmiy kengash qarori asosida pedagog xodimni egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi boʻyicha vazifasidan ozod qilishga uning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli ilmiy-metodik va tarbiyaviy ishlar, shuningdek leksiyalar va seminar mashgʻulotlari oʻtkazish darajasi past boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ilmiy kengash qaroriga koʻra kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi-stajyor egallab turgan lavozimiga nomuvofiq deb eʼtirof etilsa, u holda uning bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafedra mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek kafedraga rahbarlik qilish boʻyicha oʻz funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi sababli ilmiy kengash qaroriga binoan toʻxtatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini toʻxtatish masalalariga doir mehnat nizolari qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari faoliyatini oʻrganish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Baho

Oʻquv-metodik faoliyati (40 ball)

1.

Oʻqituvchilik faoliyati (20 ball):

1.1.

Nazariy bilimlarni, amaliy koʻnikmalarni va oʻqitiladigan fanning zamonaviy tendensiyalarini egallaganlik darajasi (ochiq mashgʻulotlar natijalari boʻyicha)

1.2.

Oʻqitish sifati darajasi (talabalardan soʻrab chiqish natijalari boʻyicha)

1.3.

Talabalarning oʻqituvchining yoʻllanmasi (fani) boʻyicha olimpiadalarda, har xil tanlovlar va ilmiy grantlardagi ishtiroki

2.

Metodik ishlar (20 ball):

2.1.

Yil mobaynida oliy taʼlim muassasasi oʻqituvchisi tomonidan nashr etilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari soni

2.2.

Oʻqitishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi, oʻquv kursini va oʻquv-taqdimot materiallarini ishlab chiqish

2.3.

Oʻquv jarayonida zamonaviy taʼlim texnologiyalari va talabalar bilimlarini baholashning ilgʻor usullari qoʻllanilishi darajasi

Tarbiyaviy faoliyati (20 ball)

3.

Talabalar bilan tarbiyaviy ish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etish: maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, sport klublari, ilmiy, ijodiy toʻgaraklar, madaniy tadbirlar va shu kabilar

4.

Talabalarning akademik guruhlarida kuratorlik

5.

Talabalarning oʻqishdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etishdagi ishtiroki

6.

Idora, mintaqa doirasida bajariladigan jamoatchilik ishlari va oliy taʼlimdan tashqari ishlar

Ilmiy faoliyati (30 ball)

7.

Ilmiy konferensiyalar ishida ishtirok etish

8.

Ilmiy nashrlarda (shu jumladan xorijiy ilmiy nashrlarda) materiallar, monografiyalar eʼlon qilish

9.

Xalqaro, ilmiy loyihalarga, xoʻjalik shartnomalariga rahbarlik qilish yoki ularda ishtirok etish

10.

Patentlar va ixtirolar soni

11.

Tayanch doktorantlar va doktorantlarning dissertatsiya tadqiqotlariga ilmiy rahbarlik qilish

12.

Doktorlik dissertatsiyalari doirasida ilmiy tadqiqot olib borish

Oliy taʼlim muassasasini rivojlantirishga qoʻshgan ulushi (10 ball)

13.

Boshqa taʼlim muassasalari: oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikni mustahkamlashda ishtirok etish (oʻqituvchilik faoliyati va ular uchun bilimlar darajasini oshirish treninglarini tashkil etish)

14.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan ayirboshlash dasturlarida ishtirok etish va ularni tashkil etish

15.

Yangi yoʻnalishni, yangi kafedrani, laboratoriyani ochish ishida, Axborot-resurs markazining elektron bazasini toʻldirishda ishtirok etish

Shaxsiy fazilatlari (10 ball)

16.

Ilmiy daraja va ilmiy unvon

17.

Malaka oshirish kurslaridan oʻtish

18.

Xorijiy tillarni egallaganlik, materiallarni ishlab chiqish va fanni oʻqitishda ulardan amalda foydalanish

19.

Xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalarda stajirovkadan oʻtish

JAMI (eng koʻp ball — 110)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: oliy taʼlim muassasasining oʻziga xosligidan kelib chiqib, koʻrsatkichlar ichida tegishli mezonlar boʻyicha ballarni taqsimlash oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 36-modda; 2015-y., 34-son, 455-modda; 2017-y., 23-son, 472-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son; 28.02.2019-y., 09/19/181/2689-son; 10.06.2019-y., 09/19/473/3258-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)